Научная статья на тему 'TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI'

TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
35
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
gender tengligi / ta’lim jarayoni / transformatsiya / texnologiyalar

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — M.A.Abdullayeva

Ushbu maqolada ta’lim jarayonida transformatsiyada gender tenglik masalasi, asosiy muammo va yechimlar yuzasidan fikrlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI»

TA'LIM TRANSFORMATSIYASIDA GENDER TENGLIK MASALALARI

M.A.Abdullayeva

Andijon viloyat pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi direktori, pedagogika

fanlari nomzodi, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.10657852

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim jarayonida transformatsiyada gender tenglik masalasi, asosiy muammo va yechimlar yuzasidan fikrlar keltirilgan.

Kalitso'zlar: gender tengligi, ta'lim jarayoni, transformatsiya, texnologiyalar

Аннотация. В данной статье представлены идеи по вопросу гендерногоравенства в трансформации образовательного процесса, основные проблемы и пути их решения.

Ключевые слова: гендерное равенство, образовательный процесс, трансформация, технологии

Keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar natijasida O'zbekiston Respublikasida jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq va imkoniyatlarni ta'minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilish masalalari bo'yicha mustahkam huquqiy asoslar yaratilayotganligi axamiyatlidir.

Jumladan, «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.

Davlat va jamoat tashkilotlari tizimida 1 300 nafardan ortiq, shu jumladan vazirlik va idoralarda 45 nafar, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hamda Vazirlar Mahkamasida 39 nafar, mahalliy davlat hokimiyati organlarida 207 nafar ayol rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga 2019 yilda bo'lib o'tgan saylovlarda ro'yxatdan o'tgan 21 435 000 nafar saylovchining qariyb 50 foizi yoki 10 825 641 nafari xotin-qizlarni tashkil qilishi ijobiy natijalarga yaqqol misoldir.

O'tkazilgan saylovlarda ko'rsatilgan nomzodlarning 41 foizi xotin-qizlar bo'lib, ularning soni O'zbekiston Respublikasi Saylov kodeksida belgilangan 30 foizlik kvotadan ortganligi ham quvonarli xoldir.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlarining 32 foizi, Senati a'zolarining hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, mahalliy Kengashlar deputatlarining qariyb 25 foizini xotin-qizlar tashkil etmoqda.

Gender tenglikni ta'minlash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi natijasida, parlament yuqori palatasida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi, Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo'yicha respublika komissiyasi, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash masalalari bo'yicha maslahat-kengashlari, Respublika xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tashkil etilganligini misol qilib keltirish mumkin. Ushbu tashkil etilgan jamoatchilik kengashi xotin qizlar va gender tenglik masalariga aloxida axamiyat qaratishi va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirishga erkaklari bilan teng huquq hamda imkoniyatlarga ega bo'lishga xizmat qilmoqda.

O'zbekiston tarixida birinchi marta milliy parlamentda xotin-qizlar soni Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga mos darajaga yetdi. Mamlakatimiz parlamenti xotin-qizlar soni bo'yicha dunyodagi 190 ta milliy parlamentlar o'rtasida 37-o'ringa ko'tarildi. Bunday natijaga erishish ham islohotlarning samarasidir.

Shuningdek, O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi va O'zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zolarining 49 foizini, O'zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi a'zolarining 46 foizini, O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasi va O'zbekiston Ekologik partiya a'zolarining 41 foizini xotin-qizlar tashkil qilad

Islohotlarning barcha bosqichlarida O'zbekistonda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat keng qamrovli masalalarni o'z ichiga oladi. Aholi daromadlarini tizimli ravishda oshirib borish, bandlik va mehnat munosabatlarini shakllantirish, aholining ayrim toifalarini, shu jumladan tadbirkor va fermer xotin-qizlarni ijtimoiy himoya qilish va qo'llab-quvvatlash borasida qo'shimcha kafolatlar berildi.

Bugungi kunda xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni ta'lim olishlari uchun imkoniyatlar yaratish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratish amaliyoti yo'lga qo'yildi.

Tijorat banklari mikrokredit bazasi mijozlarining 30 foizidan ortig'ini xotin-qizlar tashkil etayotganligi, tijorat banklari mablag'lari hisobidan 172 mingdan ortiq xotin-qizlarga 4,9 trillion so'm miqdorida kreditlar ajratilganligi fikrimizni yaqqol misolidir. Gender tenglikni rag'batlantirish va unga erishish uchun ommaviy axborot vositalari faoliyati ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Zamonaviy ijtimoiy va siyosiy faol xotin-qizlar imidjini aks ettiruvchi, xotin-qizlar va erkaklar uchun yaratilgan imkoniyatlarni yorituvchi radioeshittirishlar va teleko'rsatuvlar soni kundan kunga ko'paymoqda. Bu esa xotin-qizlarning faollikka erishishiga turtki bo'lmoqdadir.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida mamlakatimizda O'zbekistonning 2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalari qabul qilingan.

