Научная статья на тему 'YURTIMIZ TINCHLIGI VA TARAQQIYOTI, XALQIMIZ FAROVONLIGI ASOSLAB BERILGAN HUJJAT'

YURTIMIZ TINCHLIGI VA TARAQQIYOTI, XALQIMIZ FAROVONLIGI ASOSLAB BERILGAN HUJJAT Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
96
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Murojaatnoma / Harakatlar strategiyasi / Taraqqiyot strategiyasi / Insonga e’tibor / sifatli ta’lim / Tarixiylik va mantiqiylik ia ilmiylik tamoyili.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Uzoqov B.

Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasining Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashdagi muhim hujjat ekanligi har tomonlama asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZ TINCHLIGI VA TARAQQIYOTI, XALQIMIZ FAROVONLIGI ASOSLAB BERILGAN HUJJAT»

Uzoqov B.

Jizzaxpolitexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi v.b.dotsenti

YURTIMIZ TINCHLIGI VA TARAQQIYOTI, XALQIMIZ FAROVONLIGI ASOSLAB BERILGAN HUJJAT

Annotatsiya. Maqolada O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasining Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta'minlashdagi muhim hujjat ekanligi har tomonlama asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: Murojaatnoma, Harakatlar strategiyasi, Taraqqiyot strategiyasi, Insonga e'tibor, sifatli ta'lim, Tarixiylik va mantiqiylik ia ilmiylik tamoyili.

Uzokov B. associate professor "Social Sciences" Department Jizzakh Polytechnic Institute

THE DOCUMENT ON WHICH THE PEACE AND PROGRESS OF OUR COUNTRY AND THE WELFARE OF OUR PEOPLE ARE BASED

Abstract. In the article, the Address of the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev to the Oliy Majlis and the people of Uzbekistan is an important document in ensuring the development of our country and the well-being of our people.

Key words: Petition, Action strategy, Development strategy, Attention to people, quality education, Historicity and rationality and scientific principle.

Jamiyatimiz hayotining barcha sohalarini qamrab olgan islohotlar strategiyasi tufayli qanday ulkan natijalarga erishilayotganiga bugun barchamiz guvoh bo'lib turibmiz. Chuqur o'ylangan, jahon tajribasi, mamlakatimizning o'ziga xos xususiyatlari va xalqimiz mentaliteti inobatga olingan holda ishlab chiqilgan mazkur strategiya o'zini to'la oqlayotgani har qadamda ko'zga tashlanyapti.

Prezidentimizning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar va dolzarb vazifalar buning yaqqol dalilidir.

Ma'lumki, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrini boshlab berdi. Mustaqil demokratik rivojlanish yo'lidagi tiklanish bosqichlarini o'tib, milliy taraqqiyot tamoyillari yaqqol namoyon bo'lgan islohotlar sari yuz tutdik. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi esa hayotimizning barcha sohalarini yanada rivojlantirish

borasida erishish lozim bo'lgan yuksak natijalar, milliy yuksalishning ulkan imkoniyaüari va shart-sharoitlari uchun mustahkam zamin yaratdi.[1]

Shu jihatdan olganda, Prezidentimizning har yilgi Murojaatnomalari va ular asosida qabul qilingan Davlat dasturlari yurtimiz strategik taraqqiyot yo'lining mazmunini, maqsad va yo'nalishlarini aniq-tiniq belgilab bermoqda.

Bu borada quyidagilarni alohida ta'kidlash joiz:

Birinchidan, davlatimiz rahbarining eng asosiy va dolzarb ijtimoiy iqtisodiy masalalar va jamiyatni demokratik rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi dunyoning ko'pchilik taraqqiy etgan mamlakatlari siyosiy hayotining tarkibiy qismiga aylangan. Bu nuqtai nazardan, Murojaatnoma joriy yildagi keng qamrovli ijtimoiy iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, davlat va jamiyat qurilishi sohasida chuqur demokratik o'zgarishlar samaradorligini ta'minlash borasidagi muhim dasturulamal vazifasini o'tashi, shubhasiz.

