Научная статья на тему 'YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA KITOBXONLIK MADANIYATI'

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA KITOBXONLIK MADANIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
251
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA KITOBXONLIK MADANIYATI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASIDA KITOBXONLIK

MADANIYATI

O'rinboyevaXolisxon Turopjonovna

Farg'ona viloyati Rishton tuman 1-son Kasb-hunar maktabi

Annotatsiya: Mazkur maqolada Prezidentimiz boshlagan besh muhim tashabbusning o 'zagi hisoblangan kitobxonlik va mutolaaga davlat tomonidan berilayotgan katta e'tibor, jamiyatimizda yoshlarni g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan kamol toptirishda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatining bugungi kundagi holati, bu boradagi ayrim muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fkr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: kitobxonlik madaniyati, ma'naviy ehtiyoj, oilaviy mutolaa, badiiy asar tahlili, madaniy nutq, matn kompozitsiyasi, savodxonlik, tashabbus, ijod.

https://doi.ore/10.5281/zenodo.7478347

Annotation: In this article, the great attention paid by the state to reading and reading, which is the core of five important initiatives launched by the President, the current state of reading culture, which is of incomparable importance in the ideological and ideological development of young people in our society, some problems in this regard and their comments on elimination are presented.

Key words: reading culture, spiritual need, family reading, analysis of artistic work, cultural speech, text composition, literacy, initiative, creativity.

KIRISH

Muhtaram yurtboshimiz ilgari surgan besh tashabbusning biri - yoshlarni adabiyotga, mutolaaga, kitobga, kitobxonlikni rivojlantirish masalalariga ustuvor ahamiyat berilgan. Mana salkam besh yildirki O'zbekiston kitobsevarlar mamlakatiga, mutolaa mamlakatiga aylanmoqda, kitobxonlikni targ'ib qilish, biz yoshlarni mutolaaga chorlash masalalari davlat siyosatiga aylanib ulgurdi. Bu avvalamdor Uchinchi Renessans poydevorini qurishga shaylanayotgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida o'z aksini ko'rsatmoqda.

Insoniyatning farovon, to'kin-sochin hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan moddiy-texnik jihozlar kundan kunga, yildan yilga takomillashib, sayqallanib, qulayliklari ortib bormoqda. Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi, "insonlarning millati, tili va dinidan qat'i nazar, erkin, tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotidan rozi bo'lib yashashi"1, yurt kelajagi kafolatlanganiga ishonch hosil qilishi Davlatimizda olib borilayotgan

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - "Zarafshon", 2018-yil 29-dekabr, 155-156-son.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

oqilona va odilona siyosatning bosh maqsadidir. Zero, O'zbekiston, yurtboshimiz e'tirof etganidek, milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari jadal harakat qilmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Adabiyot vatanparvarlarni voyaga yetkazadi va tarbiyalaydi, shuning uchun ham kitobga mehr, mutolaaga e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Davlatimiz rahbari biz yoshlarning dunyoqarashimiz shakllanishi, mustaqil fikrlashimiz, jahon va о'zbek adabiyoti durdonalari bilan yaqinroq tanishishimiz maqsadida kitobxonlik va mutolaaga doir qator islohotlarni amalga oshirmoqdalar. 2018-yilning 12-maydagi "Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini keng o'rganish va targ'ib qilish maqsadida yoshlar o'rtasida kitobxonlik tanlovlarini tashkil etish to'g'risida"gi Prezident Qaroriga, Hukumat qaroriga asosan 20202025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash milliy dasturi tasdiqlangani:

- 2020-2021 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish bo'yicha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

- 2020-2022 yillarda oid infratuzilmani mustahkamlash;

- 2024-2025 yillarda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini jadal rivojlantirish, ularning intellektual salohiyati o'sishi hisobiga inson kapitali sifatini yaxshilash chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun olib borilayotgan say-harakat yoshlarni bilimga, kitobga bo'lgan mehrini oshirishlariga qanot berishi shubhasiz.

