YANGI O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA TA'LIM FALSAFASI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-23-131-136
Muborak Ganiyeva
Qo'qon universiteti Innovatsion ta'lim va iqtidorli talabalar bilan ishlash markazi boshlig'i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
ANNOTATSIYA
Yangi O 'zbekiston taraqqiyotida ta 'lim falsafasi maktab, o 'rta maxsus va oliy ta 'lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, «fuqarolarni butun umri davomida o 'qitish» modelini hayotga tatbiq etish, aholining oliy ta'lim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazisdan iboratdir.
Kalit so'zlar: Falsafa, doktrina, ta'lim, "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning, ta 'lim jarayoni, ta 'lim inspeksiyasi, ta 'lim tashkilotlari, ta 'limni boshqarish.
ABSTRACT
The philosophy of education in the development of new Uzbekistan lies in the formation of a competitive environment in schools, secondary specialized and higher education, the widespread use of public-private partnerships and private sector resources, and the implementation of the "lifelong learning" model. citizens", bringing the coverage of the population with higher education to the level of developed countries.
Keywords: Philosophy, Doctrine, Education, Law on Education, educational process, education inspection, educational organizations, education management.
АННОТАЦИЯ
Философия образования в развитии нового Узбекистана заключается в формировании конкурентной среды в школах, среднем специальном и высшем образовании, широком использовании государственно-частного партнерства и ресурсов частного сектора, реализации модели «обучения на протяжении всей жизни». граждан», доведя охват населения высшим образованием до уровня развитых стран.
Ключевые слова: философия, учение, образование, Закон об образовании, образовательный процесс, образовательная инспекция, образовательные организации, управление образованием.
131
KIRISH
So'nggi yillarda mamlakatimizda ta'lim-tarbiya sohasidagi islohotlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo'nalishi darajasiga ko'tarildi. Ta'lim tizimini isloh etish jarayonida o'qituvchi kasbi nufuzini oshirish, jamiyatdagi maqomini ko'tarishga alohida e'tibor qaratillib, ta'lim va tarbiya masalasi mamlakat siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanini amalda isbotlandi. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan takomillashtirish, ertangi kunimizning munosib davomchilarini kamolga yetkazishning mustahkam tashkiliy-huquqiy mexanizmi, nazariy va siyosiy nuqtai nazardan ilmiy va falsafiy ta'limotga asoslangan ta'lim doktrinasi yaratildi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mamlakatimizda ta'limni rivojlantirish ta'lim falsafasiga doir qator ilmiy izlanishlar olib borilgan. Jumladan, R.H.Djurayev, O.Musurmonova, S.T.Turg'unov, J.G'.Yo'ldoshev, F.R.Yuzlikayev, M.Maxmudova, E.Ishonqulov, U.Sh.Begimqulov, L.T.Axmedova, J.Z.Qosimova, R.Mavlonova, A.A.Abduqodirov, M.Tojiyev, B.X.Xodjayev, G.U.Axmedova, K.Riskulova kabi olimlar tomonidan ta'lim tizimini rivojlantirishga doir tadqiqotlar amalga oshirilgan. Tadqiqot muammosiga oid tarixiy-qiyosiy tahlil, pedagogik kuzatish, analitik obzor, anketa, suhbat, tadqiqot natijalarini matematik-statistik qayta ishlash, qiyosiy tavsifiy metodlardan foydalanilgan holda asoslandi.
NATIJALAR
Sog'lom zurriyot, ya'ni jismoniy va ma'naviy yetuk avlodning shakllanishi va uning o'z imkoniyat va salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur tizimning yaratilganligi, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib, xizmat qilishi lozim. asoslanib berildi.
MUHOKAMA
Bugungi kunda mamlakatimizda mustaqil va erkin fikrlaydigan, dunyo ilmu-fani yutuqlarini puxta o'zlashtirib, zamon bilan hamohang bo'lib yashashga tayyor bo'lgan sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Bu borada barcha kuch-qudrat va imkoniyatlarning safarbar etilishi o'zining amaliy natijalarini berdi.
O'zbekiston ta'lim-tarbiya sohasida jahonda yetakchi o'rinlarni egallab borayotganligini nufuzli xalqaro ekspert va tahlil markazlari ham e'tirof etmoqdalar.
Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir.
Shuning uchun ham, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda.
Yurtimizda xalqimizning qadimdan istiqlolimizgacha yaratgan ta'lim-tarbiya tizimi o'zining har bir davrida ham goh yuksalish, goh pasayish holatlarini boshdan kechirdi. Xalq yaratgan ta'lim-tarbiya tizimi rivojiga to'siqlar ham qo'yildi. Farzand ta'limi, tarbiyasi har bir davrda ham o'z ahamiyatini yo'qotmadi. Qarshiliklar, ziddiyatlar va muammolarga qaramasdan bu tizim har vaqtda ham o'z davriga xizmat qildi. Hatto, IX-XII va XIV-XV asrlarda bu tizim barcha sohalar singari yuksalishni boshdan kechirdi.
