Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING PROFILAKTIKASIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O’RNI'

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING PROFILAKTIKASIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3802
363
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqbuzarlik / g‘ayriijtimoiy hatti-harakatlar / deviant xulqatvor / yakka tartibdagi profilaktika / maxsus profilaktika / nazoratsiz bola / bola reabilitatsiyasi / ijtimoiy pedagog / delinquency / antisocial behavior / deviant behavior / individual prevention / special prevention / unsupervised child / child rehabilitation / social educator

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N. A. Isroilova, R. S. Nazarova

Jamiyat hayotining turli sohalarida inson omili ustun hisoblanadi, ayniqsa, unda voyaga yetmaganlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini yuksaltirishga asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, o‘smirlar o‘rtasida deviant xulqning ommalashuvi kabi holatlar huquqbuzarlik profilaktikasi masalasida jamiyatning barcha institutlari tizim sifatida o‘zaro hamkorlikda faoliyat olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu tizimning o‘ziga xos subyekti sifatida umumta‘lim maktablari jamiyatdagi asosiy ta‘lim-tarbiya manbai bo‘lib qolmay, huquqbuzarlik profilaktikasi vositasi ham sanaladi. Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi borasida umumta‘lim maktablarining o‘rni va ahamiyati o‘rganib tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF SECONDARY SCHOOLS IN THE PREVENTION OF JUVENILE DELINQUENCY

In various spheres of society, the human factor is paramount, especially in which the protection of the rights of minors, the development of their scientific, creative and intellectual potential is considered as one of the main tasks. At the same time, the growing number of juvenile delinquency and the prevalence of deviant behavior among adolescents require that all institutions of society work together as a system to prevent delinquency. As a specific subject of this system, secondary schools are not only the main source of education in society, but also a means of crime prevention. The article examines the role and importance of secondary schools in juvenile delinquency prevention.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING PROFILAKTIKASIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARINING O’RNI»

VOYAGA YETMAGANLAR HUQUQBUZARLIGINING PROFILAKTIKASIDA UMUMTA'LIM MAKTABLARINING O'RNI

N. A. Isroilova

Falsafa fanlari nomzodi Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi

R. S. Nazarova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti magistranti

rano .nazarova.92 @mail .ru

ANNOTATSIYA

Jamiyat hayotining turli sohalarida inson omili ustun hisoblanadi, ayniqsa, unda voyaga yetmaganlarning haq-huquqlarini himoya qilish, ularning ilmiy, ijodiy, intellektual salohiyatini yuksaltirishga asosiy vazifalardan biri sifatida qaraladi. Shu bilan birgalikda, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sonining ortishi, o'smirlar o'rtasida deviant xulqning ommalashuvi kabi holatlar huquqbuzarlik profilaktikasi masalasida jamiyatning barcha institutlari tizim sifatida o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishini taqozo etmoqda. Ushbu tizimning o'ziga xos subyekti sifatida umumta'lim maktablari jamiyatdagi asosiy ta'lim-tarbiya manbai bo'lib qolmay, huquqbuzarlik profilaktikasi vositasi ham sanaladi. Maqolada voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi borasida umumta'lim maktablarining o'rni va ahamiyati o'rganib tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: huquqbuzarlik, g'ayriijtimoiy hatti-harakatlar, deviant xulq-atvor, yakka tartibdagi profilaktika, maxsus profilaktika, nazoratsiz bola, bola reabilitatsiyasi, ijtimoiy pedagog.

THE ROLE OF SECONDARY SCHOOLS IN THE PREVENTION OF

JUVENILE DELINQUENCY

ABSTRACT

In various spheres of society, the human factor is paramount, especially in which the protection of the rights of minors, the development of their scientific, creative and intellectual potential is considered as one of the main tasks. At the same time, the growing number of juvenile delinquency and the prevalence of deviant behavior among adolescents require that all institutions of society work together as a

system to prevent delinquency. As a specific subject of this system, secondary schools are not only the main source of education in society, but also a means of crime prevention. The article examines the role and importance of secondary schools in juvenile delinquency prevention.

