Narimbaeyva L.K.
Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti
MAKTABGCHA TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH VA BOSHQARISHNING MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya: Maqolada mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar,boshqaruv ta'lim sifatini nazorat qilish va boshqarishning mexanizmlari xususida fikr bayon etilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim tizimi, tashkilot, mtntdjmtnt, boshqaruv, strategiya, kadrlar, ta'lim sifati, ilmiy yondashuv, jarayon, vaziyatli, dasturiy-maqsadli yondashuv, kadrlar siyosati.
Narimbaeva L.K. department of preschool education methods Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
IMPROVING THE MECHANISMS OF PRESCHOOL EDUCATION QUALITY CONTROL AND MANAGEMENT
Abstract: The article considers one of the current issues-the management of preschool edication in modern conditions as a faktor in the effektivenes jf edication and upbringing, as the main approaches to quality management in education.
Keywords: preschool edication system, organization, management, management culture, strategy, foundation, personnel management quality of edication, scientific approach, process, situational, program-targeted approach, personnel policy.
Zamonaviy boshqaruv bu mfktabgacha ta'lim tfshkiloti rahbarning tashkilot oldidagi burchi bu uning o'zi boshqarayotgan tashkilotning rivojlanishida turli vaziyatlarda tashkilot tashqi omillarini tashkilot ichki omillariga, ya'ni pedagogik xodimlar, ta'lim texnologiyalar, ta'lim jarayonini rejalashtirish boshqarish mexanizmlarini erta anglay bilishi va shu asnoda oqilona qarorlar qabul qilishi bilan belgilanadi. Prezidentimizning quyidagi berilgan fikrlari maqolamizning kirish qismida berib o'tishni joiz topdik: "Har bir fuqaro qabul qilayotgan qarorlarimiz real foyda berayotganini bilishi kerak[3].
Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish bu ko'p funksiyali jarayon ,uning bir qismi tashkiliy tuzilish,ta'lim tashkiotining umumiy madaniyati raxbarining strategiyasi va taktiakasi.Boshqaruv strategiyasini ishlab chiqishda maqsadlarni belgilashda ,bugungi kunda ta'lim muassasasi raxbarlari davlatning ta'lim siyosatini va ularning ota onalarini talabini inobatga olgan xolda tashqi
muxitda xarakat qilishlari kerak.Ta'lim va tarbiya sifatini faqat ta'lim tashkiloti xodimlari oqilona boshqaruv o'quv jarayonidagi o'zgarishlarni tashqi va ichki muxitga mos ravishda ishlab chiqish va amalga oshirish , shuningdek me'yoriy xuquqiy xujjaüami hisobga olgan holda ta'minlash mumkin.
Ta'lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan ta'lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan foydalanishni ko'zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, kvalimetriya asoslarini, ya'ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo'llash orqali ta'lim sifatining boshlang'ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim bo'ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv faoliyatining baholash ob'ekti to'g'risida qadriyat borasidagi mulohazalarni shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi.
Ta'lim sifatini o'lchash sifat o'lchovini belgilash va uning qiymatini maxsus algoritmlar yordamida olishni ko'zda tutadi.
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini qo'llash orqali ta'minlanadi. Bu baholanayotgan ob'ektning sifat ko'rsatkichlari qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog'liqdir. Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta'sir ko'rsatuvchi ko'plab omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. SHu bois boshqaruv tarkibi ta'lim sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo'llay bilishi kerak.
