Научная статья на тему 'MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI USTUVOR VAZIFALAR'

MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI USTUVOR VAZIFALAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
22
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taraqqiyot strategiyasi / besh tashabbus / “yoshlar uchun – ming kitob” loyihasi / kitobxonlik. Kitob. / development strategy / five initiatives / "thousand books for young people" project / reading.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Muxtorova, Tо‘tixon

Maqolada yangilanayotgan O‘zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san’at sohasidagi o‘zgarishlar, oldinga qo‘yilgan vazifalar hamda kitobxonlik masalalariga qaratilayotgan e’tibor haqida yoritilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan kitobxonlik tadbirlari haqida ma’lumotlar berilgan. ushbu sohani yanada rivojlantirish borasida dolzarb fikrmulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRIORITY TASKS FOR IMPROVING LIBRARY CULTURE IN THE FIELD OF CULTURE AND ART

The article describes the changes in the field of culture and art in the updated development of Uzbekistan, the tasks ahead, and the attention paid to reading issues. Information is given about the reading activities conducted in our country. actual opinions on the further development of this field are held.

Текст научной работы на тему «MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI USTUVOR VAZIFALAR»

MADANIYAT VA SAN'AT SOHASIDA KITOBXONLIK MADANIYATINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH BORASIDAGI USTUVOR

VAZIFALAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.12189460

To'tixon Muxtorova

Toshkent davlat texnika universiteti katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada yangilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san'at sohasidagi o 'zgarishlar, oldinga qo 'yilgan vazifalar hamda kitobxonlik masalalariga qaratilayotgan e'tibor haqida yoritilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan kitobxonlik tadbirlari haqida ma'lumotlar berilgan. ushbu sohani yanada rivojlantirish borasida dolzarb fikr- mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: taraqqiyot strategiyasi, besh tashabbus, "yoshlar uchun - ming kitob " loyihasi, kitobxonlik. Kitob.

ABSTRACT

The article describes the changes in the field of culture and art in the updated development of Uzbekistan, the tasks ahead, and the attention paid to reading issues. Information is given about the reading activities conducted in our country. actual opinions on the further development of this field are held.

Key words: development strategy, five initiatives, "thousand books for young people" project, reading.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz tomonidan ustuvor ahamiyat qaratib kelinmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda 2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an'analarni chuqur qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni

tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Aholi, xususan, yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, madaniyat va san'at sohasini boshqarishda eskicha usullar saqlanib qolayotgani, mavjud muammolarni hal etish bo'yicha kompleks yondashuvning etishmasligi, madaniyat muassasalarining faoliyatini tashkil etish, aholiga madaniy xizmat ko'rsatishda oqsoqlikka yo'l qo'yilayotgani, aksariyat joylarda madaniyat va san'at maskanlarining moddiy-texnik bazasi bugungi kun talablariga javob bermasligini qayd etish zarur. Ayniqsa, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda mavjud talab va ehtiyojlarni hisobga olmaslik, ularni qayta tayyorlash, malakasini oshirish borasida puxta tizim yaratilmagani madaniyat sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, bu yo'nalishdagi ustuvor vazifalarni to'liq bajarish imkonini bermayapti1.

Shu nuqtai nazardan madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida 2017 yil 31 maydagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bunda quyidagi vazifalar belgilab berildi:

- madaniyat va san'at muassasalari faoliyatini tashkil etish va samaradorligini oshirish borasidagi qonunchilikni takomillashtirish. Jumladan, muzeylar va teatrlar faoliyatini takomillashtirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish. Moddiy madaniy meros va arxeologiya ob'ektlarini muhofaza qilish va ulardan samarali foydalanish mexanizmlarini yanada takomillashtirish;

- madaniyat va san'at muassasalari, teatrlar, muzeylar, badiiy jamoalar, madaniyat va aholi dam olish maskanlari, madaniyat va istirohat bog'lari faoliyati, moddiy-texnik bazasi holatini atroflicha o'rganish, ularni ta'mirlash va zarur jihozlar, musiqa asboblari bilan ta'minlash, samarali ijodiy faoliyat uchun qulay shart-sharoitlar yaratish. O'zbek milliy raqs va xoreografiya san'atini yanada rivojlantirish, madaniyat va san'at rivojiga katta hissa qo'shgan taniqli san'atkorlar, jahon miqyosidagi nufuzli ko'rik-tanlovlarda yuqori o'rinlarni egallagan yoshlarni moddiy qo'llab-quvvatlash;