Keywords: delinquency, antisocial behavior, deviant behavior, individual prevention, special prevention, unsupervised child, child rehabilitation, social educator.

KIRISH

Davlatimiz yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko'tarib, bugungi kunda aholining yoshlar qatlamiga oid islohotlarni to'la-to'kis amalga oshirib kelmoqda. Yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va erkinliklarini ta'minlash, yoshlarga oid qonun hujjatlarini takomillashtirish kabi vazifalar bilan bir qatorda voyaga yetmaganlar huquqbuzarligining oldini olish masalasi ham dolzarb vazifalar qatoridan joy oldi. Huquqbuzarliklarning oqibati bilan emas, balki uning kelib chiqishi sabablarini aniqlash profilaktika ishlarini olib borishning samaradorligini oshirishga asos bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi masalasi faqatgina bir tashkilot zimmasidagi vazifa bo'lib qolmasdan, bu yo'nalishda tizimli faoliyatni olib borish maqsadga muvofiq bo'lishi haqida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Davlat idoralari aksariyat hollarda huquqbuzarliklar profilaktikasini faqatgina huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi sifatida baholab, oqibatda ushbu faoliyatga lozim darajada e'tibor qaratmayapti", deb ta'kidlagan.

O'zaro hamkorlik asosida tashkil etilgan faoliyat huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi voyaga yetmagan shaxslarni har tomonlama o'rganish va amaliy yordam ko'rsatishga imkon beradi. 2010-yil 29 sentabrda qabul qilingan "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 2-bob 8-moddasiga ko'ra "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar tizimiga quyidagilar kiradi:

• Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha idoralararo komissiyalar;

• Ichki ishlar organlari;

• Ta'limni boshqarish organlari va ta'lim organlari;

• Vasiylik va homiylik organlari;

• Sog'liqni saqlashni boshqarish organlari va sog'liqni saqlash muassasalari;

• Mehnat organlari", deb belgilangan.

Ta'lim tizimi huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ishlarni olib borishda voyaga yetmaganlarni kuzatish, xulqiy o'gishlarni payqash, axloqiy o'zgarishlarni nazorat qilishda ustunliklarga ega. Jumladan:

■ O'quvchilarning kundalik davomatini o'rganish orqali sababsiz dars qoldiradigan va darsga qatnashga befarq bola va buning nazoratini to'g'ri tashkil etmagan oila haqida ma'lumotlar olish;

■ Darslarni o'zlashtirishda qiynaladigan bolani payqash;

■ Maktabga bolaning turli jismoniy jarohatlar (masalan, ko'karish, kuyish, holsizlik va boshqalar) bilan kelishi zo'ravonlikka duchor bo'lganligi ehtimoli yuzasidan o'rganishlar olib borish;

■ Bolaning maktabdagi referent guruhi bilan munosabatini kuzatib borish;

■ Darslarga doimiy kechikib kelishiga sabab bo'lgan sharoitlarni aniqlash;

■ Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolganda yoki ota-onasi ajrashganda yoxud ota-onasidan biri vafot etganida boladagi hissiy va turmush o'zgarishlarining avval va hozirgi holatini tahlil qilish;

■ Bolaning shaxsiy fazilatlari, dunyoqarashi, qiziqishlarini aniqlash kabi vazifalardir.

Umumta'lim maktablarida profilaktika ishining vazifalari quyidagilardir:

o Bolaning hayoti va sog'ligini muhofaza qilish;

o Voyaga yetmaganlarning qarovsizligini oldini olish;

o Sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish va singdirish;

o Ijtimoiy, psixologik va shaxsiy xarakterdagi muammolar va qiyinchiliklarni hal qilishda o'quvchilarga yordam ko'rsatish.

