Научная статья на тему 'OILАLАRDА AJRALISH VA UNING OQIBATLARI'

OILАLАRDА AJRALISH VA UNING OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7942
658
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / ajralish / nikoh / er-xotin muammosi / salbiy oqibatlar / bola tarbiyasi / bola / yolg'izlik. / Family / divorce / marriage / couple problem / negative consequences / child education / child / loneliness

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Azamova Kumush Salim Qizi, Аbduxalilov Аbdulla

Ajralish muammosi hozirgi kunda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Oilaviy ajralishlarning mavjudligi ham respublikamizda keng jamoatchilik e'tiborini o'ziga jalb etib, bu muammoning yechimini topish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rishga undaydi. Chunki, yuqorida aytib o'tilganidek, ajralish natijasida millionlab odamlar-birinchi navbatda bolalar, ayollar, erkaklar va hatto ajralishlarning yaqinlari ham "ma'naviy farovonlik"oladilar. Insoniyat rivojlanishining hozirgi bosqichida, odamlarning kundalik hayoti kundan-kunga urbanizatsiyalashgan bir vaqtning o'zida ilmiy-texnik taraqqiyotning keng doirasi kengayib borayotgan bir vaqtda, onalar kasalliklari, bolalar o'limi, zaif, nogiron bolalarning tug'ilish darajasi, onaning yomonlashuvi va oilaviy hayotda har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, oila qurishga qodir., ularga oilada bolalar tug'ilishi va shularga bog'liq masalalar haqida ilmiy asoslangan bilimlarni o'z vaqtida va yuqori darajada berish talab etiladi. Umuman olganda, bu masala kecha yoki bugun yuzaga kelgan muammo emas. Insoniyat tarixi, nikoh-oila munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog'liq ko'hna muammolardan biridir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Развод в семье и его последствия

The problem of divorce remains one of the most pressing problems of society at the moment. The presence of family divorces also attracts the attention of the general public in our republic and encourages us to take the necessary measures to find a solution to this problem. Because, as already mentioned above, as a result of the divorce, millions of people — first of all, children, women, men and even the relatives of the divorcees-receive "spiritual prosperity". At the present stage of the development of mankind, at the same time when the daily life of people is urbanized from day to day, a wide range of scientific and technical progress is being made at the same time, there is an increase in the number of maternal diseases, child mortality, the birth rate of vulnerable, disabled children, the deterioration of maternal and, since they are still able to build a family, in addition to their comprehensive training in family life, they are required to provide them with a timely and high level of scientifically-based knowledge about the birth of children in the family and shular related issues. In general, this issue is not a problem that arose yesterday or today. It is one of the dilapidated problems associated with the history of mankind, the emergence of marriage-family relations.

Текст научной работы на тему «OILАLАRDА AJRALISH VA UNING OQIBATLARI»

R

OILALARDA AJRALISH VA UNING OQIBATLARI

Azamova Kumush Salim qizi O'ZMU Ijtimoiy ish kafedrasi 2 kurs magistiri Ilmiy rahbar: Abduxalilov Abdulla Sotsiologiya fanlari doktori Kumush2020@mail. ru

Annotatsiya:Ajralish muammosi hozirgi kunda jamiyatning eng dolzarb muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Oilaviy ajralishlarning mavjudligi ham respublikamizda keng jamoatchilik e'tiborini o'ziga jalb etib, bu muammoning yechimini topish uchun zarur chora-tadbirlarni ko'rishga undaydi. Chunki, yuqorida aytib o'tilganidek, ajralish natijasida millionlab odamlar-birinchi navbatda bolalar, ayollar, erkaklar va hatto ajralishlarning yaqinlari ham "ma'naviy farovonlik"oladilar.

Insoniyat rivojlanishining hozirgi bosqichida, odamlarning kundalik hayoti kundan-kunga urbanizatsiyalashgan bir vaqtning o'zida ilmiy-texnik taraqqiyotning keng doirasi kengayib borayotgan bir vaqtda, onalar kasalliklari, bolalar o'limi, zaif, nogiron bolalarning tug'ilish darajasi, onaningyomonlashuvi va oilaviy hayotda har tomonlama tayyorgarlikdan tashqari, oila qurishga qodir., ularga oilada bolalar tug'ilishi va shularga bog'liq masalalar haqida ilmiy asoslangan bilimlarni o'z vaqtida va yuqori darajada berish talab etiladi. Umuman olganda, bu masala kecha yoki bugun yuzaga kelgan muammo emas. Insoniyat tarixi, nikoh-oila munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog'liq ko'hna muammolardan biridir.

