Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK HAMKORLIK OMILLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK HAMKORLIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
. bag‘rikenglik / vatanparvarlik / ijtimoiy hamkorlik / kompetentlik / islohot / milliy o‘zlikni anglash / tashabbuskorlik / ijtimoiy professionallik / barkamollik / ma’naviy-ahloqiy sifatlar / intellektual / motivatsion / irodaviylik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O T. Abdug‘aniyev

: mazkur maqolada Yangi O‘zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishga ta’sir etuvchi pedagogik-psixologik omillari, talabalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatga ta’sir etuvchi omillari orqali, intellektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta’lim tizimida umuminsoniy qadriyatlarga oid, jomardlik, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, vatanga sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni kamol toptirishning pedagogik ta’sir vositalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI PEDAGOGIK HAMKORLIK OMILLARI»

YANGI O'ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA'SIR ETUVCHI PEDAGOGIK HAMKORLIK OMILLARI O.T.Abdug'aniyev

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy kotibi

p.f.b.f.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10112854

Annotatsiya: mazkur maqolada Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishga ta'sir etuvchipedagogik-psixologik omillari, talabalarning ijtimoiy hayotga moslashuvi, ma'naviy-ma'rifiy faoliyatga ta'sir etuvchi omillari orqali, intellektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta'lim tizimida umuminsoniy qadriyatlarga oid, jomardlik, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, vatanga sadoqat kabi yuksakinsoniy fazilatlarni kamol toptirishningpedagogik ta'sir vositalariyoritilgan.

Kalit so'zlar. bag'rikenglik, vatanparvarlik, ijtimoiy hamkorlik, kompetentlik, islohot, milliy o'zlikni anglash, tashabbuskorlik, ijtimoiy professionallik, barkamollik, ma'naviy-ahloqiy sifatlar, intellektual, motivatsion, irodaviylik.

O'zbekiston Respublikasi ta'lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizida yosh-avlodni, ya'ni bo'lajak kadrlarni kompetentli qilib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev [2] mamlakatimiz yoshlarini tarbiyalash masalasiga to'xtalib: 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim", deb takidlaganlari ham bejiz emas.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev [1] 2023-yil 1-fevral kuni Andijon viloyatiga tashrifi chog'ida yoshlar masalasiga to'xtalar ekan, "kasb egallamay o'qishni bitirganlar hayotda qiynaladi, ish topolmaydi. Kimning qo'lida hunari bo'lib, chet tilini bilsa, yo'li ochiq. Sizlarda shunday imkoniyat bor. O'zingizni qiynab, qunt bilan bilim oling, hunar o'rganing. Qarorlar, sa'y-harakatlar qachon natija beradi? Mutaxassis zo'r bo'lsa. Mamlakatimizning eng katta-boyligi - yoshlar", deb ilgari surgan tashabbus va g'oyalarining asosida kompetentli shaxs masalasiga e'tibor qaratilgan.

Xususan, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirish shiddat bilan integratsiyalanayotgan, milliy o'zlikni anglashi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxs ma'naviyatini mustahkamlash jarayonlarida turli yot g'oyalarning salbiy ta'siri ortib, odamlarning ongi-shu'uri va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bir davrda ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqot ishlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy g'oya, millat va ularning o'zaro bog'liqligi masalasining dolzarbligi yanada oshmoqda. Xalqning ma'naviy hayotida o'zligini anglash muhim o'rin tutadi. Shunday ekan, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishda ayni ma'naviy-ahloqiy ta'lim-tarbiya jarayonining, milliy o'z-o'zini anglashning mazmun-mohiyatini, xalq, millat tushunchalari hamda ularning o'zaro aloqadorlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish

lozimligi qayd etilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz, olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarning tahliliga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.

Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishda pedagogik hamda psixologik rivojlantiruvchi sifatlari, ta'lim mazmuni va mohiyati, shakl va tamoyillarini ifodalab, "kompetensiya" tushunchasining etimologik tahlilini ham ta'kidlash lozim. Dunyo olimlari tomonidan ushbu tushunchani o'rganish jarayonida quyidagi fikrlarga to'xtalib o'tilgan [3]. "Kompetensiya" tushunchasi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv deb, avvalo, "Competence" so'zi "to compete" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik" deya e'tirof etilgan. Jumladan, olib borilgan ilmiy taraqqiyotda pedagogika fani ushbu tushuncha tahliliga nafaqat jahonda, balki mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilayotganini ham keltirib o'tish lozim. Kompetensiyaviy ta'limda faoliyat ko'rinishlari uchun tadqiqotning yakuniy maqsadi kompetensiyalarni shakllantirish masalasi bo'lib uni rivojlantirish ham eng ustuvor jihatlardan biri sifatida qaraladi.

Sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Rumiy [5] o'z qarashlarida "Jismoniy mansublik bilan birga ruhoniy, ma'naviy yaqinlikka ham ishonadi va u ma'no ahlini avliyo farzandi" deya ta'kidlaydi. Xususan, yoshlar ma'naviy-ruhiy yetukligi o'z davrida mutafakkir olim qarashlarida o'z ifodasini topgan. Ma'lumki, Yangi O'zbekiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishda ta'lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida shakllanadigan bilishning o'ziga xos shakllaridan biridir deb etirof etish mumkin. Demak, shaxsning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, jamiyat, ijtimoiy qatlami, siyosiy partiya va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining muayyan maqsadlari ifodasi, ularni bu

y

Xorij olmilarida Hutmacher Walo [8] ta'limda kompetensiyaviy jihatlarga to'xtalib o'tar ekan: "Ta'lim tizimida yosh avlodda dahldorlik xissini uyg'otish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda, madaniyat, til, din vakillari bilan ijtimoiy munosabatlarda" kompetensiyalarning rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi [8].

I.Zimnyaya [7] o'z izlanishlari doirasida kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishini batafsil ko'rib chiqqan, u mahalliy hamda xorijiy olimlarning mazkur yondashuvga oid tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilgan bo'lib, yangi ta'lim paradigmasini shakllantirishning asosiy bosqichlarini ajratgan, bu unga, birinchidan asosiy kompetensiyalarni guruhlashga ajratish, nazariy asoslashga, ikkinchidan, ularning ayrim asosiy, zaruriy nomenklaturasini aniqlashga, luchinchidan esa ularning har biriga kiruvchi komponentlar yoki kompetensiyalar turlarini belgilashga imkon beradi deb ifodalagan.

Olim tomonidan kompetensiyaviy ta'limning komponentlari tarkibi quyidagi jihatlarga ajratgan holda ifodalagan:

-ta'limda kompetensiyaning yuzaga kelishi (ya'ni, motivasion jihatlari); -kompetensiyaviy yondashuv ta'lim mazmuniga oid bilimga egalik (kognitiv faoliyat); -kompetensiyaviy yondashuvning turli-tuman standart va nostandart vaziyatlarda namoyon bo'lish jihatlari (axloqiy-xulqiy jihat);

-kompetensiyaviy ta'limning mazmuni va uning obyektiga munosabat (qadriyatli-mazmunli faoliyat);

u

y

-ta'limda kompetensiyaning namoyon bo'lish jihatlari o'quv-tarbiya jarayoni va natijasi emotsional-irodaviy tartib kabi sifatlarga ajratiladi.

Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishda: shaxsiy-sifatlarining rivojlanishi, ma'naviy-ahloqiy tarbiyaviy omillari, pedagogik-psixologik ta'sir etishda intellektual, motivatsion, emotsional, irodaviy, o'z-o'zini namoyon qilish jihatlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirishda bilim olishga qiziqishi va intellektual qobiliyatni pedagogik madaniyatni takomillashtirishga chorlovchi omil sifatida kompetentligini shakllantirish lozim. Muammoni hal etishning muhim omili sifatida kasb ta'limi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda pedagogik takomillashish, o'z bilimlarini chuqurlashtirish va malakasini oshirish talab etiladi.

Hozirgi vaqtda talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentligini rivojlantirishda o'qitish texnologiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o'qitish texnologiyalari talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirish orqali tarbiyalash ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lib, avvalo uning faoliyat jarayonida yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning bosqichma-bosqich shakllanishiga yordam beradi. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim berayotgan professor-o'qituvchilar tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o'qitish texnologiyalari, talabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishni qaror topishi, ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lib, o'z kasbini egallashning ahamiyatli bo'lgan dastlabki bazasini yaratishga, kelajakda faoliyatda yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning bosqichma-bosqich shakllanishiga yordam beradi. Demak, har bir odam uchun muhim bo'lgan ijtimoiy kompetensiyalarni egallash zaruriyati pedagogning kompetentliligi tuzilmasiga alohida ta'sir etish orqali individning ijtimoiy qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi tarkibiy qismni rivojlantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, ijtimoiy kompetentlik tuzilmasida quyidagi pedagogik rivojlantiruvchi tarkibiy komponentlarni aniqlashtirib ko'rsatish mumkin:

- ijtimoiy-individual kompetentlik, o'zini bu dunyoda inson, individ, shaxs sifatida his qilish imkonini beruvchi;

- ijtimoiy-fuqarolik kompetentligi, o'zini jamiyatning a'zosi, fuqaro sifatida his qilish imkonini beruvchi;

- kommunikativ kompetentlik, boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli o'zaro muloqot olib borish imkonini beruvchi;

- axborot kompetentligi, keng axborot maydonida erkin harakatlana olish hamda o'z fikrini bayyon etishda moslashuvchanlik ko'nikmasining rivojlanganligi.

Shuning uchun ham ta'lim jarayonida "fanga oid komponent"larning alohida ahamiyatga egaligi o'qituvchining kasbiy kompetentligi rivojlanishiga alohida ta'sir etib boradi. Ular:

• ijtimoiy kompetentlik, har bir zamonaviy odam uchun muhim bo'lgan individning turlicha ijtimoiy o'z qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi;

• ijtimoiy kompetentlik har biri mustaqil kompetentlik sifatida qaralishi mumkin bo'lgan ko'plab jihatlar - tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi (ijtimoiy-fuqarolik, ijtimoiy-kommunikativ, axborot kompetentligi va ijtimoiy-individual kompetentlik)lar muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirishning asosiy maqsadi yoshlarda bunyodkor g'oyalarning mazmun-mohiyatan sog'lom yoki nosog'lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg'unchi g'oyalarning bo'lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi muhim pedagogik vazifa sifatida qaralmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirish asosiy omil sifatida o'ziga ishonch va e'tiqodga sifatida e'tirof etilganligi sababli talabalarni Vatanga sadoqat ishonch, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topishi, mamlakat taqdiri uchun jon kuydiradigan kadrlar etib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. Xalq so'zi. Узбекистан Республикасининг Президенти Шавкат Мирзиёев1 2023 йил 1 феврал куни Андижон вилоятига ташрифи чогидаги нутки. 2023 й. 2 февраль. №-22-сон.

2. Xalq so'zi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy Majlisga Murojaatnomasi" 2020 y. 30 dekabr №-255 son

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni // PF-5847-son .

4. Pedagogik atamalar lug'ati. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. - T.: 2008 y. b - 28-29.

5. Rumiy J. Ma'naviy masnaviy. Muhammad tarjimasi. Tehron, 2001 yil, 7-b. Forscha-o'zbekcha lug'at.

6. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. (kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b.

7. Зимняя, И.А. Ключевые компетентности как результативно целевая основа компетентностного подхода в образовании: авторская версия И.Зимняя. - М.: Издательство: Исследовательский центр проблем качества подготовки специалистов 2004. - 37 с.

8. Hutmacher W.. Key competencies for Europe // Report of the Symposium Berne, switzerland 27-30 march, 1996. Council for cultural cooperation a secondary education for europe. Strasburg., 1997. C.11

9. Abdug'aniev O. Ta'lim jarayonida modellashtirish orqali talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani rivojlantirish //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. -T. 1. - №. 5. - S. 161-168.

10. Abduganiyev, O. T. "development of socially active citizenship competencies in students-as a social pedagogical need." prospects of development of science and education 1.5 (2022): 7883.

11. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.

12. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

13. Abduganiyev O. Formation of legal training ai me d at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.

14. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

15. Abduganiyev O. T. Factors affecting the development of socially active citizenship competence in students //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.

16. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.

17. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.

18. Abdullaeva B. S. et al. The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world //Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. - 2020. - T. 12. - №. 2. - S. 2706-2714.

19. O'G, Abdug'aniyev Ozod Tursunboy. "Talabalar ijtimoiy tashabbuskorligini rivojlanttirishda ta'lim muassasasining ijtimoiy-madaniy muhiti rivojlantirishning pedagogik-psixologik." Science and innovation 2.Special Issue 4 (2023): 150-154.

20. Abdug'aniev Ozod. "Talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik-psixologik imkoniyatlari." Science and innovation 2.Special Issue 5 (2023): 708713.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.