Mazkur vazifalar doirasida gender tenglikni ta'minlash hamda barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy hamda boshqa sohalarda zarur choralar belgilab olingan.

Barqaror rivojlantirish sohasidagi milliy maqsadlar va vazifalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo'yicha Parlament komissiyasi faoliyati yo'lga qo'yildi.

Shu bilan birga, xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, ta'lim va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda jiddiy e'tibor talab etadigan masalalar mavjud.

Ta'limda xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida keskin tafovutlar kuzatitilib, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim o'qituvchilarining 70 foizdan ortig'ini ayollar tashkil etmoqda.

Ta'limning pedagogika va gumanitar fanlar filologiya, pedagogika, psixologiya, madaniyat va san'at yo'nalishlarida tahsil olayotgan xotin-qizlar ulushi 68 foizni tashkil etsa, muhandis-texnik axborot texnologiyalari, energetika, injeneriya va huquqshunoslik sohalarida ularning ulushi hamon kamligicha 24 foiz qolmoqda.

Xususan, Jahon Bankining «Ayollar, biznes va qonun indeksi»da 190 ta mamlakat orasida 139-o'rinni, AQSHning Djordjtaun instituti tomonidan yuritiladigan «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik indeksi»da 167 ta mamlakat ichida 89-o'rinni egallamoqda. Indeks beruvchi xalqaro tashkilotlarning statistik ma'lumotlariga asosan Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlanadigan «Global gender tafovuti» global hisobotida O'zbekistonning o'rni aks etmagan.

Shu munosabat bilan Gender strategiyasining amalga oshirilishi xotin-qizlar va erkaklar o'rtasida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalardagi tengsizlikni bartaraf etish, O'zbekiston Respublikasining xalqaro maydondagi imidjini oshirish imkonini beradi.

Gender strategiyasining asosiy maqsadi — irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar xotin-qizlar va erkaklarning haqiqiy tengligini ta'minlashdan iborat.

Gender strategiyasining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi: xotin-qizlarning yer va mulkka nisbatan egalik qilish imkoniyatlarini kengaytirish; jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta'lim, ilm-fan hamda sport munosabatlarida xotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishlarini qo'llab-quvvatlash, qaror qabul qilishda ularning yetakchilik qilishlari uchun teng imkoniyatlarni yaratish;

xotin-qizlarning siyosiy faolligini oshirish, ularning jamiyatdagi o'rni bilan bog'liq salbiy qarashlarni o'zgartirish;

aholi bandligi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun kafolatlangan teng huquq hamda imkoniyatlarni, shuningdek, munosib ish o'rinlarini yaratish, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, xotin-qizlarning tijorat banklaridan kredit olishga bo'lgan imkoniyatlarini kengaytirish;

xotin-qizlar va erkaklarni butun umri davomida o'qishga bo'lgan imkoniyatlarini rag'batlantirish, ularning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish va reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini yuksaltirish;

odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, tazyiq va zo'ravonlikni oldini olish, ularni aniqlash va barham berish bo'yicha samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yaratish;

oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a'zolarining mas'ulligini oshirish, erta nikoh, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh, erta tug'ruq hamda oilaviy ajralishlarning oldini olish;

gender tenglik tamoyillarini ilgari surishda, xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarini teng amalga oshirishda byudjetni rejalashtirish, gender masalalarini byudjet jarayonlariga integratsiyalash, gender statistikasi yuritilishini takomillashtirishdan iboratdir.

Davlat xizmati sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilmoqda

davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga tanlovlar asosida tayinlash mexanizmlarini joriy qilish orqali xotin-qizlarning rahbarlik lavozimlaridagi ulushini bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda

jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal qilishda va dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan qarorlarni qabul qilish hamda ularni amalga oshirishda xotin-qizlarning ishtirokini kuchaytirilmoqda.

xotin-qizlarning xalqaro miqyosda davlat hamda o'zi faoliyat yuritayotgan davlat organi va tashkiloti nomidan vakil bo'lish hamda xalqaro tashkilotlar ishida ishtirok etish imkoniyatini kengayib bormoqda.

rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan aholini tashvishga solayotgan muammolarni bevosita hududga chiqib hal qilish amaliyotini kengaytirilmoqda.

