Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI'

BOSHLANGʻICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

13414
731
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metodika / adabiyot / tajriba / mustaqil ishlar / oʻqituvchi / oʻquvchi / maqsad / ibora. / методика / литература / опыт / самостоятельная работа / учитель / ученик / цель / фраза.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samaridin Barakayevich Qorayev, Marjan Smatillayevna Janbayeva

Maqolada umumiy oʻrta ta‟lim maktablari boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ ОРГАНИЗАЦИИ ДОПОЛНИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

В статье рассматриваются вопросы организации внеаудиторной деятельности на уроках чтения младших школьников.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI»

BOSHLANGICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING ZAMONAVIY TAMOYILLARI

Samaridin Barakayevich Qorayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

Marjan Smatillayevna Janbayeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti

Аnnotatsiya: Maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish masalalari haqida fikr yuritilgan.

Tayanch so'zlar: metodika, adabiyot, tajriba, mustaqil ishlar, o'qituvchi, o'quvchi, maqsad, ibora.

СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ ОРГАНИЗАЦИИ ДОПОЛНИТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация: В статье рассматриваются вопросы организации внеаудиторной деятельности на уроках чтения младших школьников.

Ключевые слова: методика, литература, опыт, самостоятельная работа, учитель, ученик, цель, фраза.

MODERN PRINCIPLES OF ORGANIZING EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY CLASSES

Abstract: The article discusses the issues of organizing extracurricular activities in reading lessons of primary schoolchildren.

Key words: methodology, literature, experience, independent work, teacher, student, goal, phrase.

Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g'oyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta'lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta'lim jarayonida o'qitishning tajribada sinovlardan o'tgan shakl va usullari boyitilib, zarurat bo'lganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta'lim vositasida ma'naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni

nazarda tutadi. Uning nechog'li to'g'ri amalga oshirilishi ko'p jihatdan boshlang'ich ta'lim tizimining samaradorligiga bog'liq.

Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'limning eng muhim bo'g'inidir. "O'zbekiston

Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida"gi Nizomda ta'kidlanganidek:

"Boshlang'ich ta'lim o'qish, yozish, sanash, o'quv faoliyatining asosiy malaka va ko'nikmalari, ijodiy fikrlash, o'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiyena va sog'lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta'minlashga da'vat etilgan.

Boshlang'ich sinflarda sinfdan tashqari o'qishga kichik yoshdagi o'quvchilarni ona tilini puxta o'zlashtirishga tayyorlashning ajralmas qismi, ta'lim jarayonida ularni axloqiy-estetik tarbiyalashning muhim vositasi sifatida qaraladi. Sinfdan tashqari o'qishning maqsadi - kichik yoshdagi o'quvchilarni bolalar adabiyoti va xalq og'zaki ijodining xilma-xil namunalari bilan tanishtirish, ularda kitobxonlik madaniyatini tiklab tarkib toptirishdir.

Sinfdan tashqari o'qish dasturining mazmuniga ko'ra ta'limning har bir bosqichida ikki asosiy bo'lim ajratiladi: 1-bosqichda o'qish doirasi, ya'ni o'qitiladigan kitoblar va ularni qaysi tartibda o'qish bilan tanishtirish yuzasidan o'quvchilarga ko'rsatma beriladi. 2-bosqichda shu o'quv materiallari asosida bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Umumiy o'rta ta'limning davlat standartlari va o'quv dasturiga ko'ra 1-sinfda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida savod o'rgatish darslarida hosil qilingan ko'nikma va malakalar asosida bolalarning ona-vatan, istiqlol, milliy qadriyatlar haqidagi tasavvurlar-tushunchalari kengaytiriladi, boyitiladi.

