Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1618
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kitob o’qish / dunyoqarash / fikrlash / qobilyat / bilim / aql / ma’nan yetuk / alla / ertak / hikoya / boshlang’ich sinf / kitob mutolaasi / rasmli kitoblar / boshlang‘ich ta’lim / ijodkor shaxs / o‘qish darslari. / Reading / worldview / thinking / ability / knowledge / intellect / spiritually mature / alla / fairy tale / story / elementary school / book reading / picture books / primary education / creative person / reading lessons.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nafisa Gulummatovna O‘razova

Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilarida madaniy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda kitobxonlikdan foydalanishda kitob mutolaasi orqali o‘quvchilar ma'naviyatini shakllantirish, o’quvchilar ma'naviyatini shakllantirishda ta'lim-tarbiya jarayonining izchil yo‘lga qo‘yilishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF LIBRARY IN THE FORMATION OF ELEMENTS OF CULTURAL VIEW IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The article discusses the use of reading in the formation of elements of the cultural worldview of younger schoolchildren, the formation of students 'spirituality through reading, the gradual establishment of the educational process in the formation of students' spirituality.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA MADANIY DUNYOQARASH ELEMENTLARINI SHAKLLANTIRISHDA KITOBXONLIKDAN

FOYDALANISH

Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida madaniy dunyoqarash elementlarini shakllantirishda kitobxonlikdan foydalanishda kitob mutolaasi orqali o'quvchilar ma'naviyatini shakllantirish, o'quvchilar ma'naviyatini shakllantirishda ta'lim-tarbiya jarayonining izchil yo'lga qo'yilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Kitob o'qish, dunyoqarash, fikrlash, qobilyat, bilim, aql, ma'nan yetuk, alla, ertak, hikoya, boshlang'ich sinf, kitob mutolaasi, rasmli kitoblar, boshlang'ich ta'lim, ijodkor shaxs, o'qish darslari.

USE OF LIBRARY IN THE FORMATION OF ELEMENTS OF CULTURAL VIEW IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The article discusses the use of reading in the formation of elements of the cultural worldview of younger schoolchildren, the formation of students 'spirituality through reading, the gradual establishment of the educational process in the formation of students' spirituality.

Keywords: Reading, worldview, thinking, ability, knowledge, intellect, spiritually mature, alla, fairy tale, story, elementary school, book reading, picture books, primary education, creative person, reading lessons.

Hozirgi vaqtda qabul qilingan global tendentsiyalarga ko'ra yosh avlodning o'qishga bo'lgan qiziqishi kamayishi keng miqyosga ega. Ko'pgina rivojlangan davlatlar, shu jumladan O'zbekistonda ham ushbu hodisaga faol qarshi choralar ko'rish vazifalari shakllantirilgan. Aholi o'rtasida kitob o'qishga qiziqish pasayishining hozirgi global tendentsiyasi o'qish madaniyatining tizimli inqirozini ko'rsatadi, Bu ko'plab mamlakatlarga, shu jumladan O'zbekistonga ham ta'sir qiladi. Mamlakatimiz uzoq vaqtdan beri dunyodagi eng ko'p kitobxonga ega davlat deb topildi. Biroq, XX asrning 90 -yillaridan boshlab O'zbekistonda kitobxon faolligining pasayishi boshlanadi.

Nafisa Gulummatovna O'razova

Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

ASOSIY QISM

O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Kitobxonlik inqirozi nafaqat O'zbekistondagi hodisa, qaysidir ma'noda - u ba'zida va ancha katta darajada rivojlangan G'arb mamlakatlariga ham tegishildir. Lekin hamma joyda, jamoatchilik anchadan beri muammoni hal qilish uchun jiddiy choralar ko'rmoqdi. O'qish va "kitobxon" milliy qadriyat sifatida tobora ko'proq tan olinmoqda. Hammamiz bilamizki, kitob o'qiydigan xalqlar o'qishni yaxshi ko'radigan bolalardan paydo bo'ladi .

Kitobxon xalq - rivojlanayotgan xalqdir. Zamonaviy sharoitda jamiyat taraqqiyotida bolalar kitobxonligi muammosi ommaviy tus olgan. Bolalar kitobxonligini maqsadli tashkil etish maktabning asosan boshlang'ich maktabning ustuvor vazifalaridan biri bo'lishi kerak.

Malumki, Vazirlar mahkamasining "2020-2025 yillarga mo'ljallangan kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo'llab -quvvatlash milliy dasturi to'g'risida''gi qarori loyihasi e'lon qilindi. Bunga ko'ra yurtimizda barcha sohada kitobxonlikni targ'ib etish, turli xil loyihalar va tanlovlar ishlab chiqish, u orqali yoshlarda kitob mutola asiga qiziqish uyg'otish maqsad qilib qo'yildi.

