Научная статья на тему 'TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI HIS ETA OLISHDA TARIX FANI O’QITUVCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI'

TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI HIS ETA OLISHDA TARIX FANI O’QITUVCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
263
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ijtimoiylashuv / tarixiy voqelki / mantiqiy izchillik / ijodiy / yetuk / individuallik / mexanizm / islohot / tashabbus / ixtiyoriylik / turlicha fikrlash / kompetentsiya / intellektual / motivatsiya / axloqiy tarbiya / prognoz / integratsiya / ijodiy tafakkur.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Qabulov Sahob Abduqahharovich

Ushbu maqolada talabalarning nafaqat dars jarayonida balki umumiy ijtimoiy muhitda tarix fani va uning mohiyati, tarixiy voqelik hamda ushbu voqelikni real his qilish uchun qanday ishlar va vositalar lozimligi haqida fikrlar yuritilgan. Shu bilan birgalikda qadim shonli tariximiz, ajdodlarimizning bizga qoldirgan buyuk moddiy va ma’naviy me’rosi, bugungi kun imkoniyatlarimiz, kelajakdagi orzu-umidlarimiz, istiqbollarimiz, hamda ularga erishish yo’lidagi dastlabki pedagogik vazifalar asoslab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI HIS ETA OLISHDA TARIX FANI O’QITUVCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

TARIXIY VOQELIKNI TUSHUNISH VA UNI HIS ETA OLISHDA TARIX FANI O'QITUVCHILARINING ASOSIY VAZIFALARI Qabulov Sahob Abduqahharovich

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti mustaqil tadqiqotchisi, JPDU, Tarix fakulteti o'qituvchisi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10036506

Annotatsiya. Ushbu maqolada talabalarning nafaqat dars jarayonida balki umumiy ijtimoiy muhitda tarix fani va uning mohiyati, tarixiy voqelik hamda ushbu voqelikni real his qilish uchun qanday ishlar va vositalar lozimligi haqida fikrlar yuritilgan. Shu bilan birgalikda qadim shonli tariximiz, ajdodlarimizning bizga qoldirgan buyuk moddiy va ma'naviy me 'rosi, bugungi kun imkoniyatlarimiz, kelajakdagi orzu-umidlarimiz, istiqbollarimiz, hamda ularga erishish yo'lidagi dastlabki pedagogik vazifalar asoslab berilgan.

Kalit so'zlar: ijtimoiylashuv, tarixiy voqelki, mantiqiy izchillik, ijodiy, yetuk, individuallik, mexanizm, islohot, tashabbus, ixtiyoriylik, turlicha fikrlash, kompetentsiya, intellektual, motivatsiya, axloqiy tarbiya, prognoz, integratsiya, ijodiy tafakkur.

Keywords: socialization, historical reality, logical consistency, creative, mature, individuality, mechanism, reform, initiative, volunteering, divergent thinking, competence, intellectual, motivational, moral education, forecasting, integration, creative thinking.

Biz bugun aniq va ravshan holda shuni bilamizki, ta'limdagi yangilanish albatta, ta'lim jarayoni orqali o'quvchini o'zi va yaqinlari kelajagini yorqin tasavvur qila oladigan, bu borada o'z taqdiriga ongli munosabatda bo'lib, tanlagan kasbiy faoliyatida o'zini-o'zi rivojlantira oladigan erkin, malakali, fidokor shaxsni shakllantirishni ko'zda tutadi. Mustaqillik tufayli o'z taraqqiyot yo'lidan borayotgan mustaqil O'zbekistonda yangicha fikrlay oladigandigan, bo'layotgan voqea-hodisalarga erkin va holisona munosabat bildiradigan ijodiy va tanqidiy mushohada yuritadigan muloqotning sir asrorlarini o'rgangan yoshlarni tarbiyalash uchun keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda . Endilikda oliy ta'lim muassasalari oldiga faqatgina o'qimishli insonnigina emas, balki voqealarni oldindan ko'ra biladigan, to'g'ri qaror qabul qila olish uquviga ega, o'zini-o'zi rivojlantirish zaruriyatini tushunib yetadigan oqil va barkamol shaxsni shakllantirish vazifasi qo'yilmoqda. Darhaqiqat, o'qimishli, ruhan tetik, sog'lom va jismonan baquvvat kishilargina istiqlol va taraqqiyot yo'lini bosib o'ta oladi.

