Научная статья на тему 'DUNYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA GENDER ASSIMETRIYASINING SALBIY TA‟SIRI'

DUNYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA GENDER ASSIMETRIYASINING SALBIY TA‟SIRI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

292
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
gender assimetriyasi / barqaror rivojlanish / demokratiya / reproduktiv salomatlik / iqtisodiy faollik / ayollarning "tabiiy taqdiri" gender tengsizlik indeksi / bandlik / texnik kо„nikmalar / “barqaror tafovutlar” / inson kapitali. / gender asymmetry / sustainable development / democracy / reproductive health / economic activity / "natural destiny" of women / gender inequality index / employment / technical skills / "sustainable gaps" / human capital.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Nilufar Maxsudovna Koshanova, Nazokat Shuhratjon Qizi Ismoilova

Ushbu maqolamizda dunyoda gender assimetriyasining umumiy holati bо„yicha nufuzli tashkilotlarning statistik tahlillari, gender raqamli tafovutlarni bartaraf etishda ayollarning STEM sohalarida ishtirokini rag„batlantirishning ahamiyati, dunyoning barqaror rivojlanishida gender tengsizlikga qarshi kurashning ahamiyati va bu borada О„zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, mamlakatimizda oliy ta‟lim tizimida sirtqi ta‟lim dasturlarining joriy qilinishi asosida ayollarning oliy ta‟limdagi salmog„ining ortishi, hamda mazkur islohatlarning jamiyatda ayollarning ish qobiliyatiga bо„lgan ijobiy ta‟sirlari, xotin-qizlarimizda texnik kо„nikmalarining yetishmasligi oqibatida ularning mehnat bozoridagi tо„liq ishtiroki cheklanishi masalalari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, statistical analyzes of authoritative organizations on the general state of gender asymmetry in the world, the importance of encouraging women's participation in STEM fields in eliminating the gender digital gap, the importance of fighting gender inequality in the sustainable development of the world, and the work being carried out in Uzbekistan in this regard, including correspondence education programs in the higher education system of our country on the basis of its introduction, the issues of increasing the weight of women in higher education, as well as the positive effects of these reforms on women's ability to work in society, limiting their full participation in the labor market due to the lack of technical skills of our women were analyzed.

Текст научной работы на тему «DUNYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA GENDER ASSIMETRIYASINING SALBIY TA‟SIRI»

DUNYONING BARQAROR RIVOJLANISHIGA GENDER ASSIMETRIYASINING SALBIY TA'SIRI

Nilufar Maxsudovna Koshanova

dotsent v.b, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Chirchiq davlat pedagogika universiteti [email protected]

Nazokat Shuhratjon qizi Ismoilova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolamizda dunyoda gender assimetriyasining umumiy holati bo'yicha nufuzli tashkilotlarning statistik tahlillari, gender raqamli tafovutlarni bartaraf etishda ayollarning STEM sohalarida ishtirokini rag'batlantirishning ahamiyati, dunyoning barqaror rivojlanishida gender tengsizlikga qarshi kurashning ahamiyati va bu borada O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ishlar, jumladan, mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida sirtqi ta'lim dasturlarining joriy qilinishi asosida ayollarning oliy ta'limdagi salmog'ining ortishi, hamda mazkur islohatlarning jamiyatda ayollarning ish qobiliyatiga bo'lgan ijobiy ta'sirlari, xotin-qizlarimizda texnik ko'nikmalarining yetishmasligi oqibatida ularning mehnat bozoridagi to'liq ishtiroki cheklanishi masalalari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: gender assimetriyasi, barqaror rivojlanish, demokratiya, reproduktiv salomatlik, iqtisodiy faollik, ayollarning "tabiiy taqdiri" gender tengsizlik indeksi, bandlik, texnik ko'nikmalar, "barqaror tafovutlar", inson kapitali.

