Fayzullayeva K.A.
Jizzax politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi
XOTIN-QIZLAR JAMIYAT VA DAVLAT BOSHQARUVIDA
Annotatsiya: ushbu maqolada hududlarda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini, qiynab kelayotgan muammolarni e 'tiborga olgan holda o'rganish, tahlil qilish hamda kerakli taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish zarurligi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Tayanch so'zlar: Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi, xotin-qizlar, ijtimoiy-siyosiy faollik, farmonlar, gender tenglik, forum, zo'ravonlik, jinoyat, elektron platforma, Startaplar, indikator, konstruktiv, onkoskrining.
Faizullayeva K.A.
teacher
Department of "Social Sciences" Jizzakh Polytechnic Institute
WOMEN AND GIRLS IN SOCIETY AND STATE ADMINISTRATION
Abstract: this article provides information about the need to study, analyze and develop the necessary proposals and recommendations, taking into account the rights andfreedoms of women in the regions, the problems that are bothering them.
Key words: United Nations General Assembly, women, socio-political activism, decrees, gender equality, forum, violence, crime, electronic platform, Startups, indicator, constructive, oncoscreening.
Xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvida faol ishtirok etishi bugungi kunning dolzarb masalasidir. Milliy siyosatimiz markazida turadigan eng ezgu maqsad - oilalar mustahkamligini, ayollarimizning huquqiy himoyasi va osoyishta hayotini ta'minlashdan iborat. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar davrida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta'minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta'minlash ustuvor vazifalardan biri bo'lmoqda.
Prezidentimiz bugungi farovon hayotimiz ham, yorug' kelajagimiz ham albatta oila va jamiyatning ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki bo'lgan ayollarga bog'liq ekanligini e'tirof etar ekan, ayollarning salomatligini tiklash va ularga malakali tibbiy xizmat ko'rsatish bo'yicha ham qator tadbirlar amalga oshirilishini ma'lum qildilar va bu borada amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot uchun ta'kidlash joyizki, mamlakat umumiy aholisining 50 foizini, shundan 29 foizini - 14 yoshgacha, 28 foizini - 15-30 yoshgacha, 21 foizini - 3145 yoshlilar, 15 foizini - 46-60 yoshlilar hamda 7 foizini - 60 yoshdan katta ayollar tashkil etadi. "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 78-sessiyasidagi nutqida, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ulushi esa birinchi marta 35 foizga etganligini takidlab o'tdilar"[1].
Sizlarga ma'lumki poytaxtimizda "O'zbekiston taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning roli" mavzusidagi birinchi va ikkinchi forum 20202021 yillarda bo'lib o'tdi. Unda, xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi, Senatning Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi hamda EXHT bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda senatorlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, mahalliy Kengashlar deputatlari, Yoshlar parlamenti a'zolari, davlat organlari va jamoat tashkilotlari mutasaddilarining hamda, xalqaro tashkilot, OAV vakillari ishtirok etgan bu forum katta ahamiyatga ega bo'ldi. Forumda xotin-qizlarning siyosiy maydondagi o'rnini mustahkamlash, vakillik hokimiyati organlarining parlament bilan konstruktiv aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz taraqqiyotida parlamentdagi ayollarning o'rnini kuchaytirish va gender tenglik masalalari muhokama qilindi. Forumda, mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to'laqonli ishtirok etishini ta'minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi ta'kidlandi[2].
Bugungi kunda xotin-qizlarga e'tibor davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi. Xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va ishtiroki kengayib borayotganligiga nafaqat biz, balki xorijiy mamlakatlar ham guvoh bo'lmoqda. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2021 yil 28 maydagi SQ-297-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va uni 2021 -2022 yillarda amalga oshirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan muayyan ishlar amalga oshirilgan. Xususan, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan qonunchilik asoslarini takomillashtirish yo'nalishida 41 ta normativ-huquqiy hujjat (2 ta Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta farmoni va 12 ta qarori hamda hukumatning 25 ta qarori) qabul qilingan. Genderga oid audit, uning vazifalari, uni o'tkazish va natijalarini ko'rib chiqish tartibi belgilandi. Saylov huquqlarini amalga oshirish yo'nalishida saylovning barcha bosqichlarida xotin-qizlar va erkaklarning teng asosda ishtirok etishini kuzatuvchi 11 ta indikator ishlab chiqildi. Mazkur indikatorlar 2021 yilda o'tkazilgan O'zbekiston
1 Shavkat Mirziyoyevning - Узбекистан Президента БМТ Бош Ассамблеясининг 78-сессиясида нута (2023 йил 19 сентябрь, Нью-Йорк шщри) Янги Узбекистон газетаси. 20 снтябрь 2023 йил №192(981)