Shu jihatdan olganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlar, boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etishda rahbarlik layoqatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur vazifani amalga oshirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbar xodimlarining har biridan yuksak kasbiy salohiyat va insoniy sifatlarga ega bo'lish talab etiladi. «Avvalambor, uning vatanparvar va yurtparvarlik fazilatlariga ega bo'lishi, ona yurtini chin qalbidan sevishi va ardoqlashi, el -yurti uchun o'zini ayamasligi, kerak bulsa, bu yo'lda jonini ham fido qilishiga tayyor bo'lishini, o'z kasb-korining ustasi, shu ishning chinakam bilimdoni, bu borada boshqalarga o'rnak bo'lishini kutadi. Jamoatchilik, halq rahbar shaxsning mustaqil dunyoqarashi, keng fikrlashi, uzoqni ko'ra bilish qobiliyati bilan boshqalardan ajralib turishini, iymon-e'tiqodi mustahkam, irodasi baquvvat, or-nomusli, harom-xarish ishlardan hazar qiladigan, izlanuvchan, tashabbuskor, tadbirkorlik fazilatiga ega bo'lishini, tashkilotchi, talabchan va qat'iyatli bo'lishini istaydi» [4; 201-b.].Rahbarning eng muhim vazifalaridan biri boshqaruyning mavjud tizimini modernizasiya qilish,innovasion maktabgach ta]lim tashkilotining asosiy maqsadi tarbiyalanuvchilarning shaxsiyatini rivojlantirishga qaratilgan boshqaruvning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish ,o'zlashtirish va joriy etishdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarining oldiga - yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo'ydi. Bu esa hozirgi vaqtda maktabgacha
ta'lim tizimida davr talabiga javob beradigan mutaxassislarni nazariy bilimlar bilan bir qatorda jahon andozalariga mos holatda tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. SHu bilan birga maktabgacha ta'limni isloh qilishning asosiy shartlaridan biri - buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar avlodini yetishtirishni talab etadi. Hozirgi davrning bu talabi - matabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini axloqan va ma'nan yetuk, komil insonlar qilib tarbiyalash vazifalarini bajarishni talab etadi. MTT rahbarlari va pedagog kadrlari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri -erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasidir. Boshqacha aytganda, o'z xaq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlarini anglagan, atrofda sodir bo'layotgan voqea va hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashgan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un xolda quradigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash lozim. Shu jihatdan olganda, barkamol insonni tarbiyalash avvalo, pedagoglardan ulkan mahorat va mas'uliyatni talab qiladi. Ustozlik mahorati va tarbiyachilik san'atining tayyor andozasi yoki qolipi mavjud emas. Ushbu san'atni egallash uchun insondan katta kuch, ijodkorlik va ko'p yillik tajriba talab etiladi.
"Menejment" bo'yicha qator darsliklar mualliflari hisoblangan M.SHarifxo'jaev, YO.Abdullaev [2]larning fikricha boshqaruv - bu o'ziga hos yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uni bajarilishini nazorat qilishdir. Boshqaruv deganda ko'rinib turibdiki, eng avvalo oqilona qaror qabul qilish to'g'risida fikr bildirilmoqda.
Menejment deganda ko'z oldimizda korxona yoki tashkilot ichidagi xodimlarning ishini to'g'ri tashkil qilish va ularni boshqarish bilan bog'liq jarayonlar gavdalanadi. Prezidentimiz SH. Mirziyoev O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqida quyidagi fikrlarni keltirib o'tgan: "Ishimizni to'g'ri tashkil etish, uning samaradorligini ta'minlash, butun boshqaruv tizimi faoliyatini sifat jihatidan zamon talablari darajasiga ko'tarishni bugun hayotning o'zi talab qilmoqda. ... biroq, yo'limizda qanday to'siq va qiyinchiliklar, keskin va dolzarb muommolarga duch kelsak ham, shoshma-shosharlik bilan, pala- partish qarorlar qabul qilishga, yaxshi o'ylab ko'rilmagan xatti-harakatlarga yo'l qo'yishga haqqimiz yo'q"[4].
N.K.Yo'ldoshev, G.E.Zahidov o'zining"Menejment"darsligida
Boshqaruv qarori-1. Hujjat(qaror, buyruq, tadbirlar rejasi va x.k.-2. Qarorlarni ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishni o'z ichiga oluvchi jarayondir. [6].
Maktabgacha ta'lim tizimining yangi avlod rahbarlarini shakllantirish masalasi ham kundalik dolzarb ahamiyat kasb etuvchi masalalar sirasiga kiradi. Bunda rahbarning muvofiqlashtirish, rejalashtirish, tartibga solish, nazorat qilish va baholash vazifalari bilan uyg'unlikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalari to'g'risida e'tirof etilgan funktsiyalar bolalarning intellektual jihatdan voyaga yetishiga, ma'naviy barkamol shaxs bo'lib shakllanishiga va pedagog
xodimlarning ilmiy-ma'naviy jihatdan o'sishiga, siyosiy va fuqarolik pozitsiyasining mustahkamlanishiga olib keladi.
