Научная статья на тему 'XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH DOLZARB VAZIFA'

XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH DOLZARB VAZIFA Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
437
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xotin-qizlar huquqbuzarligi / xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi / xotin-qizlar huquqbuzarligining sabablari / xotin-qizlar huquqbuzarligining shart-sharoitlari. / women's delinquency / prevention of delinquency among women / causes of women's delinquency / conditions of women's delinquency.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xo‘janazarova, Maqsuda Muxammadiyevna

Mazkur maqolada muallif xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining mazmun va mohiyatini ochib berishga, ushbu yo‘nalishdagi profilaktika samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, xotin-qizlar o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha fikr-mulohaza yuritgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASING THE EFFICIENCY OF PREVENTION OF DISORDERS AMONG WOMEN

In the article, the author tried to explain the content and essence of crime prevention among women, to argue that increasing the effectiveness of prevention in this area is an urgent task. She also discussed current issues related to the prevention of delinquency among women and their solutions.

Текст научной работы на тему «XOTIN-QIZLAR O‘RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH DOLZARB VAZIFA»

Scientific Journal Impact Factor

XOTIN-QIZLAR O'RTASIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SAMARADORLIGINI OSHIRISH DOLZARB VAZIFA

Xo'janazarova Maqsuda Muxammadiyevna

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi

boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari

Mazkur maqolada muallif xotin-qizlar o 'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining mazmun va mohiyatini ochib berishga, ushbu yo'nalishdagi profilaktika samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini asoslashga harakat qilgan. Shuningdek, xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid mavjud muammolar va ularningyechimlari bo 'yicha fikr-mulohaza yuritgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar huquqbuzarligi, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi, xotin-qizlar huquqbuzarligining sabablari, xotin-qizlar huquqbuzarligining shart-sharoitlari.

In the article, the author tried to explain the content and essence of crime prevention among women, to argue that increasing the effectiveness of prevention in this area is an urgent task. She also discussed current issues related to the prevention of delinquency among women and their solutions.

Keywords: women's delinquency, prevention of delinquency among women, causes of women's delinquency, conditions of women's delinquency.

Yurtimizda qadimdan ayollar ulug'lanib, ularga hurmat e'tibor ko'rsatilib kelinadi. Chunki, insonni-inson, oilani mustahkam oila qiladigan, biz uchun sevgi-muhabbat, vafo va sadoqat timsoli bo'lgan, go'zal va betakror zot bu - ayollardir.

Ayollarga berilgan ta'riflar juda ko'p va xilma-xildir. Shulardan kelib chiqib, ayol siymosiga quyidagicha ta'rif berish mumkin, Ayol - mo''tabar ona, aziz opa-singil, suyukli va vafodor yor, sirdosh, maslahatdosh, tarbiyachi, ustoz, siyosatchi, tashkilotchi, tadbirkor va avlod davomchisidir. Bir so'z bilan aytganda ayol -go'zallik timsolidir. Jamiyatning sog'lomligi, uning barqarorligi va porloq kelajagi yo'lida ishlarni amalga oshirishda ayollarning o'rni beqiyosdir.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

"Ayol sog'lom, oqila bo'lsa, u tarbiyalab o'stirayotgan farzandlar ham yetuk va barkamol bo'lib voyaga yetadi va kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo'shadi"1.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ayollarga e'tibor sezilarni darajada oshdi. Xususan, respublikamiz xotin-qizlarining ma'naviy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarda faol ishtirok etish imkoniyatlari kengaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida tavsiflash, tasniflash, qiyoslash, tahlil metodlaridan foydalanildi. Mamlakatimiz aholisining yarmidan ko'prog'ini tashkil etayotgan ayollar manfaatini himoya qilishga qaratilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari qabul qilinib, Davlat dasturlari ishlab chiqildi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida fuqarolarning jinchi, millati, diniy e'tiqodidan qat'i nazar teng huquqli ekanligi, 46-moddasida ayollar va erkaklarning teng huquqliligi, 117-moddasida saylash va saylanish huquqlarining kafolatlanganligi esa alohida e'tiborga sazovor.

Konstitutsiyaning mazkur moddalari ayollarga erkaklar bilan teng asosda ilm olish, kasb egallash, mehnat qilish, xizmat pillapoyalaridan ko'tarilish, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda faoliyat ko'rsatish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda respublikamiz ayollari erkaklar bilan bir qatorda jamiyat hayotining turli jabhalarida, jumladan, ilgari faqat erkaklarga imtiyoz berilgan sohalarda ham samarali faoliyat olib bormoqdalar.

