Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISHIDA SAMARQAND VILOYATI XOTIN-QIZLARINING O‘RNI'

O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISHIDA SAMARQAND VILOYATI XOTIN-QIZLARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

181
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O'zbekiston / gender tengligi / stipendiyantlar / rahbar ayollar / temir daftar / ayollar daftari / tadbirkor ayollar / New Uzbekistan / gender equality / scholarship holders / women leaders / iron book / women's book / women entrepreneurs.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Madina Musoqulovna Rustamova

Ushbu ilmiy maqolada Yangi O„zbekistonda xotin-qizlarning gender tengligi, ularning huquqlari va manfaatlarining qonun hujjatlari bilan kafolatlanganligi, Samarqand viloyatidagi xotin qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, rahbar xotinqizlar faolligi, ayollarning jamiyatdagi o„rni, istedodli va iqtidorli xotin-qizlarning munosib taqdirlanishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy dinamikasi, tadbirkor xotin-qizlarning faoliyatlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this scientific article, the gender equality of women in New Uzbekistan, their rights and interests are guaranteed by legislation, the achievements of women and girls in the field of science in the Samarkand region, the activity of leading women, the role of women, the It is about society, payment of decent work of gifted and talented women and socio-economic dynamics, activities of businesswomen were analyzed.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISHIDA SAMARQAND VILOYATI XOTIN-QIZLARINING O‘RNI»

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISHIDA SAMARQAND VILOYATI XOTIN-QIZLARINING O'RNI

Ushbu ilmiy maqolada Yangi O'zbekistonda xotin-qizlarning gender tengligi, ulaming huquqlari va manfaatlarining qonun hujjatlari bilan kafolatlanganligi, Samarqand viloyatidagi xotin qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlari, rahbar xotin-qizlar faolligi, ayollaming jamiyatdagi o'rni, istedodli va iqtidorli xotin-qizlarning munosib taqdirlanishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy dinamikasi, tadbirkor xotin-qizlarning faoliyatlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, gender tengligi, stipendiyantlar, rahbar ayollar, temir daftar, ayollar daftari, tadbirkor ayollar.

In this scientific article, the gender equality of women in New Uzbekistan, their rights and interests are guaranteed by legislation, the achievements of women and girls in the field of science in the Samarkand region, the activity of leading women, the role of women, the It is about society, payment of decent work of gifted and talented women and socio-economic dynamics, activities of businesswomen were analyzed.

Keywords: New Uzbekistan, gender equality, scholarship holders, women leaders, iron book, women's book, women entrepreneurs.

Dunyo mamlakatlarida sohalarning rivojlanishining asosiy omillaridan biri ilm-fanga bo'lgan e'tiborning mavjudligidan dalolat beradi. Mazkur sohani rivojlantirish bo'yicha O'zbekiston mustaqillikning ilk kunlaridanoq ko'p sonli ijtimoiy muammolari orasida ayollarning ahvolini yaxshilash, ularni mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etish jarayoniga keng jalb qilishga muhim e'tibor qaratilib, sohadagi siyosatni amalga oshirishda mustahkam huquqiy asoslar ham yo'lga qo'yildi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tahlili, uning inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarga muvofiqligidan dalolat

Madina Musoqulovna Rustamova

Samarqand davlat universiteti doktoranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

beradi. Xususan, 1992 yilda qabul qilingan O'zbekiston

March, 2023

Respublikasi Konstitutsiyasi 46-moddasida: erkaklar va ayollarning teng huquqligi prinsipi mustahkamlab qo'yilgan[1.6].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ayni vaqtda O'zbekiston aholisining yarmini tashkil etuvchi xotin-qizlarning kundalik turmushi, ularning muayyan muammolariga katta ijtimoiy ahamiyatga molik masala sifatida qaralmoqda. Shu o'rinda, ayollar demografiyasiga qisqa nazar tashlab o'tsak, respublikaning doimiy aholisi so'nggi 30 yil ichida 13,9 mln kishiga oshgan. Davlat Statistika qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, 1991 yilda respublikada doimiy yashovchi aholining 50,6 foizini ayollar tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2022 yilning 1 yanvarida 49,7 foizga teng bo'ldi.