MTT pedagog xodimlaridan keng bilimdonlik, puxta amaliy tayyorgarlik, yuksak pedagogik mahorat, kompetentlik va ijodkorlik talab etiladi. Maktabgacha ta'lim jarayonida insonparvarlik omilini ta'minlaydigan ustozlarning shaxsiy sifatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik, haqqoniylik, halollik, mehribonlik, xushmomalalik. Ushbu sifatlar pedagogning ta'lim-tarbiya oluvchilar uchun ahamiyatini belgilashi kerak. Zero, shaxsiy sifatlar o'qitish va tarbiyalash mahoratiga ta'sir ko'rsatadi.
Maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim sifati - tarbiyachi va xodimlarning kasbiy rivojlanishi tavsifi bo'lib, zamonaviy bosqichida iqtisodiy taraqqiyot talablariga mos kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli yurituvchi mutaxassis qobiliyati va ish faoliyati bilan belgilanishi e'tirof etiladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan emas, balki bolalarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda. Har tomonlama taraqqiy etgan, aqlan va ma'nan barkamol, jismonan va ruhan tetik farzandlarni maktabgacha tarbiya tashkilotlarida kamol toptirish ahamiyati, Vatanimizning ravnaqi bugungi kunda yosh avlodlarga bergan ta'lim sifati va tarbiya mohiyati bilan chambarchas bog'liqligi alohida dolzarblik kasb etadi. Mamlakatimizda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishga zamin hozirlaydi.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tizimini tubdan isloh qilishda ta'lim jarayonning barcha shakllarini eng qulay va samarali holatda tashkil etish, ularni shaxs kamoloti maqsadlari tomon yo'naltirish, tarbiyalanuvchilarda dunyoqarash, qobiliyatni shakllantirish va ularda jamiyat uchun zarur bo'lga n faoliyatga moyillik uyg'otishdir. Pedagogning ko'p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo'lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. Pedagogik mahoratga ega bo'lgan pedagog tarbiyadagi qiyinchiliklarni yengishga qodir bo'lgan nufuzli rahbar, o'sib kelayotgan yosh avlodning ma'naviy dunyosini tushuna oladigan, ularning tuyg'ularini his qila oladigan, ichki dunyosi nozik bo'lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashadigan, donolik va ijodiy dadillik, ilmiy tahlil, xayol va fantaziya, chuqur ilmiy tafakkurga ega bo'lgan shaxslardir.
NATIJALAR
Maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirishda bu borada to'plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta'lim tashkilotlarining re surs, kadrlar va axborot bazalari yanada mustahkamlanmoqda, o'quv-tarbiya jarayoni yangi o'quv-uslubiy majmualar, ilg'or pedagogik tenologiyalar bilan to'liq ta'minlanmoqda.
Jahon andozalariga javob beradigan maktabgacha ta'lim tashkilotlari qaror topmoqda va ularni rivojlantirish amalga oshirilmoqda. Ta'lim sifatini oshirishda, ta'lim jarayonini to'liq axborotlashtirish kuzda tutilmoqda.
Hozirgi paytda maktabgacha ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar malakasini oshirishga quyidagicha yondashish tendentsiyalari kuzatilmoqda:
1)sifatli o'quv jarayonini tashkil qilishda pedagog kompetentsiyasini rivojlantirish;
2)ta'lim sifatini ta'minlashda zamonaviy yondashuvlarining asosiy negizi - turli xil boshqaruv, innovatsiya va axborot texnologiyalarini ta'limga joriy etishda pedagogning layoqatini oshirish;
3)ta'lim-tarbiya sifatining mahsulasi - natijani qo'lga kiritish va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'quv faoliyatining sifati o'quv jarayonini rejalashtirish, uni amalga oshirish, o'quv reja, dasturlarining mazmun mohiyati bilan yemas, balki tahsil oluvchilarning olgan bilimlari, malaka va ko'nikmalari, mustaqil ravishda olgan bilimlari bilan bog'liq ta'lim natijasi sifati bilan belgilanmoqda.
MUHOKAMA
Maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash va sifat menejmentiga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan: maktabgacha tarbiya tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy sifat nazoratining ichki baholash mexanizmlari ishlab chiqilgan (London universiteti qoshidagi "Layf Kouching", Ta'lim institutlari (Buyuk Britaniya); ta'lim sifati menejmenti tizimini sertifikatlash va sifatni kafolatlash usullari tavsiflangan (Bavariya akkreditatsiyalash, sertifikatlash va sifatni kafolatlash instituti, Germaniya) va boshqalar.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifati, uni baholash, ilmiy-nazariy asoslash, kvalimetriyaga murojaat etish, sifatning yalpi menejmentini qo'llash uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biridir. Bunda kvalimetrik tahlil muhim ahamiyat kasb etadi.