Umumta'lim maktablarida huquqbuzarlik profilaktikasi tadbirlari ikki shaklda amalga oshiriladi: umumiy (jamoaviy) profilaktika, yakka tartibdagi profilaktika.

Umumiy (jamoaviy) profilaktika - bu o'quvchilarning umumiy jamoasiga qaratilgan, huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini bartaraf etish, o'quvchilarning huquqiy ongini o'stirib, qonunlarga rioya etish ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora tadbirlar majmuidir.

Yakka tartibdagi profilaktika ishi — ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo'lgan voyaga yetmaganlar va oilalarni o'z vaqtida aniqlash, shuningdek ularni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilish hamda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklar yoki boshqa g'ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishining oldini olishga doir faoliyatdir.

Umumiy profilaktika tadbirlari doirasida har payshanba umumta'lim maktablarida "profilaktika kuni" o'tkazilishi va bu kunda maktab miqiyosida ommaviy tarbiyaviy profilaktik ishlarga o'quvchilarning katta qismi jalb qilinishi belgilangan. Jumladan, "O'quvchilar davomati va ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish" davra suhbati, "Internetning salbiy ko'rinishlari-yoshlar tarbiyasiga ta'siri" tadbirlari, "Kelajakka sog'lom fikr bilan" so'rovnomasi, "Jinoyatchilikning ildizlari" suhbati, "Yoshlar va qonun" mavzusida yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish borasidagi tadbirlar, "Jaholatga qarshi kurash" mavzusida debat, "Bola tarbiyasiz tug'iladimi?" mavzusida suhbat, "Ta'tilni jinoyatlarsiz o'tkazamiz" shiori ostida tadbirlar majmui va boshqa ko'plab tadbirlar shular qatoridandir. Ushbu tadbirlar mahalla faollari, profilaktika inspektorlari, diniy tashkilot vakillari, yoshlar yetakchisi va boshqalar ishtirokida tashkil etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Huquqbuzarlik sodir etgan yoki xulqiy og'ishlari ijtimoiy havf ehtimolini yuzaga keltiradigan voyaga yetmaganlar umumta'lim maktablarining ichki nazoratiga olinishi belgilangan. Bunday o'quvchilar qatoriga ta'lim muassasalaridagi mashg'ulotlarga uzrli sabablarsiz kelmayotgan va muntazam ravishda qatnashmayotgan o'quvchilar, ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlar, notinch oila farzandlari, tarbiyasi og'ir bolalar, ta'lim muassasalariga o'tkir tig'li ta'qiqlangan buyumlarni olib kelgan yoki olib kirishga uringan o'quvchilar va ijtimoiy havfli hatti-harakatlarni sodir etgan voyaga yetmaganlar kiradi. Umumta'lim maktablarida yakka tartibda ishlashda huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo'lgan yoki qayta sodir etish ehtimoli bo'lgan bola barcha profilaktik tadbirlarning markazida bo'ladi. O'quvchilar bilan yakka tartibda profilaktik tadbirlarni olib boruvchi mas'ul xodim sifatida sinf rahbari, yoshlar yetakchisi, maktab psixologi, tajribali o'qituvchilardan bir nafari (zarur hollarda bir necha nafar) bo'lishi mumkin. O'quvchilar maktab ichki nazoratiga uch, olti, to'qqiz oy va bir yil muddatga olinadi, ushbu muddat o'quvchining xulqida ijobiy o'zgarishlar sodir bo'lgunga qadar uzaytirilishi mumkin. Mas'ul xodimlar bolaning davomati, o'zlashtirish ko'rsatkichlarini nazorat qilish, u bilan suhbatlar o'tkazish, bolaga turli sohada maslaxat va yordam berish, bolaning oilasi bilan muntazam aloqa qilish, bolani o'zi qiziqqan to'garakka biriktirish va boshqalarni amalga oshiradilar.

