Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI TARAQQIYOT VA YANGI ISLOHOTLAR ZAMINI'

YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI TARAQQIYOT VA YANGI ISLOHOTLAR ZAMINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Yangi O‘zbekiston” / islohotlar / yangi jamiyat / vatanparvarlik / millatparvarlik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maxmudova Nargiza

Bugungi kunda yurtimiz hech bir davlatdan qolishmaydigan tili, millati, dini va e’tiqodiga ko‘ra ham har qaysi millatga namuna bo‘la oladigan “Yangi O‘zbekiston” – yangi jamiyatni qurish uchun tinimsiz harakat qilmoqda. Mustaqillikka erishganimizda to bugunga qadar bosib o‘tgan yo‘limiz hali O‘zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun bosilgan mayda qadamalardir. Zero, yaqin kelajakda yangidan yangi islohotlar va yangi marralar dunyo ahlining “Yangi O‘zbekiston” haqidagi qarashlarini uning zafarlarini, yuksak cho‘qqilarni egallashini ko‘rib hayrtada qolajak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON – YANGI TARAQQIYOT VA YANGI ISLOHOTLAR ZAMINI»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

YANGI O'ZBEKISTON - YANGI TARAQQIYOT VA YANGI ISLOHOTLAR ZAMINI

Maxmudova Nargiza

BuxDPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213609

Annotatsiya. Bugungi kunda yurtimiz hech bir davlatdan qolishmaydigan tili, millati, dini va e 'tiqodiga ko'ra ham har qaysi millatga namuna bo'la oladigan "Yang O'zbekiston" - yangi jamiyatni qurish uchun tinimsiz harakat qilmoqda. Mustaqillikka erishganimizda to bugunga qadar bosib o'tgan yo'limiz hali O'zbekistonning rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqish uchun bosilgan mayda qadamalardir. Zero, yaqin kelajakda yangidan yangi islohotlar va yangi marralar dunyo ahlining "Yangi O'zbekiston" haqidagi qarashlarini uning zafarlarini, yuksak cho'qqilarni egallashini ko'rib hayrtada qolajak.

Kalit so'zlar: "Yangi O'zbekiston", islohotlar, yangi jamiyat, vatanparvarlik, millatparvarlik.

Yangi yo'l, yangi taraqqiyotga erishish va unga bosilgan qadamlar har qachon dadillik bilan amalga oshishi lozim. Maqsadga bo'lgan ozgina ishonchsizlik g'alabadan uzoqlashtiradi. Shunday ekan, bugungi O'zbekiston yashlari har jabhada dadil va shahdam qadamlar bilan olg'a yurishi lozim. Bizning qonimizda ne-ne buyuklar qoni oqayotganiga tarixnining o'zi guvohlik beradi. O'zbekistonga bugunga qadar ilm-ma'rifatda, bilim va salohiyatda, umuman har jabhada buyuk olim-u fuzalolarni dunyo tammadduniga yetkazib bergan. Endigi maqsadimiz esa, "Uchinchi Renessans" yaratish bo'lmog'i lozim. Chunki, ajdodlarimizga munosib avlod bo'lmog'imiz ham burchimiz va buyuk vazifamiz hisoblanadi.

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida bosib o'tgan yo'limizga bir nazar tashlamoqlik joizki, zero qiyoslash dilga shukronalik soladi. Bugunning qadriga yetib, ertaning omonligi uchun qayg'urishni o'rgatadi. Mustaqillikka erishgandan so'ng Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligi mamlakatimizda barcha sohalarni qamrab olgan holda keng islohotlar amalga oshirildi hamda bu ishlar hozirgi davrda yangi bosqich va keng ko'lamda yanada izchil davom ettirilmoqda. Bu davlat boshqaruv tuzilmasi bo'lsin, xoh sog'liqni saqlash, sport, ta'lim barcha jabhalarda ijobiy natijasini bermoqda. Ta'kidlash joiz, bugungi globallashuv davrida, dunyoda mafkuraviy kurash avj olgan sharoitda doimo sezgir va ma'naviy uyg'oq bo'lib yashashimiz eng katta boyligimiz bo'lmish yurtimizdagi millatlararo ahllik, o'zaro mehr-oqibat hamda hamjihatlik muhitini ko'z qorachig'idek asrash va mustahkamlash yo'lida olib borilayotgan ishlarimizning ma'no-mazmunini tushunib yetishimiz lozim.

