Научная статья на тему 'YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARINING ASOSIDIR'

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARINING ASOSIDIR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yangilanayotgan O‘zbekiston / yoshlar / taʼlim maskanlari / intellektual yoshlar / Harakatlar Strategiyasi / beshta muhim tashabbus / ta’lim-tarbiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ikramov Ravshan Aktamovich

Ushbu maqolada, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, Yangilanayotgan O‘zbekistonda Prezident rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, xalqimizning turmush darajasini keskin ko‘tarish va bu borada rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishga qaratilganligi xususida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YANGI OʻZBEKISTON ISLOHOTLARINING ASOSIDIR»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH - YANGI OZBEKISTON ISLOHOTLARINING ASOSIDIR

Ikramov Ravshan Aktamovich

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti dekani, yuridik fanlari nomzodi, dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.11213547

Annotatsiya. Ushbu maqolada, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish haqida so'z yuritiladi. Jumladan, Yangilanayotgan O'zbekistonda Prezident rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh maqsadi, xalqimizning turmush darajasini keskin ko'tarish va bu borada rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o'rin olishga qaratilganligi xususida ham fikr-mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: yangilanayotgan O'zbekiston, yoshlar, ta'lim maskanlari, intellektualyoshlar, Harakatlar Strategiyasi, beshta muhim tashabbus, ta'lim-tarbiya.

Аннотация. В данной статье говорится о совершенствовании государственной политики в отношении молодежи, реализуемой в нашей стране. В частности, в Новом Узбекистане главной целью всех реформ, реализуемых в нашей стране под руководством Президента, является резкое повышение уровня жизни нашего народа и занятие в этом отношении достойного места среди развитых стран.

Ключевые слова: новый Узбекистан, молодежь, образовательные учреждения, интеллектуальная молодежь, Стратегия действий, пять важных инициатив, образование.

Abstract. This article talks about improving state policy towards youth implemented in our country. In particular, in New Uzbekistan, the main goal of all reforms implemented in our country under the leadership of the President is a sharp increase in the standard of living of our people and in this regard taking a worthy place among developed countries.

Key words: new Uzbekistan, youth, educational institutions, intellectual youth, Action Strategy, five important initiatives, education.

Yangilanayotgan O'zbekistonimizda so'nggi yillarda har tomonlama taraqqiy ettirish maqsadida barcha sohalar qatori ta'lim tizimida ham tub islohotlar olib borilayotgani, yoshlarimizni ilm-fan, ma'rifat va ma'naviyat, taraqqiyot yutuqlari, zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish har qachongidan ham muhim bo'layotganligini ko'rsatmoqda. Shu sababdan, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash Yangi O'zbekistonni barpo etishning asosini tashkil qiladi. Yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ko'plab islohotlarning tub zamirida maktablarni isloh qilish, zamonaviylashtirish, o'quvchi va talaba shaxsini rivojlanishi uchun sharoitlarni yanada kuchaytirish hamda ta'lim beruvchilar sifatini oshirishga qaratilgan vazifalar qo'yilmoqda.

Bugungi kunda yoshlarning har tomonlama kamol topishi uchun keng imkoniyatlar yaratib berilgan. Ayniqsa, xorijiy tillarni bilish, o'rganish uchun mamlakatimizda mustaqillikning bir mevasi sifatida bir nechta oliy o'quv yurtlarining tashkil etilganligi katta tarixiy voqelik bo'ldi.

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI OZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Xususan, mamlakatimizda keng ko'lamli islohotlar boshlanganidan buyon oliy o'quv yurtlari soni keskin oshdi.

Chet mamlakatlar bilan savdo, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalarni kengaytirish, O'zbekistonda xorijiy sarmoya bilan korxonalar barpo etish, yoshlarning jahondagi ilg'or o'quv va ilmiy markazlarda keng ko'lamdagi ta'limini tashkil qilish - mana shularning hammasi respublikada iqtisodiy islohotlarni jadallashtirishning, jahon xo'jalik aloqalariga kirishning, jahon hamjamiyatida teng huquqli munosib mavqega erishishning juda kuchli omillaridir.

