Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH MASALALARI'

TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
281
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xotin-qizlar / ta’lim / ilm-fan / bilim va ko‘nikmalar / ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari / elektron navigator platformalari / vaucher / ijtimoiy lift / jamiyat / xorijiy davlatlar tajribasi.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.M. Egamberdiyeva

Ushbu maqolada ta’lim va ilm-fan sohalarida gender faoliyati tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlarning ta’lim va ilm-fan gender rolini oshirish bo‘yicha tajribalari o‘rganilgan hamda ulardagi ilg‘or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIGINI TA’MINLASH MASALALARI»

TA'LIM TIZIMIDA GENDER TENGLIGINI TA'MINLASH MASALALARI

N.M. Egamberdiyeva

"Oila va xotin-qizlar" ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10111723

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim va ilm-fan sohalarida gender faoliyati tahlil qilingan, xorijiy mamlakatlarning ta'lim va ilm-fan gender rolini oshirish bo'yicha tajribalari o'rganilgan hamda ulardagi ilg'or tajribalarni mamlakatimizga tatbiq etish bo'yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar, ta'lim, ilm-fan, bilim va ko'nikmalar, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, elektron navigator platformalari, vaucher, ijtimoiy lift, jamiyat, xorijiy davlatlar tajribasi.

Аннотация. В данной статье анализируется гендерная деятельность в сфере образования и науки, изучается опыт зарубежных стран по повышению гендерной роли в образовании и науке, даются научно-практические предложения по применению их передового опыта в нашей стране, разработаны рекомендации.

Ключевые слова: женщины, образование, наука, знания и навыки, научно-исследовательские и опытно-конструкторские работы, электронные навигаторные платформы, ваучеры, социальный лифт, общество, опыт зарубежных стран.

Abstract. This article analyzes gender activities in education and science, studies the experience of foreign countries in increasing the gender role in education and science, provides scientific and practical proposals for applying their best practices in our country, and develops recommendations.

Keywords: women, education, science, knowledge and skills, research and development work, electronic navigation platforms, vouchers, social lift, society, experience of foreign countries.

Yangilanayotgan O'zbekistonda ayollarning jamiyat siyosiy hayotidagi ishtiroki muhim rol o'ynaydi. Jamiyatda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish borasida mamlakatimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilgan.

Jumladan, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, manfaatlarini muhofaza qilish va ularning oiladagi va umuman jamiyatdagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan huquqiy asoslar shakllantirilgan. Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o'z qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so'zsiz rioya qilinishini ta'minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlashga xizmat qiluvchi bir keyingi olti yilda 40 dan ziyod qonunlar va qonun osti xujjatlari qabul qilindi. Bugungi kunda mamlakat akademik doiralarida ayollarning o'rni va mavqeini oshirish, yangi avlod yosh xotin-qizlar olimalarini tarbiyalash hamda istiqbolli loyihalarini rag'batlantirish bo'yicha muhim tashabbuslar ilgari surilmoqda. Jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta'minlash, jumladan ta'lim va ilm-fan sohasida O'zbekiston ichki siyosiy konsepsiyasining ustuvor yo'nalishlari qatoriga kiradi.

Bu borada 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 69-maqsadida: xotin-qizlarning ta'lim va kasbiy ko'nikmalar olishlari, munosib

ish topishlariga har tomonlama ko'maklashish, tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to'g'ri yo'naltirish vazifasi belgilab qo'yilgan.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev o'zining Yangi O'zbekiston Strategiyasi nomli asarida "Bugun O'zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining asosiy maqsadi ayollarimizga e'tibor va amaliy g'amxo'rlik ko'rsatishni yangi, yuksak bosqichga olib chiqish, xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rni va maqomini mustahkamlash ularning huquq va manfaatlarini ta'minlashdir. Bu o'z navbatida, «Ayollarga ilm berish -jamiyatni ilmli, ma'rifatli va salohiyatli qilish» degan aqidani hayotga izchil tatbiq etish" kerakligini alohida ta'kidlab o'tganlar.

