Научная статья на тему 'TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI'

TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
58
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
talaba / kompetentlik / islohot / milliy o‘zlikni anglash / tashabbuskorlik / ijtimoiy – professionallik / barkamollik / ma’naviy-ahloqiy fazilatlar / tarixiylik / mantiqiylik / kuzatish / qiyosiy taqqoslash

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — O T. Abdug‘aniyev

Mazkur maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish mohiyati va mantiqiy jihatdan tahlili jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy faoliyati, intelektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, uzluksiz ta’lim tizimida milliy g‘oyaga doir bilim va tafakkurini yuksaltirish shuningdek, ularning umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag‘rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik ta’sir vositalari orqali yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI

O.T.Abdug'aniyev

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy kotibi

p.f.b.f.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10036655

Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish mohiyati va mantiqiy jihatdan tahlili jamiyat hayotining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati, intelektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, uzluksiz ta'lim tizimida milliy g'oyaga doir bilim va tafakkurini yuksaltirish shuningdek, ularning umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik ta'sir vositalari orqali yoritilgan.

Kalit so'zlar: talaba, kompetentlik, islohot, milliy o'zlikni anglash, tashabbuskorlik, ijtimoiy - professionallik, barkamollik, ma'naviy-ahloqiy fazilatlar, tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash

O'zbekiston Respublikasi ta'lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlaming bosh negizida yosh-avlodni ya'ni bo'lajak kadrlarni kompetentli qilib tarbiyalash eng birinchi masala sifatida qaralmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatlari hamda xalqiga qilgan Murojaatnomasida yosh-avlodning zamonaviy kasb egasi va kompetentli shaxs sifatida tarbiyalanishi masalasiga to'xtalib: shunday ta'kidlagan edi, "har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz" deb ilgari surgan tashabbus va g'oyalarining asosida kompetentli shaxs maslasi muhim hisoblanadi.

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrda qabul qilgan O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'lim tizimining 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonida "2030 yilgacha Oliy ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"da milliy ta'lim tizimini yangi natijaga erishishga yo'naltirishda "Universal bilimlar, ko'nikmalar, malakalarning yangi tizimi, shuningdek, ta'lim oluvchilarning mustaqil faoliyat va shaxsiy mas'uliyat tajribasi, ya'ni zamonaviy asosiy kompetensiyalar" sifatida xizmat qilishi keltirib o'tilgan.

Xususan, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish shiddat bilan rivojlanib globallashib integratsiyalanayotgan dunyo shiddat bilan o'zgarib, milliy o'zlikni anglashi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxs ma'naviyatini mustahkamlash jarayonlarida turli yot g'oyalarning salbiy ta'siri ortib, odamlarning ongi-shu'uri va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bir davrda ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqot ishlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy g'oya, millat va ularning o'zaro bog'liqligi masalasining dolzarbligi yanada oshmoqda. Xalqning ma'naviy hayotida o'zligini anglash muhim o'rin tutadi. Shunday ekan, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ayni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalanishini ta'lim-tarbiya jarayonining avvalo, milliy o'z-o'zini anglashining mazmun-mohiyatini, xalq, millat tushunchalari hamda ularning o'zaro aloqadorlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etilmoqda.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz, biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarni tahliliga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.

Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishdaning pedagogik hamda psixologik rivojlantiruvchi sifatlari, ta'lim mazmuni va mohiyati, shakl va tamoyillarini ifodalab: "kompetensiyani bu," - olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarning etimologik tahlilini ham ta'kidlash lozim. Dunyo olimlari tomonidan ushbu tushunchani o'rganish jarayonida quyidagi fikrlarga to'xtalib o'tilgan. "Kompetensiya" tushunchasi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv deb, avvalo, "Competence" so'zi "to compete" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik" deya e'tirof etilgan. Jumladan, olib borilgan ilmiy taraqqiyotda pedagogika fani ushbu tushuncha tahliliga nafaqat jahonda, balki mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilayotganini ham keltirib o'tish lozim. Kompetensiyaviy ta'limda faoliyat ko'rinishlari uchun tadqiqotning yakuniy maqsadi kompetensiyalarni shakllantirish masalasi turib uning rivojlantirilishi ham eng ustuvor jihatlardan biri sifatida qaraladi.

Sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Rumiy o'z qarashlarida "Jismoniy mansublik bilan birga ruhoniy, ma'naviy yaqinlikka ham ishonadi va u ma'no ahlini avliyo farzandi" deya ta'kidlaydi. Xususan, yoshlar ma'naviy-ruhiy yetukligi o'z davrida mutafakkir olim qarashlarida o'z ifodasini topgan.

Ma'lumki, Yangi O'zbekiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ta'lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida shakllanadigan bilishning o'ziga xos shakllaridan biridir deb etirof etish mumkin. Demak, shaxsning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, jamiyat, ijtimoiy qatlami, siyosiy partiya va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining muayyan maqsadlari ifodasi, ularni bu yo'lda birlashtirishi, uyushtirishi, faoliyatga undashi, safarbar qilishi» [4] deb ifodalab o'tgan.

Xorij olmilarida Hutmacher Walo ta'limda kompetensiyaviy jihatlarga to'xtalib o'tar ekan: "Ta'lim tizimida yosh avlodda dahldorlik xissini uyg'otish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda, madaniyat, til, din vakillari bilan ijtimoiy munosabatlarda madaniyatlararo munosabatlarda" kompetensiyalarni rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi[9].

I.Frumin tadqiqotlarida ta'limda kompetensiyani ma'lumotlar va malakalarning oddiy kombinasiyasi sifatida qaralmaydigan va haqiqiy masalalarni hal etishga yo'naltirilgan ta'limiy natijaning yangi turi sifatida e'tirof etadi. Ta'lim tizimida kompetensiyaviy yondashuvni amalga oshirishning yo'nalishlari u asosiy kompetensiyalar, umumlashgan maqsadli ko'nikmalar, amaliy predmetli ko'nikmalar va hayotiy malakalar deb atagan va ular orasida eng muhimi asosiy kompetensiyalar g'oyasi hisoblanadi deb ifodalab o'tgan.

A.V.Xutorskiy tadqiqotlari doirasida kompetensiya asosida yotuvchi ko'nikma, malaka va faoliyat usullarini ajratib o'rgangan bo'lib, ularni rivojlantirilishi kerak bo'lgan, shaxs sifatlarini bloklarga guruhlagan: kreativ, kognitiv, kommunikativ va dunyoqarashga oid, tashkiliy faoliyatli guruhli bloklarga ajratib ularda shaxsning jismoniy, emotsional, intellektual, qadriyatli va ma'naviy-axloqiy sifatlarni ajaratib tahlil qilgan holda ifodalab o'tgan.

I.Zimnyaya o'z izlanishlari doirasida kompetensiyaviy yondashuvning shakllanishini batafsil ko'rib chiqqan, u mahalliy hamda xorijiy olimlarning mazkur yondashuvga oid tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilgan bo'lib, yangi ta'lim paradigmasini shakllantirishning

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

asosiy bosqichlarini ajratgan, bu unga, birinchidan asosiy kompetensiyalarni guruhlashga ajratish, nazariy asoslashga, ikkinchidan, ularning ayrim asosiy, zaruriy nomenklaturasini aniqlashga, uchinchidan esa ularning har biriga kiruvchi komponentlar yoki kompetensiyalar turlarini belgilashga imkon beradi deb ifodalagan.

Olim tomonidan kompetensiyaviy ta'limning komponentlari tarkibi quyidagi jihatlarga ajratgan holda ifodalagan: ya'ni,

- ta'limda kompetensiyaning yuzaga kelishi (ya'ni, motivasion jihatlari);

- kompetensiyaviy yondashuv ta'lim mazmuniga oid bilimga egalik (kognitiv faoliyat);

- kompetensiyaviy yondashuvning turli-tuman standart va nostandart vaziyatlarda namoyon bo'lish jihatlari (ahlaoqiy-xulqiy jihat);

- kompetensiyaviy ta'limning mazmuni va uning ob'ektiga munosabat (qadriyatli-mazmunli faoliyat);

- ta'limda kompetensiyaning namoyon bo'lish jihatlari o'quv-tarbiya jarayoni va natijasi emotsional-irodaviy tartib kabi sifatlarga ajratiladi.