ABSTRACT

In this article, statistical analyzes of authoritative organizations on the general state of gender asymmetry in the world, the importance of encouraging women's participation in STEM fields in eliminating the gender digital gap, the importance of fighting gender inequality in the sustainable development of the world, and the work being carried out in Uzbekistan in this regard, including correspondence education programs in the higher education system of our country on the basis of its introduction, the issues of increasing the weight of women in higher education, as well as the positive effects of these reforms on women's ability to work in society, limiting their full participation in the labor market due to the lack of technical skills of our women were analyzed.

Keywords: gender asymmetry, sustainable development, democracy, reproductive health, economic activity, "natural destiny" of women, gender inequality index, employment, technical skills, "sustainable gaps", human capital.

April, 2023

117

KIRISH

Insoniyat tarixini tahlil qiladigan bo'lsak, ming yillar davomida xotin-qizlarning mutassil kamsitilib kelinganligi, jins senzi tufayli jamiyat hayotidagi faoliyati cheklanganligi, siyosiy huquqlardan mahrum qilinganligiga guvoh bo'lamiz. Qadimgi Afinada ozod ayollar ham qullar kabi ayol jinsiga mansubligi sababli mamlakat fuqarosi sifatida tan olinmagan. XIX asrda Yevropa ayollari fabrika va korxonalarda erkaklar bilan birdek faoliyat ko'rsatsalarda, ayol jinsiga mansubligi sabab ish haqi kam to'langan. Markaziy Osiyo ayollari asosan farzand tarbiyasi, oila xo'jaligini yuritish ishlari bilan cheklangan. Ayollarga berilayotgan bugungi kun imkoniyatlari og'ir kunlar, o'z haq-huquqlari uchun kurash evaziga qo'lga kiritildi. Xotin qizlar harakati dastavval Shimoliy Amerikada 1775-1783 yillarida mustaqillik uchun kurash davrida va Fransida 1789 -1794 yillardagi inqilob davrida vujudga keldi [9;22]. 1914 yil 8 martda xotin-qizlar bayram sifatida bir vaqtning o'zida 6 mamlakat , jumladan, Avstriya, Vengriya, Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Rossiya va Shvetsariya mamlakatlarida ilk marta keng nishonlandi [10;53-55]. Dunyoda xotin-qizlar huquqlarini tiklashga bo'lgan keng miqiyosdagi e'tibor XX asrda bir qancha xalqaro xujjatlarning qabul qilinishi bilan bevosita bog'liq. Jumladan, BMT ning "Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi", "Xotin-qizlar huquqlari kamsitilishining barcha shakllariga barham berish to'g'risida" gi Konvensilari xotin-qizlarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi huquqlarini xalqaro miqiyosda kafolatlashda asosiy mezon bo'lib xizmat qildi. Mamlakatimiz konstitusiyasining 46-moddasida xotin-qizlarning teng huquqli ekanligi belgilangan [1;46]. Prezidentimiz SH.Mirziyoyev 2019 yilgi Oliy Majlis Senatidagi ma'ruzasida "...bugun har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik o„zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo„lishi kerak" deb ta'kidlagan edilar. Ayni paytda O'zbekistonda gender tengligi masalasi davlat siyosatining muhim jihatini tashkil qiladi. Dunyo tamaddunida gender tengligiga erishish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADALOGISI.

Mahalliy tadqiqotchilardan G.O'razaliyeva gender tengligi va ayollar huquqiy madaniyatini yuksaltirish masalalari bo'yicha, O.Musurmonova[3] ayollarga davlat tomonidan beriladigan e'tibor va g'amxo'rlik masalalari, N.Mamatov O'zbekistonda mehnat munosabatlarida ayollarning haq-huquqlari, J.N.Abduraxmonova gender tensizlikga qarshi kurashning tarixiy bosqichlari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan.

April, 2023

118

MDH olimlaridan Kozlova S.V. gender tengsizlik bilan bog'liq muommolar va unga qarshi kurashning yechimlari; Gostenina V.I, Keyzik A.S, Bannikova L.M, N. Boronina va boshqalar gender tengsizlikni o'rganish metodikasi bo'yicha; xorijiy olimlardan Boettcher L., Araujo N.A.M., Nagler J., Mendes J.F. va boshqalar tizimli ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlar.

