Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH'

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4918
454
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabdan va sinfdan tashqari ishlar metodikasi / xorijiy tajribalar / mustaqil ishlar / o‟qituvchi / o‟quvchi / methods of extracurricular and extracurricular activities / foreign experience / independent work / teacher / student.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Samaridin Barakayevich Qorayev, Marjan Smatillayevna Janbayeva

Ushbu maqolada umumiy o‟rta ta‟lim maktablarining boshlang‟ich sinf o‟quvchilarining o‟qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATION OF EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY SCHOOL CLASSES

This article outlines the extracurricular activities of primary school students in general education classes, as well as the work that needs to be done in this regard

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISH»

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH DARSLARIDA SINFDAN TASHQARI

ISHLARNI TASHKIL ETISH

Samaridin Barakayevich Qorayev

Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti qoraevsamariddin1973@gmail.com

Marjan Smatillayevna Janbayeva

Chirchiq davlat pedagogika institute magistranti j anbayevamarj an@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qish darslarida sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: maktabdan va sinfdan tashqari ishlar metodikasi, xorijiy tajribalar, mustaqil ishlar,o'qituvchi, o'quvchi.

ORGANIZATION OF EXTRACURRICULAR ACTIVITIES IN PRIMARY

SCHOOL CLASSES

Samaridin Barakayevich Korayev

Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute qoraevsamariddin1973@gmail.com

Marjan Smatillayevna Janbayeva

Master of Chirchik State Pedagogical Institute j anbayevamarj an@gmail .com

ABSTRACT

This article outlines the extracurricular activities of primary school students in general education classes, as well as the work that needs to be done in this regard.

Keywords: methods of extracurricular and extracurricular activities, foreign experience, independent work, teacher, student.

KIRISH

Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, xususan, milliy istiqlol g'oyalarining hayotimizga tobora chuqur ildiz otib borishi ta'lim tizimidagi islohotlarning ham mazmunini boyitmoqda. Ta'lim jarayonida o'qitishning tajribada sinovlardan o'tgan shakl va usullari boyitilib, zarurat bo'lganda, yangilanib amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu boradagi davlat siyosati ham uzluksiz ta'lim vositasida ma'naviy - axloqiy jihatdan tarbiyalangan har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishni nazarda tutadi. Uning nechog'li to'g'ri amalga oshirilishi ko'p jihatdan boshlang'ich ta'lim tizimining samaradorligiga bog'liq.

Boshlang'ich ta'lim uzluksiz ta'limning eng muhim bo'g'inidir. "O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'lim to'g'risida" gi Nizomda ta'kidlanganidek: "Boshlang'ich ta'lim o'qish, yozish, sanash, o'quv faoliyatining asosiy malaka va ko'nikmalari, ijodiy fikrlash, o'zini-o'zi nazorat qilish uquvi, nutq va xulq-atvor madaniyati, shaxsiy gigiena va sog'lom turmush tarzi asoslarining egallab olinishi ta'minlashga da'vat etilgan"[1]. Shu asosga ko'ra, boshlang'ich sinflarda o'quvchilarning umummadaniy va axloqiy ko'nikmalari, dastlabki savodxonlik malakalari shakllantirilishi lozim. Boshlang'ich ta'lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirishga, jismonan sog'lom bo'lishga moddiy borliq go'zalliklarini his eta olishga, go'zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o'zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o'rgatadi. Bunda boshlang'ich sinflardagi sinfdan tashqari darslarning ham alohida o'rni bor. Boshlang'ich ta'limda sinfdan tashqari o'qish ham sinfda o'qish kabi o'quvchilarni erkin fikrlashga o'rgatish va mustaqil mutolaaga rag'bat uyg'otishga ko'ra alohida ahamiyat kasb etadi.

Respublikamizda joriy yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan yoshlarga e'tiborni kuchaytirish, yosh avlodni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to'g'ri foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, xotin-qizlar bandligini ta'minlash yuzasidan 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi [2]. Shu ma'noda ana besh muhim tashabbuslardan biri -yoshlar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda sinfdan tashqari o'qish darslari ham muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

Sinfdan tashqari o'qish darslari yosh avlod qalbida ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat tuyg'ularini uyg'otish, matn mazmunini qayta hikoyalash, ma'lum

reja asosida qisqartirib yoki shaxsini o'zgartirib hikoyalash, badiiy tasvir vositalarini aniqlash, asar qahramonlarining fe'l-atvorini, xatti-harakatini baholash orqali ularning bog'lanishli nutqini o'stirish, qisqa qilib aytganda, kitobxonlik madaniyatini kamol toptirishda katta imkoniyatlarga ega.

ADABIYOTLARNING TAHLILI VA METODOLOGIYA

Komil insonni tarbiyalashda sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishning nazariy va amaliy g'oyalarining asoslash, sharhlash hamda sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil etishda kasbiy mahoratni oshirishga xizmat qiluvchi samarali shakl, metod va vositalarning aniqlanganligi, shuningdek, komil insonni tarbiyalashda tarbiyaviy ishlarning amalga oshirish texnologiyasining ishlab chiqish.

