Научная статья на тему 'YURTIMIZDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR'

YURTIMIZDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kitob / kitobxon / mutolaa / jamiyat / adabiyot / kitobxonlik / tanlov / imkoniyat / yutug‘ / targ’ib qilish / tashkil etish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Erkinova Xamida, Askarova Nigina

Ushbu maqolada yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar,qonunlar,qarorlar, tanlovlar haqida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

YURTIMIZDA KITOBXONLIKNI RIVOJLANTIRISH UCHUN OLIB BORILAYOTGAN ISLOHOTLAR 1Erkinova Xamida, 2Askarova Nigina

1o'qituvchi, 2FarDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11004157

Anontatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar,qonunlar,qarorlar, tanlovlar haqida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kitob, kitobxon,mutolaa, jamiyat, adabiyot, kitobxonlik, tanlov, imkoniyat, yutug', targ'ib qilish, tashkil etish.

Abstract. This article describes the opportunities, laws, decisions, and contests createdfor the development of reading in our country.

Keywords: book, reader, reading, society, literature, reading, choice, opportunity, achievement, promotion, organization.

Аннотация. В данной статье описаны возможности, законы, решения и конкурсы, созданные для развития чтения в нашей стране.

Ключевые слова: книга, читатель, чтение, общество, литература, чтение, выбор, возможность, достижение, продвижение, организация.

Mamlakatimizda keyingi yillarda yoshlar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish borasidagi ishlar ko'lami sifat darajaga ko'tarildi. Xususan, O'zbekiston prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks choratadbirlar dasturi to'g'risida"gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi va boshqa qator hujjatlar soha rivoji uchun dasturul amal vazifasini o'tamoqda. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 dekabrdagi № 781-sonli qarori bilan 2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturini uch bosqichda amalga oshirish ko'zda tutilgan.

I bosqich - 2020-2021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillash-tirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

II bosqich - 2022-2023 yillarda kitobxonlikka oid infratuzilmani mustahkamlash;

III bosqich - 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o'sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash kabi muhim mezonlar belgilangan.

Shuningdek, aholi, avvalo, yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, nashriyotlar va ijodkorlar faoliyatiga ko'maklashish, bolalarga mo'ljallangan adabiyotlarni chop etishni qo'llab-quvvatlash, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, respublikaning olis hududlarida va yoshga doir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholining kitobxonlik darajasi va kitobga qiziqishini tizimli o'rganib borish, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarni tashkil etish kabi dolzarb vazifalar ko'zda tutilgan.

Kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimini ishlab chiqish, «Eng yaxshi kitobxon hudud», «Eng yaxshi kitobxon mahalla», «Eng yaxshi kitobxon ta'lim muassasasi» kabi reytinglarni joriy etish va boshqa muhim vazifalar belgilangan. teranlashib, o'zining mustaqil fikriga ega bo'lishiga imkon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

beradi. Yana shuni alohida etirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qollab quvvatlovchi muhim omil boldi. "Yoshlar manaviyatini yuksaltirish,ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish" muhim dasturiamal bolmoqda. Kitob bilan tanishish,mutolaa qilish, insonga ozgacha zavq beradi.kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi,fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.

Yurtboshimizni kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida etibori tufayli umumtalim maktablarida, oliy oquv yurtlarida, barcha talim maskanlaridagi otkazilayotgan "Yosh kitobxon","Kirobxonlar bayrami", korik tanlovlari, dam olish maskanlarida ochilayotgan zamonaviy kitob dokonlari va chekka qishloq larda ochilayotgan kutubxonalar yosh avlodni manaviy va intellektual ehtiyojini qondirishda, kitobga oshno bolishda muhim orin tutmoqda. Kitobning mohiyati mangudir... Bu mohiyat - tafakkurni abadiylashtiradi. Mutolaa madaniyati kishining manbaani tolaqonli tushunishi, undan zavq olishi, muallif fikri va goyasini anglash hamda uni baholay olishi kabi xususiyatlarga ega bolishini taminlaydi.

Kitob mutolaasi insonni bevosita amaliyotga kirishish, hayot bilan uygunlashish, manaviy foyda olishga yonaltiradi. "Mutolaa" sozi arabcha o'qish degan manoni anglatadi, bugungi kunda esa u kitob oqishdan kora kengroq tushuncha anglatadi. Kitoblar insoniyat fikri durdonalarini to'plab avlodlarga etkazadi. Haqiqatdan ham hech bir manbaa kitob kabi inson kamolotini yuksaltira olmaydi. Har bir kitobxon oz yosh toifasidan kelib chiqib badiiy asarlar yoki ilmiy asarlarni oqishi, yoritilgan fikrlarni yanada teranroq anglab yetishiga imkon hosil boladi. Buning uchun ota- ona, bogcha, maktab hamkorligida bolaning qiziqishlari tola qonli organilishi kerak. Bir bolaga yeti mahalla ota- ona deganlaridek, farzand tarbiyasida,ularning manaviyatli madaniyatli bolib kamol topishida barcha birdek masul hisoblanadi. Kitob o'qishni odat qilmagan oila - ma'naviy qashshoq oiladir deb bejizga aytishmagan. Shunday ekan faqat ota- ona emas balki kutubxona hodimlari ham oz kasbining yetuk mutaxasisi bolishi, kitobxonlarga, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda kitob togri kitob tanlab berishi kerak boladi. Bolalar oqishi pedagogikasida yoshiga qarab oqishning osishi quyidagi bosqichlarga bolinadi:

bolalalik 6-9 yosh; bolalaikdan ospirinlikka otish 10-11 yosh; ospirinlik 12-13yosh; ospirinlikdan osmirlikka otish 14 yosh hisoblanadi. Bu toifadagilarning yosh chegarasi harakatchan boladi,yani kitobxonning ijtimoiy- psixologik sharoitining shakllanishiga kora 10 yoshli bolaning oziga xos tipologik xususiyatiga qarab ospirin kitobxon toifasiga qoshish, 14 yoshlilarni esa ospirinlikka otayotgan kitobxon toifasi tabiatidagilar qatoriga qoshish mumkin boladi.

O'qish -bolaning manaviy hayotiga mustaxkam kirib borishi uchun oldindan tasirchan-estetik tayyorgarlik korish zarur.

Hozirgi kunda barcha yosh toifalaridagi shaxslarni kitobxonlikni rivojlantirish uchun turli ko'rik tanlovlar, sovrinli viktorinalar, kitob suhbatlari tashkillanmoqda. Bu esa yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga katta imkoniyat ochib beradi. Bolalar uchun Toshkent shahrida barcha qulayliklarga ega bo'lgan kutubxona tashkil etildi bu esa bolalar kitobxonligiga bo'lgan e'tiborning katta ekanligini ko'rsatadi. Ta'til davomida bolalarni bo'sh vaqtlarini mazmunli tshkil etish va kitobxonlikni rivojlantirish uchun ''ta'tilda qanday kitob o'qidim'' , ''Men sevgan adib'', ''Kitobim oftobim'' mavzularida rasmlar, hikoyalar, video roliklar tanlovlari tashkil etilib kelmoqda. Oliy ta'lim muassassalarida ham kitobxonlar klublari tashkil etilib ''Haftada bir kitob''tamoiliga asoslangan holda faoliyat olib borilmoqda. Davra suhbatlari tashkil etilib, suhbatda ma'lum kitob yuzasidan savollar, viktorinalar,baxslar olib borish orqali talabalarda

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

kitobga bo'lgan qiziqishni oshirilmoqda. Bunday e'tibor esa yoshlarni kitob o'qishga o'z ustida ishlashga undaydi. Xususan bizning oliy ta'lim muassassamizda ham kitobxonlik klubi tashkil etilgan va unda 5 nafar kordinator faoliyat olib boradi.bir fakultet doirasida yuzdan ortiq kitobxon yoshlar birlashgan holda kitob suhbatlari tashkil etadi. Bu esa nafaqat oliy ta'limning butun bir jamiyatning yutug'i deb barala ayta olmiz. Kitob bilan bosib o'tilgan har bir yo'l sharafli va nurli ekanlini, kitobxonlarga berilayotgan imkoniyat va e'tibordan ham bilib olishimiz mumkin.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'quvchilar o'rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va kitob mutolaasiga bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida respublika bo'ylab yil davomida har oy viloyatlar ketma-ketligida "Kitobxonlik festivali" o'tkazilib kelinmoqda. 2024-yil 15-mart kuni "Kitobxonlik festivali" Farg'ona viloyatida bo'lib o'tadi.

Festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko'rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo'lib

o'tadi.

"Kitobxon maktab"

"Eng yosh kitobxon"

"Kitobsevar o'quvchi"

"Tashkilotchi kutubxonachi"

"Eng faxriy kutubxonachi"

Festival g'oliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg'alar, diplomlar, sovrinlar hamda esdalik sovg'alari topshiriladi. Bu esa yurtimizda kitobga bo'lgan mehr va e'tiborni yuksak ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Adabiyot va san'at, madaniyatni rivojlantirish -xalqimiz ma'naviy olamini yuksaltirishning mustahkam poydevoridir (O'zbekiston ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvdagi ma'ruza) // O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2017yil, 4 avgust.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 y 13-sentabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida" gi PQ-3271-son qarori

3. Jumaboyev M. Bolalar adabiyoti //O'qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent. -2013

4. Sattarova S. B., Bekchanova F. X., Shermetov A. K. TERMINOLOGIK LUG'AT YARATISH TEXNOLOGIYASI VA UNING TA'LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI //Academic research in educational sciences. - 2023. - Т.

- №. 5. - С. 422-434.

5. Akhmedovich K. M., Beknazarovna S. S. METHODS OF CHECKING THE GIVEN LITERATURE ON THE INTELLECTUAL POTENTIAL OF SCHOOLCHILDREN.

6. Madatov K., Matlatipov S., Aripov M. Uzbek text's correspondence with the educational potential of pupils: a case study of the School corpus //arXiv preprint arXiv: 2303.00465. -2023.

7. Khodjinazarovna B. F., Kamaliddinovich S. A., Beknazarovna S. S. VISUALIZING THE SOLAR SYSTEM USING PYTHON AND ITS IMPORTANCE IN EDUCATION //International journal of advanced research in education, technology and management. -2023. - Т. 2.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.