Научная статья на тему 'AYOLLAR TADBIRKORLIGINING RIVOJLANISHIGA TA`SIR ETUVCHI IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY OMILLAR TAVSIFI'

AYOLLAR TADBIRKORLIGINING RIVOJLANISHIGA TA`SIR ETUVCHI IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY OMILLAR TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

11
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Savinoz Qahramon Qizi Ismoilova

Butun dunyoda o`rganilayotgan gender tengligi, ayollarning haq-huquqlari masalasi mamlakatimizda ham tadqiq etilib, ayol-qizlarning muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo'llab-quvvatlash ishlaridan tashqari xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maslahat uchrashuvlari natijasida ekspertlar kengashi tomonidan O`zbekistonda ayollar tadbirkorligining milliy kun tartibi ishlab chiqildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AYOLLAR TADBIRKORLIGINING RIVOJLANISHIGA TA`SIR ETUVCHI IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY OMILLAR TAVSIFI»

Tashkent State University of Economics

AYOLLAR TADBIRKORLIGINING RIVOJLANISHIGA TASIR ETUVCHI IJTIMOIY, IQTISODIY, SIYOSIY OMILLAR TAVSIFI

Savinoz Qahramon qizi Ismoilova

Namangan davlar universiteti tayanch doktoranti

ANNOTATSIYA

Butun dunyoda o'rganilayotgan gender tengligi, ayollarning haq-huquqlari masalasi mamlakatimizda ham tadqiq etilib, ayol-qizlarning muammolarini hal etish tizimini yanada takomillashtirish, ularni ijtimoiy-huquqiy, psixologik, tibbiy va moddiy qo'llab-quvvatlash ishlaridan tashqari xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularga keng imkoniyatlar yaratish borasida salmoqli ishlar olib borilmoqda. Bu borada xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari va boshqa manfaatdor tomonlar ishtirokida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Maslahat uchrashuvlari natijasida ekspertlar kengashi tomonidan Ozbekistonda ayollar tadbirkorligining milliy kun tartibi ishlab chiqildi.

Shuni takislash joizki, Respublikamizda tadbirkorlar uchun qulay huquqiy muhit yaratish, ularni moliyalashtirish imkoniyatlari, yani pastroq foiz stavkalari va garov taminotiga nisbatan moslashuvchan talablar bo'yicha kreditlar miqdorini oshirish, shuningdek, bank xizmatlaridan foydalanish qulayligini oshirish, ayollar va qizlarning biznes va IT konikmalarini, bilim va xabardorligini rivojlantirish strategiyasini takomillashtirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Ushbu maqolada ayollar tadbirkorligining rivojlanishiga tasir etuvchi ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy omillar tavsifi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: ayollar tadbirkorligi, gender tenglik, biznes, barqaror rivojlanish, tadbirkor ayol, "Temir daftar", "Ayollar daftari", ayollarning faolligi.

Asosiy matn. Mamlakatda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog'lig'ini saqlash, kasbga o'qitish va bandligini ta'minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish, ehtiyojmand xotin-qizlarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan islohotlarni tizimli davom ettirish, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish maqsadida 2022 - 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy

340

Tashkent State University of Economics

dasturni 2022-2023-yillarda amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi [1].

Xotin-qizlarga talim olishlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning ilmiy salohiyati va malakasini tizimli oshirib borishni qollab-quvvatlash maqsadida 2022/2023 o'quv yilidan boshlab oliy talim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki talim shaklida o'qiyotgan xotin-qizlarning talim kontraktlarini tolash uchun 7 yil muddatga foizsiz talim kreditlarini moliyalashtirish maqsadida tijorat banklariga Davlat budjetidan har yili 1,8 trillion so'm resurs mablaglari yo'naltirilmoqda, davlat oliy talim muassasalarining magistratura bosqichida o'qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt tolovlarini qaytarish shartisiz qoplash maqsadida, Davlat budjetidan har yili kamida 200 milliard so'm moliyalashtirilmoqda, xorijiy oliy talim muassasalarining bakalavriat talim dasturida - 50 nafar, magistratura talim dasturlari bo'yicha - 10 nafar xotin-qizlarga har yili "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali qo'shimcha grantlar ajratib borilmoqda, mutaxassisligi bo'yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, lekin oliy malumotga ega bolmagan 500 nafar xotin-qizlarni har yili Qomita tavsiyanomalariga asosan davlat oliy talim muassasalarining bakalavriat talimy o'nalishlariga umumiy qabul parametrlaridan tashqari alohida test sinovlari natijalariga muvofiq tolov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish amaliyoti joriy etilmoqda, davlat ilmiy tashkilotlari yoki oliy talim muassasalari doktoranturasiga xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratib borilmoqda.

Yuqoridagi Farmonga muvofiq Davlat boshqaruvi akademiyasida rahbar xotin-qizlarni tayyorlash bo'yicha alohida o'quv kurslarini tashkil etish hamda har yili kamida 100 nafar xotin-qizlarni o'qitish, 2024-yil 1-yanvarga qadar iqtisodiy taraqqiyot va kambagallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo'mitasi hamda ularning tizimidagi tashkilotlar xodimlari orasida xotin-qizlarning ulushini kamida 30 foizga yetkazish, barcha davlat organlari va tashkilotlari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bolgan tashkilotlar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar rahbarlarining kamida 1 nafar o'rinbosarini xotin-qizlar orasidan tayinlash kabi chora-tadbirlar tasdiqlandi va ijroga qaratilishini taminlandi.