O'quvchilarning erishgan yutuqlarini o'rganishda barcha o'quvchilardan emas, balki ushbu qatlamning vakillari sifatida tanlab olingan o'quvchilardan obyektiv testlarni o'tkazish orqali baholanadi. Shuningdek, maktab direktorlari, o'qituvchilar, o'quvchilar, hattoki ota-onalardan so'rovnomalar o'tkazilib, maktabdagi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, jumladan, maktab resurslari, o'quvchilarning ta'lim olishga oid qarashlari, o'qitish usullari hamda uy sharoitida o'quvchilarning bilim olishi qanchalik darajada qo'llab-quvvatlanayotganligiga doir qimmatli ma'lumotlar to'planadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi hamda —Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, xalq ta'limi sohasiga oid rasmiy hujjatlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "Barkomol avlod" to'g'risidagi ilmiy nazariy ta'limotlari. Sharq mutafakkirlari asarlari shuningdek pedagogika nazaryasi rivojlanishida faoliyat ko'rsatayotgan O'zbekiston olimlari va pedagoglari N.Azizxodjayeva, M.Inomova, O.Musurmonova, U.Mahkamov, S.Ochil, I.Saidahmedov, N.Ortiqov, A.R.Xodjaboyev va boshqalarning ilmiy g'oyalaridan nazariy asos sifatida foydalanadi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Har bir sinfda ta'limni differensiyalashga kuchli e'tibor berilishi zarur, bu borada aksariyat birinchi sinf o'quvchilarining muvafaqqiyatli boshlash uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lmagan maktablarga alohida e'tibor berilishi lozim.

Boshlang'ich ta'lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalar sifatida esa ta'lim jarayonida turli xil matnlardan foydalanishni ta'minlash zarur: yaxlit, yaxlit bo'lmagan, murakkab (ko'plik), turli xil matnlarni o'qish uchun turli strategiyalarni

ishlab chiqish, tushunib o'qishni shakllantirish va baholashning turli shakllaridan foydalanish (qog'oz va kompyuter shakllari) kabi vazifalar qo'yilgan.

O'qish tezligini nazorat qilishdan ko'ra tushunib o'qishga urg'u berish kuzatildi. O'qish savodxonligi funksional savodxonlikning integrativ komponenti sifatida anglatmoqda. Rossiyada bu davlat hujjatlari darajasida qayd etilgan (FDAS UBT 2009-y.) Matematik, lingvistik, tarixiy, tabiiy-ilmiy va ma'lumotnomalarni o'qishni o'rgatishda o'ziga xoslik ishlab chiqarilmoqda[3].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Sinfdan tashqari o'qish o'quvchilarning mustaqil faoliyati asosida uyushtiriladi [4]. Bu esa, bir tomondan, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini, qiziqishlari doirasini, ikkinchi tomondan, o'qishga tavsiya qilinadigan asarlarning dastur mavzusiga mosligi va badiiy barkamolligini alohida inobatga olishni taqozo etadi. Shuningdek, sinfdan tashqari o'qish jarayonida nutq o'stirish ishlariga alohida e'tibor beriladi. Chunki unda qo'llaniladigan turli usullar: matnni ifodali o'qish, rollarga bo'lib o'qish, tanlab o'qish, yod olish, asar mazmuni yuzasidan reja tuzish va shu asosda qayta hikoyalash, qisqartirib hikoyalash, shaxsini o'zgartirib hikoyalash, asar mavzusini aniqlash, qahramonlarning fe'l-avorini tavsiflash va hokazolar o'quvchilarning og'zaki nutqini o'stirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sinfdan tashqari o'qish darslarida xalq og'zaki ijodi (ertak, maqol, topishmoq) ni o'qib-o'rganish, badiiy asarni tahlil qilish orqali og'zaki nutqni o'stirishning muhim omillaridan hisoblanadi[5].

Yuqoridagilarning barchasida o'quvchilarning o'qish malakalari shakllantiriladi, o'qilgan asarni tushunishga o'rgatadi, ularning so'z boyligini oshirib, lug'atini boyitadi. Sinfdan tashqari o'qish, o'z navbatida, qiziqarli, o'ziga jalb etadigan faoliyat bo'lib, umuman, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Shuningdek, sinfdan tashqari o'qish darslarida ayrim qiyin so'zlar tushintiriladi, o'quvchilar diqqati esda saqlab qolish lozim bo'lgan aniq, qulay nutq oborotlariga qaratiladi.

Barcha qiyin so'zlarni tushuntirish imkoni bo'lmagani uchun bolalar tegishli bet tagida berilgan ayrim so'zlar izohini o'qishga o'rgatiladi. Shu tariqa ularning lug'at boyligi yangi so'zlar bilan boyib boradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 8-dekabrdagi 997-sonli qarori.

2.O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5712-sonli farmoni.

3. Sidorova Galina Aleksandrovna, "Xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etish - inson kapitalini rivojlantirish omilidir" mavzusidagi xalqaro vebinar. Rossiya, 2020 y.

4. Qurbonova M.F. Mustaqil ishlarni tashkil etish asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarini o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirishga yo'naltirilgan metodlar. Xalq ta'limi, 2020. 3- maxsus son, 37-43 bet.

5. Kuznetsova Marina Ivanovna, " PIRLS 2021 xalqaro solishtirma tadqiqoti doirasida o'qish savodxonligini shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlari". 2021 y.

6. http://www.markaz.tdi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.