Ma'lumki, 2016 yil yildan boshlab, har yili 11 fevral kuni BMT qaroriga binoan "Xalqaro ilmda ayollar va qizlar kuni" sifatida nishonlanadi. Bundan ko'zlangan maqsad, xotin-qizlarning ta'lim olishiga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fandagi salohiyatiga e'tibor qaratish va qo'llab-quvvatlashdan iborat hisoblanadi.

O'zbekiston boshlang'ich ta'limda gender balansiga erishgan bo'lsa-da, ammo hanuzgacha oliy ta'lim sohasida tahsil olayotgan, shuningdek ilmiy tadqiqot yo'nalishlarida ayollar va erkaklar soni o'rtasida tavofut mavjud. O'zbekistonda oliy o'quv yurtiga 2020-2021 o'quv yili kunduzgi ta'lim uchun kirgan xotin-qizlar 260 ming kishini, erkaklar 311,5 ming kishini tashkil etgan.

Ushbu tavofutni bir nechta sabablar keltirib chiqarmoqda:

- xotin-qizlarning ta'lim yo'nalishi ko'pincha ota-onalar tomonidan belgilanishi;

- oilada oliy ta'lim olish imkoniyati avvalo o'g'il bolalarga berilishi (ayniqsa, to'lov asosidagi o'qish bo'lsa);

-jamiyatda saqlanib qolgan stereotiplar tufayli qizlar faqat oilaviy hayotda asqotishi mumkin bo'lgan ijtimoiy kasblarni egallashga intilishi;

- ota-onalar qizlari uydan uzoqda ta'lim olishini istamasligi;

- hududlarda oliy ta'lim muassasasilari va ilmiy tadqiqot institutlarning bir xil joylashmaganligi;

- ayollarning erkaklarga nisbatan erta turmush qurishi, farzand ko'rish va voyaga yetkazish vazifasi.

1-jadval Oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalarining jinsi bo'yicha ulushi

(o'quvyili boshiga,%)

Ko 'rsatkichlar

Oliy ta'lim tashkilotlariga qabul qilingan talaba arining jinsi bo'yicha ma'lumotlarga

ko'ra, 2010-2011-yilda jami ayollar 36%, erkaklar 64%ni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-2023-yilda ayollar 48,8%, erkaklar 51,2%ni tashkil qiladi. Shuningdek, bakalavriyat bosqchiga o'qishga qabul qilingan 2010-2011-yillarda ayollar 36,2%, erkaklar 63,8% bo'lib, 2022-2023-yilda ayollar 48,7%, erkaklar 51,3%ni tashkil qiladi. Magistraturaga qabul qilingan 2010-2011-yilda

ayollar 34,5%, erkaklar 65,5% bo'lsa, 2022-2023-yilda ayollar 49,7%, erkaklar 50,3%

ekanligi aniqlangan.

2-jadval Oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan talabalarning jinsi bo'yicha ulushi (o'quvyili boshiga,%)

Ko 'rsatkichlar

Oliy ta'lim tashkilotlarida tahsil olayotgan ta labalar 2010-2011-yild a jami ayo lar 38,5%,

erkaklar 61,5%ni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-2023-yilga kelib, ayollar 47,5%, erkaklar 52,5%ni tashkil qiladi. Shuningdek, 2010-2011-yilda bakalavriat bosqchida tahsil olayotgan ayollar 38,6%, erkaklar 61,4% bo'lib, 2022-2023-yilda ayollar 47,3%, erkaklar 52,7%ni tashkil qiladi. 2010-2011-yilda magistraturada tahsil olayotgan ayollar 35,8%, erkaklar 64,2% bo'lsa, 2022-2023-yilda ayollar 52,8%, erkaklar 47,2% ekanligi aniqlangan.