Hech shuhbasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va oliyjanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan yuksak marralar zabt etildi. Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek xalqi 1991-yil 31-avgustda muqaddas orzusiga erishdi - jonajon Vatanimiz o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi.

Ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash dolzarb vazifadir. Bu esa, oilada va o'quv dargohlarida ta'lim hamda tarbiyaga e'tiborni qaratish, uni kuchaytirishni ko'rsatadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur soha yechimiga qaratilgan ko'plab qarorlar imzolab, yurtimiz taraqqiyotiga juda ko'plab yangiliklarni olib kelmoqda. Bu esa, yurtimizda ma'nan

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

yetuk, jismonan sog'lom, ruhan barkamol, dunyoqarashi teran, fikrlash doirasi keng, e'tiqodi mustahkam, ma'naviy saviyasi hozirgi davr talablariga to'la javob beradigan barkamol avlodni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Shunday jamiyat yarata oldikki, bugungi kunda inson o'rni uning moddiy boyliklari bilan emas, balki yuksak ma'naviy qiyofasi bilan belgilanadigan bo'ldi. Ma'lumki, ma'naviy-madaniy, ruhiy-axloqiy hislatlari va insoniy qadriyatlar, avvalambor, bolalikdan shakllana boshlaydi. Bolalar erta go'dakligidan boshlab ota-onalari, bobo-buvilari va boshqa oila a'zolarning odob-axloqlari, muammolari, yurish-turishlari, o'y- fikrlari, oilaviy urf-odatlari va an'analariga qarab ibrat olishga harakat qilishadi. Barkamol avlod ma'naviyatini shakllantiruvchi yagona manba esa tarbiyadir. Ma'rifat va bilimni shakllantiruvchi manba - ta'lim, saboqdir. Binobarin, "ta'lim va tarbiya" emas, aksincha, "tarbiya va ta'lim" deb aytish maqsadga mubofiqdir. Insonni barkamol etib tarbiyalashda, kitob mutolaasining o'rni katta. Shuning uchun ham Prezidentimiz ta'kidlaganidek, axborot-kommunikasiya sohasidagi oxirgi yutuqlarni o'zlashitirish bilan birga, yoshlarni kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ularni kitob bilan do'st bo'lishga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida e'tibor qaratish lozim. Ta'lim sohasidagi islohotlar bugungi kunda o'zining dolzarbligi hamda amaliy ahamiyati bilan boshqa sohalardagi islohorlardan qolishmaydi. Chunki, ushbu sohadagi islohotlarni yanada keng ko'lamda davom ettirishdan muhimdir.

Xulosa qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta'lim berish bo'yicha ikkinchi Butunjahon konferensiyasi ochilish marosimidagi nutqida bu haqda to'xtalib, shunday degan edi: "Diyorimizdan yetishib chiqqan atoqli allomalar, algebra fani va algoritm tushunchasiga asos solgan Al-Xorazmiy, mineralogiya fanining tamal toshini qo'ygan Al-Beruniy, dunyoda Avitsenna nomi bilan tanilgan mashhur tibbiyot olimi Ibn Sino, 1018 ta yulduzning koordinatalarini va harakatini aniq belgilab bergan buyuk astranom Mirzo Ulug'bek, Nil daryosining sathini o'lchovchi noyob uskuna yaratgan alloma Ahmad al-Farg'oniy kabi ulug' ajdodlarimiz o'zlarining bebaho asarlari, ilmiy va ijodiy kashfiyotlari bilan O'rta asrlardagi Birinchi va Ikkinchi Sharq Renessansi rivojiga ulkan hissa qo'shganlar". Shundan ayon bo'ladiki, bizning vazifamiz ajdodlarimizning boy tarixini yanada chuqurroq o'rganish va ularga munosib avlod bo'lishdan iboratdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Sh. M. Mirziyoyev "Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz". - Toshkent, 2017.

2. Sh. M. Mirziyoyev "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik"

3. Sh. M. Mirziyoyev "Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti ham yorug' va kelajagi farovon bo'ladi".

4. https://xs.uz

5. https: //buxdu.uz.

6. https://www. buhkari.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.