Sinfdan tashqari o'qish va qiroatxonlik saboqlari 1-sinfda haftada 1 marta saboq o'rgatish darslarining 20 daqiqasida bolalar badiiy adabiyoti bilan tanishtiriladi. Maqsad kichik yoshdagi bolalarda kitobga mehr uyg'otish, mustaqil uquvlarini paydo qilishdir. Asosan bu sinf o'quvchilariga kitob bilan muomala qilish, kitob o'qish qoidalari, kitobni asrash, asar qahramonlarining hatti harakatini kuzatish, ijobiy tomonlarini o'rganish, obrazli qilib qayta hikoya qilib berish bilim, ko'nikma va malakalar shakllantiriladi. Bu sinf ovquvchilari uchun asosan rasmlarga boy kitoblar olinadi. O'qituvchi bolalarning his-tuyg'ularini o'stiradigan kitoblarni o'qib berish orqali mustaqil mamlakatimiz, uning go'zal shaharlari, qishloqlari, milliy urf-odatlari, qadriyatlari, o'tmishi, insonlarning orzu-istaklari bilan tanishtiriladi. Ularda bilimga havas uyg'otadi[1].

2-sinfda o'quvchilar kichik hajmdagi asarlarni o'qituvchining yordami va topshirig'i asosida mustaqil o'qishga o'tadilar. Bu sinfda 2 hadada bir marta sinfdan tashqari o'qish darsi o'tkaziladi. Ona - Vatan va ota-bobolar jasorati, o'simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlarni o'qituvchi topib, tanlab o'quvchilarga o'qishga tavsiya etadi. 3 va 4-sinflarda sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlarida o'quvchilarning mustaqil o'qishlari uchun kishilarning hayoti, yorqin tasvirlangan, ularning ma'naviy-axloqiy turmush tarzi aks ettirilgan badiiy va ilmiy-ommabop asarlar tavsiya etiladi. 3-4 sinflarda sinfdan tashqari o'qish darslari ikki haftada bir marta o'tkaziladi. Bu sinflarda o'qituvchi sinf kutubxonasida kerakli bo'lgan o'quvchilar yoshiga mos kitoblarni to'plashni. Sinfdan tashqari o'qish burchagi turlicha bezalishi mumkin. Bunda o'qituvchi va o'quvchi hamkorlikda ish olib boradi. Badiiy va ilmiy-ommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o'qib borilsagina o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi[4].

Sinfdan tashqari o'qish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat,

yovuzlikka nafrat tuyg'ularini uyg'otish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma lum reja asosida qisqartirib yoki shaxsini o'zgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe'l-atvorini, xatti-harakatini baholash orqali ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.

Sinfdan va sinfdan tashqari o'qish boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha predmet dasturlarining bo'limlari bilan bevosita bog'liq. O'z navbatida grammatika va to'g'ri yozuv, tabiatshunoslik, tasviriy san'at, musiqani o'rganishda olingan bilim va hosil qilingan ko'nikmalar o'qish darslaridan o'qish darslarida foydalaniladi. O'qish darslarida o'tilgan mavzular asosida badiiy kitoblar axtarish, asar qahramonlarining nomlarini yozish, ularni tasvirlab berish, ijodiy rasm ishlash, fikrni yakunlash uchun mos maqollar yod olish o'quvchini ijod qilishga undaydi.

Har bir sinfda sinfdan tashqari o'qilgan barcha asrlar o'quvhilarga mos ravishda biror voqeani sahnalashtirish mumkin. Bu boladagi nitqni rivojlantirishga, lug'at boyligini oshirishga yordam beradi. Shuningdek sahnalashtirilgan asarni tomosha qilgan o'quvchining diqqati oshib xotirada saqlash qobiliyati o'sadi. Hatto sahnalashtirish o'quvchini har tomonlama yo'naltiradi, ya'ni aktyorlik qobiliyatini rivojlantiradi, suxandonlik, rejissorlik kabi kasblarga ilk tasavvurlarni o'rgata boshlaydi[3].

Asarni sahnalashtirish davrida albatta o'qituvchi rahbarlik qiladi. O'quvchilar ifodali, obrazli, shuningdek qahramonlar harakatini to'g'ri

