Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH BORASIDAGI DAVLATIMIZ SIYOSATI'

O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH BORASIDAGI DAVLATIMIZ SIYOSATI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
51
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tadbirkorlik / gender tengligi / prezident qaror va farmonlari / huquqiy asoslar / Entrepreneurship / gender equality / presidential decisions and decrees / legal bases

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — G‘aniyev, B., Muqimov, G‘

Ushbu maqolada O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda gender tengligiga erishish borasidagi davlatimiz siyosati va bu borada qilingan hamda qilinayotgan ishlar aytib o‘tilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirishda gender tengligiga erishishga, tadbirkorlikda ham xotin-qizlarning o‘z o‘rnini topishiga olib kelish uchun ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish uchun joriy etilgan qonun va qonun osti hujatlari prezident qaror va farmonlari hamda ularning ijro etilishi tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OUR STATE POLICY ON ACHIEVING GENDER EQUALITY IN BUSINESS DEVELOPMENT IN UZBEKISTAN

This article describes the policy of our country to achieve gender equality in the development of entrepreneurship in Uzbekistan and the work done and being done in this regard. In order to achieve gender equality in the development of entrepreneurship, to bring women to find their place in entrepreneurship, to support their projects in the field of business and to eliminate their problems, the laws and sub-legal documents, presidential decisions and decrees and their implementation are analyzed. will be done.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA GENDER TENGLIGIGA ERISHISH BORASIDAGI DAVLATIMIZ SIYOSATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(6), June, 2023

O'ZBEKISTONDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA GENDER

TENGLIGIGA ERISHISH BORASIDAGI DAVLATIMIZ SIYOSATI

Ilmiy rahbar: B. G'aniyev,

Farg'ona davlat universiteti, falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent G'. Muqimov, FarDU Sotsiologiya kafedrasi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda gender tengligiga erishish borasidagi davlatimiz siyosati va bu borada qilingan hamda qilinayotgan ishlar aytib o 'tilgan. Tadbirkorlikni rivojlantirishda gender tengligiga erishishga, tadbirkorlikda ham xotin-qizlarning o'z o'rnini topishiga olib kelish uchun ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo 'llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish uchun joriy etilgan qonun va qonun osti hujatlari prezident qaror va farmonlari hamda ularning ijro etilishi tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, gender tengligi, prezident qaror va farmonlari, huquqiy asoslar

ABSTRACT

This article describes the policy of our country to achieve gender equality in the development of entrepreneurship in Uzbekistan and the work done and being done in this regard. In order to achieve gender equality in the development of entrepreneurship, to bring women to find their place in entrepreneurship, to support their projects in the field of business and to eliminate their problems, the laws and sub-legal documents, presidential decisions and decrees and their implementation are analyzed. will be done.

Key words: Entrepreneurship, gender equality, presidential decisions and decrees, legal bases

KIRISH

Bugungi har tomonlama rivoj topgan global zamonda ayollarning hayotdagi o'miga yetarlicha baho berish juda ham zarur. Chunki ayollardagi ish qobiliyati, energiya mamlakatlarning yangi bosqichga ko'tarilishida muhim ahamiyat kasb etadi. Xotin-qizlar orasida tadbirkorlikni rivojlantirish jahon miqyosida davom etayotgan muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Ayollar yurtimizning mehnatga layoqatli va iqtisodiy jihatdan faol aholisining katta qismini tashkil etadi. Bu esa gender tengligi borasidagi yangicha qarashlarni yuzaga chiqardi va so'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning tub zamirida inson qadri va manfaatlarini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

himoya qilish, har qanday holatda ham uning huquq va erkinliklarini ta'minlash masalasi borligini ko'rsatib berdi. Xususan, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning jamiyat hayotining barcha jabhalarida o'z imkoniyatlari hamda qobiliyatlarini erkin namoyon qilishlari uchun sharoit yaratish, xotin-qizlarning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, bir so'z bilan aytganda, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida gender tengligiga erishish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri desak, mubolag'a bo'lmaydi.

Gender - xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan, siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim, ilm-fan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy holat.

"Gender" so'zi inglizcha "gender", lotincha "genus" so'zlaridan olingan bo'lib, "zot, jins, kelib chiqish" ma'nosini anglatadi[8]. Agarda biologik jins insonlarni ayol va erkaklarga ajratadigan bo'lsa, gender ayol va erkaklarning jamiyatdagi o'rnini ajratishga qaratilgan. Jamiyatda ayol va erkaklarning o'z o'rnini topishi va belgilashi uchun davlat ularga bir xil sharoit va imkoniyat yaratib berishi gender tenglikni ta'minlashda asos bo'lib xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Jamiyat hayotining barcha jabhalarida gender tengligiga erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ayollar huquqlarini himoya qiluvchi qonunchilik tizimini tubdan takomillashtirish masalalari, shuningdek, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollar rolini yanada oshirishga xalqaro miqyosda, xususan, O'zbekistonda ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yilning 22-fevral kuni BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida so'zlagan nutqida: "Biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat'iy davom ettiramiz", - deb nutq so'zlab, ijtimoiy-siyosiy hayotda ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlar qat'iy davom ettirilishi haqida ta'kidlab o'tgan edi[2].

