Научная статья на тему 'VOYAGA YETMAGANLAR DEVIANT XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASI'

VOYAGA YETMAGANLAR DEVIANT XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
3172
245
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
voyaga yetmaganlar / deviant xulq-atvor / diagnostika / ijtimoiy funksiya / jinoyatchilik / ijtimoiy norma / o'smir / profilaktika / Minors / deviant behavior / diagnostics / social function / crime / social norm / teenager / profilactics.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Adashboev Nuriddin Mexriddin O’g’li

Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrida ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy o'zgarishlar va tendensiyalarning mohiyati, atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy omillar – ni o'rganish tamoyillarining roli. – internet, virtual dunyo, axborot oqimining tahlili, uning sotsiologik jihatlarini o'rganish va yoshlar muammolarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xavflar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof-muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar. – bularning barchasi bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi. Bu o'rinda kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Профилактика девиантного поведения у подростков

The fact that social norms are an integral part of the management of society, that social norms are a set of rules that harmonize the behavior of a person or social group with a certain social environment, the essence of serious changes and trends in the system of social norms in the period of the globe, the role of the principles of studying the – modern factors affecting the deviation of atvor – the internet, the virtual world, the analysis of the influx of information, the study of its sociological aspects and the study of the problems of young people indicate that in the process of globalization there are serious risks aimed at disrupting our spiritual life, and the development of measures to prevent them. Each of the social vices associated with drunkenness, drug addiction, self-killings, which are included in the Deviant types of behavior, have different aspects in essence according to the occurrence and social consequences. The first difference will be that long-lasting social harmful habits become an integral part of a deviant behavioral lifestyle. Constant family disagreement, dissatisfaction with the family and the environment, misunderstanding in the house, etc. – all this injures the psyche of the child and he tries to change the current situation. In this place, social control systems that prevent and combat the development of shortcomings, including conflicts, play a negative role in social institutions.

Текст научной работы на тему «VOYAGA YETMAGANLAR DEVIANT XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASI»

R

VOYAGA YETMAGANLAR DEVIANT XULQ-ATVOR PROFILAKTIKASI

Annotatsiya: Ijtimoiy normalar jamiyat boshqaruvining ajralmas qismi ekanligi, ijtimoiy normalar shaxs yoki ijtimoiy guruh xulq-atvorini muayyan ijtimoiy muhit bilan uyg'unlashtiruvchi qoidalar majmui ekanligi, globallashuv davrida ijtimoiy normalar tizimidagi jiddiy o'zgarishlar va tendensiyalarning mohiyati, atvorlar og'ishiga ta'sir etuvchi zamonaviy omillar - ni o'rganish tamoyillarining roli. - internet, virtual dunyo, axborot oqimining tahlili, uning sotsiologik jihatlarini o'rganish va yoshlar muammolarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, globallashuv jarayonida ma'naviy hayotimizni izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy xavflar va ularni oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Deviant xulq-atvor turlariga kiruvchi ichkilikbozlik, giyohvandlik, o'z-o'zini o'ldirish bilan bog'liq ijtimoiy illatlarning har biri yuzaga kelishi va ijtimoiy oqibatlariga ko'ra mohiyatan turli jihatlarga ega. Birinchi farq uzoq davom etadigan ijtimoiy zararli odatlar deviant xulq-atvor turmush tarzining ajralmas qismiga aylanadi. Doimiy oilaviy kelishmovchilik, oila va atrof-muhitdan qoniqmaslik, uydagi tushunmovchilik va boshqalar. - bularning barchasi bolaning ruhiyatini jarohatlaydi va u mavjud vaziyatni o'zgartirishga harakat qiladi. Bu o'rinda kamchiliklar, jumladan, nizolar rivojlanishining oldini oluvchi va unga qarshi kurashuvchi ijtimoiy nazorat tizimlari ijtimoiy institutlarda salbiy rol o'ynaydi.

Kalit so 'zlar: voyaga yetmaganlar, deviant xulq-atvor, diagnostika, ijtimoiy funksiya, jinoyatchilik, ijtimoiy norma, o'smir, profilaktika.

Abstract: The fact that social norms are an integral part of the management of society, that social norms are a set of rules that harmonize the behavior of a person or social group with a certain social environment, the essence of serious changes and trends in the system of social norms in the period of the globe, the role of the principles of studying the - modern factors affecting the deviation of atvor - the internet, the virtual world, the analysis of the influx of information, the study of its sociological aspects and the study of the problems of young people indicate that in the process of globalization there are serious risks aimed at disrupting our spiritual life, and the development of measures to prevent them. Each of the social vices associated with drunkenness, drug addiction, self-killings, which are included in the Deviant types of behavior, have different aspects in essence according to the occurrence and social consequences. The first difference will be that long-lasting

Adashboev Nuriddin Mexriddin o'g'li O'ZMU, Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistranti

social harmful habits become an integral part of a deviant behavioral lifestyle. Constant family disagreement, dissatisfaction with the family and the environment, misunderstanding in the house, etc. - all this injures the psyche of the child and he tries to change the current situation. In this place, social control systems that prevent and combat the development of shortcomings, including conflicts, play a negative role in social institutions.

