Научная статья на тему 'HAR TOMONLAMA BARKAMOL YOSHLAR – MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING POYDEVORI'

HAR TOMONLAMA BARKAMOL YOSHLAR – MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
554
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
globalizatsiya / madaniyat / insonparvarlik / kadrlar tayyorlash milliy dasturi / bozor iqtisodiyoti / professional ta'lim / innovatsion g'oyalar / texnologiyalar / intellektual salohiyat / kasb-hunar / qadryat / urf-odatlar. / globalization / culture / humanities / national training program / market economy / professional education / innovative ideas / technologies / intellectual potential / profession / values / traditions.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduvohidova Elnora Shermuhammad Qizi

Bugungi yoshlar mustaqil O‘zbekistonimizning tayanchi va kelajagi hisoblanadi. Har tomonlama kuchli, sog‘lom hamda ma’naviy jihatdan yetuk yosh avlod Vatanmizning iftixori va faxridir. Amalga oshirilayotgan barcha yaxshi va xayrli ishlar kelgusi avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPED YOUTH IN EVERY WAY THE FOUNDATION OF THE DEVELOPMENT OF OUR COUNTRY

Today's youth is the backbone and future of our independent Uzbekistan. The young generation, strong in all respects, healthy and spiritually mature, is the pride and honor of our Motherland. There is no doubt that all the good and good deeds that are being done will serve the perfection of the next generation.

Текст научной работы на тему «HAR TOMONLAMA BARKAMOL YOSHLAR – MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING POYDEVORI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

HAR TOMONLAMA BARKAMOL YOSHLAR - MAMLAKATIMIZ TARAQQIYOTINING POYDEVORI Abduvohidova Elnora Shermuhammad qizi

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar Fakulteti

Sotsiologiya yo'nalishi 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6710277

Annotatsiya. Bugungi yoshlar mustaqil O'zbekistonimizning tayanchi va kelajagi hisoblanadi. Har tomonlama kuchli, sog'lom hamda ma'naviy jihatdan yetuk yosh avlod Vatanmizning iftixori va faxridir. Amalga oshirilayotgan barcha yaxshi va xayrli ishlar kelgusi avlod barkamolligi uchun xizmat qilishi shubhasiz.

Kalit so'zlar: globalizatsiya, madaniyat, insonparvarlik, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, bozor iqtisodiyoti, professional ta'lim, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar, intellektual salohiyat, kasb-hunar, qadryat, urf-odatlar.

ВО ВСЕМ РАЗВИТАЯ МОЛОДЕЖЬ - ФУНДАМЕНТ РАЗВИТИЯ НАШЕЙ

СТРАНЫ

Аннотация. Сегодняшняя молодежь - это костяк и будущее нашего независимого Узбекистана. Молодое поколение, сильное во всех отношениях, здоровое и духовно зрелое, является гордостью и честью нашей Родины. Нет сомнения, что все добрые и добрые дела, которые совершаются, послужат совершенству грядущего поколения.

Ключевые слова: глобализация, культура, гуманитарные науки, национальная программа подготовки кадров, рыночная экономика, профессиональное образование, инновационные идеи, технологии, интеллектуальный потенциал, профессия, ценности, традиции.

DEVELOPED YOUTH IN EVERY WAY - THE FOUNDATION OF THE DEVELOPMENT OF OUR COUNTRY

Abstract. Today's youth is the backbone and future of our independent Uzbekistan. The young generation, strong in all respects, healthy and spiritually mature, is the pride and honor of our Motherland. There is no doubt that all the good and good deeds that are being done will serve the perfection of the next generation.

Keywords: globalization, culture, humanities, national training program, market economy, professional education, innovative ideas, technologies, intellectual potential, profession, values, traditions.

KIRISH

Shu jihatdan Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, "Ilim yo'q joyda qoloqlik, jaholat va albatta to'g'ri yo'ldan adashish bo'ladi. Sharq donishmandlari aytganidek "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir". Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o'zlzshtirish, chinakam ma'rifat va yuksak madaniyat egasi bo'lish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi".

Hadisda "Beshikdan to qabrgacha ilm o'rgan" deb, ilm har narsadan yuqori ekanligi, hech narsa undan yuqori bo'la olmasligi ta'kidlangan. Demak, islom ta'limotida bilim eng oliy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

maqsad - dunyoni bilish uchun zarur deb uqtirilgan. Bilim dunyoni bilish bilan bahramand bo'lib qolmay, shaxs ma'naviyatini boyitishda ahamiyatli hisoblangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mustaqillik e'lon qilingan (1991-yil 1-sentabr) dastlabki yillaridanoq o'zbekiston hukumati ta'limga ustivor soha sifatida e'tibor berib kelmoqda. Respublikamizning ta'lim sohasida aniq va ravshan davlat siyosati mavjud bo'lib, u insonparvarlik va demokratik tamoyillarga asoslanadi hamda har bir fuqaroning bilim olishi Konstitutsiya bilan kafolatlaydi. Respublikamizda ta'lim tizimini yangilash va rivojlantirish maqsadida 1997-yil 29-avgustda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun hamda "Kadrlarni tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Bu dastur uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asosi hisoblanadi. Milliy dasturning asosiy maqsadi uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirish bo'lib, mustaqil fikirlovchi shaxsni shakillantirish bilan barcha sohalarda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni kafolatlashi bilan ahamiyatlidir. Shunga ko'ra, mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq boy madaniyatimizni tuklash va rivojlantirish, ta'lim tizimini takomillashtirish, jahon andozalari darajasiga ko'tarishga e'tibor berilmoqda.