Tadqiqot ishimizda analiz, sintez, umumlashtirish, statistik tahlil metodlaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

BMT ning ayollar kamsitilishiga qarshi qator huquqiy xujjatlari hukumatimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan. BMT e'tirofiga ko'ra ayni paytda xotin-qizlarning jamiyatda siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy hayotdagi roli, ishtiroki kengayib, ayniqsa o'zbek ayollarining qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida ishtiroki kengayib borayotganligi keng yoritilgan [2;6]. Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilishda huquqiy asoslarni mustahkamlashga keng e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2019 yil sentabrda "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlar to'g'risida"gi, "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida"gi qonunlarning qabul qilinishi fikrimizning isbotidir. Konstitusiya va xalqaro standartlardagi normalarni amalga oshirish mexanizmi sifatida 2021 yil 28 mayda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining "2030 yilga qadar O'zbekiston Respublikasida gender tenglikga erishish strategiyasini tasdiqlash haqida"gi qarori qabul qilingan bo'lib, strategiyada davlatimizning 2030 yilgacha gender tenglikga erishishi lozim bo'lgan maqsadli ko'rsatkichlar belgilangan. Bu islohatlar mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini qurish sari tashlanayotgan muhim qadamlardan hisoblanadi. Hozirgi kunda respublikamizda Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqilgan bo'lib, amaliyotga bosqichma bosqich tatbiq etilmoqda. Yurtimizda so'nggi yillarda xotin-qizlarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda teng ishtirokini ta'minlash, ularni har tomonlama ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, shuningdek turli xil shakl va mazmundagi, jumladan maishiy zo'ravonliklardan himoya qilish bo'yicha keng ko'lamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Gender tengligi masalasiga davlat siyosati darajasidagi e'tibor qaratilib sohaga doir 25 dan ortiq qonun xujjatlari qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta'minlash bo'yicha komissiyasi, Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil qilindi. Mamlakatimiz tarixida ilk bora parlamendagi ayollar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos ravishda 32% ga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37 o'ringa

April, 2023

119

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

ko'tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 % ga, partiyalarda 44 % ga, oliy ta'limda 40 % ga, tadbirkorlikda 35 % ga yetdi. Olib borilayotgan islohatlar xalqaro reytinglardagi ko'rsatkichlarimizga ijobiy ta'sir ko'rsatgan holda, O'zbekiston 2020 yilda Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohatlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi. 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi[11]. Shunga qaramasdan global miqiyosda barcha mamlakatlarda raqamli gender tafovuti global muommolar qatorida qolmoqda.

Dunyoda eng nufuzli tashkilot hisoblangan BMT raqamli gender tafovuti barham topmaguncha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishib bo'lmasligini ta'kidlamoqda. BMT bosh kotibi barqaror rivojlanishning 3 ta omilidan biri sifatida jinslar orasidagi farqni kamaytirish omilini ham ko'rsatadi[4]. Gender tenglik - bu mamlakatning demokratik taraqqiyot darajasini ko'rsatuvchi indikatorlardan biri hisoblanadi. Shu bois, bugungi globallashuv davrida jamiyatda bu masalaga ustuvor e'tibor qaratmoqda. Gender tengsizlikni kamaytirishning ahamiyati qay darajada dunyoda tamaddunida ahamiyatli ekanligi borasida jahon tashkilotlari tahliliy ishlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, XMT tahlillariga ko'ra agar ishchi kuchi ishtirokidagi gender farq atiga 25% ga kamaytirilsa, dunyoda yalpi ichki mahsulot 5 % ga o'sishi mumkun. Davlat kelajagi bevosita ta'limga, fuqarolarning kasbiy malakasi va salomatligiga bog'liq. Shu sababli bugungi kunda inson kapitaliga sarmoya kiritishga katta e'tibor qaratilmoqda. Sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik, aholi turmush tarzi sohalari notekis rivojlangan. Buni inson kapitali rivojlanishi indeki (HDI inson taraqqiyoti indeksi) tasdiqlaydi. Tadqiqotchilarning kuzatuvlari mamlakatlarning rivojlanishi gender tengsizligi ko'rsatkichlari sezilarli darajada o'zgarishlarga sabab bo'lishini aniqladi. Bugungi kunda har bir mamlakat ayollarining holatini harakterlovchi bir necha ko'rsatkichlar ma'lum. Shundan eng keng tarqalgan ko'rsatkichlardan biri Gender indeksidir. Gender tengsizlik indeksi uchta asosiy ko'rsatkich asosida hisoblanadi. Bular:

- reproduktiv salomatlik;

- imkoniyatlar ;

- iqtisodiy faollik [5].

Gender tengsizlik indeksi aslida ayollarning jinsi tufayli ko'rgan yo'qotishlar sonidir(aksessuarlar).

Gender tengsizlikning ikkinchi muhim ko'rsatkichi xalqaro gender farqi (IMGR- ingliz tilidan The Global Gender Gap Index). U tadqiqotchilar nazarida IMGR to'rtta asosiy toifaga

tayanadi:

April, 2023

1. Iqtisodiy ishtirok va iqtisodiy imkoniyatlar.

2. Ta'lim.

3. Salomatlik va umr ko'rish davomiyligi.

4. Siyosiy imkoniyatlar.

Jahon Iqtisodiy Forumida har yili IMGR ko'rsatkichlari e'lon qilinadi. GII dan farqli o'laroq IMGR ballari yuqori imkoniyatlarni ko'rsatadi.

1-jadval. Gender tengsizlik darajasining ko'rsatkichlariga inson kapitalining ta'siri tahlili

(2016 yil statistikasi ) [6].

Mamlakat Xalqaro gender tenglik indeksi Inson kapitalining rivojlanish indeksi

o'rin ko'rsatkich o'rin ko'rsatkich

Islandiya 1 0,8731 14 0,957

Finlyandiya 2 0,8421 2 1,406

Norvegiya 3 0,8417 7 1,104

Shvetsiya 4 0,8129 5 1,111

Filippin 5 0,7832 66 -0,161

Rossiya 61 0,6983 51 0,010

Jadvaldagi ko'rsatkichlarni tahlil qilishimiz natijasida davlatdagi inson kapitali, ya'ni inson taraqqiyoti indeksi qanchalik yuqori bo'lsa erkak va ayollarga shuncha ko'p huquq va erkinliklar berilishini ko'rishimiz mumkun.

Ma'lumot sifatida aytishimiz lozimki, jinslarni ajratish indeksi mamlakatlarning rivojlanish darajasi bilan bevosita bog'liq. Jahon Iqtisodiy Forumining keyingi yillardagi gender tengsizlikning eng minimal darajasiga ega mamlakatlar ro'yxatida 1-o'rinda Finlyandiya (0,845), ikkinchi o'rinda Norvegiya(0,842 ) ,uchinchi o'rinda Shvetsiya(0,815) [6]. Gender tengsizlik eng yuqori mamlakatlar qatorida Yaman (0,516), Pokiston (0,556), Saudiya Arabistoni(0,583) kabilar ko'rsatilgan. Ayollarning ahvoli yomon islomiy mamlakatlar Pokiston, Iroq va Suriya mamlakatlari bo'lib erkak va ayollar o'rtasidagi gender farq 71,1 % ni tashkil qiladi. Ta'lim jarayonidagi gender assimetriyasini tahlil qiladigan bo'lsak, oliy ta'limda ayollar asosan ijtimoiy sohalarni tanlayotganligi o'rganilgan(60 % dan ortiq). Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (UNDP) o'z kapitalining haqiqiy holatini tahlil qilish uchun "Gender tengligi indeksi" (The Gender Equity Index) asosida baholaydi. Bunda turli malakatlardagi ayollarning haqiqiy ahvoli uchta muhim sohada aniqlanadi:

- Reprodkutiv salomatlikni muhofaza qilish.

- Fuqarolik huquqlari va imkoniyatlari.

- Mehnat bozoridagi imkoniyatlar [6].