Key words: Minors, deviant behavior, diagnostics, social function, crime, social norm, teenager, profilactics.

KIRISH:

Voyaga yetmaganlarning deviant hulq-atvori —katta yoshdagilarning og'ma hulq-atvori qonuniyatlariga muvofiq emasligini qayd etish zarur. Jumladan, kriminologiya umum tomonidan qabul qilingan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma'qullanadigan yoki umumiy e'tirof etilgan hulq-atvor normalarining jinoyatchilar tomonidan buzilishini ularda rasman ma'qullanadigan yoki umumiy e'tirof etilgan hulq-atvor normalariga zid bo'lgan maxsus qadriyatlar tizimi mavjudligi bilan izohlanadi. Va shu sababli jinoyatchilikni, eng avvalo, professional jinoyatchilikni tahlil qilish asosial submadaniyat nazariyasiga asoslanadi. Biroq, voyaga yetmaganlarga tatbiqan bunday yondashuv hamisha ham to'g'ri emas. Masalan, ko'pincha o'smir sodir etilgan qilmishni inkor etmagan holda, o'z aybiga iqror bo'lmaydi yoki o'zi prinsip jihatidan inkor etmaydigan huquqiy taqiqni buzadi. Ayni vaqtda, ayrim ekspertlar diqqat-e'tiborni hozirgi vaqtda deviant hulq-atvor guruhiga ko'proq moddiy jihatdan o'ziga to'q oilalarning bolalari va o'smirlari tushib qolishiga qaratadilar. Umuman olganda, "bugungi kunda jamiyatning qaysidir qatlamlaridan biri, deviant hulq-atvordan himoyalangan, deb bo"lmaydi, hat bir o"smir ta"sirga va bog'liqlikka duch keladi. Moddiy jihatdan yetarlilik, ota-onalarning yuqori ijtimoiy mavqyei bolalarning ijtimoiy normalarga rioya qilishning kafili bo"la olmaydi".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Voyaga yetmaganlar deviant xulq-atvor profilaktikasi obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Giddens E. Sotsiologiya. kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR Voyaga yetmaganlarning xulq-atvori profilaktikasi ishida ommaviy axborot vositalari orqali tashviqiy-ma'rifiy ishlarni olib borish muhimdir. Jamoatchilik fikri so'rovi ma'lumotlari bo'yicha televideniye o'smirlar va yoshlar uchun axborot

olishning afzalrok manbai hisoblanadi. Shu munosabat bilan ijtimoiy reklamaning roli o'sadi. Ijtimoiy reklama o'z takliflari bilan —mehnatni rag'batlantiradigan, ijobiy maqsadlarga erishish uchun inson faoliyati motivatsiyasini kuchaytiradi. Reklama ijtimoiy qadriyatlarni yoyadi va targ'ib qiladi. U mamlakatlar va xalqlarning yashash tarzini, andozalarini shakllantirishga ko'maklashadi... Reklamaning ijtimoiy funksiyasi turmush tarzi targ'ib qilinishini ham nazarda tutadi.1

Deviant hulq-atvorning eng yaxshi profilaktikasi - bu tarbiyaning vositalari, shakllari va usullarini aniq belgilab olgan holda voyaga yetmaganlar ongiga maqsadga qaratilgan tashkiliy ta'sir ko'rsatishdir. Huquqiy tarbiyani oldini olish imkoniyatlari tiyishning boshqa vositalariga qaraganda ancha samaraliroqdir. Chunki huquqiy profilaktika choralari odatda, birmuncha kechikadi va qilmish sodir etilgandan keyin amal qila boshlaydi. Oldini olish bilan bog'liq huquqiy choralar —ishlashill uchun u bolaning ongiga qo'yilishi, uning e'tiqodi, tajribasining bir qismiga aylanishi kerak. Buni aniq maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish yo'li bilan erishish mumkin. Bizga ma'lumki jamiyatimizda sodir qilinayotgan ko'plab jinoyatlar, jumladan voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatlar va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganishda voyaga yetmagan jinoyatchilarning ma'naviy-ahloqiy shakllanishiga ta'sir etuvchi salbiy holatlarni tahlil qilish ham alohida ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, oilada yoki ko'cha-ko'yda turli xil ahloqsiz xattiharakatlarning guvohi bo'lgan o'smir, ahloqsizlik jinoyatlarini ham sodir qilishga qo'l uradi. Bunday jinoyatlar qatoriga voyaga yetmagan o'smirlar tomonidan nomusga tegish hollarini ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, shu o'rinda bir savol tug'iladi, bunday jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, tub mohiyati nimada? Shu o'rinda biz ushbu jinoyatlarning sodir etilishidagi shart-sharoitlarga, sabablarga to'xtalib o'tamiz. Voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan juda ko'pchilik shug'ullanadi. Bular - ota-onalar, oilani katta yoshdagi boshqa a'zolari, maktabgacha bo'lgan, maktab o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlari mua ssasalaridagi o'qituvchilar jamoat tashkilotlari va boshqalardir. Darhaqiqat, ana shu voyaga yetmaganlar tarbiyasi bilan shug'ullanuvchi shaxslarning ular tarbiyasidagi ta'siri kelajakda o'z ta'sirini o'tkazadi. Oilalardagi ota yoki ona ichuvchi yoki ma'naviy ahloqsizlik bilan ajralib turadi. Bunda nazarimizda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilinayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash hamda uning oldini olish birinchi navbatda oila ahloqini qadriyatlarimizga moslashtirishdan boshlashga to'g'ri keladi.2

1 Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20.