Darhaqiqat, "2030-yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini tasdiqlash haqida" Oliy Majlisi Senatining qarori[7] orqali so'nggi to'rt yilda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarga erishish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning teng ishtirok etishini ta'minlash, xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat boshqaruvida ularning to'laqonli ishtirok etishini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirila boshladi. Shu asnoda gender tenglikni ta'minlashning qonunchilik va institutsional negizini mustahkamlash yo'lida muhim choralar ko'rildi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi hamda "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Prezident Farmonlari[3] shular jumlasidan. Bundan tashqari 2022-yil 1-martda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-81-sonli Farmoni[4] va "Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi PQ-146-son qarori imzolandi[5]. Mazkur hujjatlarga asosan Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi hamda uning Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) bo'linmalari tashkil etilib, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullardagi har bir mahallada esa, mahalla raisining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo'yicha o'rinbosari hamda oila va xotin-qizlar masalalari bo'yicha mutaxassis lavozimlari tugatilib, xotin-qizlar faoli lavozimi joriy etildi.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-87- son Farmoni[6] bilan 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur hamda 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga asosan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish deb nomlangan birinchi yo'nalishida quyidagi chora-tadbirlar belgilab berildi:

• xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;

• xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash;

• xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish;

• xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish;

• jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va ixtisoslashtirilgan o'quvtarbiya muassasalarida tarbiyalanayotgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash;

• chet elga ishlash uchun ketgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, odam

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

savdosining oldini olish;

• xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza

qilish bo'yicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va milliy qonunchilik

normalari ijrosini monitoring qilish.

Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 58-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar. Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, shuningdek jamiyat va davlat hayotining boshqa sohalarida teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlaydi"[1], -deb belgilangan bo'lib, shunga asosan gender tenglikni ta'minlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish bo'yicha ishlar bir necha yo'nalishlarda olib borilmoqda:

• ayollar huquqlari to'g'risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;

• ayollarni himoya qilishning institutsional asoslarini takomillashtirish;

• aholining gender tenglik va ayollar huquqlari to'g'risida xabardorligini oshirish;

• huquqni qo'llash amaliyotida ularga rioya etilishini ta'minlash uchun mas'ul mansabdor shaxslarni tegishli huquqiy me'yorlar asosida o'qitish.

Mamlakatimiz tarixida ilk marotaba oila va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi - Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi.

Alohida davlat idorasining tashkil etilishi va unga Hukumat rahbarining o'rinbosari raislik qilishi xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash hamda ularni rozi qilish yo'lidagi ishlarni yangi O'zbekiston taraqqiyotida zamonaviy yondashuvlar asosida samarali va manzilli amalga oshirish imkonini beradi. O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlikda esa 35 foizga yetdi.

Xulosa o'rnida ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonda ayollarning davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etishi, ularning oiladagi mavqeyini mustahkamlash borasida yetarli ahamiyat va e'tibor berib kelinmoqda hamda bu boradagi ishlar yanada jadallashtirilgan tarzda davom etmoqda. Bu o'z navbatida tadbirkorlikni rivojlantirishda gender tengligiga erishishga, tadbirkorlikda ham xotin-qizlarning o'z o'rnini topishiga olib keladi. Shuning uchun ularning biznes sohasidagi loyihalarini qo'llab-quvvatlash hamda muammolarini bartaraf etish uchun joylarda xotin-qizlarni

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

tadbirkorlikka o'qitish, biznesga oid namunaviy rejalarini ishlab chiqish va ularga amaliy yordam ko'rsatishning yangi tizimi joriy etildi.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi // https://lex.uz/uz/docs/-6445145

2. Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi. https://president.uz/uz/lists/view/4179

3. Y36eKHCTOH PecnyönHKacH ^OHyH xy^^araapu MatnyMoraapu mh.MHH 6a3acu// https://lex.uz/docs/5899498

4. Y36eKHCTOH PecnyönHKacH ^OHyH xy^^araapu MatnyMoraapu MH.MHH 6a3acu// https://lex.uz/docs/5884143

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlar davlat qo'mitasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida" 2022-yil 1-martdagi PQ-146-son qarori // https://lex.uz/ru/docs/5884084

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo'llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni // https://lex.uz/ru/docs/5899498

7. 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi". Senat yalpi majlisi. Gazeta.uz.

8. https://api.moiti.uz/media/book/Кон$еренцнfl_15-sentabr.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.