April, 2023

121

Yevropa Komissiyasi va Tashkilotning qo'shma tadqiqotlari Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti(OECD) gender tengsizlik indeksi oltita elementdan iborat: ish, pul, kuch, bilim, vaqt va sog'liq.

Jahon iqtisodiy forumining ushbu mavzu bo'yicha dunyo mamlakatlari ayollarini to'rtta asosiy mezon bo'yicha o'rganmoqda. Bular:

- iqtisodda ishtirok etish va mehnat bozoridagi mavqei, shu jumladan ish haqi va martaba imkoniyatlari;

- ta'limning mavjudligi;

- umr ko'rish davomiyligi va chaqaloqlar o'limi ko'rsatkichi;

- siyosatga aralashish.

Ushbu tadqiqotlarga ko'ra 2009 yildan beri Islandiya gender tenglik masalasida yetakchi o'rinni egallamoqda. Undan keyin Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya bo'lib, kuchli o'nlikda shuningdek, Nikarauga, Ruanda, Namibiya, Filippin, Yangi Zelandiya va Irlandiya malakatlari ham o'rin egallagan.

Dunyoda vazirlik lavozimlarida 18 % , deputatlik lavozimlarida 24 % ayollar faoliyat ko'rsatmoqda.

Shu o'rinda Gender assimetriyasi tushunchasini tahlil qiladigan bo'lsak, gender assimetriyasi bu - hayotning turli sohalarda ikkala jinsning ijtimoiy va madaniy rollarining, shuningdek, ular haqidagi g'oyalarning nomutanosibligi hisoblanadi. Rossiya oliy ta'limning gender assimetriyasi bilan bog'liq muommolarini tahlil qildi. Tahlil qilish uchun universitetlarning veb-saytlari, Rossiyaning rasmiy statistikasi, BMT, Jahon iqtisodiy forumida taqdim qilingan ma'lumotlardan foydalanildi va gender farqi, gender tenglik bo'yicha dolzarb statistik ma'lumotlar taqdim qilindi. Rossiyada 1999 yilgi statistik ma'lumotlarga ko'ra aholining 53% i ayollar bo'lib, Davlat Dumasining atiga 7% ini ayollar tashkil qilgan. Tarixga biroz nazar tashlaydigan bo'lsak, sobiq SSSR davrida xalq xo'jaligining boshqa sohalarida ayollar erkaklar bilan teng mehnat qilgan, ammo xususiyatlashtirish natijasida yirik tadbirkorlar orasida ularning ulushi atiga 3% ni tashkil qilgan. Bugungi kunda oliy ma'lumotli ayollar salmog'i Rossiyada 56% ni tashkil qilsada , ularning umumiy daromadi erkaklar daromadining 40% dan oshiqrog'ini tashkil qiladi. Rossiya mamlakatida oliy ta'lim tizimida ayollar ustunlik qiladi. Tahlillar Rossiyada gender tengsizlik so'nggi 10 yil ichida kamayganligini ko'rsatadi. Rossiya oliy ta'limidagi gender assimlyatsiyasini tahlili boshqaruv sohasida erkaklarning ustunligi bilan belgilanadi. Shu jumladan, boshqa sohalar masalan, san'at va madaniyatda ham mavjud. Ammo boshqaruvda erkaklar ustuvorlik qiladi. Jumladan Rossiyada erkak rektorlar 84%, ayol rektorlar 16% ni tashkil qiladi. Dekan, kafedra

