Научная статья на тему 'TALABA XOTIN-QIZLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI'

TALABA XOTIN-QIZLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
60
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijtimoiy faollik / jamiyat taraqqiyoti / faollik / ta’lim / innovatsiya / omil. / social activity / community development / activity / education / innovation / factor.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Tursunova, Dilnavoz To‘Lqin Qizi

Mazkur maqolada bugungi kunda jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda talabalar, xususan talaba xotin-qizlar ijtimoiy himoyasi va intellektual faolligini oshirish zarurati va mazkur jarayonda ta’lim-tarbiya tizimi subyektlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishning innovatsion omillari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN APPROACHES TO DEVELOPMENT OF SOCIAL ACTIVITY IN WOMEN STUDENTS

In this article, the need to increase the social protection and intellectual activity of students, especially female students, and the innovative factors of effective use of the possibilities of the subjects of the educational system in this process are analyzed.

Текст научной работы на тему «TALABA XOTIN-QIZLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

TALABA XOTIN-QIZLARDA IJTIMOIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI

Tursunova Dilnavoz To'lqin qizi

Farg'ona davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi E-mail : tursunova@bk.ru

Mazkur maqolada bugungi kunda jamiyat taraqqiyotini ta 'minlashda talabalar, xususan talaba xotin-qizlar ijtimoiy himoyasi va intellektual faolligini oshirish zarurati va mazkur jarayonda ta'lim-tarbiya tizimi subyektlari imkoniyatlaridan samarali foydalanishning innovatsion omillari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ijtimoiy faollik, jamiyat taraqqiyoti, faollik, ta'lim, innovatsiya,

omil.

In this article, the need to increase the social protection and intellectual activity of students, especially female students, and the innovative factors of effective use of the possibilities of the subjects of the educational system in this process are analyzed.

Key words: social activity, community development, activity, education, innovation, factor.

O'zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar jarayoniga jalb etish, davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiyalashni keng ko'lamda amalga oshirish obyektiv zaruriyatga aylandi. Bugun jamiyatning deyarli hech bir muammosini, hatto kelajagi buyuk davlat qurish vazifasini ham ayollar ishtirokisiz hal qilish mushkul. Kelajagi buyuk davlat qurish borasida biz, eng avvalo, yosh avlodga tayanamiz. Farzandni kamolga yetkazish oilaviy tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yishdan boshlanadi. Oiladagi o'g'il-qizlarimizning qanday insonlar bo'lib yetishishi hammadan burun ayollarimizga bog'liq.

Respublikamiz BMTning "Xotin-qizlarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllarini yo'q qilish haqida"gi konvensiyasiga, Xalqaro mehnat tashkilotining "Onalikni muhofaza qilish to'g'risida"gi, "Mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlar to'g'risida"gi konvensiyalariga MDH davlatlari ichidan birinchilar qatorida qo'shildi.Bu hujjatlar xotin-qizlar manfaatlarini muhofaza qilish va ularning oiladagi va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan meyoriy -huquqiy hujjatlar kompleksining tarkibiy qismidir.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahnamoligida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, salomatligini muhofaza qilish,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

intilish va tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, ularga munosib mehnat va yashash sharoitlarini yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi "Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5325-sonli Farmonining qabul qilinganligi buning yorqin ifodasidir.

Mazkur Farmon bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlashga alohida e'tibor qaratildi.

O'zbek xotin-qizlarining zamonaviy va milliy fazilatlari, ularning ijtimoiy hayotdagi, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi o'rni masalalari O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi, falsafa fanlari doktori, professor X.O.Shayxova ilmiy izlanishlarida markaziy o'rinda turadi. Uning mustaqillik yillarida chop ettirgan asarlari [1;2;3;4;5] xotin-qizlar masalasini milliy demokratik taraqqiyot nuqtai nazaridan o'rganishga yordam beradi. Olima yozadi, mustaqillik tufayli "xotin-qizlarning tengligi va ozodligini to'la ro'yobga chiqarish, yangicha tafakkur, erkin fikrlash va dunyoqarashini shakllantirish, ijtimoiy hayotda ayolga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirish, Sharq ayoliga xos momo meros, axloqiy go'zal qadriyat va fazilatlarni keng kamol toptirish zarurati mustaqil yurtimizda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek ayollarining madaniy va ma'naviy, huquqiy-axloqiy, intellektual salohiyatini oshirish, oiladagi onalik burchi va mas'uliyatini milliy, umuminsoniy nuqtai nazardan chuqur anglab yetish va amaliyotga rioya qilishga odatlantirish mustaqillik tamoyilining asosiy vazifasidir. Ayollar jamiyatning eng e'zozga sazovor, hurmat-izzat, g'amxo'rlik va e'tiborga loyiq ijtimoiy toifasiga aylanmoqda... Demak, ayolni ulug'lash - oilani, Vatanni, hayotni ulug'lashdir." Ushbu fikrlarini davom ettirib, o'zbek ayoliga xos bo'lgan insoniy, ma'naviy fazilatlarni qayd etib, X.O.Shayxova zamonaviy ayollarning ijtimoiy faolligini ham ko'rsatadi. "Biror soha yo'qki, - deb yozadi u, - ayol o'z bilimi, faolligi, iste'dodini namoyon qilmasin. Mulkdorlar sinfi vakili, tadbirkor, fermer, kichik va qo'shma korxona sohibi, tijoratchi, biznes va menejer kabi kasb egalari yoki mudofaa va huquq-tartibot sohasida minglab iqtidorli, salohiyatli, aql-zakovatda o'ktam ayollarning faoliyat ko'rsatishi shakllanayotgan fuqarolik jamiyatimiz uchun oddiy holdir. Darhaqiqat, rahbarlik va boshqarish ishlarida ayollar soni ko'payib bormoqda"[5, 88].

