Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLANISHIGA QARATILGAN E’TIBOR'

YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLANISHIGA QARATILGAN E’TIBOR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
64
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oʼzbekistonni yangi bosqichi / gender tengligi / taʼlim va tarbiya / yoshlar / ayollar huquqlari / barkamollik / Uchinchi Renessans. / Uzbekistan’s new stage / gender equality / education and upbringing / youth / women’s rights / well-being / Third Renaissance.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Аshurov, O. F.

Maqolada yangi Oʼzbekistonda olib borilayotgan islohotlar va uning jamiyat hayotida tub burilish davrining ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy ahamiyati va inson qadrqimmati hamda gender tengligi tahlil qilingan va gender tengligini buzilishi sabablari va yechimlari haqida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ATTENTION TO PROVIDING GENDER EQUALITY IN THE NEW UZBEKISTAN

The article analyzes the social nature, social significance, human value and gender equality of the reforms being carried out in the new Uzbekistan and the period of radical change in the life of society, and the causes and solutions of the violation of gender equality are discussed.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLANISHIGA QARATILGAN E’TIBOR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

YANGI O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI TA'MINLANISHIGA

QARATILGAN E'TIBOR

O.F. Ashurov

Toshkent davlat transport universiteti, "Avtomobil va avtomobil xo'jaligi" kafedrasi assistenti

Maqolada yangi O 'zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va uning jamiyat hayotida tub burilish davrining ijtimoiy mohiyati, ijtimoiy ahamiyati va inson qadr-qimmati hamda gender tengligi tahlil qilingan va gender tengligini buzilishi sabablari va yechimlari haqida to 'xtalib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: O'zbekistonni yangi bosqichi, gender tengligi, ta'lim va tarbiya, yoshlar, ayollar huquqlari,barkamollik, Uchinchi Renessans.

The article analyzes the social nature, social significance, human value and gender equality of the reforms being carried out in the new Uzbekistan and the period of radical change in the life of society, and the causes and solutions of the violation of gender equality are discussed.

Key words: Uzbekistan's new stage, gender equality, education and upbringing, youth, women's rights, well-being, Third Renaissance.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida xotin-qizlar va erkaklarni teng huquqliligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qo'yilgan. Ushbu prinsipni amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklarga ta'lim olishda, kasbiy tayyorlanishda, ishda, mehnat uchun rag'batlanishda va xizmat yuzasidan ko'tarilishda teng huquqiy imkoniyatlar yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasi bilan belgilangan O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, qonun oldida tengligi prinsipining Konstitutsiyaning 46-moddasi bilan nisbati ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan, deyish mumkin. Aynan ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar yaratish doktrinasi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasi va uni amalga oshirish uchun qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasining „O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi Qonunining 2-moddasi, Mehnat kodeksi 6-moddasining birinchi qismi, Oila kodeksining 2-moddasi alohida ahamiyatga ega.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Ayollarning siyosiy huquqlarini ta'minlashda yangi qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida siyosiy partiyalar tomonidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari mahaliy Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko'rsatishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar ta'minlashi nazarda tutilgan. Saylov kodeksining 70 va 91-moddalariga muvofiq ayollarning soni siyosiy partiyadan ko'rsatilgan deputatlikka nomzodlar umumiy sonining kamida 30 % ni tashkil etishi kerakligi belgilangan. 2019-yil 2-sentabrda „Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish to'g'risida"gi[8] va „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunlar, 2018 -yil 2-fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining „Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 2018-yil 2-iyuldagi „Ijtimoiy reabilitatsiya qilish va moslashtirish, shuningdek oilaviy-maishiy zo'rlik ishlatishning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tabirlari to'g'risida"gi, 2019-yil 7-martdagi „Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari[10] mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlari himoyasi borasida ustuvor yo'nalishlarni belgilab berdi. Mazkur normativ-huquqiy hujjatlar bilan jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida erkaklar va ayollarning huquqlari hamda erkinliklarin kamaytirishga yoki tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash jinsi bo'yicha bevosita kamsitish, sirtdan xolis bo'lib tuyiladigan, biroq bir jinsdagi shaxslarni boshqa jinsdagi shaxslarga nisbatan noqulayroq holatga tushirib qo'yadigan vaziyatlar, holatlar, mezonlar yoki amaliyotlar esa jinsi bo'yicha bilvosita kamsitish sifatida qabul qilinishi belgilab o'tilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Darhaqiqat, har qanday huquqiy davlatning asosiy vazifalaridan biri xotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquqligini, jumladan, saylov huquqini ta'minlashdir. Biroq saylov huquqi mamlakatlarda mahalliy xususiyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Jahonning ko'plab davlatlarida saylov huquqi ayollarga erkaklardan birmuncha keyin berilgan. Masalan, AQSHda erkaklar 1970-yilda, ayollar esa saylov huquqiga 1920-yilda ega bo'lgan. Yaponiyada esa erkaklar 1925-yildan boshlab saylovlarda ishtirok etishgan bo'lsa, ayollar bunday huquqni 1945-yilga kelib qo'lga kiritgan. Jahonning eng rivojlangan mamlakatlaridan biri Shvetsariyada ayollar 1971-yilda saylov huquqiga ega bo'lishganligini ko'rishimiz mumkin.

