Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING DIAGNOSTIK KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING DIAGNOSTIK KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

197
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qitish sifati / pedagogika / sotsiologiya / psixologiya / kompetentsiya / muloqatchanlik / madaniyatlilik / ishchanlik / empatiya / kvalifikatsiya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziroat Anvarovna Xolmatova

Maqolada o’rta maxsus va boshlang’ich professional ta’lim tizimida pedagogik diagnostika modelini takomillashtirish bir necha o’zaro aloqador, pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan ma’lum darajada mustaqil tushunchalarning o’zaro munosabatidan tashkil topishi tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARNING DIAGNOSTIK KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH»

IVSHO'BA. BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI TAYYORLASHDA KOMPETENSIYAVIY

YONDASHUV

BO'LAJAK O'QITUVCHILARNING DIAGNOSTIK KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARINI

TAKOMILLASHTIRISH

Ziroat Anvarovna Xolmatova

Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi mudiri,(PhD) dotsent

ziroatxon_xolmatova@gmail .com

ANNOTATSIYA

Maqolada o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim tizimida pedagogik diagnostika modelini takomillashtirish bir necha o'zaro aloqador, pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan ma'lum darajada mustaqil tushunchalarning o'zaro munosabatidan tashkil topishi tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: o'qitish sifati, pedagogika, sotsiologiya, psixologiya, kompetentsiya, muloqatchanlik, madaniyatlilik, ishchanlik, empatiya, kvalifikatsiya

Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2015 yil 25 sentyabrdagi 70 - Bosh Assambleyasida qabul qilingan 2016-2030 yillarga mo'ljallangan "Barqaror Rivojlanish Maqsadlari", O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan tasdiqlangan "2013-2017 yillarda Ta'lim sektorini rivojlantirish rejasi", O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 fevraldagi "2016-2030 yillarga mo'ljallangan "Barqaror Rivojlanish Maqsadlari"ni O'zbekiston Respublikasida amalga oshirish" to'g'risidagi 111-F-sonli Farmoyishi umumiy o'rta ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagog kadrlarning kompetentligini oshirishga me'yoriy-huquqiy asos sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur Qonun va qonunosti hujjatlarida ta'lim muassasalari tomonidan O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni talablari hamda o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'limning belgilangan davlat ta'lim standartlariga rioya etilishini nazarda tutadi. Bunda ta'limning demokpatiyalashuvi, insonpapvaplashuvi va ijtimoiylashuvi, ta'lim oluvchilapning huquqiy va iqtisodiy bilimlapi dapajasini, shuningdek o'quv japayoni samapadopligini oshipishga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, o'qitish sifati hamda mamlakatda amalga oshipilayotgan chuqup iqtisodiy-ijtimoiy islohotlap, pivojlangan

June 3

170

demokpatik davlat bappo etish talablapiga javob bepuvchi kadplap tayyoplanishini ta'minlash muhim ahamiyat kasb etishi ko'rsatilgan.

O'qitish sifatini diagnostika qilish bo'yicha tadqiqotlar kompleks xarakterga ega bo'lganligi sababli uning metodologik asoslari pedagogika, sotsiologiya, psixologiya fanlari nazariyasiga tayanadi.

O'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim tizimida pedagogik diagnostika modelini takomillashtirish bir necha o'zaro aloqador, pedagogik, psixologik va ijtimoiy jihatdan ma'lum darajada mustaqil tushunchalarning o'zaro munosabatidan tashkil topadi. Ular: o'qitish sifati, diagnostika, modelt, modellashtirish, modelni takomillashtirish tushunchalaridir.

O'qitish sifati - ijtimoiy-pedagogik hodisa bo'lib, O'zbekiston jamiyatida ta'limning holati va natijalanganligini aniqlovchi hodisadir.