Jadalashib borayotgan bugungi axborot asrida tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, jonajon diyoromiz tarixi hamda dunyo xalqlari milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish, talabalarga milliy davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi ekanligini anglatish, tarix faniga oid umumiy va kuchaytirilgan kompetensiyalarni shakllantirish albatta bugungi kunning eng dolzarb jihatidir. Shu nuqtai nazardan ajdodlarimizning ma'naviy me'rosi va jasoratlaridan ibrat olish, ularga munosib voris bo'lishga o'rgatish ham juda muhimdir. Tarixiy voqealarni idrok etishga yo'naltirish orqali ularning o'zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash kabi yuksak vaziofalarni o'z oldimizga qo'yish ham bugungi kunning eng muhim nuqtai-nazaridir.

Ze'ro yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek "Biz g'ururi, oriyati , ma'naviyati baland xalqmiz. Bu, hech shubhasiz, katta boylik. Ajdodlarimiz asrlar davomida asrab-avaylab kelgan bu boylikni

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

yo'qotib qo'ysak, kelgusi avlodlar bizni aslo kechirmaydi. Aksincha , bu fazilatni xalqimizni, millatimizni birlashtiradigan eng kuchli tamoyilga aylantirishimiz kerak. Negaki, milliy g'ururi baland xalqning qadr-qimmati ham baland, ma'naviyati, irodasi kuchli bo'ladi".

Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning yaratuvchisi tarzida shakllanayotgan yosh avlodni voyaga yetkazish, ularning zamon talablari darajasida bilim olishi, shaxs sifatida kamol topishi, kasb-hunar sirlarini o'rganishi va kundalik turmush yumushlarini hal etishga tayyorgarlik masalasi asosiy muammolar tariqasida ta'lim jarayonining kun tartibida turibdi.

Albatta, bu jarayonlarda shuni alohida ta'kidlash joizki, tarix fani o'qituvchisi, faol ilmiy-tadqiqot va kasbiy metodik faoliyatga tayyor bo'lishi, o'zi tadqiqotchi bo'lishi va kasbining tadqiqotchilik faoliyatlarini loyihalashtirishni bilishi lozimligi va buning uchun oliy ta'lim muaassasalarida quyidagilar zarur:

a) o'zida ilmiy adabiyotlar bilan muntazam tanishish ehtiyojini tarbiyalash;

b) turli xil ilmiy ishlarni bajarish ko'nikmalarini hosil qilish;

c) ijodiy tafakkur qobiliyatini tarbiyalash;

d) fan rivojlanishi tendensiyalarini hisobga olgan holda oqilona va uzoqni ko'zlovchi qarorlar qabul qilish san'atini o'rganish.

Taniqli rus olimi, pedagog-psixolog Andrey Aleksandrovich Verbitskiy shunday ta'kidlaydi: "kasbiy faoliyat yaxlit ko'rgazmali fanga doir bilimlar bilan emas, balki ularning tizimi bilan ta'minlanishi sababli bu o'quv fanlari integratsiyasining zaruratini talab etadi. Bunday integratsiyaning didaktik shart-sharoitlari o'quv jarayonini yangi shakllarda tashkil etib, ular an'anaviylik bilan birgalikda ilg'or pedagogik texnologiyalarning paydo bo'lishini talab qiladi. Bugungi kunda "mustaqil va erkin fikrlaydigan ijtimoiy-siyosiy hayotda ongli ravishda ishtirok etishga qodir, mamlakati, oilasi taqdiriga mas'ul shaxsni shakllantirish" muhim vazifa sanaladi. Shunday ekan, ushbu pedagogik texnologiyalar uzviyligini ta'minlash o'qituvchining pedagogik mahoratiga bog'liq, albatta. O'qituvchi haqiqiy o'z kasbida ishlovchi va bolalarni sevuvchi har bir pedagog yetisha oladigan yuqori va doimiy takomillashtiriladigan tarbiyalash va o'qitish san'atiga ega insondir. Pedagog o'z ishining ustasi-bu, o'z fanini chuqur biladigan, tegishli fan yoki san'at sohalari bilan yaxshi tanish bo'lgan, umumiy va ayniqsa bolalar psixologiyasi masalalarida amaliy bilimga ega bo'lgan, o'qitish va tarbiyalash metodikasini mukammal biluvchi yuqori madaniyatli mutaxassis bo'lishi lozimdir.