Huquqbuzarlik profilaktikasi sohasida shaxslarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqiy savodxonlikni oshirish, qonunlarga roiya qiladigan fuqarolarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda

umumta'lim maktablarida fan sifatida o'tiladigan "Huquqshunoslik" darslari o'z o'rniga ega. O'quvchilarga huquqbuzarlik, huquqiy javobgarlik, jazo, jinoyat, huquqbuzarlikning oldini olish, huquq va axloq normalari kabi tushunchalar aynan ushbu darslarda yoritilib, mavzuga oid muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bilan mustahkamlanadi.

Shuningdek, ta'lim tizimida voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi borasida ijtimoiy pedagogika sohasi maxsus yo'nalish sifatida rivojlanmoqda. Jamiyatning ijtimoiy-pedagog kadrlarga ehtiyoji o'rganilib, ular ishlashi kerak bo'lgan tegishli ish joylarini belgilandi:

• maktabgacha ta'lim (bolalar bog'chalarida, bolalarni maktabgacha o'qitish muassasalarida, maktabga tayyorgarlik sinflarida va hokazolarda bolalarni parvarish qilish, tarbiyalash va o'qitish);

• yoshlar bilan ishlash (ta'lim, uni qo'llab-quvvatlash, bo'sh vaqtni tashkil etish, uy vazifalarini tayyorlash bo'yicha maslahatlar, yosh avlodga kasbga yo'naltirishda yordam berish, yoshlar klublari bilan ishlash va boshqalar);

• bolalar uylari va bolalar uylarida ta'lim olish (ta'lim, uni qo'llab-quvvatlash, oilaviy ta'limga yaqin sharoitlar yaratish, mustaqillikni rivojlantirish va boshqalar);

• kattalar ta'limining shakllari, mazmuni va usullari (kasb-hunar ta'limi va ta'lim, korxonalardagi ijtimoiy ishlar, o'z-o'ziga yordam tashkiloti, oilaviy maslahat va boshqalar);

• oilaga ijtimoiy va ma'rifiy yordam (konsultatsiyalar, kundalik muammolarni hal qilishda yordam, oilani qo'llab-quvvatlash bo'yicha tadbirlar);

• maktabdagi ijtimoiy ish.

Ijtimoiylashuv va shaxsni shakllantirishda ta'lim tizimidagi ijtimoiy ish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamiyatning barcha bolalarga to'laqonli ta'lim bera olish qobiliyati - bu jamiyatning ijtimoiy sog'lomligining ko'rsatkichi va uning barqaror rivojlanishining zaruriy shartidir. Zamonaviy jamiyatining o'zgaruvchan sharoitida faqat mustahkam ta'lim insonga o'z mavjudligini ta'minlashga va ijtimoiy, kundalik, kasbiy, mehnat va ijtimoiy funktsiyalarni bajarishga imkon beradi. Bugun to'laqonli (boshlang'ich, o'rta, kasb-hunar) ta'lim olish imkoniyatidan mahrum bo'lgan kishi ertaga o'zini o'zi ta'minlay olmaydiganlar qatoriga qo'shilib, jamiyatning boqimandasiga aylanishi mumkin.

Pedagogika, shu jumladan ijtimoiy pedagogika, umumta'lim maktablarida voyaga yetmaganlar o'rtasida huquqbuzarlik sabablari va manbalarini o'rganish hamda jinoyatchilikning kamayishini ta'minlaydigan bunday profilaktika dasturini yaratish uchun zarurdir. Deviant xatti-harakatlarning oldini olishni tashkil qilish

jarayonida ijtimoiy pedagogning vazifasi voyaga yetmaganlar bilan munosabatlarda haqiqiy hamkorlik va sheriklik muhitini yaratishdir. Ularning ixtiyoriy ravishda yordam so'rash prinsipi va yordam taklif qilish prinsipi bir xil darajada amal qiladi. Bolada deviant xatti-harakatlarning oldini olish jarayonida ijtimoiy pedagog quyidagi vazifalarni amalga oshiradi: diagnostika; ma'lumot to'plash va tahlil qilish; o'qitish; ma'lumot berish; ijtimoiy va psixologik muammolarni hal qilishda yordam berish; boshqarish. Ijtimoiy pedagoglar o'quvchilarning ijtimoiylashuv jarayonlaridagi o'ziga xoslikni, individual xususiyatlarni o'rganib, xulqiy og'ishni boshidan o'tkazayotgan bolalarga amaliy yordam ko'rsatadi.