Kalit so'zlar: oila, ajralish, nikoh, er-xotin muammosi, salbiy oqibatlar, bola tarbiyasi, bola, yolg'izlik.

Abstract: The problem of divorce remains one of the most pressing problems of society at the moment. The presence of family divorces also attracts the attention of the general public in our republic and encourages us to take the necessary measures to find a solution to this problem. Because, as already mentioned above, as a result of the divorce, millions of people — first of all, children, women, men and even the relatives of the divorcees-receive "spiritual prosperity".

At the present stage of the development of mankind, at the same time when the daily life of people is urbanized from day to day, a wide range of scientific and technical progress is being made at the same time, there is an increase in the number of maternal diseases, child mortality, the birth rate of vulnerable, disabled children, the deterioration of maternal and, since they are still able to build a family, in

addition to their comprehensive training in family life, they are required to provide them with a timely and high level of scientifically-based knowledge about the birth of children in the family and shular related issues. In general, this issue is not a problem that arose yesterday or today. It is one of the dilapidated problems associated with the history of mankind, the emergence of marriage-family relations.

Key words: Family, divorce, marriage, couple problem, negative consequences, child education, child, loneliness.

KIRISH

Gap nikoh-oila munosabatlari haqida borar ekan, shubhasiz jiddiy muhokama qilinadigan masalalar qatorida nikoh-oila munosabatlarining buzilishi, er-xotinlarning ajralish muammosi turadi. Nima uchun oilalar buziladi? Ajralish o'zi nima? Ajralish bu yaxshimi yoki yomonmi? Oilalarning ajralishiga yo'l qo'yish kerakmi?

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik usulidan foydalanildi. Oilаlаrdа ajralish va uning oqibatlari asarlari obyektiv ochib berildi. Ibn Sino yashagan davr tarix nuqatayi-nazaridan tahlil etildi. Kovalev S.V. Psixologiya sovremennoy semi. kitobi mantiqiy izchillik jihatdan tadqiq qilindi. Psixologiya fanning strukturasini tekshirish, bilimlarning tartibini aniqlash, ular tasnifini amalga oshirish alohida o'rin egallaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ajralish muammosi hozirgi zamon insoniyat jamiyatining eng muhim ijtimoiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun chet ellarda ham, O'zbekistonda ham ajralish muammosini o'rganishga keng ilmiy jamoatchilik e'tibori qaratilib kelinmoqda. Bu muammoni turli soha mutaxassislari: yuristlar, demograflar, iqtisodchilar, sotsiologlar, psixologlar va boshqa fan sohalari mutaxassislari o'rganmoqdalar. Ularning e'tibori bu hodisa sabablari, omillari, motivlarini o'rganish, ularni bartaraf etish, ajralishlarning salbiy asoratlarini kamaytirish masalalariga qaratilgan. Chunki oilalarning buzilishi tufayli nafaqat shu ajralishgan er-xotin va ularning farzandlari, balki jamiyat ham ko'p zarar ko'radi. Ajralishlar ko'plab noxush hodisalar: noto'liq oilalar sonining ortishi, bolalar va o'smirlar o'rtasida qonunbuzarlikning ko'payishi, pedagogik nazoratsiz qolgan bolalar sonining ortishi, yolg'izlik, sobiq er-xotinlar va qarindoshlarning o'zaro munosabatlarining yomonlashuvi kabilarning yuzaga kelishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bu o'rinda haqli ravishda agar ajralishlar shu qadar salbiy oqibatlarni yuzaga keltiradigan bo'lsa, uni rasmiy ravishda ta'qiqlab qo'ysa bo'lmaydimi? — degan savol yuzaga kelishi mumkin. Albatta mumkin, masalan, dunyoning ayrim