Ammo, shuni alohida ta'kidlash joizki, ayollarning ijtimoiy ahvolini yaxshilash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani va hozirda ham bu jarayon davom etayotganligiga qaramay oila gavhari bo'lmish - ayollar tomonidan jinoyatlarning sodir etilishi juda ham ayanchli holdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotlardan ma'lumki, umumiy jinoyatchilikda ayollar sodir etadigan jinoiy xatti-harakatlar erkaklar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlardan farq qiladi. Shu bois ayollar jinoyatining tabiati va oqibati, sodir etish usuli va jinoyat qurolini ma'lum bir vaziyatlarda qo'llanishi, jinoyat sodir etilishida ishtirok etishdagi o'rni, jinoyat qurbonini tanlash, maishiy turmush sharoiti kabilarga alohida e'tibor qaratish zarur hisoblanadi2.

1 Xonöaee C. Aën, on^a mmhht/ H^MHH-aM&iHH кoн$еренцнн MaTepnaraapH Tyn^aMH. - T.: - E. 4.

2 Aëraap ^HHoaTHH^HrHHHHr caöaö Ba maponraapn xaMga npo^raaKTHKacn. YrçyB Ky^aHMa. KPÂ6gypacyœBa 3.M.MHpa30B, ®.C. MyxTopoB Ba 6omrça^ap. - T.: Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH HHB ÄKageMHacn, 2016. - E. 5.

171

O'zbek tilining izohli lug'atiga ko'ra "ayol" so'zi erkakka qarama-qarshi jinsdagi shaxs, xotin ma'nosida, asosan ko'plik shaklida qo'llanadi. Ushbu so'z umumlashtirish mazmuniga ega bo'lib, "xotin-qizlar" ma'nosini beradi.

"Xotin" tushunchasiga esa "jinsiy jihatdan erkak toifasiga zid, farzand ko'rish, emizish qobiliyatiga ega odam, ayol", shuningdek "biror erkak nikohidagi ayol" mazmunida, "qiz" tushunchasiga esa "balog'at yoshiga yetmagan ayol, xotin jinsiga mansub farzand, balog'atga yetgan, ammo hali erga tegmagan ayol (ma'suma, bokira)" mazmunida izoh berilgan.

"Xotin" va "qiz" tushunchalari ayol jinsiga mansub shaxslarning nafaqat yoshi, balki biofiziologik jihatlari, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi kabilar bilan ham farqlanib turishligini ta'minlaydi.

Aynan shuning uchun ham, O'zbekiston Respublikasining "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi (2019 y.) va "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi3 (2019 y.) qonunlarida "ayollar" emas, balki "xotin-qizlar" tushunchasida foydalanilgan.

Shunday ekan, huquqbuzarliklar profilaktikasi masalasida ham "xotin-qizlar" tushunchasini qo'llash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu yondashuv ayollar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etish, ayol huquqbuzarlarni toifalash hamda ularga individual va maxsus profilaktik ta'sir ko'rsatish samaradorligini oshirish imkonini beradi.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi amaliyoti tahlili xotin-qizlar huquqbuzarligining sabab va sharoitlarni o'rganish, tahlil qilish, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini samarali tashkil etish zarurati mavjudligini ko'rsatmoqda.

Aynan shuning uchun, ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmalarida xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalar tashkil etildi.

Quyidagilar Xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalarning asosiy vazifalari etib belgilangan:

xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqiy madaniyatini oshirish, ular o'rtasida huquqiy targ'ibot ishlarini amalga oshirish;

xotin-qizlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishi sabablarini va ularga imkon berayotgan shart-sharoitlarni aniqlash, o'rganish, bartaraf etish borasida chora-tadbirlar belgilash;

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr 2019 HH^ 2 ceHTa6pgarH "XoTHH-Rro^ap Ba эркaкraр ynyH TeHr xy^yK; xaMga HMKOHuaraap Ka^o^araapu TyrpHCHga"rH YP^-562-coh ^OHyHH // URL: https://lex.uz.

172

huquqbuzarlikdan jabrlangan, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo'lgan, huquqbuzarlik sodir etgan, shu jumladan ilgari sudlangan va ozodlikdan maxrum etish joylaridan ozod qilingan xotin-qizlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ijtimoiy moslashtirish choralarini tashkil etish;

Toshkent viloyati, Chinoz tumani, "Tulzorobod" mahallasida joylashgan Respublika qiz bolalar o'quv-tarbiya muassasasining ta'minoti, maishiy shart-sharoitlari, ta'lim berish jarayonlari hamda ma'anaviy-ma'rifiy ishlari tashkil etilishida ko'maklashish;

xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish borasida huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda muassasalarning o'zaro hamkorligini ta'minlash.

Xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalar zimmasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshka vazifalar ham yuklanishi mumkin.

Xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida birgina Toshkent shahrida 2020 yil 12 oyi davomida ayollar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar umumiy yo'nalishda 636 tadan 630 taga yoki 0,9 foizga kamayishiga erishilgan.