Ta'lim, ilm-fan, sport hamda sog'liqni saqlash sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilmoqda;

uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish, xotin-qizlar va erkaklarni butun umr davomida o'qishga bo'lgan imkoniyatlarini rag'batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni oliy ta'lim bilan qamrab olinishini kengaytirish;

xotin-qizlarni ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, ularning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan dasturiy ishlanmalarini, innovasion g'oyalarini, ixtirochilik, rasionalizatorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash;

zamonaviy pedagogik texnologiyalar va uslublarni hisobga olgan holda maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta, o'rta maxsus, oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlariga gender mavzusini joriy etish orqali fuqarolarning genderga oid savodxonligini yuksaltirish;

ehtiyoji yuqori bo'lgan sohalarda mahalliy va xorijiy ta'lim muassasalariga o'qishga va malaka oshirishga xotin-qizlarni jalb qilish;

mavjud va kelajakda yaratiladigan maktab darsliklari, o'quv-uslubiy materiallar va boshqa nashrlarning jins bo'yicha kamsitishga yo'l qo'ymaslik prinsipiga muvofiq gender ekspertizadan o'tkazish amaliyotini yo'lga qo'yish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, notinch oilalardan bo'lgan xotin-qizlarni ta'lim olishiga ko'maklashish va ularni kasbga yo'naltirish;

maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, sog'liqni saqlash hamda erkaklar ulushi kam bo'lgan boshqa sohalarga ayollar bilan teng ravishda erkaklarni jalb qilishga doir faoliyatni qo'llab-quvvatlash;

xotin-qizlar va erkaklarning oilani rejalashtirish borasidagi tibbiy madaniyatini oshirish, zarur axborot va xizmatlarga erkin hamda teng ravishda ega bo'lishini ta'minlash, oilani rejalashtirishda ularning shaxsiy hayotiga uchinchi shaxslarning aralashishiga yo'l qo'ymaslikni qo'llab-quvvatlash;

ta'lim, ilm-fan, sport hamda sog'liqni saqlash sohalarida xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi tafovutlarni tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlanayotganligi axamiyatlidir.

Oilaviy munosabatlar hamda bolalar tarbiyasi sohasida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash maqsadida quyidagi tadbirlarni amalga oshirilmoqda;

oilani mustahkamlash, oilaviy munosabatlarda barcha oila a'zolarining mas'ulligini oshirish, biron-bir shaxsning oila masalalariga o'zboshimchalik bilan aralashishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha amaldagi mexanizmlarni takomillashtirish;

erta nikoh, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikoh, erta tug'ruq, oilaviy ajralishlarning yuzaga kelish sabablari hamda shart-sharoitlarini tahlil qilish, bu borada ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotl arni qo'llab -quvvatl ash;

asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlar, ijobiy urf-odatlar va an'analar asosida oilalarni mustahkamlash, oilaviy ajralishlarning oldini olishda davlat organlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari o'rtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash;

oilaviy munosabatlarda xotin-qizlar va erkaklarning o'rni haqida jamiyatda shakllangan salbiy qarashlarni o'zgartirish, bu borada ommaviy axborot vositalari ishtirokida targ'ibot-tashviqot ishlarini qo'llab-quvvatlash;

ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirishda xotin-qizlar bilan bir qatorda erkaklarning mas'uliyati hamda rolini oshirish;

oilaviy hayotga oid muammolar, psixologik-pedagogik, huquqiy va boshqa masalalar yuzasidan xotin-qizlar va erkaklar uchun maslahatlar berish tizimini yanada takomillashtirish;

oilalarni yoshlarning axloqiy negizlarini buzishga olib keladigan, oilaviy qadriyatlarni inkor etadigan, axloqsizlikni targ'ib qiladigan, shuningdek ota-onasiga va oilaning boshqa

a'zolariga nisbatan hurmatsizlik munosabatini shakllantiradigan, jinslardan birining ustunligi g'oyasiga asoslangan noto'g'ri tasavvurlardan himoya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida». 07.02.2017y. PF-4947. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami.

2. To'raqulov E., Rahimov S. Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta'lim-tarbiya haqida. - T.: O'qituvchi, 1992. -80 bet.

3. Abdullina O.A. Obщyepedagogicheskaya podgotovka uchitelya v sisteme vbisshego pedagogicheskogo obrazovaniya. - M.: MGPU, 1990. - 217 s.

4. Shakhmurova, G. A., Azimov, I. T., Rakhmatov, U. E., & Akhmadaliyeva, B. S. Solution of biological problems and exercises (human and health). Teaching-methodological guidance." Literature sparks.

5. Ergashevich, R. U., & Mamayusufovich, A. S. (2023). ISSUES OF USING INTEGRATIVE KNOWLEDGE IN FORMING STUDENTS'PROFESSIONAL COMPETENCE.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.