Научная статья на тему 'SIFATLI TA’LIM VA MA’NAVIY TARBIYA UYG‘UNLIGI'

SIFATLI TA’LIM VA MA’NAVIY TARBIYA UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
43
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
taraqqiyot strategiyasi / murajaatnoma / Oliy Majlis / sifatli ta’lim / axborot madaniyati / Yangi O‘zbekiston / siyosiy partiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Asal Farhod Qizi Xayriddinova, Mo‘Minmirzo Zokir O‘G‘Li Xolmo‘Minov

Mazkur maqolada sifatli ta’limning ma’naviy tarbiya bilan uyg‘unligi, ta’limning samaradorligini oshirish bo‘yicha tadbirlar, mamlakatimiz Prezidentini Oliy Majlis va xalqimizga qigan Murajaatnomasi, yoshlarning axborot madaniyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIFATLI TA’LIM VA MA’NAVIY TARBIYA UYG‘UNLIGI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

SIFATLI TA'LIM VA MA'NAVIY TARBIYA UYG'UNLIGI

Asal Farhod qizi Xayriddinova Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov mominmirzoxolmominov@gmail.com

Annotatsiya: Mazkur maqolada sifatli ta'limning ma'naviy tarbiya bilan uyg'unligi, ta'limning samaradorligini oshirish bo'yicha tadbirlar, mamlakatimiz Prezidentini Oliy Majlis va xalqimizga qigan Murajaatnomasi, yoshlarning axborot madaniyati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: taraqqiyot strategiyasi, murajaatnoma, Oliy Majlis, sifatli ta'lim, axborot madaniyati, Yangi O'zbekiston, siyosiy partiya

HARMONY OF QUALITY EDUCATION AND SPIRITUAL EDUCATION

Asal Farhod kizi Khayriddinova Research advisor: Muminmirzo Kholmumminov mominmirzoxolmominov@gmail.com

Abstract: This article talks about the harmony of quality education with spiritual education, measures to increase the effectiveness of education, the petition of the President of our country to the Parliament and our people, information culture of young people.

Keywords: development strategy, petition, parliament, quality education, information culture, new Uzbekistan, political party

Bugungi kunda mamlakatimizda ma'naviyat va ma'rifatga, ta'lim-tarbiyaga, Yangi O'zbekistonning barkamol avlodini shakllantirishga e'tibor nihoyatda kuchaydi. 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Taraqqiyot strategiyasida jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish hamda shu asosda ma'rifat va ta'lim-tarbiya sohasini rivojlantirish davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangani bejiz emas.

Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda davlat rahbarining milliy parlament a'zolari huzurida eng asosiy va dolzarb siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar hamda jamiyatni demokratik rivojlantirish bo'yicha Murojaatnoma bilan chiqish tajribasi mavjud. O'zbekiston Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi ham mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqeadir. Avvalgilaridan farqli o'laroq, bu yil sifatli ta'limga e'tibor Murajaatnomaning asosini tashkil qildi.

Yurtimizda ilmiy-innovatsion ishlami rivojlantirishga qaratilyotgan e'tibor, ilmfan bilan shug'ullanyotganlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish tizimi joriy etilgani jahon hamjamiyati tomonidan tobora ko'proq e'tirof etilmoqda. Prezidentimiz Murojaatnomasi orqali nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo ahli mamlakatimizda erishilayotgan yutuqlardan xabardor bo'ldi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Davlatimiz rahbarining so'nggi 3 yildagi Murojaatnomalarini tahlil qilsak, ajdodlarimiz qoldirgan umumbashariy ilmiy meros namunalaridan takror-takror iqtibos olinganiga guvoh bo'lamiz. Prezidentimiz 2019-yildagi Murojaatnomasida Imom Buxoriyning "Al-jome as-sahih" asaridan iqtibos aytilgan bo'lsa, 2021-yili Abu Ali Ibn Sinoninng "Dovyurak va botir insonlar kelajakda sodir bo'ladigan qiyinchiliklardan qo'rqmaydi", degan gapini keltirgan edi. 2022-yil 20-dekabrdagi Murojaatnomasida, "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir. Yusuf Xos Hojib bobomiz aytganlaridek, "Zakovat bor joyda ulug'lik bo'ladi, bilim bor joyda buyuklik bo'ladi". Shuning uchun ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, ta'lim dargohlariga borib, o'qituvchi va murabbiylar bilan ko'proq muloqot qilib, o'quv-tarbiya ishlari sifatini oshirish bo'yicha ular qo'ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak" [1:1] deb ta'kidlagan edi. Bunday yondashuv nafaqat buyuk o'tmishimizdan faxrlanish, balki pirovardida, ilmiy tadqiqotlarning metodologik asosini shakllantirishga xizmat qilishi shubhasiz. Buyuk ajdodlarimizning mazkur fikrlari har bir insonni ilm-fan bilan shug'ullanish, umuman ziyoli maqomga erishishga chaqiradi.

Bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, avvalo, boy tarixiy merosimizning tiklanishi, an'analarimizning saqlanishi va xalqimiz ma'naviyatini yuksalishi bilan ilm-fan rivoji hamda ta'lim-tarbiya sifatiga uzviy bog'liqligi shubhasiz.

Jamiyat taraqqiyoti va unga uyg'un bo'lgan ma'naviy barkamol bo'lgan yoshlarni tarbiyalash jarayoni ana shu omillarning o'zaro birligi va aloqadorligi asosida amalga oshishi insoniyat tarixida isbotlangan haqiqatdir.