Kitob o'qish inson dunyoqarashini kengaytirib, bilimini oshiradi , fikrlash qobilyatini yuksaltiradi. Yosh avlod bizning vatanimizning ertangi egalari, ularning bilimli, aqlli, manan yetuk qilib tarbiyalashda ota-onalarining,ustozlarning o'rni beqiyosdir, "Yoshlikda olingan bilim, toshga o'yilgan naqsh kabidir'' deb bejizga aytilmagan bolalar yoshlik dan ota-onalarining aytgan alla, ertak, hikoyalarini maktabda boshlang'ich sinfda o'zlari o'qishni boshlagan hikoya ertaklar orqali kitob , kitob mutolaasi dunyosiga kirib boradilar. Shu sababli bu davrlar bolalarda alohida e'tiborni talab qiladi. Bu davrda bolada poydevor shakllana boshlaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilario'yinqaroq, ko'proq kompyuter o'yinlari, telefon o'ynashni yoqtirishadi, ota-onalari bolalarini kitob o'qishlarini xohlashdi. Ota-onalar bolalariga zamonaviy texnologiyalardan foydalanib audio ertaklar, rasmli kitoblar quyib berishlari maqsadga muvofiqdir.

Xalqimiz orzu qilgan va voyaga yetkazayotgan ma'naviy barkamol avlodni tarbiyalashda boshlang'ich ta'lim juda muhim o'rin tutadi. Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'lim ichida alohida ajralib turadi. Bu ta'lim yurtimiz kelajagini buyuk davlat darajasiga ko'taradigan ijodkor shaxsni shakllantirishda mustahkam poydevor bo'lib xizmat qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o'qish darslarida amalga oshiriladi.

Bolalarga ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg'otish, bog'lanishli nutqini o'stirish, adabiy - estetik tafakkurini yuksaltirish o'qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.

Mamlakatimiz rahbarining 2017-yil 12-yanvardagi "Kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish chora tadbirlari" to'g'risidagi qarori keng jamoatchilik tomonidan iliq qarshi olindi va keng ma'naviyat dargohlarining e'tirofiga sazovor bo'lmoqda. 2017-yil 13-sentabrdagi kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish borasidagi navbatdagi qarori yuqoridagi fikrimizni asoslovchi muhim omil bo'ldi.

Maktabda ta'lim-tarbiya ishlarini yaxshilashda, o 'quvchilarning har tomonlama kamol topishida sinfdan tashqari o'qish darslarini muntazam ravishda o'tkazib turish yoshlarning hayotda o'z o'rinlarini egallashlarida muhim ahamiyatga egadir. Sinfdan tashqari o'qishning asosiy maqsadi, o'quvchilarni kitoblarga, badiiy asarlarga qiziqishlarini oshirish, bilimlari asosida kitob ustida ishlash yuzasidan ko'nikma va malakalar hosil qilish, dunyoqar ashi va nutqlarini o'stirish hamda kutubxonada mustaqil ishlash tajribalarini paydo qilishdan iboratdir. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun yosh kitobxonlarda kitobni mustaqil o'qishga havas uyg'otish; yosh xususiyatlariga mos bo'lgan adabiyotlar va ularning turlari bilan o'quvchilarni tanishtirish, mustaqil o'qish uchun kitob tanlash, tanlangan kitoblarni ongli ravishda o'qib, o'qilganlarning mazmunini idrok etish, fikrlash, mulohaza yuritishga o'rgatish talab etiladi. Sinfdan tashqari o'qish uchun kitob tanlashda uning ta'limiy va tarbiyaviy ahamiyatiga e'tibor beriladi.

Boshlang'ich ta'limda sinfdan tashqari o'qish darslarini tashkil etish bo'yicha ilmiy - tadqiqot ishlari olib borilgan. Matbuotda bir qancha metodist va o'qituvchilarning maqolalari e'lon qilingan. Jumladan, professor Q.Abdullayeva, K.Qosimova, O.Safarov, S.Matchonov, B.Ma'qulova, T.Adashboyev, E.Abduvalitov, D.Shodmonqulova, X.G'ulomovalarning o'quv qo'llanmalari, metodik qollanmalari va maqolalari nashr etilgan. Ularda kitob tanlash tamoyillari, sinfdan tashqari o'qish darslari mavzulari, yozuvchi va shoirlar bilan tashkil etiladigan uchrashuvlar, sinfdan tashqari o'qish darslarida yozuvchi va shoirlarning asarlarini o'rganish, sinfdan tashqari o'qish darslarida krossvordlar, ta'limiy o'yinlardan foydalanish masalasi ko'rib chiqilgan.