2020 yilda hududlarning Respublika jami aholisi sonidagi ulushi bo'yicha eng ko'p ko'rsatkich Samarqand viloyatida 11,4 foizni tashkil etib, keyingi o'rinlarda Farg'ona viloyatida 11,1 foizni, Qashqadaryo viloyatida 9,7 foizni va Andijon viloyatida 9,2 foizni tashkil etgan. Shu yilda O'zbekiston aholisining 50,3 foizi erkaklar, 47,7 foizi esa ayollardan iborat bo'lgan[2].

Ta'kidlash lozimki, keyingi yillardagi Yangi O'zbekistonning insonparvarlik siyosati bobidagi ulkan yutuqlaridan biri ham, xotin-qizlarga oid davlat siyosati tubdan o'zgardi. Bu boradagi siyosatning mohiyati to'g'risida Prezident Sh.M.Mirziyoyev "Xotin-qizlarning huquq va manfaatlari ta'minlangan jamiyatda, albatta, tinchlik, adolat, erkinlik va farovonlik bo'ladi" deb ta'kidladilar.

O'zbekistonda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan 20 ga yaqin me'yoriy-huquqiy hujjat, shu jumladan 2 ta qonun, 1 ta Prezident qarori, 4 ta Prezident farmoni, 13 ta Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi[3.96]. Mazkur huquqiy-me'yoriy hujjatlar asosida xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotidagi o'rni va roli toboro mustahkamlanmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid Dasturi to'g'risida"gi farmonida ham xotin-qizlarimizning haq huquqlarini himoya qilish, ularni oliy ta'limga yanada ko'proq qamrab olishga alohida e'tibor qaratilgani ham bejiz emas. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, xotin-qizlarning gender tengligi, ularning ta'lim olishi va ish bilan bandligi, jamiyat boshqaruv sohalarida o'z o'rni va nufuzini topish ko'rsatkichlari kundan-kunga o'sib bormoqda. Respublikamizda 2016 yilda oliy ta'lim muassasalarida 110 ming nafar xotin-qizlar tahsil olishgan bo'lsa, 2021 yil holati yakunlariga ko'ra ularning soni 400 ming nafarga

March, 2023

252

yetdi yoki ularning ulushi 2016 yilda 38 foizdan 2021 yilga kelib qariyib 50 foizga yetdi[4.1-2].

2022 yil holatiga ko'ra, O'zbekistonda ilm-fan sohasida xotin-qizlardan 700 nafarga yaqini fan doktorlari, 6 nafari akademik, 15 nafar O'zbekiston Qahramoni mehnat qilmoqda. Umuman, ilm-fan, ta'lim, sog'liqni saqlash, san'at va madaniyat sohalarida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar ulushi 72 foizni tashkil etmoqda[5.3].

Samarqand viloyatida o'tgan yillarga nisbatan boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 30 foizga, siyosiy partiyalarda 27 foizga, oliy ta'limda 16 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga oshdi. Viloyat bo'yicha umumiy statistik ma'lumotlarga qaraganda rahbarlik lavozimlarida jami 8925 nafar rahbar ayollar faoliyat olib bormoqda. Shundan, 32 nafari oliy ta'lim, 19 nafari o'rta maxsus ta'lim, 1005 nafari xalq ta'limi, 724 nafari maktabgacha ta'lim, 167 nafari sog'liqni saqlash, 108 nafari ishlab chiqarish, 232 nafari qishloq xo'jaligi, 8 nafari qurilish sohasi, 32 nafari huquqni muhofaza qiluvchi idoralarda, 116 nafari xizmat ko'rsatish sohasida, 21 nafari madaniyat va san'at yo'nalishida, 28 nafari hokimliklar tizimida, 5030 nafari xususiy sektorda, 1296 nafari mahalla raisi va uning o'rinbosarlari lavozimlarida faoliyat olib bormoqda[6]. Viloyatda bugungi kunda 10 dan ziyod oliy o'quv yurtlari va filiallari faoliyat yuritmoqda. Ushbu o'quv yurtlarida ilmiy faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar 3 mingdan ortiqni tashkil qiladi. Viloyat oliy o'quv yurtlarida bugungi kunda 498 nafar talab qizlar tahsil oladi. Shunlardan 4 nafari Prezident spendianti, 21 nafari nomdor davlat spindantlari, 4 nafari viloyat hokimi spendiantlaridir. 41 nafar iqdidorli magistrant xotin-qizlar, 111 nafar doktorant xotin-qizlarimiz o'qish va ilmiy ish qilish bilan shug'ullanishmoqda[7].