Oila-turmush doirasida sodir etilgan jinoyatlar 14 taga yoki 13,5 foizga (89/103) kamaygan.

Xotin-qizlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar mahalla kesimida taxlil qilinganda, 2020 yilda 514 ta mahalladan 241 tasi (43,89 foizi)da xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilmagan4.

Ushbu davrda MJtKning 190-moddasi asosida javobgarlikka tortilib, profilaktik hisobda turgan ayollar soni 586 nafar bo'lib, ularning bor yo'g'i 99 nafari (19,2 foizi)ni Toshkent shahar aholisi tashkil etsa, qolgan 487 nafari (80,8 foizi)ni boshqa viloyatlardan kelganlar tashkil qiladi. Xotin-qizlar huquqbuzarliklarining bu kabi miqdor va sifat ko'rsatkichlari Toshkent shahrida xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini alohida, o'ziga xos tarzda tashkil etish zaruratini keltirib chiqaradi.

Erishilgan natijalarga qaramasdan, xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasida quyidagi muammolarning mavjudligi ko'zga tashlanmoqda:

birinchisi, ichki ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari malakali mutaxasislar kadrlar bilan ta'minlanmagan. Chunki, IIV Akademiyasida ham, Toshkent davlat yuridik universitetning filialida ham ichki

4 TomKeHT ma^ap Hhkh nm^ap 6om 6omrçapMacn XyKyK6y3ap^HK^ap npo^n^aKTHKacn 6omrçapMacHHHHr 2020 hhïï aKyH^apn 6yHHHa XHCO6OTH.

Scientific Journal Impact Factor

R

ishlar organlarining xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari uchun malakali mutaxasislar yetishtirib berishni nazarda tutuvchi tor mutaxassisliklar mavjud emas. Vaholanki, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida xodimlardan pedagogik, psixologik va profilaktik taktik kabi maxsus bilimlar talab etiladi. Aks holda muammoli xotin-qizlarning muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish va bu kabi toifadagi xotin-qizlarga profilaktik ta'sir ko'rsatishda kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi;

ikkinchisi, milliy qonunchiligimizda voyaga yetmaganlar singari, xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalarini ham xotin-qizlar va ular bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib huquqiy tartibga solish zarurati mavjud;

uchinchisi, Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidagina qonun hujjatlarida xotin-qizlarning ijtimoiy tengligini ta'minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish va amalga oshirishning huquqiy mexanizmlari yarataldi.

Biroq shu bilan birga, ushbu qonun normalari talablarining ijtimoiy xayotga to'liq tadbiq etilishini ta'minlash, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasining nazariy, huquqiy va amaliy muammolarini tadqiq etish va shu asosda ilmiy asoslangan ilmiy xulosa, amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqish uchun fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar o'tkazilishini tizimli yo'lga qo'yish talab etiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, maqolada ilgari surilgan fikr-mulohazalar birinchidan, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish dolzarb vazifa ekanligini asoslashga; ikkinchidan, xotin-qizlar o'rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida mavjud muammolarni aniqlashtirishga; uchinchidan, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish yo'nalishlarini belgilab olishga; to'rtinchidan, xotin-qizlar o'rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish zaruriyatini oydinlashtirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Aë^nap ^HHOflTHHnnrHHHHr caSaS Ba mapoHTnapn xaMga npo^HnaKTHKacn. YKyB Ky^naHMa. K^PASgypacynoBa ^.M.Mnpa30B, ^.C. MyxTopoB Ba SornKanap. -T.: Y3ÔeKHCTOH PecnySnHKacn HHB AKageMHacn, 2016. - E. 5.

174

XULOSA

2. Тошкент шахар Ички ишлар бош бошкармаси Хукукбузарликлар профилактикаси бошкармасининг 2020 йил якунлари буйича хисоботи.

3. Узбек тилининг изошли лугати: 80000 дан ортик суз ва суз бирикмаси. Ж. IV. Тартибот-Шукр / Тахрир хайъати: Т.Мирзаев (рахбар) ва бошк. Уз. Рес. ФА Тил ва адабиёт ин-ти. - Т.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008. - 608-б.

4. Узбекистон Республикасининг 2019 йил 2 сентябрдаги "Хотин-кизлар ва эркаклар учун тенг хукук хамда имкониятлар кафолатлари тугрисида"ги УР^-562-сон конуни // URL: https://lex.uz.

5. Узбекистон Республикасининг 2019 йил 2 сентябрдаги "Хотин-кизларни тазйик ва зуравонликдан химоя килиш тугрисида"ги УР^-561-сон конуни // URL: https://lex.uz.

6. Холбаев С. Аёл, оила жамият/ Илмий-амалий конференция материаллари туплами. - Т.: - Б. 4.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.