Ta'kidlash joizki, hech qachon ma'naviyat va ma'rifat bilan ta'lim-tarbiya bir-birini inkor etmaydi. Aksincha, bir-birini quvvatlab, o'rnini to'ldirib, o'zaro ta'sirlanib, rivojlana boradi. Bu jihatdan mamlakatimizda 2023-yilda sifatli ta'limga yuksak e'tibor qaratilyotgani va bu jarayonda ma'naviy rivojlanish asosida taraqqiyotni ta'minlashga harakat qilinayotgani bugungi hayot talabini aks ettiradi, albatta. Sifatli ta'lim-tarbiyani mazkur jabhadagi muhim vazifasi yoshlarda o'zlikni anglash tuyg'usini tarbiyalash, ajdodlardan qolgan moddiy va ma'naviy merosning boshqalar oldida nechog'lik ulkan ahamiyat kasb etishini anglatish, ular bilan faxrlanish va g'ururlanish hissini kuchaytirishdan iborat.

Shu ma'noda, sifatli ta'limdan ko'zlangan asosiy maqsad-ajdodlarimizning nechog'lik buyuk shaxslar bo'lganini, ilm-fanning turli sohalaridagi kashfiyotlari orqali jahon taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shganini, mintaqamiz dunyo svilizatsiyasining qadimiy yirik o'choqlaridan biri ekanligini yoshlarga anglatish, ularning ushbu merosga sadoqatini yanada kuchaytirishdan iborat.

Prezidentimiz Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga navbatdagi murojaatnomasida ta'kidlaganidek, "Najot - ta'limda, Najot - tarbiyada, Najot -bilimda, chunki barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi" Ma'rifatparvar jadid bobolarimiz bu so'zlari deputat va senatorlarimizning, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak"[2:1].

Shunday ekan, sifatli ta'lim jarayonida ishtirok etayotgan barcha mulozimlar va tarbiyachilar, muallimlar va professor-o'qituvchilar, bugungi globallashuv oqibatlari va ayrim yoshlarimizning xilma-xil manbalar orqali kelayotgan turli yot g'oyalarni xolis axborot manbai sifatidan qabul qilayotganlarini ham nazardan qochirmasligi lozim. Yot mafkuralarni ko'r-ko'rona qabul qilishning qulay zamini-uyali aloqa vositalari va ijtimoiy tarmoqlarga tobelik, maishiy qulaylikka ortiqcha intilish, buyumparastlik va boqimandalik, milliy-ma'naviy qadriyatlarning ahamiyatini to'la anglab bilmaslikdir. Bugun dunyodagi globallashuv ta'sirida shakllanayotgan ana shunday murakkab vaziyatning mavjudligi barcha yoshlarimizda ma'naviy mafkuraviy immunitetni tarbiyalash ishlarini faollashtirish nihoyatda muhim ahamiyat kasb etayotganidan dalolat beradi.

Ushbu jabhada bugungi kunga xos sifatli ta'lim-jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bu boradagi sifatli ta'lim shakllanishi birdan yuz bermaydi, albatta. U yosh avlodning har bir vakili qalbida milliy manfaatlar ustuvorligi nuqtai nazarini shakllantirish hamda o'g'il-qizlarning yangi va xolis bilimlarga ega bo'lish jarayoni bilan uyg'unlikda amalga oshadi.

Shuningdek, ta'lim sifatini oshirishda zamonaviy texnologiya, moddiy-texnik baza muhim o'rin tutadi. Yoshlarning ma'naviyatini, bilim va salohiyatini oshirishda, sifatli ta'lim olib, yetuk kadr bo'lib yetishishida qulay va zamonaviy shart-sharoitlarning ahamiyati katta. Bundan tashqari yoshlarni texnologiyalardan foydalanish malakasini oshirish va rivojlantirish, ularda axborot madaniyatini yuksaltirish ham ta'lim sifatini oshishiga ko'mak beradi. Axborot madaniyati-o'quvchining kundalik hayoti va faoliyatida aborot texnologiyalarining barcha turlaridan o'quv-biluv jarayonida maqsadli foydalana olish ko'nikma va malakasidir[3:1]. Albatta, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta'limga joriy etish - zamonaviy jamiyatda o'z-o'ziga ta'limning ayrim masalalarini hal qilish, har bir insonga, uning qiziqishlari, qobiliyatlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, butun hayoti davomida ta'limga erkin va ochiq kirishni ta'minlash demakdir.

I icclT^^^^H 78 http://oac.dsmi-qf.uz

Bugun Yangi Ozbekistonda taraqqiyotning yangi bosqichga chiqish, ko'zlagan maqsadlarimizga erishish uchun mustahkam zamin yaratilmoqda. Shunday ekan, bag'rikeng, mehnatkash va oliyjanob xalqimizning ishonchiga sazovor bo'lish uchun har birimiz bu yuksak ishonchni amaliy ishlar bilan oqlashimiz kerak. Zero, bunday yondashuv bizning nafaqat fuqarolik, balki, eng avvalo, Vatanimiz oldidagi farzandlik burchimizdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va xalqimizga qilgan Murojaatnomasi. 2022.20.12.Toshkent.

2. O'sha manbaa.

3. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. 2000-2005.Toshkent.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.