Kvalimetriya - diagnostik metodlarni aniqlash, sifatni miqdoriy baholashning nazariy asoslarini yaratish bilan bog'liq ilmiy va amaliy faoliyat sohasi. Kvalimetriya kvalitologiya (sifat haqidagi fan)ning tarkibiy qismidir.
Dunyoda ta'lim sifati menejmentini takomillashtirish bo'yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqda: ta'lim sifatini kafolatlashning yagona mezonlari va standartlarini belgilashni aniqlash; ta'lim xizmatlari eksportini rivojlantirish; ta'lim dasturlarini akkreditatsiyalash milliy tizimlarini muvofiq-lashtirish; sifatni boshqarish texnologiyalarini takomillashtirish. Biroq, hanuzgacha davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirish va ushbu tarbiya maskanlarida ta'limiy va tarbiyaviy boshqaruv menejmentiga xos xususiyatlarni aniqlashning yagona tizimini takomillashtirish masalalari o'z yechimini tulaqonlicha amalga oshirilmagan. Shu jihatdan olganda, ta'limda sifatni boshqarish, sifatni kafolatlashda akkreditatsiyaning o'rni, sifatning tashqi monitoringi, oliy
ta'limda sifatni baholash tizimlari, ta'lim jarayoni ishtirokchilari faoliyatini muvofiqlashtirish va ta'lim sifatini nazorat qilishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash zarurati oshmoqda.
XULOSA
Yuqoridagilardan kelib chiqib, bugungi kunda davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya sifatini takomillashtirish muammosini alohida tadqiqot predmeti sifatida o'rganish ehtiyoji sezilmoqda. Muammoning yechimini topish uchun:
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malakasini oshirishda «tarbiya kvalimetriyasi» va «ta'lim kvalimetriyasi» tushunchalarini ilmiy jihatdan tavsiflash;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari boshqarishning metodologik va nazariy asoslarini sifatli menejment nuqtai nazaridan tadqiq qilish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlariga qo'yiladigan davlat talablarini tabaqalashtirilgan yondashuv asosida takomillashtirish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringini joriy etish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari tarbiyalanuvchilari iqtidorini aniqlash va rivojlantirishga mo'ljallangan metodik qo'llanmalar yaratish va amaliyotga tatbiq etish;
- davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish lozim.
Davlat va nodavlat maktabgacha tarbiya tashkilotlari xodimlarining faoliyatini kvalimetriya asosida baholash, kasbiy faoliyat natijasi, tarbiyalanuvchilarning intellektual darajasi va shaxsiy rivojlanishi mezonlariga asoslangan holda takomillashtirishga qaratish lozim.
Shunday qilib, ta'lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan insonparvarlik tamoyillariga asoslangan, yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan ta'lim komil inson shaxsini yetuklikka yo'naltiradi. Binobarin, O'zbekistonda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib borilayotgan islohotlar ta'lim- tarbiyaning maqsadini yangi yo'nalishga burdi. Demak, ta'lim-tarbiyaning maqsadi butunlay yangilandi, unga mos holda mazmunning ham, pedagogik jarayonning ham yangilanishi tabiiydir. Bu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli shaxs manfaatlarini ta'minlashga xizmat qiladi.
Adabiyotlar ro'yxati:
1. Mirziyoev SH.M. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak" T.: "0'zbekiston"-2017. 20-bet.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori, 2019., 13 may, PQ 4312 son.
3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo'ramiz. -Toshkent:O'zbekiston, 2017.-488 bet.
4. Мирзиёев Ш.М. "Танкидий тахлил, катъий тартиб интизом ва шахсий жавобгарлик-хар бир рахбар фаолиятининг кундалик коидаси булиши керак" Т.: "Узбекистон"-2017. 20-бет.
5. Mirziyoev SH.M. "Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz" " O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutqi Toshkent-"O'zbekiston" -2016, 11-bet, 20-bet.
6. SHarifxo'jaev M., Abdullaev YO. "Menejment" T.: "0'qituvchi"-2001
7. Umarova N., Islombekov U. Siyosiy texnologiyalar: o'quv qo'llanma-T.: Akademiya 2007.
8. Sladkevich V.P., CHernyavskiy A.D. "Sovremenniy menejment " oporniy konspekt Kiev -2003,70-bet.