Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI ILMIY FAOLIYATGA JALB ETISH VA ULARNI INNOVASION G‘OYALARINI QO‘LLAB QUVVATLASH'

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI ILMIY FAOLIYATGA JALB ETISH VA ULARNI INNOVASION G‘OYALARINI QO‘LLAB QUVVATLASH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
13
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
innovatsiya / ilm-fan / huquqlari / burchlar / texnologiya

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — G.Usmonova

Ushbu maqolada mamlakatimizda xotin qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va ularni innovatsion g‘oyalarni qo‘llab quvvatlash yuzasidan fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI ILMIY FAOLIYATGA JALB ETISH VA ULARNI INNOVASION G‘OYALARINI QO‘LLAB QUVVATLASH»

MAMLAKATIMIZDA XOTIN-QIZLARNI ILMIY FAOLIYATGA JALB ETISH VA ULARNI INNOVASION G'OYALARINI QO'LLAB QUVVATLASH

G.Usmonova

Andijon viloyat pedagoglarni yangi innovatsiyalarga o'rgatish milliy markazi pedagogika va

innovasion texnologiya kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10659373

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda xotin qizlarni ilmiy faoliyatga jalb etish va ularni innovatsion g'oyalarni qo 'llab quvvatlash yuzasidan fikrlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, ilm-fan, huquqlari, burchlar, texnologiya

O'tgan davrni ko'zdan kechiradigan bo'lsak xotin-qizlarni ilm-fanga jalb qilish masalasida sezilarli yutuqlarga erishdi. Bu haqda so'z borganda, avvalambor, hayotning barcha jabhalarida ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, ularning jamiyat va davlat hayotidagi rolini kuchaytirish ayni vaqtda Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifalaridan biri etib belgilanganini ta'kidlash lozim.

Mamlakatimizda xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ularning dasturiy ishlanmalari, innovasion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. So'nggi besh yilning o'zida xotin-qizlarning huquqiy mavqeini yuksaltirish, oila institutini himoya qilishga qaratilgan ko'plab qonunlar, Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi hamda amalda izchil tatbiq etilmoqda.

Xususan, 2019 yil 2 sentyabrda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi va "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlar qabul qilindi. Ushbu qonunlar xotin-qizlarni turmushda, ish joylarida, ta'lim muassasalari, boshqa joylarda tazyiqlar va zo'ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish hamda erkaklar va ayollar uchun teng huquqlar hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash, jinsi bo'yicha kamsitilishining va tengsizligining oldini olish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan.

O'zbekistonda keyingi o'tgan vaqt ichida xotin-qizlarning hukumat va jamiyatdagi rolini oshirishga, ularning bandligini ta'minlashga, ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga va muhtoj ayollarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan bir nechta normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan bo'lib, bu bilan xotin-qizlar huquqini himoya qilishning tegishli mexanizmlari yaratildi va kuchga kirdi.

Har qanday jamiyatning madaniy darajasi ayollarga bo'lgan munosabati bilan belgilanadi. Mamlakatimizda faol gender siyosati doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy mavqeini mustahkamlash bo'yicha jadal ish olib borilmoqda. O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 75-yubiley sessiyasida qayd etganidek, "Biz uchun gender tenglik siyosati ustuvor masalaga aylandi. Xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi o'rni tobora kuchaymoqda. Yangi Parlamentimizda ayol deputatlar soni ikki barobarga ko'paydi".

Haqiqatan ham, Oliy Majlisga bo'lib o'tgan oxirgi saylovlar natijasida birinchi marotaba O'zbekiston parlamentida ayollar soni bo'yicha BMT tavsiyalari 30 foizga to'liq bajarildi. Qonunchilik palatasiga 32 foiz, ya'ni 48 nafar ayol-deputatlar saylangani, o'z navbatida, dunyodagi 190 parlament ichida O'zbekiston parlamentining 37-o'ringa ko'tarilishi axamiyatlidir.

Harakatlar strategiyasi doirasida Oliy Majlis Senatida xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qo'mitasi hamda Oliy Majlis Senati raisi boshchiligida Gender tenglikni ta'minlash

masalalari bo'yicha komissiya tuzildi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va mavqeini oshirish maqsadida O'zbekistonda ilk bora ayol kishi parlament yuqori palatasi raisi etib saylandi.

O'zbekiston Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi tasdiqlandi. Yana bir muhim natija: Yurtboshimiz parlamentga taqdim etgan Murojaatnomasi ijrosi doirasida Senat Raisi rahbarligida Respublika Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etildi.

Birgina shu dalil va raqamlarning o'zi ham yurtimiz ayollarining jamiyatda haqiqiy o'rnini egallab borayotganidan dalolat beradi. Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini har tomonlama ta'minlash O'zbekiston Prezidenti olib borayotgan adolatli siyosatning ustuvor yo'nalishlaridandir.

Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirzyoyevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashi 46-sessiyasidagi chiqishida mamlakatimizda gender siyosati qat'iy davom ettirilishini ta'kidlagani ham bejiz emas.

2021 yilda O'zbekistonda 2030 yilgacha mo'ljallangan Gender tenglikka erishish strategiyasi tasdiqlandi. Gender strategiyasida BMTning 2030 yilgacha mo'ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq holda barcha sohalarda xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida tenglik tamoyilini tatbiq etishga hamda iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotda gender tenglik targ'ib qilinishini ta'minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan bo'lib, mazkur chora-tadbirlar ijrosi ta'minlanmoqda.