1 https ://president.uz/uz/lists/view/5 84

- yoshlarni san'at maskanlariga, xususan, teatr va muzeylar, konsert tomoshalariga muntazam jalb etish, o'zbek va jahon madaniyatining eng sara namunalaridan bahramand etish orqali ularning ma'naviy-axloqiy, estetik didi va madaniy darajasini yanada yuksaltirish. Madaniyat va istirohat bog'lari hududida "Nuroniylar maskan"larini tashkil etib, faxriylarning madaniy dam olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;

- "Seni kuylaymiz, zamondosh!", "Debyut" kabi teatr san'ati ko'rik-festivallari samaradorligini oshirish orqali buyuk siymolar, zamonamiz qahramonlari obrazi, bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini aks ettirgan, badiiy yuksak sahna asarlarini yaratish. "Bahor nafasi" xalqaro san'at festivali, "Boysun bahori" xalqaro folklor festivali, "Yoshlik bahori" respublika yosh opera ijrochilari festivali singari tadbirlar, turli xalq sayllarini tashkil etib, ularga xorijiy sayyohlarni keng jalb etish;

- madaniyat va san'at yo'nalishidagi ta'lim muassasalarining malakali kadrlar va mutaxassislarga bo'lgan talab va ehtiyojlarini o'rganish, bu borada kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, zamonaviy ilg'or tajribalardan foydalanish, dunyoning mashhur musiqachilari, bastakorlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar, mahorat darslari tashkil etish, madaniyat va san'at yo'nalishidagi ta'lim muassasalarini o'quv dasturlari va notalar, o'quv qo'llanma va darsliklar, ilmiy-metodik adabiyotlar bilan ta'minlash;

- O'zbekistonning yuksak madaniyati va san'atini xalqaro maydonda yanada keng targ'ib etish, xalqaro ko'rik-tanlov va festivallarda mamlakatimiz vakillarining ishtirokini kuchaytirish, Samarqand shahrida o'tkaziladigan "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali nufuzini yanada oshirish, boshqa turli tadbirlarda chet ellik madaniyat va san'at namoyandalari keng qatnashishlarini ta'minlash, xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanish.

- 2023 yil 22 dekabr kuni davlatimiz rahbari raisligida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

- Tasviriy va amaliy san'at sohasini yanada rivojlantirish uchun alohida dastur qabul qilinadi.

- Xattotlik va miniatyura san'ati ta'limini amaliyot bilan bog'lash maqsadida milliy usulda qog'oz tayyorlash bo'yicha o'quv ishlab chiqarish ustaxonasi tashkil etiladi.

- Yana bir muhim masala - madaniyat va san 'at sohasida ta 'lim sifatini oshirish bo 'yicha jiddiy o 'zgarish qilishimiz shart, - dedi Prezident.

Mutasaddilarga musiqa va san'at maktablari muallimlarining oyligini oshirish, ushbu maktablarning kommunal xarajatlarini byudjetdan qoplash bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish topshirildi.

Shuningdek, madaniyat va san'at, kutubxona va muzeylar sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlarning oyliklari 2024 yil 1 apreldan 20 foizga, 2025 yil 1 yanvardan yana 15 foizgacha bo'lgan miqdorda oshiriladi2.

Shu bilan birgalikda, jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish qo'llab-quvvatlanadi. Ijodiy buyurtmalar, muallif va tarjimonlarga qalam haqi ko'paytiriladi. Nashriyot va matbaa korxonalarining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi. Bu borada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev 2023 yil 22 dekabr kuni "Ma'naviy hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak" mavzuidagi katta nutqida ta'kidlab o'tganidek, "Jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini oshirish bo'yicha boshlagan ishlarimiz davom ettiriladi. Kelgusi (2024) yildan milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini ko'pming nus'halarda chop etish va barcha kutubxonalarga yetkazib berish choralari ko'rildi. Shu bilan birga, har yili eng yaxshi bad iiy asarlar yaratish, tarjima qilish uchun ijodiy buyurtmalarga berilib, muallif va tarjimonlarga munosib qalam haqi to'lanadi."3