Shuni ta'kidlash lozimki, ta'lim va tarbiya inson kamoloti hamda ma'naviyatni shakllantirishning eng asosiy sharti shu bilan birga, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, madaniy hayotining muhim tarmog'i hisoblanadi. Chunki, jamiyat taraqqiyoti ma'naviy yetuk va axloqan barkamol yoshlarni tarbiyalash bilan bevosita bog'liqdir. Modomiki, yurtimizning ertangi kuni, taqdiri bugun ta'lim maskanlarida ulg'ayib kelayotgan millionlab yoshlar qo'lida ekanini ko'z oldimizga keltirsak, yosh avlod tarbiyasini davlat siyosatining yetakchi masalalaridan biri darajasiga ko'targanining mohiyati ayon bo'lmoqda.

Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Mamlakatimizda yoshlar uchun:

-yoshlarning bandligi va real daromadlarini izchil oshirish, ta'lim va fan sohasini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas'uliyatini oshirish, yoshlar va voyaga yetmaganlarning manfaatlarini ta'minlash uchun yetuk va mas'ul mutaxassislarning sayyor qabullarini tashkil qilib, zarur yordamlar ko'rsatish.

-o'quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yoshlarning intellektual va ma'naviy ehtiyojlarini yanada to'laroq qondirish, yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish,

-Milliy kontentni rivojlantirish, davlat tilidagi ta'lim, ilmiy-ma'rifiy, yoshlar ehtiyojlariga mos zamonaviy axborot resurslarini, multimedia mahsulotlarini yaratish va targ'ib qilish, mobil internet foydalanuvchilariga mo'ljallangan, yoshlarni yuksak axloqiy tarbiyalash, ularni intellektual salohiyati va ijtimoiy faolligini yanada oshirishga xizmat qiladigan milliy o'yinlarni tashkil etish, ota-onalarning pedagogik madaniyatini oshirish, farzand tarbiyasi borasidagi burch va mas'uliyatini oshirish, mustahkam mafkuraviy immunitetga ega yoshlarni tarbiyalash, notinch oilalar farzandlari, uyushmagan yoshlar, ish bilan band bo'lmagan, "ommaviy madaniyat" ta'siriga tushib qolgan yigit-qizlarning xatti-harakatlarini nazoratga olishda ota-onalarning mas'uliyatini oshirish, kashandalik, alkogolli ichimliklar iste'mol qilish va boshqa illatlar profilaktikasiga oid tadbirlarni tashkil qilish.

Diniy ekstremizm va missionerlik faoliyatiga qarshi kurashish, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish vazifalari belgilab berildi.

Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish.

O'quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida ta'lim muassasalarida "Men sevib o'qigan kitob" va "Eng yaxshi kitobxon" tanlovlarini tashkil etish bo'yicha O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tanlovlar 2-bosqichda o'tkazilishi belgilangan bo'lib, hozirda birinchi bosqich ta'lim muassasalarida o'tkazilmoqda.

"MA'NAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQAROILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

O'z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi 34 mingdan ziyod bitiruvchilarimizning ro'yxati shakllantirildi. Ularning tadbirkorlik faoliyatidagi bilimlarini shakllantirish maqsadida, oddiy tilda va qulay shaklda tushuntiruvchi biznesni boshlash va mehnat qonunchiligi bo'yicha amaliy o'quv kurslari, kollej va akademik litseylarda joriy etildi.

Yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, ularning ma'naviyati va madaniyatini yuksaltirish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida olimlar, shoirlar, adabiyotshunoslar, bastakorlar, rejissorlar va aktyor-aktrisalar ishtirokida mahalla guzarlarida, ta'lim muassasalarida va korxona tashkilotlarda jami 1 543 dan ziyod ma'naviy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbirlar doirasida jami 306 586 nafardan ziyod aholi qamrab olindi, shundan 61% ini (187 017) yoshlar tashkil etdi.

Oliy ta'lim muassasalarida yoshlar ongiga tahdid soluvchi axborot xurujlarining oldini olish, yoshlarda internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirishga qaratilgan hamkorlikdagi seminar-treninglar o'tkazildi. Seminar-treningda jami 410dan ortiq talaba ishtiroki ta'minlandi.

Uyushmagan yoshlarning sport bilan muntazam shug'ullanishi uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida mahallalarda 50 ta zamonaviy sport maydonchasi barpo etildi. Ular o'rtasida 1 460 ta musobaqa tashkil etilib, ularga 200 ming nafar yoshlar jalb etildi.