Davlat va jamiyatning iqtisodiy va ijtimoiy sohalari qancha taraqqiy etsa, insonlarning ilmiy-ma'naviy salohiyati ham shunga mos va mutanosib bo'lishi lozim. Fuqarolarning ilmiy iqtidori, rahbarlik salohiyati, harbiy bilimlari, kasbiy mahorati yuqori saviyada bo'lishi bilan birga, ularning shaxsiy fazilatlari: insoniylik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, milliy g'urur tuyg'ulari qanchalik kuchli bo'lsa, davlatimiz poydevori ham, kelajagi ham shunchalik mustahkam bo'ladi. Mustaqil O'zbekistonimiz bugungi tezkor taraqqiyot davrida har tomonlama eng rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o'rin egallash yo'lidan sobitqadamlik bilan borayotgan bir davrda xalqimizning, shuningdek, kelajagimiz egalari hisoblanmish o'sib kelayotgan yosh avlodning o'z oldiga qo'ygan maqsadi ham shunga mos holatda teran, aniq, xolis va qat'iy bo'lmog'i lozim. Shu bois jamiyatning mazkur talabini -g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan sobitqadam avlodlarga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun, avvalo, kamolotning dastlabki bosqichi sifatida har bir yoshning shaxs sifatida kamol topishiga zamin tayyorlanadigan ta'lim-tarbiya jarayoniga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, "zamon talabi, islohotlar shiddatiga mos kadrlar tayyorlash"2 maqsadida keyingi yillarda ta'lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi.

Tarixiy hodisalar shundan guvohlik beradiki, moddiy ehtiyojlar har bir davrda o'ziga xos tazda namoyon bo'laveradi, lekin ma'naviy immunitetning mustahkam bo'lishi hamma davrlar uchun birdek qadriyat sanaladi. Aytish joizki, bugungi kunda mamlakatimizda 2017-

2 O'zbekistonga jadal islohotlar sur'atiga mos ilg'or kadrlar kerak. - "Xalq so'zi", 2018-yil 19-dekabr, 262-son.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan oliy maqsad - mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuksak bosqichga ko'tarish yo'lida barcha soha va tarmoqlarda ulkan o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Shu nuqtayi nazardan yosh avlodning, o'quvchi va talabalarning g'oyaviy-mafkuraviy jihatdan mukammal tarbiyalanishi ayni maqsadga muvofiq hodisa sifatida jamiyat a'zolarining diqqat markazida turuvchi dolzarb masaladir. Jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an'analarni chuqur qaror toptirishda, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma'naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo'lgan omillar bir qancha bo'lib, shulardan eng muhimi - bu kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mazkur yo'nalishda tashkiliy-amaliy ishlarni olib borish va ularni zamon talablariga mos tarzda yo'lga qo'yish bo'yicha tegishli huquqiy-me'yoriy hujjatlar bazasi yaratilgan. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezedentining bu sohada ijobiy o'zgarishlar, tub islopotlar amalga oshirishga qaratilgan 2006-yil 20-iyuldagi "Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to'g'risida"gi qarori, 2011-yil 13-apreldagi "Axborot-kutubxona to'g'risida"gi Qonuni, 2017-yil 12-yanvardagi «Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida»gi Farmoyishi, 2017-yil 13-sentabrdagi "Kitob maxsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha Kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi Qarori asosida yurtimizda keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Mazkur qonun va qonunosti hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash yuzasidan hududlarda Axborot-resurs markazlari faoliyati zamon talablariga mos isloh qilindi, yangi kitob savdo do'konlari faoliyati yo'lga qo'yildi hamda aholiga xizmat ko'rsatish sifat jihatidan ancha takomillashtirildi. Kitobsevarlar o'rtasida o'tkaziladigan ko'rik-tanlovlar respublika miqyosida ommalashtirildi va shaxsan davlatimiz rahbari tomonidan rag'batlantiruvchi sovrinlar belgilandi. Yoshlarning kitob o'qishga ishtiyoqi ortdi. Nashriyotlarda badiiy asarlarni bir necha nusxada chop etish va hududlarga tarqatish ishlari sur'ati oshdi. Biroq, tan olish kerakki, bu maskanlar hali gavjum go'shalarga yetarlicha aylanib ulgurganicha yo'q. Demak, jamiyatimizda kitobga mehr qo'yish, kitobxonlikka qiziqish eng zarur ehtiyoj ekanligiga aholi o'rtasida hali to'liq e'tibor qaratilmagan. Pedagog sifatida tajribamizdagi kuzatishlardan kelib chiqib bu holat yuzasidan ayrim mulohazalarimizni aytib o'tmoqchimiz.