Kitob mutolaasi o'quvchilar ma'naviyatini shakllantiradi. Ma'lumki, har bir xalqning turmush tarzi, yasha sh sharoiti, muomala madaniyatining rivojlanish tadriji o'sha xalqning ma'naviyati shaklida namoyon bo'ladi. Ularning ma'naviyati qadrlanadi, ularga hurmat bajo keltiriladi. Aslida o'sha xalq ma'naviyatini shakllantiruvchi birinchi omil ta'lim-tarbiya jarayonining izchil yo'lga qo 'yilganligidadir.

Ma'naviyat asosida tartiya yotadi. Tartiya ota -ona, maktab, mahalla kabi omil^ asosida shakllanadi. Yuqorida sanab o'tilganlardan eng muhimi maktabdir.

Umumta'lim maktablarida o'quvchi ma'naviyatini shakllantn ish uchun xizmat qiladigan barcha zaruriy sha^-sharo^^ ishlab chiqilgan. Bu yosh^ ta'lim taгbiyasi uchun davlat tomonidan yaratilayotgan yuksak g'amxo'гlikdiг. Biгoq, natija ba'zi hollaráa kutilganidek chiqmayotganligi tashvishli holdiг. Ba'zi o'quvchilaming aqliy "kitob javonlari"dan o'qish daгslaгida o'tilgan asarlar ham topilmaydi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga ta'lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalaming asosiy qismi o'qish mashg'ulotlari oгqali amalga oshiriladi. O'qish daгslari jaгayonida Davlat ta'lim standarti belgilagan mavzulaг asosida o^uvchila^a muayyan bilim beгiladi. O'qish ko'nikmalarini takomШashtiгa boгish bilan bir qatorda o'quvchilami barkamol yetuk inson ruhida tarbiyalash vazifasi ham diqqat markazda bo'ladi. Boshlang'ich ta'limda o'qish dasturining maqsad va vazifalariga ko'ra o'qish mashg'ulotlaгi oгqali o'quvchilaг to'g'ri, ongli, гavon, tez va ifodali o'qishga o'гgatiladi. Bolalaг bu jarayonda kitob bilan ishlash ko'nikmasiga ega bo'la boradilaT va ulaгga kitobga muhabbat tuyg'usi uyg'otiladi.

O^uvchilai ongida tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvur va tushunchalarini to'g'гi shakllantirish uchun ulaming yoshi va bilim saviyasi hisobga olinishi talab etiladi.

Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi -o'qish malakalaгini takomillashtiгish, kitob tanlab oladigan muntazam kitob o'qiydigan, o'qilgan kitobni to'g'гi baholay ola digan, ongli kitobxonni tarbiyalashdir.

Bolatoga kitob o'qitishda ulaгga qiziqarli bo'lgan kitoblami tanlash muhim ahamiyatga ega. Boshlang'ich sinf o'quvchilari hayvonlaгga qiziqish bildirsa,hayvonlar hayot i haqida e^taMai o'qib beгish. Vaqt ni ayamasdan kitob o'qib berilsa , bola ham asta-sekin o'zi muntazam mustaqil tareda kitob o'qiy boshlaydi.

Bolajonlarni tez-tez kutubxonaga olib boorish lozim. Bolalarda doimiy гavishda kitob o'qish malaka sini shakllantirish maqsadida, haftasiga hech bo'lmaganda biг maгta kutubxonaga olib boimoq lozim. Kitoblami bngalikda ko'гib chiqib, biгgalikda tanlab, bngalikda o'qish samaгa beгadi. Kitoblaг haqida tez-tez suhbatlashish muhim ahamiyat kasb etadi. Agar bolalami kitob o'qishga mehrini, g'ayгatini oshiгmoqchi bo'lsak, tez - tez ertaklar, hikoyalar aytib berish , umuman kitoblar va ularning mazmun - mohiyati haqida suhbatlashib turish lozim . Hayotda sodir bo'lgan haqiqiy voqealami bolala^a ertak va hikoyala^a bog'lashga ha^at qilish keгak. Bundan tashqari ma'lum bñ kitobning kino, multfilm ko'rinishini biгgalikda tomosha qilib, so'ng solishtirishi, kitob va kinodan olgan fíkrlarini bilib olish mumkin. Bu bola larda nafaqat kitob mutolaasiga balki , mushohada qilishga o^gatadi, tahlil qilish qobilyatini ham oshiradi.