72

Oriental Renaissance: innovative, J^ VOLUME 11 ISSUE 1

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

davlatlarida, jumladan, Italiya, Niderlandiyada yaqin-yaqin zamonlargacha ajralish huquqiy jihatdan nihoyatda murakkab jarayon edi. Biroq bu usul ham oila mustahkamligini ta'minlashda kutilgan natijalarni bermaydi. Balki ajralishni ta'qiqlash, ajralish erkinligini bermaslik, o'z navbatida nikoh yoshining o'sishini, oila qurmaslik, nikohgacha va nikohdan tashqaridagi jinsiy aloqa, psixologik nosog'lom oilalar miqdorining ortishi nikoh-oila munosabatlari zamirida yuzaga keladigan jinoyatlar, qotillik, xiyonat kabilarning ortishiga olib keladi. Albatta bularning ham shaxs, inson ruhiyati, oilada bola tarbiyasi, qolaversa jamiyat uchun zarari oldingilardan kam emas. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish erkinligi deyarli barcha davlatlar nikoh-oila qonunchiligida qayd etilgan. Bu o'rinda muhimi ajralishni ta'qiqlash va unga rasmiy ravishda halaqit qilish emas, balki ajralishlarning oldini olish, unga olib keladigan sabablar va omillarni bartaraf etishdir. Shunday qilib ajralish fojiami yoki fojiadan qutulishmi? Ayrimlar agar oilada farzandlar bo'lmasa bu fojiadan qutulishdir, er-xotinlarning o'zaro munosabatlari maqsadga muvofiq ravishda shakllanmayotgan bo'lsa, ularda o'zaro tushunish, o'zaro hurmat, bir-birlariga nisbatan emotsional yaqinlik, mehr-oqibat bo'lmasa, oila o'z funksiyalarini bajarmayotgan bo'lsa, bunday juftlar ajralib ketgani ma'qul deb hisoblaydilar.1 Ajralishlarning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik va etnopsixologik xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar oilalarning buzilishiga olib keladigan sabablar, ularning amalga oshish jarayoni, oqibatlari, ajralishgacha va undan keyingi davrlardagi er-xotinlarning ahvoli kabilarda ifodalanadi. Shunday xususiyatlardan biri ajralish niyatini bildirib rasmiy tashkilotlarga murojaat qiluvchi ajralish tashabbuskori kim ekanligida namoyon bo'ladi. Sharq oilalarida, ayniqsa o'zbek (qishloqlarda) oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq erkaklar bo'ladilar va aksincha, Yevropa xalqlari oilalarida, yosh oilalarda va urbanizatsiyalashuv darajasi yuqori bo'lgan shahar oilalarida ajralish tashabbuskori ko'proq ayollar bo'ladi. 2 Biz sizga ajralishlarning sabab-oqibatlari haqida fikr-mulohazalarimizni bildirishdan oldin o'zbek oilalarida ajralishlarning o'ziga xos xarakteri, ya'ni boshqa (ayniqsa chet mamalakatlaridan) millatlardan farq qiluvchi jihatlariga to'xtalib o'tishni lozim topdik. Bu quyidagi ob'ektiv omillarga bog'liq bo'lishi mumkin: birinchidan, qishloq joylarda ajrashgan ayol erkakka nisbatan jamoatchilik tomonidan ko'proq tanqidiy muhokama qilinadi. Ikkinchidan, qishloq joylarda ajralishgandan so'ng ayollarning ahvoli erkaklarga nisbatan yomonlashadi, negaki o'zbek millatidagi o'ziga xos urf-odatlar o'zbek ayolining uy-joylarni eriga qoldirib, o'z ota-onasinikiga

1 www.kitob.uz

2 Kovalev S.V. Psixologiya sovremennoy semi. -M.:, 1988.

73

R

(uning aka-ukalari o'z oilasi, xotini, bolalari bilan yashayotgan va ajrashgan ayol uchun ahvolni yanada jiddiylashtiruvchi joyga) borib yashashga majbur bo'ladilar. Uchinchidan, qishloq ayollarida ajralishgandan so'ng qayta oila qurish imkoni nihoyatda kamdir. Mana shu ob'ektiv sabablarni hisobga olgan holda qishloq joylardagi o'zbek ayollari muammoli (er-xotin orasidagi munosabatlar nihoyatda ziddiyatli, nizoli, ular orasidagi mehr-oqibat yetarli ifodalanmagan oila) nikohga ham ko'nikib yashayveradilar. Ba'zi ayollar, aslida eri bilan birga yashamayotgan bo'lsalar-da (hatto yillab), erlaridan «o'ch olish» maqsadida, uning boshqaga uylanishiga yo'l qo'ymaslik uchun rasmiy ravishda, sud orqali ajrashishga ko'nmaydilar. Qishloq joylardagi ajralishgan erkaklar ayollarga nisbatan bir muncha imtiyozli vaziyatda bo'ladilar: ular ajralishgandan so'ng o'z yaqinlari tomonidan ko'proq qo'llab-quvvatlanadi. Bolasi yo'q bo'lgan holatda esa ajralishgan erkak uchun turmushga chiqmagan ayolga uylanish sezilarli darajada muammo tug'dirmaydi.