YUNESKO tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, dunyo tadqiqotchilarining atigi 30 foizini ayollar tashkil etadi. Universitetlarga kiradigan ayollar soni tobora ko'payib borayotgan bo'lsa-da, ularning kam qismi tadqiqot faoliyati bilan shug'ullanishadi. Masalan, Shvetsiyada ayollar universitet talabalarining ko'p qismini 60 foizini tashkil qiladi, ammo ularning soni universitetdan keyingi ta'lim bosqichlarida kamayadi: aspirantlar orasida ayollar ulushi (49%), olimlar orasida atigi (36%). Statistik ma'lumotlarga ko'ra, ilm-fan sohasida ayollarning ulushi Argentina (54,1%), Bolgariya (47,4%), Indoneziya (45,8%) va Portugaliya (43,7%) kabi mamlakatlarda ustunlik qiladi.

Ushbu tendentsiyani barcha mintaqalarda kuzatilishi ilmiy martaba bilan oilaviy majburiyatlarni birlashtirmoqchi bo'lgan ayollar duch keladigan qiyin tanlov haqida o'ylashga majbur qiladi. Dunyo miqyosida olib qarasak, fan, texnika, texnologiya va matematika kabi sohalarida tadqiqotchi ayollar kamchilikni tashkil qiladi. Masalan, Koreya Respublikasida tadqiqotchilarning atigi 17 foizni, muhandislikda 9 foizni ayollar tashkil qiladi.

Bundan tashqari, agar ta'lim va ilm fan nuqtai nazaridan yondashib tahlil qilinadigan bo'lsa, Nobel mukofoti ilk bor 1901 yilda ta'sis etilganidan buyon jami 61 nafar ayol turli nominatsiyalar bo'yicha Nobel mukofotlariga sazovor bo'lgan. Bu raqam gender tengligi yo'lidagi taraqqiyotni ko'rsatsa-da, shuni ta'kidlash kerakki, Nobel mukofotini qo'lga kiritgan ayollar erkaklar sonidan (900 dan ortiq) sezilarli darajada past. Shundan, 6 nafar ayol Fizika bo'yicha, 8 nafar ayol Kimyo bo'yicha, 12 nafar ayol Tibbiyot bo'yicha, 16 nafar ayol Adabiyot bo'yicha, 16 nafar ayol Tinchlik bo'yicha, 3 nafar ayol Iqtisod fanlari bo'yicha Nobel mukofotiga sazovor bo'lgan.

3-jadval Oliy ta'lim tashkilotlarini bitirgan talabalarning jinsi bo'yicha ulushi, (%) Ko 'rsatkichlar

O'zbekistonda, oliy ta'lim tashkilotlarini bitirgan talabalar 2010-2011-yilda jami ayollar 44,4%, erkaklar 55,6%ni tashkil qilgan bo'lsa, 2022-2023-yilga kelib, ayollar 47,0%, erkaklar 53,0% ekanligi aniqlangan.

Shuningdek, 2010-2011-yillarda bakalaryat bosqchini bitirgan ayollar 44,6%, erkaklar 55,4% bo'lib, 2022-2023-yillarga kelib, ayollar 46,5%, erkaklar 53,5%ni tashkil qiladi. 2010-2011-yillarda magistraturani bitirgan ayollar 40,7%, erkaklar 59,3%, 2022-2023-yillarda ayollar 49,7%, erkaklar 50,3%ni tashkil qiladi.

Xotin-qizlarning ta'lim olishiga zarur shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning tutgan o'rnini yanada oshirish ilg'or bo'yicha horijiy mamlakatlar tajribasini o'rganish xotin-qizlarning ta'limda, ilm-fanda rolini oshirishda qo'llaniladigan chora-tadbirlar doirasi ancha kengligini ko'rsatdi.

Jumladan, YalM yuqori bo'lgan mamlakatlarda elektron navigator platformalarini yaratish, malaka olish dasturlarini to'g'ridan-to'g'ri moliyalashtirish va ta'lim to'g'risidagi sertifikatlarni taqdim etish kabi kompleks chora-tadbirlar qo'llaniladi. Shuningdek, ko'pgina xorijiy universitetlarda xodimlarning farzandlari uchun bog'chalar tashkil qilingan. Bu olima ayollarga turli ijtimoiy masalalarga chalg'imay, tadqiqot ishini bajarish imkonini beradi.