Haqiqatan ham 2023 yilda "Yoshlar uchun - ming kitob" loyihasini amalga oshirish bo'yicha alohida qaror qabul qilindi. Unga ko'ra, kelgusi (2024) yildan boshlab farzandlarimizga rag'bat beradigan eng mashhur ilmiy-ommabop kitoblarni o'zbek tiliga tarjima qilib, maktab va kutubxonalarga bepul tarqatish yo'lga qo'yilmoqda.4

Ma'lumki, Yangi O'zbekistonda yurtboshimiz tashabbusi bilan "Inson qadri uchun"5 shiori ostida yangicha qarashlar, yangicha qadriyatlar va xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi ezgu g'oyalar shakllanmoqda. Kiyingi yillarda mamlakatimizda shunday ezgu g'oyalar asosida katta-katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Yangidanyangi binolar, ko'zni quvnatadigan bog'-u rog'lar, zamonaviy infratuzilmaga ega zavodlar, davalatni rivojlantirish dasturlari, innovatsion texnalogiyalar, ta'lim, sog'liqni saqlash, sport, madaniyat va san'at, siyosat, mudofaa, tadbirkorlik, so'z erkinligi kabi bir qator sohalar rivojlanmoqda. Ularni esa inson manfaatlariga to'la mos keluvchi qarorlar va farmonlar mustahkamlab borayapti.

2 https://uza.uz/uz/posts/prezident-madaniyat-va-sanat-sohasida-talim-sifatini-oshirish-boyicha-zhiddiy-ozgarish-qilish-shart_550939

3 Mirziyoyev SH.M. ma'naviy hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi kerak // "Xalq so'zi", 2023 yil 23 dekabrt, №274 (8617).

4 Mirziyoyev SH.M. Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatlag aylanishi kerak // "Yangi O'zbekiston", 2023 yil 23 dekabrb, № 267(1067).

5 https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/27/mirziyoev-program/

Jumladan, birgina 2017-yil 13- sentabrdagi: "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini yanada rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora- tadbirlar dasturi to'g'risida"gi6 qarorga asosan so'ngi yillarda axborot-kutubxona muassasalarini ishida yangicha innovatsiyalar kirib kela boshladi. Kitobxonlikni jarayonlari respublika bo'ylab keng targ'ib qilina boshlandi. "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovining tashkil qilinishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Jumladan, Prezidentimizning shaxsan o'zlari 2019-yil 19-martda "Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to'g'risida" o'tkazilgan video -selektor yig'ilishida yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qildilar va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbusni ilgari surdilar. Bular quyidagilar: Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr, va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish bo'yicha. Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish va sport sohasida o'z qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratib berish masalalari bo'yicha. Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish masalalari bo'yicha. To'rtinchi tashabbus aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish masalalari bo'yicha. Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash ishlarini tizimli tashkil etish masalalari bo'yicha. Tashabbuslar orasida to'rtinchi o'rinda turgan aholi, ayniqsa, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish masalalari bo'yicha chora-tadbirlar ko'rish haqida topshiriq berdilar. Shu munosabat bilan barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida kitobxonlik keng targ'ib qilina boshlandi. Natijada yosh avlodda kitobga bo'lgan qiziqish shakllana boshladi. Faol kitobxonlar guruhi paydo bo'la boshladi. Nashriyotlar ishi jonlanib turli asarlarni keng ko'lamli chop qilish ishlarini boshlab yubordi. Qolaversa ijod ahliga ham bu manzur bo'la boshladi. Mamlakatimizning barcha hududida «Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!» shiori ostida o'tkazilgan yoshlar festivallari umummilliy yoshlar harakatiga aylanib, 6 millionga yaqin o'g'il-qizlarni o'z atrofida birlashtirdi. Minglab yangi iste'dod egalarini kashf etildi. 4-tashabbus doirasida o'tkazilayotgan «Yosh kitobxon» tanlovida 3 millionga yaqin yosh qamrab olindi. Tanlov natijalariga ko'ra, Prezident sovg'asini qo'lga kiritgan 12 nafar yosh kitobxon haqiqiy bilim elchilari sifatida belgilandi. Kitobxonlar harakati yuzaga keldi. Bugungi kunda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan 201 axborot-kutubxona markazidagi jami kitoblar soni 16 milliondan ziyod bo'lib, uning yarmidan ko'pini badiiy