Takidlash joizki, xotin-qizlar nafaqat viloyatdagi korxona va tashkilotlarda, balki xalq deputatlari viloyat, shahar va tumanlar Kengashlarining safida samarali deputatlik faoliyatini olib bormoqda. Misol uchun, xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 60 nafar deputatlaridan 21 nafarini ayollar tashkil etadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Respublikamizda turli darajadagi davlat mukofoti sovrindorlari bo'lgan xotin-qizlar soni 2 ming 224 nafarga yetdi.

Ayolni muqaddas bilish, unga alohida ehtirom ko'rsatish, ozod va obod yurtimiz kelajagi bo'lgan har tomonlama yetuk yoshlarni tarbiyalashdagi beqiyos o'rnini yana bir bor e'tirof etish, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasidagi iqtidorli yoshlarning adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari, tengdoshlarining milliy istiqlol g'oyalari va madaniy-ma'naviy qadriyatlarga

March, 2023

253

e'tiqodining yuksalishi yo'lidagi ibratli faoliyati, keng ko'lamli islohotlarni jadallashtirishdagi faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida 1999-yil 10-iyundagi PF-2326-son "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risi"dagi farmon qabul qilindi[8].

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti 14 yoshga to'lgan va 30 yoshdan oshmagan qizlarga berilishi belgilandi. Viloyatda 26 nafar iqdidorli va iste'dodli qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xotin-qizlarni qo'llab quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018 yil 2-fevraldagi PF-5325-sonli Farmoniga muvofiq "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni ta'sis etilganligi munosabati bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko'rsatgan, o'zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo'shgan, shuningdek sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik va istiqlol g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va milliy qadryatlarimizni keng targ'ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi[9].

Respublikada bugungi kunga qadar 855 nafar ayollar "Mo'tabar ayol" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan bo'lsa ulardan 54 nafari viloyat ayollaridir. 2021 yilda viloyatdan davlat mukofoti bilan taqdirlangan tashabbuskor davlat va jamoat tashkilotlari rahbar-xodimlaridan 17 nafarini xotin-qizlar tashkil qiladi. O'zbekistonda mustaqillik yillarida tadbirkorlik rivoji uchun huquqiy va iqtisodiy sharoitlar yaratilib, sohada ayollarning ulushi ham yuksalib bordi. Bu davrda xotin-qizlar respublikadagi tadbirkorlarining 38,3 foizini (erkaklar 61,7 foiz) tashkil etgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlashga oid chora tadbirlari to'g'risidagi PQ-4235 sonli hamda viloyat hokimining 2019 yil 11 martdagi 77-PQ- sonli qaroriga muvofiq Samarqand viloyati Xotin-qizlar qo'mitasi ta'sisligida Samarqand viloyati "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi" tuzilib, 2019 yil avgust oyidan o'z faoliyatini boshladi. Samarqand viloyatidagi 16 ta shahar va tumanlarda "Temir daftar" va "Ayollar daftari"dagi tadbirkorlik istagini bildirgan xotin-qizlarga maxsus o'quv dasturlari tuzildi. "Temir daftar" va "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlarga o'z beznisini tashkil etishda zarur maslahatlar berish bilan birgalikda ularga moddiy tomondan ko'maklashish maqsadida 60 soatlik darsliklar yakunida o'z bilim ko'nikmalariga ega bo'lgan xotin-qizlarga

March, 2023

254

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: 6,1

imtiyozli kreditlar olish uchun markaz tomonidan sertifikatlar berilgan. Samarqand viloyat "Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi" tomonidan 2019 yilda 396 nafar, 2020 yilda 2891 nafar, 2021 yil holatiga ko'ra markazda 7357 nafar, jami 10644 nafar xotin-qizlar o'qitilib, shulardan "Ayollar daftari"dagi xotin-qizlar va "Har bir oila tadbirkor" dasturi bo'yicha 1704 nafar xotin-qizlar kredit olib, o'z faoliyatlarini olib borishmoqda[10].