O'zbekiston Respublikasida o'tkanyillar davomida demokratik saylov tizimini shakllantirish va uni yanada takomillashtirish borasida ulkan ishlar qilindi. Saylov

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

tizimimiz xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi mavqeini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Saylov to'g'risidagi qonun hujjatlariga siyosiy partiyalardan ko'rsatiladigan deputatlikka nomzodlarning kamida 30 foizini ayollar tashkil etishi to'g'risidagi normaning kiritilgani buning yaqqol tasdig'idir. 2009-yilgi saylovlar jarayonida mazkur normaning tatbiq etilishi Oliy Majlisning quyi palatasiga umumiy deputatlar sonining 20 foizini tashkil etadigan 33 nafar ayol deputatni saylash imkonini berdi. Taqqoslaydigan bo'lsak, agar Qonunchilik palatasida 1998-yilda atigi 8,2 foiz ayol deputatlikka saylangan bo'lsa, 2004-yilda 17,5 foiz ayol deputat faoliyat yuritgan.

2007-yilga kelib davlatimiz tarixida birinchi marta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodiga ayol kishi - "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining yetakchisi ko'rsatiladi. 2008-yili esa ilk bor ayol kishi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining spikeri lavozimiga saylandi. Bu jamiyatimizda ayollar mavqeining yanada oshganligidan dalolatdir.

Bugungi kunda mavjud to'rt siyosiy partiyada ayollar nufusi 36 foizdan 50 foizgachadir. Ushbu partiyalar qoshida "Ayollar qanoti" tashkil topgan bo'ib, bu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarda xotin-qizlarning o'rni qanchalik yuqoriligini ko'rsatib turadi.

Xotin-qizlarni davlat boshqaruvi organlariga rahbar lavozimlariga taqdim etish bo'yicha "Ijtimoiy fikr" markazi tomonidan "2009-yil saylovi" ruknida o'tkazilgan sotsiologik so'rovnoma natijalari diqqatga sazovordir. Bunda 21 foiz respondent ayollarga ovoz berishini bildirgan bo'lsa, 2004-yilgi saylovlarda bu ko'rsatkich 17,8 foiz bo'lgan. Lekin gap faqat miqdorda emas. Asosiy masala davlat boshqaruv organlariga saylanadigan ayollarning malakasi, saviyasi, siyosiy jihatdan yetukligidir. Bu yo'nalishda O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2005-yildan boshlab siyosiy partiyalar bilan o'zaro hamkorlikka viloyat, shahar va tuman xotin-qizlar qo'mitalarining raislarini Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida o'qitish hamda ularning raxbarlik malakasini oshirishga mo'ljallangan dastur ishlab chiqilgan bo'lib, ushbu o'quvga Vazirlar Mahkamasining mutasaddi raxbarlari, turli vazirliklar va uyushmalarning mutaxassislari jalb qilingan. Har yili ushbu dastur asosida 200 ga yaqin Shahar va tuman xotin-qizlar qo'mitalari vakillari taxsil olishmoqda.

Eng quvonarlisi shuki, siyosiy partiyalarda ayolarga munosabat madaniyati yuksalmoqda, erkaklar bilan teng huquqlilik ta'minlanmoqda. Bu esa mustaqillik yillarida mamlakatimizda xotin-qizlar haq-huquqlari hamda erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan mustahkam poydevor yaratilganligiga yaqqol dalildir.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

REFERENCES

1. K.P. Aliyeva. O'zbekiston Respublikasida gender tengligini ta'minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari (o'zbek). Toshkent: "Leson Press" MCHJ nashriyoti, 2022 — 169 bet.

2. "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi" (o'zbek) (doc) (8-dekabr 1992-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.

3. "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi Qonun" (3-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.

4. O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasi fuqaroligi to'g'risida"gi Qonun (22-aprel 2014-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.

5. Saylov kodeksi (o'zbek) (doc) (26-iyun 2019-yil). Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.