6 https://lex.uz/docs/-3338600 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 13.09.2017 yildagi PQ-3271-son

adabiyotlar tashkil qiladi. Axborot - kutubxonalar a'zolari soni esa 1 million 196 mingdan ziyod. 2020 yilda kutubxonalarga 150 mingdan ortiq kitoblar yetkazib berilgan. «Yoshlar kutubxonasi» rukni ostida 59 nomdagi 590 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha ta'lim muassasalariga tarqatilgan. O'zbekistonda ta'lim muassasalari uchun 7 tilda darslik va o'quv qo'llanmalari nashr etilmoqda. «Ma'rifat karvoni» tadbirlari doirasida 3 mln.dan ortiq kitobla r yoshlarga yetkazib berildi. 1677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro'yxatiga olingan. Prezidentimizning «Kitob o'qigan bitta bola televizor ko'rgan o'nta bolani boshqaradi» degan so'zida katta ma'no bor. O'zbekiston Qahramoni, ustoz Ozod Sharafiddinov esa «Bolalarni ko'p tanqid qilavermasdan, ularni kitob o'qishga o'rgating, qiziqtiring, kitobning o'zi ularni tarbiyalab oladi», degan edi. Umumta'lim maktablari kutubxonalarida 18,6 mln. nusxa adabiyot fondi mavjud bo'lib, kutubxonalarga 4,1 mln. nafar o'quvchi a'zo 16,3 mln. kitob fondiga ega 201 ta axborot-kutubxona markazidan 1,2 mln. nafar a'zo foydalanadi. 2020-2021 yillar davomida «Yosh kitobxon» tanloviga 2 million 470 ming nafardan ziyod yoshlar qamrab olinib, g'oliblarga «Prezident sovg'asi» - 11 ta «Spark» avtomabili topshirildi. Kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida «Kitobxon yoshlar», «Eng faol kitobxon», «Kitob mening do'stim», «Bilimdon yulduzlar» nomli loyiha va tanlovlar o'tkazilmoqda. Kitobxonlik tadbirlari doirasida 20 nomdagi 210 mingdan ortiq badiiy adabiyotlar ta'lim muassasalarining kutubxonalariga yetkazildi. Buxoro shahridagi 32-umumta'lim maktabi o'quvchisi Malika Toxirova ham kitobga mehr qo'ygan. Bu qiz "Yosh kitobxon" tanlovining viloyat 10-14 yosh toifasi bo'yicha qatnashib, g'oliblar qatoridan o'rin oldi. Tadbirning respublika bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni egalladi. Viloyat bolalar kutubxonasining faol a'zosi sanalgan Malika 50 million so'm miqdordagi pul mablag'i bilan taqdirlandi.

Global ma'naviy muammoning ildizi bo'lgan kitobxonlik darajasining pasayib ketgani. Keyingi 20-30 yilga nazar tashlasak, bu holatni nafaqat bizda, butun dunyoda kuzatish mumkin. 2016 yilda Latviyada «Baltic International Bank Latvijas barometra» o'tkazilgan ijtimoiy so'rov natijasiga ko'ra, aholining 41 foizi kitob o'qimay qo'ygan, 2018 yilda Turkiya prezidentining o'zi kitobxonlik bo'yicha turklar dunyoda 86-o'ringa tushib qolgani va bu uyatli holat ekanini ta'kidlagan edi. Podrobno.uz saytining yozishicha, 2017 yilda «Ijtimoiy fanlar» markazi 12-16 yoshli o'smirlar o'rtasida o'tkazgan so'rovnomalari natijasiga ko'ra, 43,7 foiz yoshlarimiz faqat darsliklarni o'qir ekan. Ana shuning uchun ham Prezidentimiz «Mashina berib bo'lsa ham bolalarni kitob o'qishga qaytaryapman» degandilar.

Prezidentimiz kitobning mazmun-mohiyatini anglagan kishi qator metodologik xulosalarni va o'ta muhim hayotiy vazifalarni anglab oladi, degan edi. Jumladan:

1. Bugun biz boshimizdan kechirayotgan o'ta tahlikali va qaltis zamonda yon-

atrofimizda turli xavf-xatarlar kuchayib borayotgan bir sharoit yuzaga keldi.

2. Turli g'oya va mafaatlar kurashi tobora kuchayib, yolg'onni rost, rostni

yolg'on, deb ko'rsatishga urinishlar bo'layotir.