April, 2023

122

ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

mudiri lavozimlarini ham asosan erkaklar egallagan bo'lib, ayollar asocan quyi lavozimlarni ko'proq band qilgan. BMT tahliliy statistik ma'lumotlariga ko'ra gender tengligi masalasida O'zbekistonning yutuqlari sifatida, mamlakat 99,6%i savodxonlikga egaligi gender jihatdan sezilarli bo'shliqga ega emasligi ko'rsatilgan [8] . Ammo BMT tahlillariga ko'ra oliy o'quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot lavozimlarda ayollar ulushi kamayib bormoqda. Jamiyatdagi gender rollari to'g'risida chuqur singib ketgan stereotiplar tufayli o'quv dasturlarini tanlashda gender assimetriyasi mavjud. Mamlakatimizda oliy ta'lim tizimida sirtqi ta'lim dasturlarining joriy qilinishi ayollarning oliy ta'limdagi salmog'ining ortishi jamiyatda ayollarning ish qobiliyatini oshirishi asosida bandligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ammo ko'plab to'siqlar ayollarning mehnat bozoridagi to'liq ishtirokini cheklaydi. Jumladan, ayollarning texnik ko'nikmalarining yetishmasligini bunga misol qilish mumkun. Bundan tashqari ayollar ko'pincha ijtimoiy sohalarda mehnat faoliyati bilan band bo'lib, ularning ish haqi erkak rasmiy sektoridagi ish haqidan 50-60 % ga kamroq. Bir qator mualliflarning ta'kidlashicha, raqamli iqtisodiyot sharoitida StTEAM ataluvchi kasblar, jumladan, fan, texnologiya, muhandislik va matematika jadal rivojlanmoqda. Masalan erkaklar uchun deb hisoblanuvchi axborot kommunikatsiyalari texnologiyalari (AKT) sohasida ayollarning ulushi 30% ni tashkil qiladi. Gender raqamli tafovutlarni bartaraf etish, ayollarning STEM sohalarida ishtirokini rag'batlantirish va genderga oid elektron xizmatlarni rivojlantirish bo'yicha samarali choralar ko'rish barcha sohalarga gender tengligini ta'minlashning kalitidir.O'zbekistonda xotin-qizlarni IT-sohasiga jalb etish bo'yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent shahrida "GAP" IT-klubi ishga tushirildi. Mazkur klkb tashabbuskorlarining maqsadi IT-kasblarini ayollar va yosh qizlar uchun ochiq va qiziqarli qilish, IT- sektorining imkoniyatlarini ko'rsatish shu orqali sohadagi gender tafovutni kamaytirish hamda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashdan iboratdir. Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son qarori bilan tasdiqlangan 20222026 yillarda Yangi O'zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadida xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta'minlash belgilangan. Bunda jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo'ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, gender tenglikni ta'minlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirib, ularni qo'llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirishga oid davlat dasturida aniq chora-tadbirlar nazarda

tutilgan.

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

Bugungi kunda mamlakatimizda davom etayotgan konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida gender tenglikni ta'minlashga bo'yicha yangi qoidalarni asosiy qonunimizda mustahkamlashga qaratilgan bir qator takliflar ilgari surilmoqda. Gender assimetriyasining manbai ba'zan davlat tuzilmalari bo'ladi, masalan, fundamentalistik mamlakatlarda ayollar saylovlarda ishtirok etish huquqidan mahrum bo'lgan, ayrim hollarda - ta'lim olish, jamoat hayotida ishtirok etish, uydan tashqarida ishlash va boshqalar. Ammo ko'pincha gender assimetriyasining manbai yashirin kamsitish va amaliy harakatlar dirijyorlari bo'lgan jamoat ongida hukmronlik qiluvchi patriarxal munosabatlardir. Shunday qilib, neoliberal ong ayollarning hokimiyatdagi past vakilligini ayollarning "tabiiy taqdiri" yoki ularning siyosatga kirishni istamasligi bilan izohlashga intiladi. Gender assimetriyasi davlatlar va dunyoda beqarorlik manbai bo'lib, buni ekspertlar, jumladan, BMT ekspertlari tomonidan ham isbotlangan. Hozirgi vaqtda xalqaro agentliklar va tashkilotlar hayotning barcha sohalarida gender nosimmetrikligini bartaraf etish bo'yicha keng ko'lamli dasturlarni ishlab chiqmoqda. Jahon banki hisobotida so'nggi 10 yillikda gender tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan huquqiy vositalar tahlil qilinib, bunga ko'ra 131 ta mamlakatda 274 ta qonunchilik islohati amalga oshirilgan. Natijada ayollarning jamiyat hayotining turli sohalaridagi huquq va erkinliklari kengaytirilgan.