Ikkinchidan, Prezidentimiz Murojaatnomasida bugungi taraqqiyotimiz va Yangi O'zbekiston kelajagining poydevorini belgilab bergan strategiyaning ulkan ahamiyati, uning hayotimizni tubdan isloh qilish, mamlakatimizni eng rivojlangan davlatlar qatoriga ko'tarish borasidagi faoliyatning metodologik asosi sifatidagi mohiyati ochib berilganini alohida ta'kidlash lozim.

Uchinchidan, Murojaatnomada keyingi yillarda erishilgan marralar sarhisobiga doir keltirilgan misollar va dalillar keng ko'lamli va samarali islohotlarning ulkan natijalari haqida aniq-tiniq tasavvur uchun asos bo'ladi.

To'rtinchidan, istiqbolimizni belgilab beradigan ustuvor yo'nalishlar, amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng dolzarb vazifalar, barchamiz uchun birdek ahamiyatga molik masalalarning yechimlari ko'rsatib berilgan Murojaatnoma, shubhasiz, Prezidentimiz tomonidan "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili", deb nom berilgan 2023 yilda amalga oshirilayotgan islohotlardagi bevosita ishtirokimiz va mas'uliyatimizning o'ziga xos muhim mezoni hamdir. Murojaatnomani ana shu serqirra va dorulomon jarayonning asosiy hujjati sifatida anglash va tushunish, bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy va targ'ibot-tashviqot ishlarida ushbu hujjatda o'z aksini topgan quyidagi tamoyillarga alohida ahamiyat qaratish maqsadga muvofiq.

Tarixiylik va mantiqiylik tamoyili nuqtai nazaridan ma'lumki, hayot bir joyda depsinib turmaydi, uning oqimi tez va har bir yangi kun, yangi yillar yangicha yondashuv hamda o'zgarishlarni talab qiladi. Ayni paytda, xalqimiz taraqqiyotining hozirgi davri barcha sohalarda yangidan-yangi islohotlar va o'zgarishlarni kun tartibiga chiqaryapti.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining Murojaatnomasida "Jonajon O'zbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qo'ymoqda. Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan o'zgarishlar yuz bermoqda. Behisob shukr, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qo'shilmoqda. O'zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har

bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida tinimsiz izlanyapmiz", deya bejiz ta'kidlamagan.[2]

Ilmiylik tamoyiliga ko'ra, ushbu Murojaatnoma mamlakatimizning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etish asnosida adolatli demokratik davlat, rivojlangan fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga xizmat qiladigan islohotlar va taraqqiyot strategiyasining o'ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy masalalarini har tomonlama chuqur tahlil qilishning yorqin namunasidir.

Shu bilan birga, mazkur tarixiy hujjat keyingi yillardagi islohotlar istiqbolini belgilab beradigan ustuvor yo'nalishlar, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo'lgan eng dolzarb va muhim vazifalar, barchamiz uchun birdek ahamiyatga molik masalalarning yechimi ko'rsatib berilgan qo'llanma, shuningdek, yaqin kelajakdagi faoliyatimizning ilmiy-nazariy va metodologik asosi hamdir. O'z navbatida, 2023 yilga mamlakatimizda "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili", deb nom berilgani ham ana shu hayot haqiqati va bugungi davr da'vatini aks ettiradi.

Prezident Murojaatnomasi yurtimiz, xalqimiz hayotini tubdan o'zgartirish, mamlakatimizning yangi qiyofasini yaratish, Yangi O'zbekistonni barpo etishning nafaqat 2023 yil, balki keyingi yillarga ham mo'ljallangan taraqqiyot va yangilanish strategiyasi asosidir. Bu esa, o'z navbatida, yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, barcha sohalardagi o'zgarishlar va yangilanishlarning strategik tamoyillari asoslab berilganligidan dalolatdir.

Muxtasar qilib aytganda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasini yirik fenomen, muhim tarixiy hujjat sifatida o'qib-o'rganish, uning ta'sirchanligi va ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil qilishda barchamizning zimmamizga ulkan mas'uliyat yuklaganini unutmasligimiz kerak.

Adabiyotlar:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. Toshkent, "O'zbekiston" nashriyoti, 2021 yil.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyo yevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. 2022 yil 20 dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.