Germaniyada fan va ta'lim sohalarida vaucher usuli keng qo'llaniladi. Tashkilotlar har yili 20 ga yaqin vaucher olishlari mumkin, bu esa xodimlarni, jumladan ayollarni o'qitish xarajatlarining 50 foizini qoplaydi. Xodimlar uchun yillik daromadi past bo'lgan xodimlar o'rtasida taqsimlanadigan maxsus talabalar bonuslari ham mavjud. Bundan tashqari, qonun ish vaqtida qo'shimcha ta'lim kurslariga qatnaydiganlarga daromadning to'liq saqlanishini kafolatlaydi.

Finlyandiyada katta yoshdagi ayollar ta'limi rasmiy va norasmiy shakllarda, shuningdek, chet tillarini o'rganish, axborot texnologiyalari, sport va boshqalar bilan bog'liq liberal ta'limni amalga oshiradi. Liberal ta'lim siyosiy partiyalar tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan madaniy va diniy tashkilotlar, yozgi universitetlar, xalq oliy maktablari, kattalar ta'lim markazlari, sport mashg'ulotlari markazlari, universitetning uzluksiz ta'lim markazlari, musiqa maktablari kabi ta'lim birlashmalari faoliyat yuritadi. Finlyandiyada «ta'lim yutuqlari pasporti» tushunchasi qo'llaniladi, unda kattalar, jumladan katta yoshdagi ayollarning uzluksiz ta'limning barcha natijalari taqdim etiladi.

Janubiy Koreyada "Umrbod ta'lim to'g'risida"gi qonunga muvofiq, ta'lim vaziri, vazir o'rinbosarlari darajasidagi mansabdor shaxslar va ekspertlardan iborat "Umrbod ta'lim" qo'mitasi tashkil etilgan.

Xitoyda ilmiy tadqiqotlarni moddiy rag'batlantirish mexanizmi yo'lga qo'yilgan, top jurnalda e'lon qilgan har bir maqola uchun xitoylik olim hukumatdan 20-30 ming dollargacha mukofot oladi. Shuningdek, Xitoy davlati dunyodagi yetakchi ilmiy markazlardan eng nomdor olimlarni mahalliy laboratoriyalar hamda universitetlarga jalb qilgan holda ilmiy kollaboratsiya tizimi yaxshi yo'lga qo'yilgan.

Xotin-qizlarning ta'lim olishiga qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish, ilm-fan sohasida ayollarning o'rnini yanada oshirish bo'yicha ilg'or horijiy mamlakatlar tajribasini o'rgangan holda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish taklif qilinadi:

1. Mamlakatda xotin-qizlarning malakasini oshirish va ilm-fanda ularning ulushini yanada oshirish maqsadida "Vaucher" ta'lim tizimini joriy qilish.

2. Xotin-qizlarni kasbga o'qitish bo'yicha ommaviy ochiq onlayn kurslar ta'limidan (Massive open online courses) keng foydalanish bo'yicha tadqiqotlar olib borish, Khan Academy, Coursera, Udacity, EdX platformalaridan foydalanish va ushbu platformalarga xotin-qizlarni keng jalb qilish.

3. Xotin-qizlar o'rtasida "raqamli savodxonlik" va yumshoq ko'nikmalar (Soft Skills)ni targ'ib qilish va kengaytirish bo'yicha tadqiqot olib borish, tezlashtirilgan ayol kadrlar tayyorlash tizimini yaratish.

4. Ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlarni faqatgina uy bekasi rolida emas, balki ilm-fan, texnika, yangi texnologiyalar sohalarida ko'rsatish.

5. Hududlarda ilm-fan va ilmiy lavozimlarga ko'proq ayollarni jalb qilish, ayollarni ilmdan voz kechishga majbur qiladigan ijtimoiy streotiplar tizimini o'zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.