Tarixiy voqelikni tushunish va uni his eta olish bu talaba uchun ijodiy yondoshuvdir, albatta. Professorlar N.Muslimov va Sh.Sharipovlarning fikricha, ijodiy fikrlashni rivojlantirish uchun ularning har biriga alohida individual yondoshish lozim. Ijodiy fikrlashni rivojlantirishning eng muhim usullaridan biri ta'lim oluvchilarni turli darajadagi muammoli savollar yoki topshiriqlarni yechishga jalb etish, ularning yechimlarini mustaqil izlab topishga o'rgatishdan iboratdir. Amaliyotda ijodiy fikrlashni rivojlantirish jarayonida muammoli savollar yoki topshiriqlardan foydalanish mumkin.

Ijod muammosi ustida ko'pgina qadimgi, o'rta asrlar, yangi davr va zamonaviy buyuk allomalarning fikr-mulohazalari mavjud. Ijodni o'zgacha tushunish o'rta asrlarda, avvalo, "tarix ijodi" sifatida yuzaga keladi. O'rta asr tasavvuriga ko'ra tarix -bu insonlar ilohiyni olamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Bu ijodni biror o'ziga xos va qaytarilmasligini yaratish sifatida tushunishning asosiga aylantiradi. Bunda ijod sohasi bo'lib, avvalo, tarixiy yaratuvchanlik, axloqiy va diniy amallar hisoblanadi. Badiiy va ilmiy ijod ikkinchi darajali bo'lib xizmat qiladi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2G23-yil

Ta'limga ijodiy yondoshuv - shaxsga yo'naltirilgan o'qitishni to'la amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Ijodiy tasavvurda erkinlik mavjud bo'lganligi uchun, u ixtiro bilan o'zaro bog'liqdir, chunki unda zarurat (yaratuvchanlik) jihati mavjud bo'ladi, u zakovat g'oyalari bilan va oqibatda ma'naviy olam bilan bevosita bog'liq bo'ladi.

Ijodiyot muammolarini Yozef Shelling o'rgangan bo'lib, u tasavvurning ijodiy qobiliyati ongli va ongsiz faoliyatning birligi deb hisoblagan, chunki bu qobiliyatga ega eng iqtidorli -daho-tabiat byaratishi singari mo'jizaviylik, ongsizlik kabi holatda ijod qiladi, jarayon baribir insonning sub'yektivligi holatida kichadi va demak uning erkinligiga bog'liq bo'ladi. Shellingga ko'ra, rassom va faylasufning ijodi inson hayot faoliyatining eng oliy shaklini ifoda etadi.

Tarixiy voqelikni bayon qilishda muhim bo'lgan tarixiy toponomik atamalar mazmunini tushuntira olish, tarixiy jarayon va voqealar haqida ma'lumot berishda qo'shimcha adabiyot va manbalardan foydalana olish, tarixiy-badiiy asarlar, ommaviy axborot vositalarida berilayotgan ma'lumotlardan foydalanishda va ularga munosabat bildirishda axborot madaniyatiga rioya qilish, tarixiy manbalarni mustaqil o'rganish, mavzuga oid qo'shimcha ma'lumotlar to'play olish, xulosalar chiqarish, baholash, mustaqil fikr bildirish, mavzu yuzasidan tarixiy adabiyotlarni mustaqil tanlay olish, mustaqil ishlar va taqdimotlar tayyorlay olish, o'z oilasining shajarasini tuza olish kabi muhim bo'lgan jarayon va vaziyatlar ta'lim olish davriyligida muttasil tarzda talabalarga o'rgatib boriladi. Va shu bilan birgalikda sekin-astalik bilan talabalarda tarixiy voqelikni tushunish va uni his eta olish tuyg'usini shakllantiriladi.