Mazkur Strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli ta'limni ta'minlash, qishloq joylarida qizlarning oliy ma'lumotga ega bo'lishi, xotin-qizlar gender tengligiga erishish, zo'ravonlikka yo'l qo'ymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan bo'lib,ushbu masalalarda ijobisy natijalarga erishilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari bajarilishini aniqlashga qaratilgan 32 ta gender indikatorini qabul qilganimiz ham bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 19 maydagi "Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan xotin-qizlarni reabilitatsiya qilishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, 29 ta Zo'rlik ishlatishdan jabr ko'rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi tashkil etildi. Hukumatning qarori bilan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga ichki ishlar organlari tomonidan himoya orderini berish tartibi ishga tushirildi. Shuningdek, Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi faoliyati tashkil etildi. Moddiy yordam va ko'makka muhtoj oilalar, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar belgilandi. Ayni chog'da, xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini yanada kuchaytirishga alohida urg'u berilmoqda.

Eng asosiysi, keyingi davrda "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi qonun qabul qilindi, oliy o'quv yurti tahsilidan keyingi ta'lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan huquqiy-tashkiliy choralar ko'rilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi hamda Innovasion rivojlanish va novatorlik g'oyalarini qo'llab-quvvatlash jamg'armasi tashkil etildi.

Milliy qonunchilikda Innovasion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, oliy ta'lim tizimi muassasalari, shuningdek bo'ysunuvida ilmiy tashkilotlar bo'lgan vazirlik, idoralar hamda tashkilotlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi vakolatlari aniq belgilab qo'yildi.

Ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi shu kabi hal qiluvchi islohotlar, yanada aniq qilib aytganda, ilmiy kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish borasida erishilgan amaliy samaralar

mamlakatimiz taraqqiyotini ta'minlashda, xususan, xotin-qizlarni ilm-fan sohasiga yanada keng jalb etishda ulkan omil bo'lmoqda.

Natijada bugungi kunda Fanlar akademiyasi tizimida ishlayotgan 4 ming 760 nafar xizmatchining 40 fozini, ya'ni 1 ming 905 nafarini xotin-qizlar tashkil etmoqda. Yurtimizda ilmiy izlanishlar bilan mashg'ul 2 ming 146 nafar tadqiqotchidan 695 nafari ham ayollardir.

Hozirgi vaqtda O'zbekiston xotin-qizlarining 7 nafari - akademik, 271 nafari - fan doktori (DSc), 1 ming 411 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi sohibalari hisoblanib ular yoshlarga o'rnak bo'lish bilan birga ularga ustozlik qilib kelmoqda.

O'zbek olimalari kimyo, biotexnologiya, qishloq xo'jaligi kabi sohalarda ayniqsa faol izlanmoqdalar. Ta'lim, sog'liqni saqlash, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivojida xotin-qizlarimizning ishtiroki salmoqli o'rin tutadi.

Ammo, tabiiy fanlar, matematika, injiniring, texnologiya, sanoat va qurilish sohalarida nafaqat O'zbekiston, balki butun dunyoda ayollarning o'rni hamda mavqei ancha quyida ekanidan ham ko'z yumib bo'lmaydi. Binobarin, Nobel mukofoti tarixida ilm-fan sohasida ushbu mukofotga sazovor bo'lgan xotin-qizlar soni atigi 3 foizni tashkil etishining o'ziyoq buni ochiq-ravshan tasdiqlaydi.

O'z navbatida, oliy o'quv yurti tahsilidan keyingi ta'limni muvofiqlashtirish yagona elektron tizimida 2020-2021 yillarda ro'yxatdan o'tgan va ilmiy-tadqiqot bilan shug'ullanayotgan o'zbekistonlik xotin-qizlar soni 2 ming 456 nafarni tashkil etmoqda. Shundan 1 ming 185 nafari -doktorantura negizida ilmiy tadqiqot olib borayotgan bo'lsa, 80 nafari doktoranturada tahsil olmoqda va 964 nafari mustaqil izlanuvchilar (PhD) qatoriga kirmoqda.

Shu bilan birga, mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan 440 ming 959 nafar talabaning 45,9 fozi xotin-qizlardan iborat. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarning bilim olish imkoniyatlari yanada kengaytirilib, oliy ta'lim muassasalariga 4 foizli davlat grantlari ajratildi. Mazkur yangi tizim asosida 2020 yilda 950 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar o'qishga qabul qilingan bo'lib keyingi yillarda ortib bormoqda.

2021 yilda ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarning 2 ming nafari uchun maxsus stipendiyalar ajratish yo'lga qo'yildi. Barcha vazirlik va idoralarda gender tenglik masalalari bo'yicha maslahat kengashlari faoliyati tashkil etildi va ushbu kengash faoliyati izchil yo'lga qo'yildi.

Shuni aloxida ta'kidlash joizki, atoqli ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: "Qizlar hammadan ko'ra bilim olishga intilishi kerak, chunki bu bilim bilan kelajak avlodni tarbiyalaydi", deb uqtirgani bejiz emas. Aslida ham, har qanday rivojlangan jamiyatda taraqqiyot va sivilizatsiya darajasi ayolga bo'lgan munosabat, xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlar ko'lami hamda miqyosi bilan belgilanishi axamiyatlidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida». 07.02.2017y. PF-4947. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami.

2. To'raqulov E., Rahimov S. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida. - T.: O'qituvchi, 1992. -80 bet.

3. Abdullina O.A. Obщyepedagogicheskaya podgotovka uchitelya v sisteme vbisshego pedagogicheskogo obrazovaniya. - M.: MGPU, 1990. - 217 s.

4. Shakhmurova, G. A., Azimov, I. T., Rakhmatov, U. E., & Akhmadaliyeva, B. S. Solution of biological problems and exercises (human and health). Teaching-methodological guidance." Literature sparks.

5. Ergashevich, R. U., & Mamayusufovich, A. S. (2023). ISSUES OF USING INTEGRATIVE KNOWLEDGE IN FORMING STUDENTS'PROFESSIONAL COMPETENCE.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.