«O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» 41-moddasida ta'kidlanganidek, «Har kim bilim olish xuquqiga ega». O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis 10- sessiyasida «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so'zladi.Shu sessiyada «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo'lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta'lim to'g'risi»dagi O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir. Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar ixtisosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish, innovatsion g'oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda. Shu bilan birga, yosh iqtidor sohiblarini innovatsion tadbirkorlik sohasiga tizimli jalb qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan: iqtidorli yoshlarni ishbilarmonlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

va yetakchi olimlar bilan hamkorlikda ish yuritishi uchun yagona tizim yaratish va shu asosda ilm-fan sohasida yosh kadrlar yetishtirish tizimining uzviyligini ta'minlash; ishlab chiqarish sohasiga yuqori texnologiyalarni tatbiq etish va ilmiy tadqiqotlarga yoshlarni jalb etish hamda ilmiy-texnik va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun platformalar yaratish talab etilmoqda.

Mustaqillik yillarida oliy ta'lim tizimida olib borilgan izchil islohatlar natijasida mamlakatimizda bir qator chet el universitetlarining filiallari ochildi. Jumladan, Buyuk Britaniyaning Xalqaro Vestminster universiteti, Toshkent shahrida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, M.Gupkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Italiyaning Turin politexnika universiteti filliallari ish boshladi. Shuningdek, Toshkentda G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasi va Janubiy Koreyaning Inha universiteti filiallari ham o'zbek yoshlariga o'z ta'lim sirlarini o'rgatmoqdalar.

MUHOKAMA

Prezidentimizning 2019-yil, 6-sentyabrda "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmon O'zbekiston tarixida yangi professional ta'lim tizimini tashkil etishga asos bo'lgan bo'lsa, 2020-yil, 24-yanvarda davlatimiz rahbari o'z Murojaatnomasida "Joriy o'quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo'lga qo'yilib, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi" deb mazkur tizimning ahamiyatini yana bir bor alohida ta'kidladi.

Qaror bilan uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim to'g'risidagi nizom, Boshlang'ich professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi, O'rta professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi hamda O'rta maxsus professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan texnikumlarning ustavi tasdiqlandi. Dunyodagi zamonaviy o'quv dasturlari, o'qitish metodikalarini o'rganib, yurtimiz umumta'lim maktablarida joriy qilish muhimligi ta'kidlandi. Xalq ta'limi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy o'quv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 o'quv yilidan boshlab ta'lim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qo'yildi. Yangi metodikani samarali yo'lga qo'yish uchun barcha maktab o'qituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida o'qitiladi. Yurtboshimiz Shavkat Miromonvich Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Ana shu muhim yo'nalishlarda boshlagan ishlarimizni davom ettirish va yangi, yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida kirib kelayotgan 2021- yilga mamlakatimizda " Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb nom berishni taklif etaman.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkin-ki yurtimizda biz yoshlarga berilyotgan imkoniyatdan to'g'ri foydalangan holda kuchli bilimli kadrlar bo'lib yetishishimiz zarur. Zeroki,davlatimiz kelajagi -bu biz bu bugungi yoshlar.Agarda biz hozir yoshlarimizga bilim va tarbiya bermasak hech qachon rivojlanmaymiz va oldinga siljimaymiz.Chunki rivojlangan davlatlarga e'tibor qaratsak bu davlatlar eng avvolo yoshlarga bilim bergan holda shunday darajaga erishgan. Bobolarimiz aytganday "Ilm qayda bo'lsa buyuklik bo'lar". Bu so'z hozirgi kunda yaqqol tasdiqini topmoqda. Negaki, zamon tez rivojlanmoqda biz bugun o'qimasak ertga

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

kech bo'ladi. Birgina misol tariqasida axborot texnologiyalari sohasini olaylik.Bu sohada bugun chiqqan yangilik ertaga eskirmoqda va bizdan buni yuqori malakali kadrlar tayyorlashni talab etadi. Yoshlarning o'zi qiziqqan kasb egasi bo'lishi bilan bir qatorda sport mashg'ulotlariga jalb etish bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar ham yuqori ko'rsatkichlarga ko'tarilgan. Bugungi kun yoshlar ma'naviyatini asrashi, vatan kelajagi uchun mustahkam poyedevor bo'laoladigan munosib farzand bo'lishi, oldiga qo'ygan ezgu maqsadlarini tomon mardonavor qadam tashlashi, buyuk ajdodlar izi ekanimizni anglamog'i, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimizni, ulug' ajdodlarimiz merosini chuqur o'zlashtirishi bugungi tez o'zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab mustaqil fikrlashi va ona vatanimizdagi sodir bo'layotgan barcha jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashi, eng muhimi otamizdan meros istiqlolni jon-u tan bilan asramog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasining Konsititutsiyasi. Toshkent, "O'zbekiston", 2001, 13-bet.

2. Sotsiologiya, Toshkent, 2009, 38-39-betlar.

3. O'zbekiston Tarixi, Toshkent.O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'lim vazirligi, 2018, 77-bet.

4. O'zbekiston respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev , "Oliy Majlisga murojaatnomasi"dan, 2020-yil 29-dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.