Jonajon vatanimiz milliy davlat mustaqilligini qo'lga kiritgandan keyin ta'lim davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylanib, ushbu sohada tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. O'zbekiston tarixini o'rganish bu boradagi markaziy sohani egallaydi. Bugun biz tarixiy bir davrda - xalqimiz o'z oldiga ezgu va ulug' maqsadlar qo'yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o'z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo'lida ulkan natijalarni qo'lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz. Tarix darsliklarini amalga oshirilgan ko'pgina mualliflik kontsepsiyalari va yondoshuvlari bugungi kundayoq o'qituvchi va o'quvchilar tomonidan qiyinchilik bilan qabul qilinmoqda. Qator holatlarda tarixiy ta'limning yaxlitlik tamoyili buzilmoqda. Mualliflik yondoshuvlarining ko'pligi o'quv kitoblarining yuqori sifatini o'z-o'zidan kafolatlamaydi.

Fan va texnika tezlik bilan rivojlanayotgan vaqtda ilmiy tushuncha va tasavvurlar hajmi ortib boradi. Bir tomondan fan va texnikaning yangi soha hamda bo'limlarining differensiyalashuvi ta'minlasa, ikkinchi tomondan esa, fanlar integratsiyasi vujudga keladi. O'z avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabi, o'zi tug'ilib, voyaga yetgan Vatani tarixini bilishga intilish har bir sog'lom fikrli insonga xos fazilatdir. Shuning uchun ham o'zlikni anglash, avvalo, tarixni bilishdan boshlanadi. Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson, haqqoniy tarixni bilmasdan turib esa, kelajakni yaratib bo'lmaydi. Shu ma'noda tarix fani o'zining oldiga quyidagi maqsad vazifalarni qo'yadi:

Tarix fanini o'qitish va uni tinglovchilarga tushuntira olish esa, quyidagi vazifalar orqali amalga oshiriladi:

- ajdodlarimizning ma'naviy me'rosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga munosib voris bo'lishga o'rgatish;

- doimo ajdodlar va ularning avlodlarga qoldirgan me'roslarini asrab-avaylashga undash;

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

- tinlovchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo'naltirish orqali ularning o'zligini anglash;

- shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar, milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;

- yetuk va malakali mutaxassis kadr bo'lish uchun albatta tariximizni chuqur o'rganish, shu bilan birgalikda tarixdan keraklicha saboq olish;

Shu yo'sinda, Respublika ta'lim tizimida "Pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish", Xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etish va ma'naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish" kabi muhim vazifalar belgilandi.

Tarix ta'limida tinglovchilar nimani bilishlari, nimani mustaqil o'qib olishlari, qanday muammolarni o'rganishlari muhim ahamiyatga ega. O'quvchilar tarixiy hodisalarning mazmunini bilishdan tashqari, tarixiy voqealarni bir-biri bilan taqqoslay olishlari, mustaqil fikr yuritib, ularga baho berishlari, voqealar mohiyatini tushuntira olishlari, yozma ifodalay olishlari zarur. Birinchi darajali voqealardan ikkinchi darajalisini farqlay olishlari, ularni ijtimoiy tahlil qilib, xulosalar chiqara olishlari har tomonlama muhimdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda tarix fanini o'rganishning asosiy maqsadi quyidagilarda ayon bo'ladi:

1) tarixni o'rganish orqali tarixiy tafakkurni shakllantirish, o'zlikni anglash, ma'naviy bo'shliqlarni oldini olish;

2) tarixiy voqea va hodisalar asosida "Tarix - xalq ma'naviyatining asosi" ekanligini singdirish;

3) vatan, millat taqdiri uchun ma'suliyat, daxldorlik, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga hurmat hissini shakllashtirish va rivojlantirish;

4) mamlakatimiz tarixi jahon tarixining bir bo'lagi ekanligini anglash orqali, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlaridan axloqiy tarbiya va ibrat olishni o'rganish;

5) har bir xalq o'z tarixini turli ta'sir va tajovuzlardan asrashi kerakligini singdirib

borish;