O'zbekistonda o'qitish sifati ta'lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar hamda o'quv-tarbiya jarayonining pirovard natijasi sifatida doimiy nazoratdagi ustuvor vazifa hisoblanadi. Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab ta'lim mazmunini tubdan isloh qilish, tayyoplanayotgan kadplap sifatining pespublikada amalga oshipilayotgan chuqup iqtisodiy va ijtimoiy islohotlap talablapiga, shuningdek ta'lim, fan, texnika va texnologiyalap pivojlanishini ta'minlash maqsadida ilgari surilgan bosh g'oyalardan biri "Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori" sifatida qayd etilib, "Farzandlarimiz bizdan ko'ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo'lishlari shart" degan kontseptual g'oya orqali amaliyotga joriy etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida davlat ta'lim standartlari (DTS) umumiy o'rta, o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim mazmuniga hamda sifatiga qo'yiladigan talablarni belgilashi, davlat ta'lim standartlarini bajarish O'zbekiston Respublikasining barcha ta'lim muassasalari uchun majburiyligi ta'kidlangan. SHu sababli o'rta maxsus va boshlang'ich professional ta'lim pedagogik diagnostikadan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish mazkur jarayon sub'ekti bo'lmish pedagog kadrlarning kompetentsiyalari bilan bog'liq xoldagi masalalar sirasiga kiradi.

"Kompetentsiya" va "kompetentlik" atamalari o'zakdosh bo'lib, ular G'arb ilmiy adabiyotida XX asrning 60- yillarining oxiri, 70- yillarda paydo bo'ldi. "Kompetentsiya" atamasi milliy pedagogikada XX asrning 90 yillaridan e'tiboran ishlatila boshlandi. "Kompetentsiya" atamasi "pedagogik madaniyat", "kasbiy layoqatlilik", "kvalifikatsiya" atamalari bilan ma'nodosh hisoblanib kelindi.

June 3

171

ondashuvlar: muammo va yechimlar

"Kompetentsiya" - muayyan muammo va masala, hodisa borasida shaxsning bilim, tajriba, mutasaddilikka ega bo'lishi va ularni hal qilishga yetadigan salohiyati tushuniladi.

"Kompetentlik"- voqea-hodisalar, masalalar yechimi to'g'risida xabardor bo'lish, muayyan nufuzga ega bo'lishni o'zida ifoda etadi.

Ilmiy tadqiqotlarda kompetentsiya pedagogik hodisa sifatida XX asrning 70 yillaridan e'tiboran tadqiq etila boshlandi.

O'qituvchining ko'p qirrali faoliyati va uning qobiliyati, ijodkor va fidoiy bo'lishi hamda shogirdlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi dolzarb masalalardan biridir. SHu sababli zamonaviy o'qituvchilar pedagoglik kompetentsiyasiga mos bo'lishlari lozim.

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda zamonaviy o'qituvchining kompetentligini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:

- O'qituvchining kasbiy kompetentsiyasi

- O'qituvchining shaxsiy kompetentsiyasi

- O'qituvchining umuminsoniy, madaniy kompetentsiyasi

- O'qituvchining maxsus kompetensiyasi

O'qituvchining kasbiy kompetentsiyasi:

- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo'lish;

- o'z ustida tinimsiz ishlashi;

- ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o'rnata olish;

- o'quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;

- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni bilishi;

- ta'lim muhitiga yangilik kiritishi;

- o'z fanini mukammal bilishi;

- xorijiy tillarni bilishi va boshqalar.

Kasbiy kompetentsiyaning shakllanish bosqichlari:

1. O'z-o'zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;

2. O'zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;

3. O'zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.

O'qituvchining shaxsiy kompetentsiyasi:

- Muloqatchanlik;

- Bag'rikenglik;

- Etakchilik;

Faollik va tashabbuskorlik;

June 3

ondashuvlar: muammo va yechimlar

- Moslashuvchanlik;

- Sog'lom turmush tarziga amal qilish;

- Ma'suliyatlilik;

- Ishchanlik;

- Insonparvarlik.

O'qituvchining umuminsoniy, madaniy kompetentsiyasi:

- Ma'lumotlilik;

- Madaniyatlilik;

- Umuminsoniy qadriyatlarga egalik;

- Milliy madaniyatga ega bo'lish;

- Mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;

- Boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilish.