2 https://uza.uz/posts/194577
Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasidan boshlab amaliyotga tatbiq qilingan. Mamlakatimizda xotin-qizlarga berilgan e'tibor va imkoniyatlar, salmog'ligi bilan bazi jahon mamlakatlaridan ilgarilab bormoqda. Misol tariqasida, Hindiston parlamenti 20 centyabr kuni mamlakat parlamentining quyi palatasidagi deputatlik o'rinlarining 33 foizini ayollar uchun ajratilishi borasidagi qonun loyihasini ko'rib chiqdi. Quyi palataning 454 deputati qonun loyihasini yoqlab ovoz berdi. Faqat ikki nafar deputat qarshi ovoz bergan. Qonun kuchga kirishi uchun uni parlamentning yuqori palatasi hamda shtat parlamentlari tasdiqlashi lozim. Bundan tashqari maxsus komissiya quyi palatadagi umumiy mandatlar soni va ayol deputatlar vakil bo'ladigan okruglar chegarasini belgilab olishi kerak bo'ladi. Bu o'z o'rnida 2026 yildan so'ng — Hindistonda aholini ro'yxatga olish natijalari ma'lum bo'lgach ro'y beradi. Aholini ro'yxatga olish aslida 2021 yilga rejalashtirilgandi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab noma'lum muddatga qoldirilgan edi. So'nggi milliy saylovlardan keyin Hindistondagi 778 nafar deputatlik o'rinlaridan faqat 104 tasini ayollar band qilgan. Ayol deputatlar soni 33 foizga etishi mumkin bo'lgan eng yaqin saylov esa faqatgina 2029 yildagina sodir bo'lishi mumkin. Qayd etish joiz, ushbu qonunni 1996 yildan beri amalga kiritishga olti marta urinish bo'lgan. Biroq har safar deputatlar tomonidan qarshiliklar bo'lgan. Hindistonda ayollar huquqi BMTning gender tengligi bo'yicha tashkilotiga ko'ra, Hindiston qonunchiligining 80 foizdan ortig'i tashkilot tomonidan ishlab chiqilgan barqaror rivojlanish ko'rsatkichlarga javob beradi. Biroq shu bilan birga mamlakatda gender tengsizlik saqlanib qolmoqda.[3]
Bizning mamlakatimizda xotin-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, davlat xizmati sohasida «Davlat boshqaruvida xotin-qizlar faolligini oshirish dasturi» tasdiqlanib, turli sohalarda boshqaruvchilik salohiyatiga ega 25 055 nafar xotin-qizning kadrlar zaxirasi shakllantirilganligi hamda ularni rahbarlikka tayyorlash bo'yicha 3 ta alohida o'quv dasturi asosida jami 14 054 nafar xotin-qiz o'qitilganligi sizlarga ma'lum. Ta'lim, ilm-fan sohasida mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega bo'lgan xotin-qizlarni davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tartibi tasdiqlandi. Unga ko'ra, xotin-qizlar.uz elektron platformasi orqali tavsiyanoma olish uchun murojaat qilgan 29 53 1 nafar xotin-qizdan 28 664 nafariga tavsiyanoma berilgan. Startaplar bo'yicha xotin-qizlarning umumiy qiymati 20,11 mlrd so'mlik 25 ta startap loyihalari moliyalashtirilgan. «Olima ayollar» grantlari bo'yicha 2022 yilda 784 nafar olima ayol tomonidan ilmiy loyihalar kelib tushgan, shundan 196 ta loyiha moliyalashtirishga tavsiya etilgan bo'lib, buning uchun 281,6 mlrd so'm mablag' ajratilgan. Ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda ishsiz, «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 17 930 nafar xotin-qizga tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yish va o'zini o'zi band qilish uchun subsidiyalar ajratilgan, bu ketma -ketlik bilan bajarilmoqda. Tibbiyot muassasalarida 2,6 mln nafar xotin-qiz
3https://m.kun.uz/news/2023/09/22/hindiston-tarixiy-qonun-ostonasida-parlamentda-deputatlarning-33-foizi-ayollar-boladi
onkoskrining tekshiruvidan o'tkazildiki bu bizning mamlakatimizda, ayollar sog'ligi e'tiborli o'rinlarda turishidan dalolat beradi.
Xulosa qilib Shuni aytishim joyizki, hozirgi vaqtda mamlakatimizda turli soha va tarmoqlarda mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarning 45 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1400 ga yaqin xotin-qiz rahbarlik lavozimlarida mehnat qilmoqda. Ulardan 17 nafari senator, 16 nafari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, 1075 nafari esa xalq deputatlari mahalliy kengashlari tarkibida faoliyat yuritmoqda.
Takliflar: -Ayollar davlat boshqaruvida ishlashlari uchun barcha to'siqlarni olib tashlash va imkoniyatlar yaratish;
-Ayollarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan choralarni yana bir-bor ko'rib chiqish;
-Ayollar sog'lig'iga salbiy ta'sir etishi mumkin bo'lgan soha va kasblarda ishlashni yana bir bor ko'rib chiqish;
-Tadbirkorlik bilan shug'ullanish istagini bildirgan xotin-qizlarni bepul o'qitish.
Yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasida ekanligi bilan har qancha faxrlansak arziydi. Mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishi hamda bandligini ta'minlashga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qo'llab-quvvatlanishi taxsinga loyiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-son Farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-son Farmoni.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87-son Farmoni.
4. Shavkat Mirziyoyevning - O'zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 78-sessiyasida nutq (2023 yil 19 sentyabr, Nyu-York shahri) Yangi O'zbekiston gazetasi. 20 sentyabr 2023 yil №192(981)