3. Axborot-kommunikasiya vositalari uzoqni ko'zlay digan manfaatlarga xizmat

qilishga majbur etilmoqda.

4. G'arazli maqsadlar yo'lida odamlar, millatlar bir-biriga qarshi qo'yilmoqda.

5. Ularni hayotdan norozi bo'lishga da'vat qilish uchun turli soxta ma'lumotlar

tarqatilayotir.

6. Yon-atrofímizda o'zini oqlamagan va umrini o'tab bo'lgan eski tizim va

mafkuralarni qo'msashga bo'lgan urinishlar tobora tarqalib va kuchayib

borayotir.

7. Bunday vaziyatda har bir kishi oqni qoradan, haqiqatni uydirma gapdan ajrata

olishi uchun o'zining mustaqil dunyoqarashi va fíkriga ega bo'lishi kerak.

8. Bunday kuchlarning qaramog'iga tushib qolmaslik uchun xalqimiz, ayniqsa,

yoshlarimizning ko'zini keng ochib berish, ularni irodasi mustahkam, iymoni

baquvvat insonlar etib tarbiyalash zarur.

9. Bunga esa har bir murabbiy, targ'ibotchi, noshir, jurnalist, ota-ona, mahalla

maslahatchisi, mahalla faolining mustahkam mafkuraviy immuniteti,

professional mahorati, grajdanlik pozitsiyasi tayanch bo'lishi lozim.

«Yosh kitobxon» respublikasi tanlovi 10-14 yoshlar o'rtasida, 15-19 yoshlar o'rtasida, 20-30 yoshlar o'rtasida o'tkazilib kelinmoqda. «Kitobxon o'qituvchi», «Eng yaxshi yosh kitobxon oila» tanlovlari haqida ham shunday deyish mumkin. «Temur tuzuklari bilimdoni» tanlovi esa yosh harbiy xizmatchilar o'rtasida kitobxonlik platformasini yaratdi. O'z navbatida, yurtimizning shaharu qishloqlariga «Kitoblar karvoni», «Bibliobus»lar orqali kitoblar jo'natilyapti.

Xulosa qilib aytganda, kitobxonlikni targ'ib qilishda yangi nashr qilingan asarlar reklamasini keng yo'lga qo'yish, mutolaani ommalashtirish bo'yicha ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish ham katta ahamiyat kasb etadi. Qishloq va mahallalarda kitobxonlar klublarini tashkil etishni rag'batlantirish, bolalar uchun kitob kechalari, o'qilgan asarlar muhokamalari, sovrinli tanlovlarni tashkil etish, yozda salqin, qishda issiq, qulay mebellarga ega tinch va osuda o'quv zallari, kitoblarni ijaraga berish, qarzga yoki pulini bo'lib-bo'lib to'lash mexanizmlarini ishlab chiqish va amalga tatbiq etish, olis tumanlar, uzoq qishloqlarda kerakli kitoblarga buyurtmalar berish shoxobchalarini barpo etish ham mumkin. Xullas, o'ylasa, bosh qotirsa, muammoni ijobiy hal etishning minglab usullari yaratilaveradi. Modomiki, maqsad bolalarning kitobni ommaviy ravishda sevib o'qilishiga erishish ekan, bu yo'lda bor imkoniyatlarni ishga solish, jarayonni ortiqcha, keraksiz va faqat zarar keltirayotgan

tashkiliy, ma'muriy to'siq va g'ovlaráan xalosa qilish, kitobning hammabopligini oshirish yo'llaгini topish keгak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Mirziyoyev SH.M. ma'naviy hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanishi keгak // "Xalq so'zi", 2023 yil 23 dekabгь, №274 (8617).

2. Miгziyoyev SH.M. Ma'naviyat hayotimizda yangi kuch, yangi harakatlag aylanishi kerak // "Yangi O'zbekiston", 2023 yil 23 dekabib, № 267(1067).

3. https://www.gazeta.uz/oz/2021/09/27/mirziyoev-program/

4. https://lex.uz/docs/-3338600 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarari, 13.09.2017 yildagi PQ-3271-son

5. https : //president.uz/uz/lists/view/5 84

6. https://uza.uz/uz/posts/prezident-madaniyat-va-sanat-sohasida-talim-sifatini-oshirish-boyicha-zhiddiy-ozgarish-qilish-shart_550939

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.