Bundan tashqari u ajralishdan so'ng oldingi sharoitda — o'z (ota-onasining) uyida qoladi va navbatdagi yangi oila qurish imkoniga ega bo'ladi. Shuning uchun qishloq joylarda ajralishlarning tashabbuskorlari ko'proq erkaklar bo'ladilar.

Agar ajralish «ozodlik» deb hisoblanadigan bo'lsa, unda hozirgi zamon nikoh-oila qonunchiligiga ko'ra bu «ozodlik» «kimga qanchaga tushadi?» Shahar joylarda istiqomat qiladigan Yevropa xalqlariga mansub bo'lgan yosh oilalarda bu quyidagi formula tarzida bo'lishi mumkin. Ayollar uchun: Ajralish q ozodlik + bola + aliment ± uy + yolg'iz onalarga beriladigan imtiyozlar + yangi oila qurish muammosi.

Erkaklar uchun: Ajralish q ozodlik - bola - aliment ± uy + yangi oila qurish imkoniyati. Agar ajralishlarning ayol va erkakka ko'rsatadigan asosiy ta'sirlarini sanaydigan bo'lsak, ular quyidagicha bo'ladi: Jamiyat uchun — Noto'liq oilalar soni ko'payadi, oilalararo yoki qarindoshlararo adovat yuzaga keladi, bir jinsning ikkinchi jinsga nisbatan nafrati paydo bo'ladi, fohishabozlik ortadi, teri-tanosil kasalliklarning ortishi kuzatiladi, shaxsning ijtimoiy faolligi susayadi. Erkak uchun — yolg'izlik hissining ortishi, giyohvandlik va ichkilikbozlikka berilish, turli kasalliklar. Ayollar uchun — yolg'izlikni his qilishning ortishi, qayta oila qurish imkoniyatining cheklanganligi, nevrozlar, stresslar, turli xastaliklar, o'z joniga qasd qilish. Yuqoridagilar bilan birga, o'zbek oilalar ajralishganda o'zgacha xususiyatlar ham kuzatiladi. Psixolog olim Fahriddin Ro'ziqulov ajralishning asoratlari mavzusida o'tkazgan maxsus tadqiqot natijalariga ko'ra aksariyat holda ajralish qurboni ayol bo'ladi. Ya'ni ajralish erkaklarga nisbatan ayollarni kelgusi oilaviy baxtiga, bolalarning tarbiyasiga, oila byudjetiga, ayolning salomatligiga, o'z ota-onasi bilan

Oriental Renaissance: innovative, J^ VOLUME 11 ISSUE 1

educational, natural and social sciences Q ISSN 2181-1784

bo'lgan ota-ona va farzand munosabatlariga, ajralishgan ayolning ruhiyatiga kuchli salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga ayol uchun katta hayotiy muammolarini — qayta oila qurish va yolg'izlik muammosini keltirib chiqaradi. Bu qishloq va shahar ayollarida deyarli bir xil ifodalanadi. Ammo shaharlik ayollar shahar turmush tarzida jinsiy hulq jihatdan birmuncha erkin bo'lganlari hamda o'z kasb faoliyatlari bilan faol shug'ullanganlari tufayli qishloq ayollariga nisbatan yolg'izlikdan kamroq jabr ko'radilar. 3

Noto'liq oiladagi bolalar tarbiyasi. Noto'liq oila haqida gapirilganda shuni alohida ta'kidlab o'tish joizki, noto'liq oilalar ham turlicha yuzaga keladi. Oilalar er-xotinlardan birining vafot etganligi tufayli yoki ularning ajralishi tufayli noto'liq bo'lib qolishi mumkin. Albatta oilada ota yoki onaning vafot etishi bu ulkan fojia, avvalo bu fojia hech kimning boshiga tushmasin, lekin bunday oilalarda marhumning ruhi hurmati, unga nisbatan, uning sha'niga ijobiy munosabatlar saqlanib qoladi. Biroq er-xotinning ajralishi sababli yuzaga kelgan noto'liq oilalarda «tirik yetim» bolalar qoladi. Birinchidan, «tirik yetimlik» jamoatchilik o'rtasida, ayniqsa bolalar jamoalarida (bog'chada, maktabda, tengdoshlar davrasida) nisbatan kuchliroq qoralanadi. Ikkinchidan, bunday oilalarda ota yoki ona tomonidan, ularning yaqinlari tomonidan sobiq turmush o'rtog'i sha'niga, uning shaxsiyatiga salbiy bo'yoqlar beruvchi munosabatlar shakllanadi. Sobiq er-xotinlar tomonidan bir-birlarini qoralovchi fikr-mulohazalar ko'proq bildiriladi.