6) tarixiy xotirasiz kelajak yo'qligini tushuntirish; XULOSA

Umumiy tarzda xulosa qilib aytish mumkinki, tarix insoniyatning buyuk xotirasi, zero, tarixsiz kelajakka qadam bosib bo'lmaydi. Tarixdan olingan ma'lumotlar, xulosalar va faxr tuyg'usi inson uchun kelajakka qo'yiluvchi ishonchli qadam manbai bo'ladi. Ze'ro biz ushbu fikrni buyk yozuvchi Chingiz Aytmatovning "...Zamindan mahrum qilish mumkin, boylikdan mahrum qilish mumkin, hayotdan ham mahrum qilish mumkin. Lekin inson xotirasiga tajovuz qilish. chidab bo'lmas fojiadir", deb aytilgan fikri bilan asoslash mumkin.Tarixiy haqiqat va ulardan to'g'ri hulosa chiqarishdagi asosiy vositachi bu albatta, o'qituvchidir. Vaholanki, "Har bir millatning kelajagi istaymizmi-yo'qmi, o'qituvchilar saviyasiga bog'liq. Bu haqiqatni hech qachon esdan chiqarmasligimiz lozim" (Erkin Vohidov). Shunday ekan, tarixiy voqelik va uni his eta olish tuyg'usini shakllantirish orqali, biz shonli o'tmishimiz, buyuk bobokalonlarimiz va ularning jahom tamadduniga qo'shgan hissalari haqida talabalarda unkan faxr tuyg'usini hosil qilamiz. Bu boradagi ulug'vor maqsadimiz va vazifamiz doimo musharrakdir. Shunday ekan tinglovchi bilan hamohang tarzda fikr yuritish, maqbul usullar bilan tizimli tarzda zamonaviy

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

pedagogik texnologiyalar asosida mashg'ulotlarni olib boorish juda samarali hisoblanadi.bu yo'sinda pedagog sifatida avvalombor o'zimiz zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishimiz eng muhim jihatdir. Xulosa qilib aytganimizda, tariximiz va uni tinglovchilarga yetkazish, ularga chuqut hurmat hissini uyg'otish biz tarixchi pedagoglarning pedagogic mahorat va salohiyatimizga chambarchas bog'liqdir.

REFERENCES

1. Shavkat Mirziyoyev. "Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi" "O'zbekiston" T.: 2022.

2. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847-son Farmoni. 2019-yil 8-oktyabr // qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 09.10.2019-y., 06/19/5847/3887-son.

3. E.Migranova, Sh.Pozilova. Kasbiy pedagogik faoliyatga kirish. T.: "Aloqachi", 2017 y, 56 betlar.

4. R.B.Yarmatov. Bo'lajak tarix o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishda loyihalashtirishning amaliy asoslari. (O'quv qo'llanma). - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" 2022, 46 b

5. Вербицкий А.А. Гуманитарное образование в современной России // Высшее образование в России. 1996. -№1. -С. 79-84.

6. Qurbonov Sh. Ta'lim sifatini boshqarish. -T.: Turon-Iqbol, 2006. -592 b.

7. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Avtoref. dis. _ped.fan.dok. - T.: TDPU, 2007.-47 b.

8. Umarova M. va boshqalar. Pedagogikaning taraqqiyot tendentsiyalari va innovatsiyalari. - T.: TDPU, 2016 - 124 b.

9. R.B.Yarmatov. Bo'lajak tarix o'qituvchilarining kasbiy metodik tayyorgarligini takomillashtirishda loyihalashtirishning amaliy asoslari. (O'quv qo'llanma). - T.: "Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi" 2022, 94 b

10. Tulenov J., Jabborov T. Tarixiy ongni rivojlantirish -davr talabi.- T.: Mehnat, 2000. -7 b.

11. Abdullayeva D.S. Milliy tarixiy xotiraning mohiyati va rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlari (ijtimoiy-falsafiy tahlil).: Dis. ... fal.fan.nom. -T., 2006. - 115 b.

12. Begimqulov U.Sh. pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti.: Dis. ... ped.fan.dok. -T., 2007. -305 b.

13. Ibraimov X.I., M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof", 2023, 416-bet.

14. Ибраимов Х. И. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Academy. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41

15. Ibragimov, X. I., U. A. Yo'ldoshev, va X. Bobomirzayev. "Pedagogik psixologiya". O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent (2009).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.