Yurtimiz ta'limi rivojida shunday bir davrlar bo'ldiki, ichki nizolar, boshboshdoqliklar, o'zgalar qo'liga qaramlik va astari ag'darilgan mustamlakachilik davrlarida xalqimizning ta'lim-tarbiya tizimini rivojlantirishga keraklicha ahamiyat berilmadi, mustamlakachilar esa bobolarimiz, momolarimizning o'zlariga zarur bo'lgan ta'lim-tarbiya olishlariga to'sqinlik qildilar, imkon qadar bu xalqdan bilimli kishilarni chiqishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qildilar. Oqqan daryo oqaveradi. Ana shunday og'ir davrlarda ham halqimiz ichidan yetishib chiqqan milliy ziyolilarimiz (jadidchilarimiz) ikki mustamlaka davrida ham o'zlarining ilmlilik, tarbiyalilik qudrati bilan o'lkamizni ma'rifatli, ma'naviyatli bo'lishi uchun kurashdilar va bu yo'lda jonlarini fido etdilar.
Ta'lim-tarbiya kuchini, uning taraqqiyot uchun ahamiyatini chuqur anglagan bu tolmas, jasur va mard inson istiqlol bergan imkoniyatlar tufayli ta'lim va tarbiyani ustuvor sohaga aylantirdi. Buyuk davlatni barpo etishga qodir barkamol avlod -mustaqil insonni tarbiyalash uchun zarur bo'lgan barcha iqtisodiy, siyosiy hamda ma'naviy shart-sharoitlar mustaqillik yillarida yaratildi, barcha sohalarda yoshlar huquqlarini himoya qilish maqsadida tegishli tashkiliy-huquqiy asoslar to'la shakllantirildi. Ayni chog'da ushbu huquqiy asosni yanada takomillashtirish ishlari davom etmoqda. Qabul qilinayotgan qonunlar, me'yoriy huquqiy xujjatlar zamirida yagona g'oya mujassam. U ham bo'lsa, sog'lom zurriyot, ya'ni jismoniy va ma'naviy yetuk avlodning shakllanishi va uning o'z imkoniyat va salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun zarur tizimning yaratilishi, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoyalash, zamonaviy bilim va kasbga ega bo'lishi, jamiyat hayotida o'z o'rnini egallashini ta'minlashdan iborat bo'ladi.
Birinchidan, biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi
Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak.
Ikkinchidan, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovasiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib, xizmat qilishi lozim.
Uchuinchidan, yosh avlodga bog'cha, maktab va oliygohda sifatli ta'lim-tarbiya berishni yo'lga qo'yamiz, ular jismoniy va ma'naviy sog'lom, vatanparvar insonlar bo'lib ulg'ayishi uchun barcha kuch va imkoniyatlarni safarbar etish.
To'rtinchidan, yoshlarni zamonaviy bilim va tajribalar, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosida mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, ezgu fazilatlar egasi bo'lgan insonlar etib voyaga yetkazamiz.
Sog'lom avlod deganda, avvalo, sog'lom nasl, jismonan baquvvat, iymon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi. Bugun bunday avlodning munosib ta'lim va tarbiya olishi, o'zi sevgan kasb - hunarni egallashi uchun zamonaviy mebel, o'quv- laboratoriya uskunalari bilan jihozlangan, kompyuter sinflari va lingafon xonalari tashkil etilgan yangi ta'lim maskanlari barpo etish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Doktrina - bu, mazmun jihatdan alohida ta'limotdir. Masalan, harbiy doktrinada yadro qurolidan voz kechish tinchlik uchun xizmat qilsa, ta'lim soxasidagi doktrinada esa o'qituvchi, o'quvchi va ota-onalar o'rtasidagi aniq strategiyani belgilab berishga yordam beradi [3].
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 28 yilligiga bag'ishlangan bayram tabrigida "Yangi O'zbekiston -maktab ostonasidan boshlanadi", degan g'oya asosida umummilliy ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga misli ko'rilmagan e'tibor qaratilmoqda. Ilm-fan, madaniyat va san'at, adabiyot, sport sohalarini rivojlantirish, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlarning, ayniqsa, qizlarimizning iste'dod va qobiliyatini ro'yobga chiqarish borasida ham ko'p ishlar qilinmoqda. Bularning barchasi yurtimizda Uchinchi Renessans - milliy taraqqiyotimizning yangi davri poydevorini yaratishga xizmat qiladi", - deya ta'kidladi.
Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida ham «Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir», deya ta'kidlagani mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch bu - ilm-fan, ta'lim va tarbiya ekanligini ko'rsatib berdi"
O'z nutqida dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta'lim tizimini yaratish, ta'lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar
salohiyatini mustahkamlash, soha xodimlarining ish haqini bosqichma-bosqich oshirib borishga alohida e'tibor qaratilishi ta'kidlandiki, bu bundan keyin ham ulaming mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash doimiy e'tibor markazida bo'lishidan dalolat beradi.
Ta'lim-tarbiya sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish, Ta'lim to'g'risidagi kodeksni ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish, mamlakatimiz xalq ta'limi tizimiga rivojlangan davlatlar tajribalarini keng joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Asosiy maqsad - maktab, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimida raqobat muhitini shakllantirish, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy sektor resurslaridan keng foydalanish, «fuqarolarni butun umri davomida o'qitish» modelini hayotga tatbiq etish, aholining oliy ta'lim bilan qamrab olinishini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazishdir.
2020 yil 23 sentyabr kuni "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning yangi tahriri e'lon qilindi [8].
Ushbu qonun ta'lim borasida mamlakatimizda olib borilayotgan siyosatni to'liq o'zida aks ettirib, qamrab oladi. Ushbu qonunni ta'lim tizimi doktrinasi desak adashmaymiz. Lekin bu inson ta'limi doktrinasini to'liq qamrab olmaydi.
Inson ta'limi doktrinasi nima? U nima uchun kerak?
Inson ta'limi doktrinasi quyidagilarga asos bo'ladi:
- insonning bilim olish huquqini to'liq ta'minlashga yordam beradi
- ta'lim tizimi sub'ektlarining (ta'lim oluvchi, ta'lim beruvchi, oila, maxilla, davlat va boshqalar) huquqlari kafolatlanadi
- ta'lim borasida davlat siyosati shakllanadi;
- ta'lim borasidagi normative huquqiy hujjatlar, qonunlar va qarorlarning mazmuni tubdan takomillashadi;
- ta'limni boshqarish funksiyalari takomillashadi;
- malaka oshirish tizimi tizimlashtiriladi;
- barcha turdagi ta'lim standartlari takomillashadi;
- darslilar, metodik qo'llanmalar, turli dastur va ta'lim vositalari yaratiladi;
- maqsadni belgilash, nazorat va baholash tizimlari tashkil etiladi.
Inson ta'limi doktrinasi uni tatbiq etuvchilar yaratishi lozim.
XULOSA
Bugungi yoshlar ulg'ayib kamolga yetgach, ularning o'rnini keyingi avlod egallaydi. Demak, jamiyatning asosiy kuchi, kelajagi bo'lgan yosh avlod tarbiyasi, ta'limi masalasi hech qachon kun tartibidan tushmaydi. Bu esa erishilgan
muvaffaqiyatlar bilan qanoatlanib, xotirjam o'tirmaslik, yoshlar bilan ish olib borishni bir lahza bo'lsa-da, susaytirmaslik, bosib o'tilgan yo'lni xolisona va tanqidiy baholashni talab etadi. Chunki jadal taraqqiy etayotgan bugungi dunyoda faqat va faqat tinimsiz harakat natijasidagina istiqboldagi maqsad - mamlakatni taraqqiy etgan davlatlar safiga kiritish, xalqimiz uchun munosib farovon hayot sharoitlarni yaratishga erishish mumkin.
REFERENCES
1. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. - T.: Iqtisod-moliya. 2010.
2. Ходжаев Б.Х. Умумий педагогика назарияси ва амалиёти. Дарслик. -Т.: "Сано-стандарт", 2017, 417.
3. Хуторской А.В. Педагогика. Учебник для вузов. Стандарт третьего поколения. - СПб: Питер. 2019. - 608 сс. ил - (Серия «Учебник для вузов»).
4. Yoldoshev J., Yo'ldosheva F., Yoldosheva G.. Interfaol ta'lim sifat kafolati. -T., 2009.
5. Saifnazarov, I., Abdullahanova, G., Alimatova, N., Qudratova, U. (2020). The main trends of increasing the role of the teacher in the innovative development of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology. 29(5), 11711173.
6. Saifnazarov, I., Muhtarov, A., Sultonov, T., Tolibov, A. (2020) Religious tolerance, unity of knowledge and faith issues highlighting in Imam Bukhari Hadiths. International Journal of Advanced Science and Technology 29 (5), pp. 1846-1853.
7. Umarjonov, S.S. (2021). Ijtimoiy - gumanitar fanlarni o'qitishda Fahriddin Roziyning ontologik qarashlarining o'rni va ahamiyat. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 1029-1038.
Vebsayt
8. УРК-637-сон 23.09.2020. Таълим тугрисида - LEX.UZ