Научная статья на тему 'O‘ZBEK OLIMALARINING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI'

O‘ZBEK OLIMALARINING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Ayol / ona / jamiyat / davlat / ijtimoiy / gender tenglik / siyosat / huquq va himoya

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — E’Zoza Usmonova

Ushbu maqolada davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda ilmiy faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalasiga davlat siyosati darajasida e’tibor berilayotgani, ayol olimalarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rni nechog’lik yuksalib borayotgani, ularning siyosiy va huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi islohotlar haqida ma’lumotlar va fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK OLIMALARINING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI»

O'ZBEK OLIMALARINING DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O'RNI VA AHAMIYATI

E'zoza Usmonova

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi Mustaqil tadqiqotchi ezozausmonova21@gmail .com https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10658811

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimizda ilmiy faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar masalasiga davlat siyosati darajasida e 'tibor berilayotgani, ayololimalarningdavlat vajamiyat boshqaruvidagi o'rni nechog'likyuksalib borayotgani, ularning siyosiy vahuquqiy imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi islohotlar haqidama'lumotlar vafikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: Ayol, ona, jamiyat, davlat, ijtimoiy, gender tenglik, siyosat, huquq va himoya.

Abstract. In this article, the head of our state pays attention to the issue of women engaged in scientific activity in our country at the level of state policy, how the role of women scientists in state and society management is increasing, and the reforms to expand their political and legal opportunities. information and opinions are provided.

Keywords: Woman, mother, society, state, social, gender equality, politics, rights, and protection.

Аннотация. В данной статье главы нашего государства особое внимание уделяется вопросу обеспечения участия женщин в научной деятельности в нашей стране на уровне государственной политики, в какой степени повышается роль женщин-ученых в государстве и обществе. управление увеличивается, и к реформам в этом отношении. области их политических и юридических полномочий. Предоставляется информация и обратная связь.

Ключевые слова: Женщина, мать, общество, государство, социальное, гендерное равенство, политика, права и защита.

KIRISH

Ayolni ulug'lagan millat har qachon ravnaq topadi, kelajakda kuchli iroda va matonat bilan millatni yuksaltira oladigan shaxslar avlodini yetishtirishga imkoniyati bo'ladi. Shuning uchun ham jamiyat va davlatning nechog'li insonparvar hamda adolatli ekani ko'pincha xotin-qizlarga bo'lgan munosabat hamda g'amxo'rlik bilan belgilanadi. Bu ezgu qadriyatni teran anglagan ajdodlarimiz azal-azaldan ayolni oila ko'rki, jamiyat gultoji sifatida e'zozlagan, ona siymosini tengsiz mo'jiza, deb ardoqlagan. Bu go'zal an'analar bugungi kunda ham davom etmoqda.

Hozirda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta'minlash, ularning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi muhim yo'nalishlaridan biri sifatida belgilanib, keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Ayol-qizlarning chinakamiga baxtli hayot kechirishi, ma'naviy va intellektual jihatdan o'sishi, kasbiy va oilaviy vazifalarni hamohang tarzda bajara olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilyapti. So'nggi yillarda sohaga oid bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambliyasi 75-sessiyasidagi nutqida ham bu masalaga alohida e'tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari "Bizda gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi", - deya ta'kidladi1. Darhaqiqat, O'zbekiston siyosatida ushbu soha davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qonunchilik takomillashtirilib, 2 qonun, Prezidentning 14 farmon va qarori, Vazirlar Mahkamasining 25 qarori qabul qilindi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta'minlash, oila institutini har tomonlama mustahkamlash bo'yicha davlat siyosatini samarli amalga oshirish maqsadida eng quyi bo'g'in - mahalla va xonadongacha kirib boradigan vertikal tizim yaratildi. Mahallalarda oilalar bilan ishlash, har bir ayol va uning oila a'zolariga individual yondashuvni tashkil qilish maqsadida xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etildi va unga davlat xizmatchisi maqomi berildi.

Respublika Konstitutsiyasida barcha fuqarolarning tengligi belgilab qo'yilganligini, shuningdek, 18, 46, 63, 64, 65, 66-moddalari bilan bevosita ayollar huquqlarining konstitutsiyaviy kafolati mustahkamlanganligini, xalqaro hujjatlarda bo'lgani kabi, ichki qonunchilikda ham jins belgisi bo'yicha kamsitmaslik to'g'risidagi qoida birinchi o'ringa chiqarilganligini ta'kidlash o'rinlidir. O'zbeklar hayotida qadimdan ayollar hamisha e'zozlab kelingan. Mustaqillikka erishilgandan keyin ham dastlab an'analarga sodiq qolgan holda, bu masalaga alohida e'tibor qaratildi. O'zbekistonda 1998-yilning «Oila yili», 1999 yilning «Ayollar yili», 2001-yilning «Ona va bola yili», 2012-yilning «Mustahkam oila yili», 2014-yilning «Sog'lom bola yili», 2016-yilning «Sog'lom ona va bola yili» 2017-yilning «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» deb e'lon qilinishi shuningdek, 2017-yil 7- fevralda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tomonidan 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalish bo'yicha Haakatlar strategiyasinng qabul qilinishi mamlakatimizda bu borada aniq maqsadga yo'naltirilgan izchil siyosatni rejalashtirish tizimiga sifat jihatdan yangi yondashuvlar va yangi bosichda olib borilishiga yo'l ochdi. Bugungi kunga kelib xotin-qizlar faolligini oshirish va himoyasini ta'minlashda quyidagilar bu siyosatning asosiy yo'nalishlari hisoblanadi:

• ayollar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida qabul qilingan qonun hujjatlari bajarilishini ta'minlash hamda bu boradagi huquqiy asosni yanada takomillashtirish choralarini ko'rish;

• ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ishlarning ahvolini doimiy ravishda va kompleks monitoring qilish, ayollarning oiladagi, jamiyatdagi hamda jamoat va davlat ishlarini boshqarishdagi rolini oshirish;

• ayollarning bandligini ta'minlash yuzasidan samarali choralar ko'rish va amalga oshirish, ularni ishga joylashtirishda har tomonlama yordam ko'rsatish, ayollar o'rtasida, ayniqsa, qishloq joylarda tadbirkorlikning turli shakllarini rivojlantirish;

• ayollarning ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-huquqiy faolligini oshirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, ayollar nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun ko'maklashish. O'zbekistonda ayollar huquqlarini kamsitishga yo'l qo'ymaslik xotin-qizlarni mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida faol ishtirok etishga jalb qilish uchun huquqiy asos yaratilgan. Inson huquqlariga oid 100 ga yaqin qonunlarimizda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligi e'tirof etilgan. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 30-avgustdagi «Bir xil qiymatga ega bo'lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlarni teng rag'batlantirish to'g'risidagi konvensiyani ratifikatsiya qilish haqida»gi 493-sonli hamda «Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to'g'risidagi konvensiyaga qo'shilish haqida»gi 501-sonli qarorlari qabul qilingan.

MUHOKAMA

Qabul qilingan qonun hujjatlari doirasida O'zbekiston hukumati, vazirliklari va idoralari, nodavlat tashkilotlari tomonidan ayollar huquqlarini qo'llab-quvvatlash himoya qilish va ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayotida to'laqonli ishtirok etishlarini ta'minlash uchun tizimli va izchil ish olib borilmoqda. E'tirof etib o'tish mumkinki, O'zbekistonda xotin-qizlarini e'zozlash, jamiyatdagi rolini oshirish davlat siyosatining muhim yo'nalishlaridan biriga aylandi. «2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarda faolligini oshirish bo'yicha milliy dastur, 2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi. Saylov kodeksiga muvofiq ayollarning soni siyosiy partiyadan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 foizini tashkil etishi belgilandi. Barcha davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining kamida bir nafar o'rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash tizimi joriy etildi. Natijada rahbar ayollar soni 2017-yilda 27 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2023-yilga kelib 33 foizga yetdi. Ayollarning ulushi tadbirkorlik sohasida 37 foiz, siyosiy partiyalarda 47 foiz, iqtisodiyot va sanoat tarmoqlarida 46 foiz, tibbiyotda 77 foizni tashkil tashkil etmoqda»2

NATIJA

«Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlarning 33 foizi, Senat a'zolarining 24 foizi, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari deputatlarining 25 foizi ayollardan iborat. Vazir va vazirga tenglashtirilgan lavozimlarda xotin-qizlar ulushi 2018-yilda 2,9 foizni tashkil etgan bo'lsa, bugungi kunda qariyb ikki barobar oshdi va 5,7 foizga yetdi. Kattaqo'rg'on shahar, Bo'ston, Olot va Boyovut tumanlarini ayol hokimlar boshqarmoqda. Sud tizimida faoliyat ko'rsatayotgan 181 ayol sudyaning 26 nafari rahbarlik lavozimida mehnat qilib kelmoqda»3.

Bundan tashqari olima ayollar aralashuvini davlat sektorlarida faol ta'minlash maqsadida bir qator sezilarli imtiyoz va o'rinlar ko'paytirildi. Bunga eng yorqin misollardan biri xotin-qizlarning turli sohalarda o'z qobiliyat va imkoniyatini ro'yobga chiqarishi uchun sharoit yaratish va rag'batlantirish maqsadida Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilib, shu kunga qadar 424 iqtidorli qiz ushbu mukofot bilan taqdirlandi. Ijtimoiy qiyin vaziyatdagi xotin-qizlarning oliy ta'lim olishga intilishi davlat tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Qo'mita tavsiyanomasi asosida 5 mingga yaqin xotin-qiz oliy ta'limga imtiyoz asosida qabul qilindi. Magistratura bosqichida o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to'lovlari qoplab berilmoqda. OTM, texnikum va kollejlarda, sirtqi va kechki ta'limda o'qiyotgan xotin-qizlar kontraktlarini to'lash uchun 7 yilga foizsiz kredit berish tizimi joriy etildi.

Vatanimiz va xalqimiz oldidagi munosib xizmatlari uchun 17 ayol eng oliy mukofot -"O'zbekiston Qahramoni" unvoni bilan taqdirlandi. Ilm-fan nufuzini yanada oshirishga katta hissa qo'shgan, yangi ilmiy maktablar yaratgan 12 olima akademik ilmiy unvoniga ega bo'ldi. Oxirgi uch yilning o'zida 463 xotin-qiz fan doktori (DSc), 2816 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo'ldi. Jamiyat va davlat hayotida faol, tashabbus ko'rsatgan ayollar bilan bir qatorda farzandlarini barkamol insonlar etib voyaga yetkazgan uy bekalariga ham beriladigan "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni ta'sis etildi va shu kunga qadar 1451 ayol taqdirlandi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash masalalariga katta ahamiyat qaratilmoqda. Shu bilan birga olima ayollarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi rolini aktivlashtirish, ayol kadrlarni rahbarlikka tayyorlash borasida jiddiy

targ'ibot va amaliy ishlar yo'lga qo'yilgan. Zero, ayol qadri, inson qadri ulug'langan yurtda tinchlik va farovonlik, ahillik va baraka barqaror bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assamblyasining 75-sessiyasidagi nutqi. // "Yangi O'zbekiston" -2020. -24 sen.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami-T.: 2017 y.

3. https://yuz.uz/uz/news/xotin-qizlarni-qollab -quvvatlash-boyicha-ozbekiston-tajribasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.