Bular albatta, bu toifa noto'liq oilalardagi o'zaro munosabatlarning shakllanishida qator noxushliklarning yuzaga kelishiga asos bo'ladi. 4 Ajralish faqatgina ajralgan er-xotinlar emas, balki ajralish oqibatida otasiz yashayotgan farzandlarga ham salbiy ta'sir ko'rsatar ekan. Ayniqsa ajralish otasiz o'sayotgan qiz bolaning his-tuyg'ulariga, otasiga bo'lgan mehriga, qiz bolada shakllanadigan ota obraziga va otasiz o'sayotgan qizning ruhiyatiga kuchli salbiy ta'sir qiladi. Bu esa nafaqat qiz bolaning bolalik davrida balki kelgusida o'zi mus taqil oila qurganda ham o'z asoratini ko'rsatishi mumkin.

Ko'p tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha va rivoyatlarda ifodalanishicha ilmiy jihatdan o'z tasdig'ini topganligi asosida o'z otasiga mehr va hurmati yetarli ravishda shakllanmagan qiz kelajakda oila qurganda turmush o'rtog'iga ham hurmatini yetarli ravishda ifodalay olmaydi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra ajralish oiladagi otasiz o'sayotgan o'g'il bolaning o'qishiga va tarbiyasiga salbiy ta'sir etishi kuchli bo'lar ekan. Shu bilan birga ajralish

3 Oilani o'rganish psixodiagnostika metodikalari. Tuzuvchilar: N.A.Sog'inov, F.G'.Habibullaev. -T.,: 1996. -38 b.

4 Shoumarov Sh.B., Shoumarov G'.B. Muhabbat va oilaviy hayot. -T.:, —Ibn Sinoll, 1996. -96 b.

75

kelin-kuyovlarning, ota-onalarining ruhiyatiga, salomatligiga, qudalar orasidagi munosabatiga, qarindoshlar va jamoa orasidagi obro'si va oila byudjetiga salbiy ta'sir qiladi. O'ziga xos xususiyatlaridan biri kuyov tomonga nisbatan ko'pgina mezonlar bo'yicha kelin tomon, ya'ni kelinning ota-onalari ruhan ko'proq jabrlanar ekan.

Ma'lumki, o'zbek oilalarida ajralishlar miqdori boshqa millatlar, masalan rus oilalarinikiga qaraganda ikki marta kam. Lekin har bir ajralishgan oilaga to'g'ri keladigan «tirik yetim» bolalar soni o'zbek oilalarida 2-2,5 martaga ko'p. Shu bilan birga, «ajralish madaniyati»ning quyi saviyada ekanligi va o'ziga xos milliy xususiyatlari bilan ifodalanishi o'zbek oilalarida ko'proq salbiy oqibatlarga olib keladi. Shunga ko'ra ajralishlarning salbiy asoratlari o'zbek oilalarida boshqa millatlar oilalaridagiga nisbatan kuchliroq ifodalanadi.5

XULOSA

Shuning uchun ham hozirgi vaqtda ajralish muammosini ilmiy asosda o'rganish masalalariga alohida e'tibor berilmoqda. Bu o'rinda ajralish omillari va sabablarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chunki aksariyat hollarda mahallalarda nikohni bekor qilish borasida o'tkaziladigan sud ishlarida ajralmoqchi bo'lgan oila buzilishining asl sababini aniqlab, nikohni bekor qilish ishlarida oddiy xatolarga yo'l qo'yilmoqda.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Oilani o'rganish psixodiagnostika metodikalari. Tuzuvchilar: N.A.Sog'inov, F.G'.Habibullaev. -T.,: 1996. -38 b.

2. Shoumarov Sh.B., Shoumarov G'.B. Muhabbat va oilaviy hayot. -T.:, —Ibn Sino, 1996. -96 b.

3. Kovalev S.V. Psixologiya sovremennoy semi. -M.:, 1988.

4. Sulaymonov J.B., Karimov N. Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599

5. www.kitob.uz

6. www.ziyonet.uz

5 www.ziyonet.uz

76

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.