Tadqiqot ishimiz davomida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi;

- mamlakatimiz xotin-qizlarini qobiliyatlariga mos ravishda kasbiy shakllanishi va rivojlanishida psixologik va pedagogik markaz xizmatlarni tashkil qilish;

- ayollarga nisbatan maishiy zo'ravonlikni kamaytirish maqsadida jahon tajribalari asosida qonunchilik asoslarini mustahkamlash (jumladan, Britaniya tajribasini o'rganish;

- jamiyat va davlat boshqaruvida jins senzini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ko'lamini kengaytirish.

Gender tengsizlik masalasi asrlar davomida kishilik jamiyatining muommosi sifatida mavjud bo'lib kelmoqda. Dunyoning barqaror rivojlanishiga jinslar tengsizligi , ayollar haq-huquqlarining cheklanganligi, ularning o'z orzu-umidlari jins senzi tufayli amalga oshmayotganligi, jamiyatda o'zining munosib o'rniga , o'z so'ziga ega bo'la olmayotganligi sabab bo'lmoqda.Millat tarbiyachisi bo'lgan ayol jinsining ta'lim olishiga yo'l bermayotgan ayrim mamlakatlardagi mutaassib hukumat vakillarining kelajak avlod rivojlanishiga to'siq bo'layotganligini achinarli holat. Dunyoda jinsiy kamsitish davom

XULOSA

etar ekan barqaror rivojlanish imkoniyati pasayib boraveradi.

April, 2023

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi konstitusisi.T.:0'zbekiston ,2021.-B.46.

2. N.Mamatov. Gender tenglik. Bolalar va majburiy mehnatdan foydalanishga qarshi kurash bo'yicha xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va milliy qonunchilik.Intellekt management» konsalting kompaniyasi Toshkent 2018.S.6.(78)

3. Musurmonova O. Ayollarga davlat g'amxo'rligi /Ayolga ehtirom. T.: O'zbekiston. 1999. -147 b

4. Birlashgan millatlar tashkiloti yangilangan umumiy mamlakat tahlili: O'zbekiston. BMTning mamlakatdagi jamoasi toshkent, O'zbekiston. Mart, 2021 yil.-S.41.(119) https://www.ilo.org/global/about-the-ilo/ multimedia/maps-and-charts/enhanced/WCMS_556526/ lang--en/index.htm

5. Proyekt povisheniya konkurentosposobnosti vedushix rossiyskix universitetov sredi vedushix mirovix nauchno-obrazovatelnix sentrov (Proyekt 5-100) [Elektronniy resurs] URL: http://5top100.ru/universities/ [28.02.2017]

5. Indeks gendernogo razriva po versii Vsemirnogo ekonomicheskogo foruma. Gumanitarnaya ensiklopediya [Elektronniy resurs] // Sentr gumanitarnix texnologiy, 2006-2016 (poslednyaya redaksiya: 30.10.2016). URL: http : //gtmarket.ru/ratings/global-gender-gapindex/info [28.02.2017].

6. Indeks gendernogo ravenstva po versii PROON.// Gumanitarnaya ensiklopediya [Elektronniy resurs] // Sentr gumanitarnix texnologiy, 2006-2019 //. URL: https://gtmarket.ru/ratings/gender-equity-index-un/info

8. https:// resources.norrag.org/resource/576/education-sector-planesp-of-uzbekistan-

9. History of Woman in West. / Gen. eds. G.Duby, M.Perrot V.I Cambridge (Mass.),1992 .-P.22.

10. Rajabov Q., Qandov B. Jahon tarixidagi sulola va davlatlar: qisqacha siyosiy tarixi va muhim sanalari. T.: "O'zbekiston", 2015. - B. 121.; Normatov O.M. Some Features of Regional Policy in Turkestan // International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD), e-ISSN: 24566470, 2021. -Pp.53-55.

11. https://bojxona.uz/uz/news/view/7200

2019-2023

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.