6. Norasmiy ta'lim va informal o'qish natijalarini tan olish, tasdiqlash va sertifikatsiyalash tizimini joriy etish.

7. Moliyalashtirish va rag'batlantirishning ko'p kanalli mexanizmlarini rivojlantirish.

8. Dekret ta'tilini taqdim qilish qismida huquqiy asosni takomillashtirish va ishhaqi to'lovlar bo'yicha tenglikni ta'minlash.

9. Tajriba tarqatish xizmatlarini yaratish (extension service) - olima xotin-qizlar va talabalarning tadbirkorlar bilan to'g'ridan to'g'ri ishlash tizimini yo'lga qo'yish.

10. Ilm-fanda yuksak natijalarga erishib kelayotgan olima ayollarni elga tanitish, ularni muvaffaqiyat etaloniga aylantirish hamda ishlarini keng targ'ib qilish, O'zbekistonda ilg'or olima ayollar reytingini tuzish.

11. Qizlarni an'anaviy "erkaklar kasbi" deb hisoblangan kasblar bo'yicha o'qishga kirishida maqsadli yordam berish kvotalar va rag'batlantiruvchi stipendiyalar joriy etish.

12. Universitetlarda xotin-qizlarning farzandlari uchun bog'chalar tashkil etish.

13. Hududlarda yosh tadbirkor ayollar uchun professional konsalting xizmatlarini yo'lga qo'yish, biznes yuritish, bilimni monetizatsiya qilish sirlarini o'rgatish.

14. Xotin-qizlar o'zlarini namoyon etib, jamiyatda munosib o'rin egallashga imkon beradigan "sotsial lift" larni yaratib berish.

REFERENCES

1. "2022-2026 йилларга мулжалланган Янги Узбекистоннинг тараккиёт стратегияси тугрисида"ги Узбекистон Республикаси Президенти Фармони.

2. Шавкат Мирзиёев. ЯНГИ УЗБЕКИСТОН СТРАТЕГИЯСИ. - Тошкент: "Узбекистон" нашриёти, 2021. 250 бет.

3. Gaskell, Jane, and Arlene McLaren. Women and Education: A Canadian Perspective. Detselig Enterprises, Ltd., PO Box G399, Calgary, Alberta T3A 2G3., 1987.

4. Acker S. Special series on girls and women in education: Creating careers: Women teachers at work. Curriculum inquiry. 1992 Jun 1;22(2):141-63.

5. Stromquist NP. Women and education in Latin America. Lynne Rienner Publishers; 1992.

6. Fox MF. Women, science, and academia: Graduate education and careers. Gender & Society. 2001 Oct;15(5):654-66.

7. Hamdan A. Women and education in Saudi Arabia: Challenges and achievements. International Education Journal. 2005 Mar;6(1):42-64.

8. Ногаева, Айнур Муханбетияровна, Жанна Мергенжановна Шупанова. "Роль женщин в сфере образования, науки и обществе стран Центральной Азии." (2016).

9. Агамова НС, Аллахвердян АГ. Российские женщины в науке и высшей школе: историко-научные и науковедческие аспекты. Вопросы истории естествознания и техники. 2000(1):141-53.

10. Шафранова ОИ. Образование, общественная и профессиональная деятельность женщин Северного Кавказа во второй половине XIX-начале XX в. Ставрополь: СГУ. 2004.

11. https://gender.stat.uz

12. https://www.unesco.org/reports/science/2021/en/dataviz/women-share

13. https://ru.unesco.org/

14. https://docs.iza.org/dp8454.pdf

15. https://studwood.ru/1061630/pedagogika/sovremennye_obrazovatelnye_praktiki_zarubezhn yh_stranah

16. Elise Richter Programme // Austrian Science Fund (FWF) // https://www.fwf.ac.at/en/research-funding/fwfprogrammes/richter-programme-incl-richter-peek.

17. CHRISTIANE NUSSLEIN-VOLHARD-FOUNDATION// Christiane Nusslein Volhard Stiftung// http://www.cnv-stiftung.de/en/goals.html.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.