2 http// www.sociologu.ru.

Shu o'rinda turli xil huquqshunos olimlarning bu boradagi turlicha qarashlari mavjud bo'lib, bularning barchasi voyaga yetmaganlar tomonidan ahloqsizlik xatti-harakatlarini sodir qilishga oilani roli muhimligi haqida so'z yuritiladi. Jumladan, V.Ya.Rubalskaya tomonidan o'tkazilgan tadqiqotlar natijasiga ko'ra, 47 % voyaga yetmaganlar huquqbuzarligi ota onaning salbiy ta'siri yoki befarqligining, 14,8 % oilada hamjihatlik yo'qligining, 38,3% ota yoki onani yo'qligining, 23,5 % kattalarning loqaydligi tufayli jinoyat sodir etishning asosini tashkil etadi.3

O'smir yoshdagilarga xos xususiyat shundaki, tashqi jihatdan va o'z da'volariga ko'ra bu katta yosh, ichki xususiyatlari va imkoniyatlariga ko'ra esa, ular hali bola. O'smirlarning erkalashga, o'ziga e'tibor berilishiga moyilligi, o'yin qaroqligi mana shu bilan bog'liq. Shu bilan birga o'smirlarda o'zining katta yoshli bo'layotganligini his etish bilan birgalikda ong, o'z qadrqimmatini his etish, jinsiy mansubligini anglash uyg'onadi va faol shakllanadi. O'smirlik yoshi o'zida har xil ruhiy jarohat yetkazadigan omillar ta'siriga tutish xavfi yuqori darajada bo'lgan shart-sharoitlar jamini ham ifodalaydi. O'tkazilgan sotsiologik tadqiqotlar ma'lumotlar buyicha ota-onalar o'rtasidagi urush-janjallar, o'smirning nuqtai-nazariga ko'ra ularda o'smirni va atrofdagilarni kamsitadigan nuqsonlarning mavjudligi, o'smirga nisbatan haqoratlovchi munosabat bo'lish, unga ishonmaslik yoki uni hurmat qilmaslik mana shunday kuchli ta'sir ko'rsatadigan omillardandir. Bularning barchasi bolalar va o'smirlarning ijtimoiylashuvi jarayonini qiyinlashtiradi va mana shu asosda ularning hulq-atvorida har xil chetga chiqishlarni keltirib chiqaradi.4

O'smir huquqlari o'zida butun insoniyatning qadr-qimmatini mujassam etadi. Bu degani bolalik - inson shaxsining rivojlanishida noyob, muhim davr demakdir. Inson huquqlari avvalo, bolalar huquqlaridan boshlanadi. Har qanday jamiyat va barcha insoniyatning kelajagi o'ta yuqori darajada yosh avlodning moddiy va jismoniy rivojlanish darajasiga, uning inson huquqlarini shaxs va jamiyat hayotidagi roli va ahamiyatini tushunishiga, shuningdek, o'z taqdiri hamda o'z harakatlari uchun ma'suliyatiga bog'liq.5

XULOSA

Mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat poydevori qurilmoqda. Bunda davlat qurishni huquqiy savodxon, huquq madaniyatini mustahkam egallagan yosh

3 Абдурасулова Вояга етмаганлар жиноятчилиги ва унинг олдини олиш муаммолари. —^онун х,имоясида11 Т. №1. 2001й. 23 бет.

4 Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent - Sharq, 2002.

5 B.A.Aliyev., G'.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov. Sotsiologiya. O'quv qo'llanma. -T.: 2005,120-127 b

R

avlod amalga oshiradi. Buyuk davlatni qurish uchun barkamol inson tarbiyalanmog'i zarur. Shu sababli yoshlarni huquqiy davlat tizimi va mohiyatini chuqurroq anglashi, qonun asoslarini bilishi, qonun hurmat qilishi, ularga so'zsiz bo'ysunishi madaniyatiga ega bo'lishi ruhida tarbiyalash bugungi kunning asosiy vazifasidir.

1. Abdurasulova. Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi va uning oldini olish muammolari. —Qonun himoyasidal T. №1. 2001y. 23 bet.

2. Каримова Л.И. Социальная психология и реклама: Учебное пособие для вузов. Т.: Издательскополиграфический творческий дом им. Г.Гуляма, 2004. С. 20.

3. Giddens E. Sotsiologiya. Toshkent - Sharq, 2002.

4. B.A.Aliyev., G'.Rafiqov., T.Sultonov., M.Mullajonova., B.Rahmonov. Sotsiologiya. O'quv qo'llanma. - T.: 2005,120-127 b

5. http// www.sociologu.ru.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.