Bundan tashqari, har bir odam uchun muhim bo'lgan ijtimoiy kompetensiyalarni egallash zaruriyati pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilmasiga alohida ta'sir etish orqali individning ijtimoiy qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi tarkibiy qismni rivojlantirishni taqozo etadi. Demak, ijtimoiy kompetentlik tuzilmasida quyidagi pedagogik rivojlantiruvchi tarkibiy komponentlarni aniqlashtirib ko'rsatish mumkin:

- ijtimoiy-individual kompetentlik, o'zini bu dunyoda inson, individ, shaxs sifatida his qilish imkonini beruvchi;

- ijtimoiy-fuqarolik kompetentligi, o'zini jamiyatning a'zosi, fuqaro sifatida his qilish imkonini beruvchi;

- kommunikativ kompetentlik, boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli o'zaro muloqot olib borish imkonini beruvchi;

- axborot kompetentligi, keng axborot maydonida erkin harakatlana olish hamda o'z fikrini bayyon etishda moslashuvchanlik o'knikmasining rivojlanganligi.

Shuning uchun ham ta'lim jarayonida "fanga oid komponent"larning alohida ahamiyatga egaligi o'qituvchining kasbiy kompetentligi rivojlanishida alohida ta'sir etib boradi. Ular,

• ijtimoiy kompetentlik, har bir zamonaviy odam uchun muhim bo'lgan individning turlicha ijtimoiy o'z qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi;

• ijtimoiy kompetentlik har biri mustaqil kompetentlik sifatida qaralishi mumkin bo'lgan ko'plab jihatlar - tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi (ijtimoiy-fuqarolik, ijtimoiy-kommunikativ, axborot kompetentligi va ijtimoiy-individual kompetentlik)lar muhim ahamiyat kasb etadi.

Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishning asosiy maqsadi yoshlarda bunyodkor g'oyalarning mazmun-mohiyatan sog'lom yoki nosog'lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg'unchi g'oyalarning bo'lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi muhim pedagogik vazifa sifatida qaralmoqda.

Bizga ma'lumki, umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish talabalarning kundalik fikrlaridan farqli yana o'z tafakkurida paydo bo'lsada, keng jamoatchilik manfaatlarini ifoda etishda o'z milliy qadriyatlari asosida tarbiyalansa muhim o'rin tutadi. Demak, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish asosiy omil sifatida o'ziga ishonch va e'tiqodga aylanib e'tirof etilganligi sababli talabalarni vatanga sadoqat ishonch,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topishi, qadrlar tayyorlashda mamlakat taqdiri

uchun jon kuydiradigan kadrlar etib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni // PF-5847-son .

2. Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti. Pedagogik atamalar lug'ati. T.: 2008 y. b - 28-29.

3. Rumiy J. Ma'naviy masnaviy. Muhammad tarjimasi. Tehron, 2001 yil, 7-b. Forscha-o'zbekcha lug'at.

4. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar.. (kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b.

5. Frumin I. Za chto v otvete? Kompetentnostnbiy podxod kak yestestvennbiy etap obnovleniya soderjaniya obrazovaniya. I.D.Frumin // Uchitelskaya gazeta. - 2002. - № 36. - S. 38-39.

6. Davbidov V.. Teoriya razvivayu^ego obucheniya // V.Davbidov. - M.: INTOR..., 1996. - 544 s.

7. Xutorskoy A. Klyuchevbie kompetensii i obrazovatelnbie standartbi // Internet-jurnal "Eydos". - 2002 g. - 23 aprelya. -Rejim dostup. URL: http://www.eidos.ru/journal/2003/0420-01.htm 15.02.2010 g..

8. Zimnyaya, I.A. Klyuchevbie kompetentnosti kak rezultativno selevaya osnova kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii .: avtorskaya versiya I.Zimnyaya. - M.: Izdatelstvo: Issledovatelskiy sentr problem kachestva podgotovki spesialistov 2004. - 37 s

9. Hutmacher W.. Key competencies for.:. Europe // Report of the Symposium Berne, switzerland 27-30 march, 1996. Council for cultural cooperation a secondary education for europe. Strasburg., 1997. C.11

10. Abdug'aniev O. TA'LIM JARAYoNIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 161-168.

11. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.

12. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.

13. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

14. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.

15. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

16. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.

17. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.