Respublika ma'naviyat va targ'ibot markazi tomonidan 8 ta mas'ul tashkilot bilan birgalikda mustahkam mafkuraviy immunitetga ega bo'lgan yoshlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan qo'shma chora-tadbirlar dasturi doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga dahldorlik tuyg'usini shakllantirish, axloqiy va media-madaniyatni oshirishga qaratilgan jami 375 dan ziyod uchrashuvlar, davra suhbatlari, treninglar, viktorinalar, tushuntirish tadbirlari o'tkazildi. Tadbirlar doirasida 84 375 nafar ishtirokchi qamrab olindi. Shundan 72,7%ini (61 340)yoshlar tashkil etdi. Mazkur tadbirlarning 84tasi respublika va mahalliy OAVlarida yoritildi. Band ijrosi yuzasidan matbuotda 20ga yaqin maqolalar chop ettirildi.

Xolisona aytganda, O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati aniq maqsadlarni ko'zlagan holda, bosqichma bosqich, kompleks chora-tadbirlarga asoslangan holda izchil davom ettirilmoqda.

Bu borada Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi sa'y-harakatlarni tizimli asosda yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning ilgari surilishi O'zbekiston tarixida yoshlar ta'lim-tarbiyasi bo'yicha yana bir yangi bosqichni boshlab berdi.

Birinchi tashabbus - yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus - yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo'naltirilgan.

Uchinchi tashabbus - aholi va yoshlar o'rtasida komputer texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To'rtinchi tashabbus - yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo'naltirilgan.

Beshinchi tashabbus - xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash masalalarini nazarda tutadi.

Davlat rahbarining bu ezgu g'oyasi O'zbekiston xalqi, ayniqsa, yoshlari tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olinib, qisqa vaqt ichida mamlakat bo'ylab keng quloch yozdi.

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

Kelgusida real hayotga keng joriy etiladigan ushbu besh tashabbusga ko'ra, hududlardagi madaniyat markazlari, musiqa va san'at maktablarining moddiy-texnik bazasi va ulardan foydalanish holati keskin yaxshilanadi, yoshlarning qiziqishidan kelib chiqib, qo'shimcha yana 1,5 mingta to'garak tashkil etiladi. Hatto eng chekka qishloqlardagi madaniyat markazlarida ham badiiy-havaskorlik jamoalari, yoshlar teatr-studiyalari va "Yoshlar klublari" faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Shuningdek, mamlakat miqyosidagi 12 mingdan ziyod sport inshootiga yoshlarni maksimal darajada qamrab olish choralari ko'rilib, barcha umumta'lim maktablari sport anjomlari bilan to'liq jihozlanadi. Shu bilan birga, olis va chekka hududlarda yengil konstruktsiyali sendvich panellardan kichik sport zallari va sun'iy qoplamali maydonlar quriladi. Bolalar va o'smirlar sport maktablari soni yanada ko'paytirildi.

Yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o'rgatish masalalari bo'yicha ilg'or xalqaro tajribalar asosida barcha hududlarda Raqamli texnologiyalar o'quv markazlari tashkil etiladi. Bu maskanlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o'rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida biznes bo'yicha innovatsion ko'nikmalar shakllantiriladi, "startap" loyihalarga yordam ko'rsatildi. Shuningdek, barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog'i bilan ta'minlash bo'yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, bosqichma bosqich amalga oshirilamoqda. Yangi tashkil etilgan kompyuter o'yinlari markazlari yosh avlodning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bilan ta'minlanmoqdi.

Umuman, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk insonlar bo'lib ulg'ayishi yo'lida zamonaviy, ilg'or-innovatsion shart-sharoitlarni yaratib berish uchun O'zbekiston bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Chunki yosh avlodni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ma'naviy yetuk, jismonan sog'lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga e'tibor qancha kuchaytirilsa, uning samarasi ham shuncha yuqori bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, Yangilanayotgan O'zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati takomillashtirish masalasi, bu sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan Harakatlar Strategiyasining ham, Milliy taraqqiyot strategiyasining ham asosiy diqqat markazida bo'lib, jadallik bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Zero yoshlar, yosh avlod -milliy taraqqiyotimizning asosiy kuchi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб хдлкимиз билан бирга курамиз. - Тошкент : «Узбекистан» НМИУ, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug' xalqning ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi farovon bo'ladi. Toshkent, "O'zbekiston, 2019.

3. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистонда эркин ва фаровон яшайлик! Т:, 2021.

4. 2022-2026-йилларга мулжалланган янги Узбeкистон Республикасини тараккиёт стратeгияси тугрисида Узбекистон Республикласи Президенти Фармони. 2022 й 8 янв.

5. 2017-2021 -yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. Toshkent: Ma'naviyat, 2017.

6. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston Strategiyasi. Toshkent, "O'zbekiston", 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.