Bolalarga tinch xona qilib berish muhimdn. Bolalami chalg'itmay digan, tashqi shovqin-surandan holi bo'lgan o'zi uchun qulay bo'lga n xona yoki burchak tashkil qilib berish.

Bolalar ota-onasidan namuna oladilar . Agar ota -onalar muntazam ravishda kitob mutolaa qilishsa, boshqa oila a'zolari bilan tuñi kitab^ to'g'risida tez-tez suhbatlashsa, kitobdan zavq olganligini namoyon qilsa, bolala^a o'mak bo'lgan bo'ladi. Kitob o'qish asta - sekin bolalami sevimli mashg'ulotiga aylanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarini rag'batlantirish, bunda ulaming qiziqishlari yanada oshadi. Ota-onalar bolalarni bilan tuñi xil o^in^ oгqali kitob mutolaasiga qiziqtirish mumkin. Bolalarda o'zining kutubxonasini yaratishni oz bulsada kitoblami o'qib to'ldiгib boгishini aytish yaxshi samara beradi.

Kitobga qiziqish, kitob haqidagi tasavvurlar insonga o'yin faoliyatidan boshlab singdirib boriladi. Dastlab ularga ota-onalar tomonidan qisqa mazmunda ertaklar o'qib berish orqali, badiiy obrazlar go'zalligini his etib tarbiyalanib boradi. Ana shu dastlabki uchrashuv bolaning o'quvchilik davrdagi ma'naviy hayotining barcha sohalari, yani mehnat, o'yin, musiqa, bolalar ijodi bilan bog'liq bo'lib bola hayotining barcha tomonlarini qamrab oladi. Demak, bolani kitobga qiziqtirish unda kitobxonlikni shakllantirish dastlab oiladan boshlanar ekan.

Ota-ona bolaga qiziqarli uni hayolot olamiga yetaklaydigan ertak va rivoyatlarni mu'tolaa qilib berar ekan, bolada mardlik, jasurlik, irodalilik, birdamlilik, hamjihatlik, mehr va muhabbat, ezgulik xislatlari mukammal shakillanib boradi. Bu jarayon bolaga ota-ona tomonidan maktabga ilk qadam qo'ygungacha davom ettirilib, boshlang'ich sinfga kelgandan keyin esa o'zi kitoblarni mutolaa qilishga harakat qila boshlaydi. Oilada ota-ona, maktabda o'qituvchi o'quvchining o'qish ko'nikmalarini rivojlantirib borishi, bolada kitob o'qish ishtiyoqini uyg'otishi kerak.

Bolada kitob o'qishga ishtiyoqni shakllantirishda ota-ona kitob tanlashda quyidagilarni inobatga olish zarur:

kitobning bola yoshiga mos kelishi; kitobni bolaning xarakteriga qarab tanlash;

kitobning bolaga o'zi qiziqadigan kasbni tanlashda turtki bo'lishi;kitobning mazmuniga ahamiyat berishi;

kitobning qanday tilda yozilganligini e'tibo^a olish.

Xulosa o'mida ta'kidlash lozimki, bir qator tavsiyalar, pedagagik va psixologik jarayonlarda kechadi, buni har bir ota-ona kitob tanlashda e'tibo^a olishi va ahamiyat berishi talab etiladi.

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to,g,risida"gi Farmoni. // Harakatlar strategiyasi asosida jadal taraqqiyot va yangilanish sari. - Т.: «G'afur G'ulom», 2017.- 92 b.

2. Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to^risida. Xalq so'zi, 2017 yil 14 sentiyabr. - № 184.

3. Xalqaro tadqiqotlarda boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish savodxonligini baholash (Boshlang'ich sinf o'qituvchilari, metodistlari uchun metodik qo'llanma.) Sharq nashriyoti - 2019.

4. Колесникова, Е. В., Развитие интереса и способностей к чтению у детей 6-7 лет [Текст]: методическое пособие / Е. В. Колесникова, Е. П. Телышева. - М.: Издательство ГНОМ и Д, 2000. - 40 с.

5. Коломинский, Я. Л. Социальная психология взаимоотношений в малых группах [Текст]: учебное пособие для психологов, педагогов, социологов / Я. Л. Коломинский. - М.: Просвещение, 1980. - 192 с.

6. Колпащикова, Ю. С. Как развивать интерес к чтению у младшего школьника? // Научнометодический электронный журнал «Концепт». - 2017. - Т. 29. - С. 104-109.

7. Internet ma'lumotlari: www.ziyocom.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.