Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR'

YANGI O’ZBEKISTONDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangi O’zbekiston / yoshlar / ta’lim-tarbiya / taraqqiyot / prezident / islohot / besh tashabbus / ma’naviyat / harakatlar strategiyasi / Oliy Ta’lim / qaror.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Botirova Halima Eshmamatovna, Iboyeva Sevinch Otabek Qizi

Mazkur maqolada bugungi kundagi amalga oshirilayotgan islohotlar, barkamol avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy tomonlari haqida so’z boradi. Yangi O’zbekistonning rivojlanish yo’li haqida ham to’xtalib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISLOHOTLAR»

YANGI O'ZBEKISTONDA BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASH BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN

ISLOHOTLAR

*Botirova Halima Eshmamatovna, 2Iboyeva Sevinch Otabek qizi

1TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti Gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti 2TIQXMMIMilliy tadqiqot universiteti Qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash fakulteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11213509

Annotsatsiya. Mazkur maqolada bugungi kundagi amalga oshirilayotgan islohotlar, barkamol avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar va ularning ijobiy tomonlari haqida so'z boradi. Yangi O'zbekistonning rivojlanish yo'li haqida ham to'xtalib o'tiladi.

Kalit so'zlar: yangi O'zbekiston, yoshlar, ta'lim-tarbiya, taraqqiyot, prezident, islohot, besh tashabbus, ma'naviyat, harakatlar strategiyasi, Oliy Ta'lim, qaror.

Аннотация. В данной статье говорится о реализуемых сегодня реформах, возможностях, созданных для зрелого поколения, и их положительных аспектах. Также будет обсужден путь развития нового Узбекистана.

Ключевые слова: новый Узбекистан, молодежь, образование, развитие, Президент, реформа, пять инициатив, духовность, стратегия действий, высшее образование, решение.

Abstract. This article talks about the reforms being implemented today, the opportunities created for the mature generation, and their positive aspects. The path of development of the new Uzbekistan will also be discussed.

Key words: new Uzbekistan, youth, education, development, President, reform, five initiatives, spirituality, action strategy, higher education, decision.

Malumki, Mustaqillik yillarida barcha sohalarda davlatimizni har tomonlama rivojlantirish maqsadida uzluksiz keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qisqa muddatlar ichida rivojlanayotgan Yangi O'zbekistonimizda qanday islohotlar amalga oshirilmoqda? Bunga misol qilib 2021-yilni ''Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili'', deb nomlanishini keltirishimiz mumkin.Ta'kidlash joizki, mazkur taklif mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlar bo'yicha davlat siyosatining mantiqiy davomidir. Xususan, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib voyaga yetkazish maqsadida yaxlit va uzluksiz tizim yaratilishi, yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga ko'taradi. Muhtaram prezidentimiz e'tirof etgan ushbu yaxlit tizim bola tug'ilganidan boshlab, to 30 yoshgacha bo'lgan davrda uni har tomonlama davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni nazarda tutadi. Asosiy e'tibor yosh avlodga ta'lim tizimining barcha bosqichlarida sifatli va zamonaviy ta'lim-ta'rbiya berishga, mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasb-hunarlarni o'rgatishga hamda ularni munosib ish o'rinlari bilan ta'minlashga qaratilishi prezidentimiz tomonidan ta'kidlandilar.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvar kuni Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida "Eng katta boylik-bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros-bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik-bu bilimsizlikdir'', deya ta'kidlaganlar. Yoshlarni ilmli, aql-zakovatli qilishda katta hissa qo'shadigan joy bu maktabdir. Bundan ko'rinadiki,Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi. Darhaqiqat, bugunimiz va kelajagimiz bo'lgan yosh avlodning ham jismonan, ham ma'nan sog'lom bo'lishlarida, ularning milliy va umumbashariy

qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatli vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishlarida kuchli ijtimoiy himoya, sifatli ta'lim, zamonaviy bilim va tajribalar muhim ahamiyatga ega. Ushbu nutqdan so'ng dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yaratish, ta'lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga va soha xodimlarining ish haqini bosqichma-bosqich oshirib borishga alohida e'tibor berila boshlandi. Ushbu g'oya asosida so'nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida kichik yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi ikki barobarga ortdi, xalq ta'limi tizimida prezident va ijod maktablari, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha maxsus maktablar tashkil etildi, zamonaviy professional ta'lim tizimi shakllantirildi hamda yoshlarning oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasi 25 foizga yetdi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o'zining "Yangi O'zbekiston Strategiyasi" nomli kitobida: "Tomirlarida buyuk bobolarining qoni oqayotgan yoshlarimiz ulug' ajdodlarimizning munosib vorislari bo'lishi, ular kabi ulkan maqsadlar sari intilib yashashi va yuksak marralarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishimiz zarur", deya yozgan edilar. Shu so'zlar zamirida so'nggi besh yillikda yoshlarning ilm olishiga bo'lgan e'tibor yuqori cho'qqiga yetdi. O'zbekiston Respublikasi davlat ta'lim va tarbiya siyosatida o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularda yuksak ma'naviyat va madaniyatni shakllantirish ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilangan. Yoshlarda yuksak ma'naviyat va madaniyatni yuksaltirish asosiy vazifalardan biri ekanligining boisi shundaki, «har qaysi davlat, har qaysi millat birinchi navbatda o'zining yuksak madaniyati va ma'naviyati bilan kuchlidir». O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 20-apreldagi «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarorida kadrlar tayyorlash mazmunini qayta ko'rib chiqish, yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta'lim muassasalari ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta'minlash, oliy ta'limning ma'naviy-axloqiy mazmunini oshirish, talaba-yoshlarda mustaqillik g'oyalari, yuksak ma'naviyat va insoniylikning milliy an'analariga sodiqlik ruhini singdirish kabi tarbiyaviy ishlarni yuksak saviyada olib borish dolzarb vazifa etib belgilangan. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida turli xil qarorlar qabul qilindi.