Xalqimiz turmush tajribasidan ma'lumki, ajdodlarimiz farzand tarbiyasida kitob mutolaasiga alohida e'tibor qaratishgan. Buyuk Navoiy-u Bobur, Amir Temur-u Ulug'bek kabi alloma-yu ijodkorlarimiz, tojdor-u daholarimiz ma'naviyati bolalikdan kitobga mehr qo'yish bilan shakllangan. Ajdodlarimiz xalq ertaklari-yu dostonlarini tinglab tasavvur va tafakkur dunyosini, ruhiyat olamini boyitishgan. Adabiyot durdonalari - xoh xalq og'zaki ijodi namunalari, xoh yozma asarlar bo'lsin - xalqimiz qalbida yurtiga, ona tiliga, oilasiga, vatandoshlariga mehr-muhabbat va sadoqat, milliy g'urur, or-nomus, adolat-u insof, andisha-yu hurmat, olijanoblig-u saxovatpeshalik sifatlari shakllanishida asosiy vosita bo'lib xizmat

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qilgan. Bunday ma'naviyat durdonalari mutolaa qilingan, tinglangan, eng muhimi, oila davrasida yoki jamoat ichida muhokama qilingan, bahs-u tortishuvlar asosida asarlar mazmun-mohiyati anglangan, anglatilgan. Ahamiyatlisi shundaki, yosh-u qari birday qiziqish bilan ishtirok etadigan bunday davralarda mushohada qilish va mulohaza yuritish, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarash va tafakkur shakllangan, e'tiqod va iroda mustahkamlangan, notiqlik mahorati o'sgan, kishilar ongi ham ma'nan, ham ruhan, ham ilman boyib borgan.

"Yoshlarimizga munosib ta'lim berish, ularning ilm-fanga bo'lgan intilishlarini ro'yobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishimiz, o'rta va oily o'quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va o'quv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak",-deydi yurtboshimiz. Ta'lim sohasi faoliyatini kitoblarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ta'lim jarayonida o'quvchi ham, o'qituvchi ham bevosita kitob mutolaasiga ehtiyoj sezadi. Bu quvonarli, albatta. Lekin hozirgi kunda o'quvchilar asosan ilmiy adabiyotlar, darslik va qo'llanmalardan foydalanayotganlari bois badiiy asarlar mutolaasiga vaqt ajratishga imkoniyatlari cheklanyapti. O'quvchi faqat adabiyot darsida o'qituvchi bergan vazifani bajarish uchungina badiiy asarlarni qo'lga olyapti. Natijada esa ma'lum: mutolaa jarayoni sevimli mashg'ulot emas, majburiyatga aylanib qoladi. Kitob mutolaasiga havasi bolalikdan paydo bo'lmagan o'quvchi keyinchalik berilgan katta hajmli asarlarni o'qishga kuch topolmaydi, ishtiyoq sezmaydi, xohish bildirmaydi, faqat darslikda berilgan qisqartirilgan parcha bilangina tanishadi va yozuvchining butun asar mazmuniga singdirib yuborgan pafosini, g'oyaviy-badiiy maqsadini to'la anglolmaydi, badiiy asarlarning haqiqiy zavqidan bebahra qoladi, adabiyotning haqiqiy kuchini, qudratini his qilmaydi, natijada kitob o'qishga mehr qo'ymaydi. Kam o'qishning salbiy oqibatlari juda ko'p: kishida mustaqil fikrlash qobiliyati, voqelikni teran idrok etish, hodisalarga munosabat bildira olish, oq-qorani farqlay bilish ko'nikmalari to'liq shakllanmaydi; milliy madaniyat, tarix va an'analar bilan keng tanish bo'lmaydi; ma'naviy qashshoqlik va ojizlik kelib chiqadi; hayotda muammolarga duch kelganda yechim topishga qiynaladi, o'zini irodasiz sanaydi; savodxonligi past bo'ladi, so'z boyligi kamligi sababli fikrini to'la ifodalab berolmaydi; madaniy nutq uchun qo'yiladigan (aniqlik, to'grilik, mantiqiy muvofiqlik, jo'yalilik, soflik kabi) talablarga mos, kompozitsion jihatdan mukammal matn yaratishda, jumlalar tuzishda qiyinchiliklarga duch keladi. Buning isboti sifatida aytishimiz mimkinki, ona tili va adabiyot darslarida insho, bayon, diktant yozdirganimizda, aksariyat ta'lim oluvchilarning yozma ishida juda ko'p imlo, ishoraviy va uslubiy xatolar uchrashiga, ko'pchilik o'quvchilarning ijodiy ishlari saviyasi juda past ekanligiga guvoh bo'lamiz. Hatto darsda o'rganilayotgan badiiy parchalarni g'oyaviy-badiiy tahlil qilishda, ularning estetik ta'siri haqida bahs-munozara qilishda o'quvchi jo'yali fikr aytolmaydi, munosabat bildirolmaydi. O'quvchi bilan suhbat o'tkazganimizda ular oxirgi marta qachon qaysi badiiy asarni o'qiganlarini aytolmaydilar, mutolaa qilgan badiiy asarlari ro'yxati bilan qiziqqanimizda, afsuski, ularning nomi sanoqligina bo'ladi. Bunday muammolarni bartaraf etish uchun o'quvchilarga har hafta bitta ma'lum nomdagi badiiy asarni o'qishni topshiriq sifatida beramiz va belgilangan muddatda guruh o'quvchilari bilan o'sha asarning g'oyaviy-badiiy jihatlarini o'rganib chiqamiz.