bajarishlari, o'qishlari o'quvchilarda zavq-shavq uyg'otib kitobga, badiiy asarga havas, uni o'qib o'rganishga intilish uyg'otadi. Sinfdan tashqari o'qish darslarida o'qituvchi o'quvchilarni bolalar yozuvchilari va shoirlari bilan tanishtirib borishi lozim. Q.Muhammadiy, P.Mo'min, Z.Diyor, A.Obidjon kabi yozuvchi va shoirlarning asarlari o'quvchilarda katta qiziqish uyg'otadi. Shuning uchun har bir maktab, ta'lim muassasasi o'quvchilar o'rtasida turli mavzularda ijod ahli bo'lgan shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etib turishi shart. Bunday uchrashuvlar o'quvchilarni vatanni madh qilishga uni sevib ardoqlashga chaqiradi. Kitobni, asarni qanday paydo bo'lishini, uni hurmat qilish asrab-avaylashni o'rgatadi. Shunday qilib badiiy adabiyot, bolalar adabiyoti voqelikni haqqoniy aks ettirishi, yorqin obrazlar yaratishi bilan bolalarda estetik did va ahloqiy sifatlarni mujassamlashtiradi. Ularda hayot go'zalligini idrok etishga o'rgatadi.

So'z san'ati badiiy asarda o'z ifodasini topadi. Xalq badiiy sovzning yosh avlod tarbiyasidagi kuch-qudrati va jozibasiga qadim zamonlardanoq e'tibor berib kelingan. Badiiy so'z xalqning barcha madaniy boyliklarini abadiylashtirgan. Buning uchun esa o'quvchi albatta xalq og'zaki ijodini yaqindan o'qishi lozim. Ertaklar- yaxshilikka yetaklar deganlariday o'quvchi ettaklar bilan tanishar ekan mard, jasur vatanparvar, mehribon bo'lishga, topishmoqlar o'qir ekan, topog'on, bilimdon, zukko bo'lishga intiladi[2].

Komil insonni tarbiyalashda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy g'oyalarining asoslash, sharhlash hamda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda kasbiy mahoratni oshirishga xizmat qiluvchi samarali shakl, metod va vositalarning aniqlanganligi, shuningdek, komil insonni tarbiyalashda tarbiyaviy ishlarning amalga oshirish texnologiyasining ishlab chiqishda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni, xalq ta'limi sohasiga oid rasmiy hujjatlar Prezidentimizning "Barkomol avlod" to'g'risidagi ilmiy nazariy ta'limotlari. Sharq mutafakkirlari asarlari shuningdek pedagogika nazaryasi rivojlanishida faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekiston olimlari va pedagoglari N.Azizxodjayeva, M.Inomova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Ochil, I.Saidahmedov, N.Ortiqov, A.R.Xodjaboyev va boshqalarning ilmiy g'oyalaridan nazariy asos sifatida foydalanadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quv-chilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda, ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbus-korligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to'garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular

mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi[5]

Maktabda va sinfdan tashqari ishlar jarayonida o'quvchilarning bir-biriga hurmati, axloqiy sifatlari jamoa orasida shakllanib boradi. Bunda o'quvchilarning bir-biriga bo'lgan muomala madaniyati ham shakllanadi. O'quvchi o'qituvchiga taqlid asosida yoki do'stlari orasida o'rgangan tarbiyasi muomilasiga ta'sir qilishi mumkin. O'qituvchi o'quvchilar orasida muomala madaniyatini shakllantirish uchun avvalambor o'quvchining o'ziga bo'lgan muomalasini, e'tiborini o'rganishi kerak.

Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to'g'ri shakllanishiga va axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarishi bilan bog'lanishiga zamin yaratadi.

Yuqoridagilarning barchasida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi, o'qilgan asarni tushunishga o'rgatadi, ularning so'z boyligini oshirib, lug'atini boyitadi. Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli, o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari o'qish darslarida ayrim qiyin so'zlar tushintiriladi, o'quvchilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo'lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi.

REFERENCES

1. Qorayev S.B., Janbayeva M.S. "Boshlang'ich sinf o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish". Academic research in educational sciences, 2(4).

2. Qorayev S.B., Allayorova S.B. "Boshlang'ich sinf o'quvchilarini pirls xalqaro baholash dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari". Academic research in educational sciences, 2(2).

3. M. Tilakova, S. Qoraev. "Recommendations for students'creative ability development". Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.

4. Тилакова М.А., ^ораев С.Б. "Укувчилар креативлик крбилиятларини ривожлантириш буйича тавсиялар". Academic research in educational sciences, 4(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.