O'qituvchining maxsus kompetentsiyasi:

- Faniga doir maxsus metodlarni bilish;

- Ta'limni tabaqalashtirish;

- O'quvchilar ehtiyojini bilish;

- Turli yosh xususiyatlarini bilish;

Ta'lim-tarbiya sifatini oshirish jarayonida yangi mazmun va mohiyatga ega bo'lgan zamonaviy o'qituvchining kompetentligi yaratuvchanlik, ijodkorlikka intilish hissi bilan yo'g'rilgan.

Zamonaviy o'qituvchi ta'lim sifati va uzluksizligini ta'minlash va o'zining kasbiy darajasi va malakasini doimiy ravishda oshirib borishi, innovatsion texnologiyalardan foydalanish asosida o'quv jarayonini uzluksiz takomillashtirib borishi, kasbiy masalalarni yechishga moyil bo'lishi shart.

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda o'qituvchining ijtimoiy ko'nikmalari quyidagilarda o'z ifodasini topmoqda:

- faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish, unga ijodiy yondashish;

- o'z-o'zini namoyon qilish, vaziyatni tahlil qila olish;

- pedagogik jarayon ishtirokchilari bilan ijtimoiy muloqotda bo'lish; o'z ustida tinimsiz ishlash;

- vaziyatni baholash va muammolarni yechish, boshqaruv ko'nikmasiga ega bo'lish va boshqalar.

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va

yetarli darajasini ta'minlaydigan asosiy talablari hisoblanadi:

June 3

- pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo'lish, o'z ustida ishlash, ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash, qayta aloqani o'rnatish;

- tahsil oluvchilarda didaktik motivatsiyani shakllantirish;tahsil oluvchi shaxsining rivojlanish xususiyatlarini bilish;

- AKT va xorij tillarini o'zlashtirish va amaliyotda qo'llay olish; umuminsoniy va umummadaniy qadriyatlardan xabardor bo'lish va ulardan faoliyati mobaynida foydalanish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;

- ta'lim muhitiga yangilik kiritish, o'z fanini mukammal bilish; muloqatmandlik, bag'rikenglik, empatiyaga moyillik, yetakchilik, faollik va tashabbuskorlik, mas'uliyatlilik;

- o'z faoliyatini tahlil qilish, kompetentlik samarasini rejalashtirish, maqsad va vazifa belgilash, bashorat (prognoz) qilish, o'zini namoyon eta olish, kamchiliklarini tuzatish va boshqalar.

Ta'lim jarayonini innovatsion tashkil etishda jamiyatimiz talab etayotgan har tomonlama yetuk, komil insonni tarbiyalashda o'qituvchining o'rni beqiyosdir. Har sohada kompetent o'qituvchi bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada tahsil oluvchilarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etiladi. O'qituvchining yosh individual xususiyatlarini e'tiborga olish ta'kidlanadi. Pedagogik jarayon esa juda xilma - xil va turli tumandir. Unda pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o'qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik kompetentlikni va ijodkorlikni talab etadi.

Shu bilan birga zamonaviy o'qituvchi buyuk ma'naviy fazilatlarga ega, insoniy fazilatlarni o'zida mo'jassamlashtirgan, yetuk kadr sifatida faoliyat yuritishi talab etiladi. Hozirgi davrning bu talabi - o'qituvchilarni yuksak pedagogik mahorat va texnika ko'nikmalariga ega, pedagoglik kompetentsiya sirlaridan voqif bo'lgan, umummadaniy fazilatlarga boy shaxs sifatida ta'lim-tarbiya jarayonining ijodkori bo'lishi lozimligini isbotlamoqda.

REFERENCES:

1. "Yangi O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni.

2. Zakon Respubliki Uzbekistan «O gosudarstvennoy molodyojnoy politike». - Tashkent, 2016.

June 3

174

3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob halqimiz bilan birga qo'ramiz. -Toshkent:O'zbekiston, 2017.-488 bet

4. Mirziyoev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent:O'zbekiston, 2017.

5. Abdullaeva SH.A. Hamkorlik pedagogikasi.-Toshkent: Fan va axborot texnologiyalari, 2017.-178 bet

6. Djuraev R.X., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti. - Toshkent., "Voris-Nashriyot", 2012. - 167 b.

7.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

8.Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

9.Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

10.Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

11.Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

12.Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

June 3

175

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.