MUHOKAMA

NATIJA

JOl R\A L-RESE A RCHS. COM

I

25

JANUARY, 2023

I

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

VOLUME 1, ISSUE 4, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Mustaqil o'qish uchun berilgan asarlarni tahlil qilganimizda o'quvchida badiiy kitob o'qish ishtiyoqi ortganining, unda hayrat, zavq paydo bo'layotganining guvohi bo'lamiz. Demak, yosh avlodning ma'naviy ehtiyojini qondirish uchun ularga kitob tanlashni, uni o'qishni, tahlil qilishni muntazam o'rgatib borish kerak, buning uchun esa, bizningcha, adabiyot va ona tili fanlaridan dars soatlarini ko'paytirish, mashg'ulotlarni guruhlarga bo'lib o'tkazilishi tashkil etish maqsadga muvofiq bo'lar edi. Buning natijasida tahsil oluvchilarga individual yondashish imkoni ortadi, darslarning samaradorligi oshishiga erishiladi. Shuningdek, o'quvchilar mutaxassis o'qituvchilar bilan ko'proq suhbatda bo'lib, ulardan tajriba o'rganadilar. Ta'lim-tarbiya jarayonida tom ma'noda davr talabiga mos haqiqiy vatanparvar, salohiyatli, dadil yoshlarni, g'oyaviy-mafkuraviy va intellektual jihatdan yetuk kadrlarni tayyorlashda, zarur ma'naviy ehtiyojlarni qondirishda adabiyot darslarining insonshunoslik, ruhshunoslik, axloqshunoslik sifatlari to'la namoyon bo'ladi.

XULOSA

Shubhasiz, insonlarning ehtiyojlari oshib boraveradi, lekin har qanday davrda ma'naviy ehtiyojning qadri ortsa ortadiki, hech qachon yo'qolmaydi. Ma'naviy tanazzul jamiyat tanazzuliga sabab bo'ladi, ma'naviy barkamollik jamiyat taraqqiyotiga asosiy mustahkam poydevor vazifasini bajaradi. Mamlakatimizda har yili aprel oyining birinchi haftasida o'tkazilishi mo'ljallanayotgan "Kitobxonlik haftaligi" nafaqat kitobsevarlar safini yanada kengaytirishiga, balki nurli tashabbuslarning keng quloch yoyishiga xizmat qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - 488 b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. - T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2017. - 92 b.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga

4. Murojaatnomasi. - "Zarafshon", 2018-yil 29-dekabr, 155-156-son.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. - "Zarafshon", 2020-yil 30-dekabr.

1. and social sciences, 2 ( Special Issue 24), 430-439.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.