2022 yilda markaz tomonidan 8351 nafar ishsiz xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitildi. Shundan, kredit olgan va o'z ishini boshlagan xotin-qizlar soni 2779 tani tashkil etadi. Viloyatda tadbirkor sifatida ro'yhatdan o'tgan xotin-qizlar soni 2021 yilda 8404 nafarni tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilda 13737 nafarni tashkil etadi.

2022- yilning 1- yanvar holatiga O'zbekiston Respublikasida tadbirkor ayol rahbarlarning iqtisodiy sohalar bo'yicha faoliyati: savdo sohasida - 14 147 ta , xizmatlar sohasida - 10 057 ta , sanoatda - 5 543 tani tashkil qiladi. 2021- yilda kichik korxona va mikrofirmalarda ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini bajargan ayollar soni 65 nafarni tashkil etdi.

2021- yilda faoliyat ko'rsatgan tadbirkor ayollar rahbarligidagi kichik korxona va mikrofirmalar soni 36 475 tani (yoki jamiga nisbatan 11,3%) tashkil etdi. Hududlar bo'yicha eng ko'pi Toshkent shahri (9 764 ta), Toshkent viloyati (4 760 ta), Samarqand viloyati (2 974 ta) va Navoiy viloyati (2 544 ta) hissalariga to'g'ri kelmoqda[11].

Xulosa qilib aytganda, so'ngi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to'laqonli ishtirok etishini ta'minlash , ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi va huquqiy- me'yoriy hujjatlari bilan mustahkamlandi. Yangi O'zbekistonda davlat va jamiyat boshqaruvi, ilm-fan rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ilmiy va innovatsion faoliyatning hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi, mutaxassis kadrlar tayyorlash kabi masalalar davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bu jarayonda xotin-qizlar ham faol ishtirok etib, olib borilayotgan islohotlarda o'zlarining salmoqli hissalarini qo'shmoqda. Buning natijasi o'laroq, respublikamiz davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 ming 400 ga yaqin xotin-qizlar rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.

XULOSA

March, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oila va Mehnat kodekslarining gender ekspertizasi. -Toshkent, 2008. -B.6.

2. https://www.stat.uz/uz/rasmiy-statistika/demography

3. O'zbekiston qonunchiligida gender tengligi va xotin-qizlar huquqlari kafolatlari.-Toshkent: Zamin nashr. 2020.-B.96.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mimyoyevnmg xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan tantanali marasimidagi nutqi Xalq so'zi, 2022 yil 8 mart №50(8112)-B.1.2.

5. Mahkamova M. - Gender tenglik-imkoniyatlar tengligi. // Xalq so'zi, 2022 yil 7 aprel. №72(8134)-B.3.

6. Samarqand viloyati hokimligi tashkiliy kadrlar guruhi rahbarining ma'lumoti. 2021 yil 27 dekabr. https://zarnews.uz/uz/post/samarqand-viloyati-hokimligi-qay-tarzda-gender-tenglikni-taminlashda-eng-faol-hokimlik-nominaciyasi-golibi-boldi .

7. Samarqand viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining 2022 yil ma'lumoti.

8. O'zbekiston Respublikasi P^identining Farnoni, 10.06.1999 yildagi PF-2326-son. https://lex.uz/docs/-213812.

9. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 02.04.2018 yildagi 257-son. https://lex.uz/docs/-3607779?ONDATE=19.06.2020

10. Samaгqand viloyati "Xo^^z^ Tadbiгkoгlik ma^azi" гahbaгining hisoboti. 2022 yil ma'lumotlari.

11. https://stat.uz/uz/.

March, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.