Ijtimoiy va pedagogik xizmatlarning o'zaro ta'sirini o'rganib, profilaktika faoliyatini tizimli tashkil etishda asosiy uchta darajani ko'rsatishimiz mumkin:

• Mikro daraja: bu "ijtimoiy pedagog - o'quvchi" ijtimoiy makoni darajasida belgilanishi mumkin.

• Mezo daraja: uning ijtimoiy makonini quyidagicha aniqlash mumkin: "ijtimoiy pedagog - o'spirin - oila"

• Makro daraja: uni "oila - o'spirin - ijtimoiy pedagog - jamiyat" deb ko'rsatish mumkin.

Voyaga yetmaganlar o'rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bugungi kunda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo'yicha davlat tuzilmalari va jamoat tashkilotlari faoliyatining asosiy ustuvor yo'nalishiga aylandi. Albatta, bugungi kunda jamiyatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bu yoshlar orasida huquqbuzarliklarning o'sish yo'llarini o'rganish va ularning oldini olish samaradorligini oshirishdir.

Profilaktik tadbirlar jarayonida bolani profilaktikaning to'liq obyetiga aylantirmasdan, barcha jarayonlarda u bilan birgalikda ishtirok etish va profilaktika subyektlari (maktab, jamoat tashkilotlari, oila, davlat organlari, jamiyat) hamkorligi to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi kerak.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi profilaktikasi bo'yicha umumta'lim maktablarida quyidagi ishlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo'lardi:

• Umumta'lim maktablarida psixologlarning malakasini muntazam oshirib borish va ular uchun ta'lim muassasasi hududida alohida xona ajratish.

• Maktab yoshlar yetakchilari shtatiga qo'shimcha ish o'rnini ajratish.

• Maktablardagi profilaktik ishlarga ijtimoiy ishchilarni jalb qilish. Bunda huquqbuzarlik sodir etish havfi ostidagi o'quvchi bilan birgalikda ularning oilasi bilan ishlash imkoniyati kengayadi.

• Umumta'lim maktablarida o'tiladigan huquq darslarida muammoli vaziyatlar-kazuslar ishlash amaliyotini kengaytirish. Bunda o'quvchilar nazariy bilimlar bilan birga amaliy tajribani uyg'unlashtirish imkoniga ega bo'lishadi.

• Maktab yoshlar yetakchisi bilan birgalikda maktab ichki nazoratiga olingan o'quvchilarning qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash hamda ularni to'garaklarga, seminarlarga jalb qilish amaliyotini takomillashtirish.

• O'quvchilarning genogramma va ekoxaritasini tuzishni yo'lga qo'yish. Bunda o'quvchilarning oila a'zolari va oila bilan aloqada bo'lgan tashkilotlar haqida yetarlicha ma'lumot olish imkoni yaratiladi.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoyev. 2017-yil 4-mart kuni qabul qilingan "Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2833- sonli Prezident qarori. https://lex.uz/docs/-3141186

2. O'zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi qonunning 8-moddasi. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami.-T.,2010.,-№39.

3. Костекова К.А.

«Роль социального педагога в профилактике правонарушений в подростковой с реде». https://infourok.ru/rol-socialnogo-pedagoga-v-profilaktike-pravonarusheniy-v-podrostkovoy-srede-3776595.html

4. Старцева-Тарасова Валерия Ивановна. Социальная работа общеобразовательной школы как средство профилактики правонарушений подростков. Ставропол-2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.