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Zamonaviy sharoitda jahon amaliyotiga asoslangan mazkur dastlabki izlanishlar BMT taraqqiyot dasturi YUNESKO, «Ochiq jamiyat» Ko'mak jamg'armasi instituti tomonidan qo'llab-quvvatlandi. Xususan, talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularni jamiyatimizning teng huquqli bunyodkoriga aylantirish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.

Zamonaviy jamiyatda izchillik bilan va samarali tarzda ushbu tushunchaning ijtimoiy tahlili amalga oshirilib kelinmoqda. «Gender» tushunchasining mazmuni, avvalo, jinsni ijtimoiy modellashtirish yoki tashkil etishda mujassamlashgan. Jamiyatda muayyan jins rollarining bajarilishini taqozo etadigan xatti-harakatlar meyori tizimi vujudga keladi; tegishli tarzda ushbu jamiyatda «erkaklarga oid» va «ayollarga oid» bo'lgan xususiyatlar borasida qat'iy qaror topgan tasavvurlar qatori paydo bo'ladi. Gender tabiatan belgilanmagan, ijtimoiy hodisalar ato etgan xususiyatlar yig'indisidir[6, 182].

Gender - jinsning madaniy niqobi, bizning o'z ijtimoiymadaniy tasavvurlarimiz doirasidagi jins haqidagi qarashlarimizdir. Buning ustiga, jins faqat gender demakdir, ya'ni uning ijtimoiylashtirilishi natijasida jinsni tashkil etgan narsadir.

Hozirgi jamiyatda talaba-qizlarning ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan o'zini oqlaydi. J.Stenli gender tafovutlarga nisbatan ilmiy nazariyani ilgari suradi. Genderdagi differensiatsiya shunday jarayonki, unda erkaklar va ayollar o'rtasidagi biologik farqlar ijtimoiy mazmunga ega bo'ladi va ijtimoiy tasniflash vositasi sifatida qo'llaniladi. Gender roli gender atrofidagi tushunchalardan kelib chiqadigan ijtimoiy umidlar, shuningdek, nutq, o'zini tutish, kiyimlar va imo-ishoralar shaklidagi xattiharakatlardir. Erkaklar va ayollar g'oyalari, insonlarning fikricha, bir-birini inkor etadi va ayrim madaniyatlarda rolga xos xatti-harakatlar qutblangan bo'lishi mumkin: sustlik - ayollarga, faollik - erkaklarga xos.

Gender rollar bilan bog'liq bo'lgan xattiharakatga oid ko'rsatmalar mehnatning erkaklar va xotin-qizlar mehnatiga bo'linishida ayniqsa, yaqqol namoyon bo'ladi. Hozirgi davrda har tomonlama rivojlangan, keng dunyoqarashga ega bo'lgan talabaqizlarni mutaxassislik asosida tayyorlash va ular yordamida mamlakatimiz xotin-qizlari salohiyatidan jamiyatimiz ma'naviyati va moddiy farovonligini yanada oshirishning falsafiy-ijtimoiy xususiyatlari hamda pedagogik-psixologik o'ziga xosliklari mavjuddir. Zamonaviy sharoitda oliy ta'lim tizimida talaba-qizlarning jamiyatdagi siyosiyijtimoiy ishtiroki dinamikasi, ilmiy salohiyatni egallashdagi faoliyati, mehnat bozorida bandlik darajasi, nikoh munosabatlarida qadriyatli yondashuvlar asosidagi faoliyati tarixiy davrlar nazariyalari bo'yicha tavsiflanadi. Gender yondashuv va shaxsga qadriyatli yondashuv asosida talaba- qizlarning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

ijtimoiy faolligini rivojlantirish bugungi kunda ta'lim sohasi hamda yoshlar ma'naviy saviyasini oshirishga xizmat qiladi.

XULOSA

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xulosa qilib aytganda: - tadqiqotlar asosida oliy ta'lim tizimida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning ilmiy asoslari va texnologiyasini ishlab chiqish; - oliy ta'lim tizimida gender yondashuv asosida talaba-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik shart- sharoitlarini o'rganish va tahlil qilish yordamida talaba-yoshlar gender farqlarining ta'minlash modelini yaratish zarur.

ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Шайхова Х., Назаров ^ Умуминсоний кадриятлар ва маънавий камолот. -Тошкент: Узбекистон, 1992;

2. Шайхова Х., Тиллаева Г. Соглом турмуш тарзи ва ёшлар камолоти. -Тошкент: Фалсафа ва хукук инст. нашр., 2008;

3. Шайхова Х. Узбек аёли - одоб тимсоли. -Тошкент: Узбекистон, 2007;

4. Шайхова Х. Баркамол авлод - ахлокий- кадриятлар куршовида. -Тошкент: Фалсафа ва хукук инст. нашр., 2010.

5. Шайхова Х. Маънавият - камолот кузгуси. -Тошкент: Е.Еулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2009. -Б.88.

6. Большой толковый социологический словарь. COLLINS. Т. 1. - М.: «АСТ», 1991. - C. 182.

7. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.

8. Maksudov, U. K. (2023). SCIENTIFIC-THEORETICAL ANALYSIS OF THE PROMOTION OF STUDENT-YOUTH INITIATIVES BASED ON THE GENDER APPROACH. Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities, 77(3), 688-693.

9. Maqsudov, U. Q. (2020). Stages and forms of development of social activity of primary school students through people's oral creativity. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 13651368.

10. Muhammadjonovna, U. N., Makhmutovna, T. H., & Kurbonovich, M. U. (2020). IPROVING THE MECHANISM OF INCREASING THE SOCIAL ACTIVITY OF YOUNG PEOPLE IN THE DEVELOPMENT OF A DEMOCRATIC AND LEGAL SOCIETY. JCR, 7(12), 3133-3139.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

11. Mukhammedovna, U. N., & Oyturaxonovna, I. S. (2019). IMPROVING SOCIAL ACTIVITY OF YOUTH IN UZBEKISTAN AS THE DEMOCRACY AND DEVELOPMENT OF LEGAL SOCIETY. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

12. qizi Tursunova, D. T. (2021). Principal And Important Factors In The Formation Of Social Activity Student Women. Current Research Journal Of Pedagogics, 2(05),

13. Siddiqov, B. S., & Mexmonaliyev, S. N. (2022). PEDAGOGIK AMALIYOTNING BO 'LAJAK O 'QITUVCHINING KASBIY TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA TUTGAN O 'RNI. Academic research in educational sciences, 3(1), 10-16.

14. Sobirjon, A. (2020). Socio-pedagogical factors of formation of activities of society and social involvement in students who have an active life position. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 8(12).

15. Tursunova, D. (2021, December). THE CONCEPT OF SOCIAL ACTIVITY AND ITS IMPORTANCE IN SOCIAL DEVELOPMENT. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 84-87).

16. Tursunova, D. (2022). FACTORS INFLUENCING THE FORMATION OF SOCIAL ACTIVTY. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 285-289.

17. Tursunova, D. (2022). PUBLIC ACTIVITIES AND ITS PERSONS. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 127-130.

18. Tursunova, D. T., Abobakirova, O. N., Buzrukova, D. M., Mahmudova, O. T., Ubaydullayeva, Z. H., & Kholmatova, N. N. (2022). Principal Principles And Important Factors Of Student Women's Social Activity. Journal of Positive School Psychology, 6262-6269.

19. ugli Abdullaev, S. S. (2021). SOCIAL INVOLVEMENT IN STUDENTS RESULTS OF EXPERIMENTAL WORK ON THE DEVELOPMENT OF VIRTUES.

20. ugli Abdullaev, S. S. (2021, July). SOCIO-POLITICAL FACTORS OF DEVELOPMENT OF SOCIAL RELATIONSHIPS IN STUDENTS IN THE PROCESS OF PEDAGOGICAL EDUCATION. In Euro-Asia Conferences (pp. 168170).

21. Urinova, N. M. (2018). Developing and Promoting Students' Social Activity. Eastern European Scientific Journal, (6).

53-62.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

22. Urinova, N. SOCIAL EDUCATION OF STUDENTS AS AN IMPORTANT COMPONENT OF TEACHING ACTIVITIES.

23. Джалалов, Б. Б. (2016). Место и роль воздействия воспитания в повышении общественной активности учащихся. Ученый XXI века, (5-1 (18)), 38-41.

24. Джалалов, Б. Б. (2020). Ёшлар ижтимоий фаоллигини оширишнинг назарий методологик асослари. Педагогика ва психологияда инновациялар, 10(3).

25. Сиддиков, Б. С., & Джалалов, Б. Б. (2016). Задачи развития активности молодёжи с помощью педагогических тренингов. Ученый XXI века, (6-2).

26. Уринова, Н. М. (2018). Таджибоева ХМ ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ УЧАЩЕЙСЯ МОЛОДЕЖИ. INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS OF PHILOSOPHY, SOCIOLOGY, HISTORY AND POLITICAL SCIENCE, 29-33.

27. Уринова, Н. М., & Таджибоева, Х. М. (2018). Педагогические основы развития социальной активности учащейся молодежи. In international scientific review of the problems ofphilosophy, sociology, history and political science (pp. 29-

33).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.