Tadbirkorlik faoliyatini yangi boshlayotgan tadbirkor xotin-qizlarga ajratilayotgan subsidiya miqdori 7 million so'mdan 10 million so'mga oshirildi, "Hunarmand" uyushmasi qoshidagi hunarmandchilik markazlarida kamida 40 foiz tadbirkor xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar joylashtirildi.

341

Tashkent State University of Economics

Xotin-qizlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash maqsadida 2022-yilda ipoteka kreditlari bo'yicha ajratiladigan subsidiyalarning kamida 40 foizi xotin-qizlarga yo'naltirildi. Xuddi shu yilning 1-aprelidan boshlab uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan, shu jumladan, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan, yetim yoki ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan voyaga yetgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni ijara huquqi asosida vaqtinchalik joylashtirish uchun ijtimoiy uy-joylarni "Xalqparvar" komissiyalari bilan kelishgan holda ikkilamchi uy-joy bozoridan sotib olishga ruxsat berildi.

2022 - 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo'yicha Milliy dastur tasdiqlanib, unga ko'ra Ozbekistonda "2030-yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalar" doirasida ustuvor maqsadlardan biri sifatida "Gender tenglikni taminlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish" belgilandi. Milliy dasturning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi ayol-qizlarning jamiyat iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ijtimoiy hayotida teng huquqlar asosida to'laqonli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishning muhim omili bo'lib xizmat qiladi.

Milliy dasturni amalga oshirishda xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish, gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirish, ularning ta'lim olishlari uchun qo'shimcha shart-sharoitlarni yaratish hamda ilm-fan sohasiga keng jalb etish, jazoni ijro etish muassasida saqlanayotgan, chet elga chiqib ketgan, davlat va jamoat tashkilotlarida hamda xususiy sektorda mehnat qilayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan qo'llab-quvvatlash va ularning qonuniy manfaatlari himoyasini yanada kuchaytirish va shu kabi qator chora-tadbirlar asosiy vazifalar etib tayinlandi.

So'nggi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar yaratish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda ularning to'laqonli isjtirok etishini ta'minlash, ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy jihatdan qo'llab-quvvatlash, shuningdek, tazyiq va zo'ravonliklardan himoya qilishga qaratilgan keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun Xalq banki tizimida rahbarningxotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'rinbosari lavozimi joriy etildi. "Ayollar daftari" bilan ishlash orqali ijtimoiy ko'makka muhtoj xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash tizimi yaratilib, 2021-yilning o'zida 900 mingga yaqin xotin-qizlarga ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy, huquqiy va psixologik ko'mak berish uchun 2 trillion so'mga yaqin mablag'yo'naltirildi. Xotin-

342

^_i7-apreL_202£_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

qizlar uchun ish o'rinlarini yaratishga qaratilgan loyihalarini moliyalashtirish maqsadida 6 oylik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratish amaliyoti yo'lga qo'yildi, "Har bir oila - tadbirkor' dasturi doirasida 126 mingga yaqin ayollarga imtiyozli kreditlar berildi. Beshta muhim tashabbus doirasida chekka hududlarda tikuvchilik sexlari tashkil etilib, 10 ming nafar xotin-qizlar bandligi taminlandi.

O'zbekiston taraqqiyotning yangi bosqichiga o'tishi davrida barcha xotin-qizlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash tizimini yuqori bosqichga ko'tarish hamda jamiyatda xotin-qizlar o'rni va rolini yanada oshirish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biroq, bugungi kunda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishda xotin-qizlarning, ayniqsa, qishloq joylardagi xotin-qizlarning muammolarini o'rganish, ishsiz xotin-qizlarni mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarlarga o'qitish, ish bilan ta'minlash, ularni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish ishlari tizimli yo'lga qo'yilmaganligi, yordamga muhtoj bo'lgan va og'ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan nogironligi bo'lgan ayollar va o'zgalar parvarishiga muhtoj keksa yoshdagi ayollarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko'rsatish, ularni ehtiyojmandlik holatidan chiqarishga qaratilgan ishlar samarali tashkil etilmaganligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va kam ta'minlangan oilalarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularga subsidiyalar ajratish va bandligini ta'minlash uchun imtiyozli kreditlar (shu jumladan, mikrokreditlar) ajratish tartib-taomillari bo'yicha targ'ibot ishlari hamda uslubiy-amaliy ko'maklashish tizimida sustkashliklar mavjudligi, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar va kam ta'minlangan oilalarga tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, ularga subsidiyalar ajratish va bandligini ta'minlash uchun imtiyozli kreditlar (shu jumladan, mikrokreditlar) ajratish tartib-taomillari bo'yicha targ'ibot ishlari hamda uslubiy-amaliy ko'maklashish tizimida sustkashliklar mavjudligi va shu kabi qator muammolar saqlanib qolmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni.

2. Мухсинова О. (2021). Анализ уровень жизни населения Республики Узбекистан. Экономика и бизнес: теория и практика, (9-1), 154-159.

3. Kurpayanidi K. (2021). National innovation system as a key factor in the sustainable development of the economy of Uzbekistan. Published online: 20 May 2021. Doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202125805026

4. https://www.lex.uz

343

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.