Mamlakatimiz ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar ta'lim-tarbiya sifatining yuqori darajada bo'lishini ta'minlashga qaratilgan bo'lib, ushbu yo'nalishda muvaffaqiyatni belgilovchi asosiy omillardan biri - ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining zamonaviy bilim, ko'nikma va malakalarni egallaganligi hamda ta'limning innovatsion axborot-didaktik shakllarini ilmiy tadqiq qilish hisoblanadi. Bu o'z o'rnida ta'lim tizimini tubdan isloh qilishni taqozo etmoqda, chunki mukammal ta'lim tizimi respublikamizning kelajakdagi intellektual imkoniyatlarini va rivojlanishini belgilab beruvchi o'quvchi- yoshlarni har tomonlama ijodkor, mustaqil faoliyat yuritadigan qilib tarbiyalashda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bugun mamlakatimiz ta'lim tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, ijtimoiy faol va malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni jahon andozalari darajasiga chiqarish masalalarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Ta'lim sohasidagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik ularning jahon ta'lim talablari bilan mosligi va pedagoglarning kelgusi mehnat faoliyatlarida o'zlashtirgan

kompetensiyalari qay darajada amaliyotga tatbiq qilinayotganligiga bog'liq. Ta'lim-tarbiyadagi sifat o'zgarishlari va yuqori samaradorlik esa mazkur sohaga ijobiy yangilik kiritish natijasida ta'limda sifat va samaradorlik ta'minlanib, pedagogik innovatsion jarayon vujudga keladi. Yurtimizda Oliy Ta'lim muassasalarining soni 77 tadan 141 taga yetkazilishi, 26 ta xorijiy oliygohlarning filiallari ochilishi, Oliy Ta'limga qamrov 9 foizdan 28 foizga ko'tarilishi biz yoshlar uchun ulkan imkoniyat hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-harakatlarni tizimli asosda yo'lga qo'yish bo'yicha beshta muhim tashabbusning ilgari surilishi O'zbekiston tarixida yoshlar ta'lim tarbiyasi bo'yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi. Bunga besh tashabbusni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ular:

Birinchi tashabbus: Yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Uchinchi tashabbus: Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To'rtinchi tashabbus: Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi. Xulosa qilib aytganda, O'zbekiston jamiyatning faol qatlami sifatida e'tirof etiluvchi yoshlar qatlamiga "muammo" deb emas, balki yurt ravnaqini ta'minlovchi katta kuch, davlatning strategik resursi sifatida qaramoqda. Natijada bugun biz yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, qat'iy pozitsiyaga ega yoshlar mamlakatning ertangi taraqqiyotida tobora hal qiluvchi kuchga aylanib bormoqda. Vatanimiz yoshlari kelajagi uchun mustahkam poydevor bo'ladigan munosib barkamol avlodni tarbiyalash, oldimizga qo'ygan ezgu maqsadlarimiz sari mardonavor qadam tashlashimiz , ulug' ajdodlarimiz merosini chuqur o'rganmog'imiz , yurtimizda sodir bo'layotgan jarayonlarga daxldorlik hissi bilan yashashimiz, eng muhimi, istiqlolni jonu tan bilan asramoqlimiz lozim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy fazilatlarga ega, yuksak ma'naviyatli barkamol farzandlari bor xalq hech kimga qaram bo'lmaydi. Zero, prezidentimiz aytganlaridek: "Hech shubhasiz, o'z kuchimiz va imkoniyatlarimizga bo'lgan ishonch bizni 3-renessans poydevorini yaratishdek ezgu maqsad yo'lida birlashtirib ,yana-da kuchli qilmoqda".

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. "Taraqqiyot Strategiyasi" markazi 2020-yil, 30-dekabr 5-bet.

2. "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" O'zLiDeP 2020-yil 10-iyun 3-bet.

3. "O'zbekiston - yoshlar mamlakati" 2022-yil 24-iyul.

4. Sh.M. Mirziyoyev "Yangi O'zbekiston Strategiyasi" 2021-yil 9-sentabr 285-bet.

5. Sh.M. Mirziyoyev "Besh muhim tashabbus" 2020-yil 18-dekabr.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.