Научная статья на тему 'BO‘LAJAK IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR'

BO‘LAJAK IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

53
18
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bo‘lajak ijtimoiy ish xodimi / sanogen refleksiya / ob’ektiv omil / pedagogik omil / muloqot / moderator. / будущий социальный работник / саногенная рефлексия / объективный фактор / педагогический фактор / общение / модератор

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Murodulla Kaxramonovich Ismailov

Ushbu maqolada muallif tomonidan bo‘lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish muammosining dolzarbligi asoslangan. Shuningdek, sanogen refleksiyani rivojlantirishga ta’sir etuvchi obektiv (ijtimoiy muhit) va pedagogik omillar mazmuni haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье основана на актуальности автором проблемы развития саногенной рефлексии у будущих социальных работников. Также рассматривается содержание объективных (социальная среда) и педагогических факторов, влияющих на развитие саногенной рефлексии.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR»

BO'LAJAK IJTIMOIY ISH XODIMLARIDA SANOGEN REFLEKSIYANI RIVOJLANTIRISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR

Murodulla Kaxramonovich Ismailov

Termiz davlat universiteti Pedagogika va ijtimoiy kafedrasi dotsenti, (PhD)

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada muallif tomonidan bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish muammosining dolzarbligi asoslangan. Shuningdek, sanogen refleksiyani rivojlantirishga ta'sir etuvchi obektiv (ijtimoiy muhit) va pedagogik omillar mazmuni haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: bo'lajak ijtimoiy ish xodimi, sanogen refleksiya, ob'ektiv omil, pedagogik omil, muloqot, moderator.

АННОТАЦИЯ

В статье основана на актуальности автором проблемы развития саногенной рефлексии у будущих социальных работников. Также рассматривается содержание объективных (социальная среда) и педагогических факторов, влияющих на развитие саногенной рефлексии.

Ключевые слова: будущий социальный работник, саногенная рефлексия, объективный фактор, педагогический фактор, общение, модератор.

ABSTRACT

The article is based on the urgency of the author of the problem of the development of sanogenic reflection in future social workers. The content of objective (social environment) and pedagogical factors influencing the development of sanogenic reflection is also considered.

Keywords: future social worker, sanogenic reflection, objective factor, pedagogical factor, communication, moderator

Jahonda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar rivojida inson aql-zakovati hamda ma'naviyati jamiyatni rivojlantiruvchi muhim omil va vosita ekanligi tobora ayon bo'lib bormoqda. Bu esa, o'z navbatida erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun zarur ijtimoiy faol fuqarolar, yuksak saviyaga ega mutaxassislar, mehnat bozorida raqobatbardosh va innovatsion ta'lim muhitida hamkorlikdagi faoliyatga qodir shaxsni tayyorlash zarurati bilan

May 6, 2023

208

bog'liq pedagogik kadrlarni tayyorlash muammosini yanada dolzarblashtirmoqda. Shu sababli, mamlakat taraqqiyoti uchun yangi tashabbus va g'oyalar bilan maydonga chiqib, ularni amalga oshirishga qodir, intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak, raqobatbardosh yangi avlod kadrlarini tayyorlash, ta'lim tashkilotlari bitiruvchilari zamonaviy kasb egalari bo'lishlari uchun ularda zarur bilim va ko'nikmalarni shakllantirish [1] O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Sanogen refleksiya inson resurslarini oshirish va taraqqiy ettirishning muhim omili bo'lib, sodir bo'lgan voqea-hodisalar mohiyatini anglash, uni to'g'ri tushunish va tahlil qilish hamda kelajakda amalga oshishi mumkin bo'lgan voqealarni ob'ektiv baholash ko'nikmalarini shakllantirish orqali shaxs ongi va ruhiyatida jiddiy o'zgarishlarni tarkib toptirish, bu orqali hayotni, turmush tarzini ma'naviy isloh qilishga erishiladi. Shuningdek, sanogen fikrlash tarzi inson hayotida uni jismoniy, ruhiy, aqliy, axloqiy va ma'naviy jihatdan sog'lomlashtiruvchi kuch sifatida namoyon bo'ladi. Bu esa, bo'lajak ijtimoiy xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish zaruriyatini belgilaydi. Shaxsda sog'lom fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish murakkab jarayon bo'lib, mazkur jarayonda bir qator omillar ta'sir ko'rsatishini inobatga olish lozim.

Sanogen refleksiya muammosini pedagogik-psixologik jihatdan tadqiq etgan olima L.V.Rubsovaning fikricha "sanogen (sog'lom) fikrlash shakli turli xil tarixiy davrlarda turli darajadagi dolzarblikka ega bo'lib, u insonni tashqi olamning salbiy ta'sirlaridan muhofaza qilishning kuchli omili sifatida namoyon bo'ladi. Sog'lom fikr yuritish qobiliyatining shakllanishida shaxsning individual xususiyatlari muhim o'rin tutadi", [2, 68 b.] - deb ta'kidlasa, E.Z.Usmonovaning fikricha esa, tafakkur ijtimoiy hayot sharoitida shakllanadigan jarayon bo'lib, dastavval keng predmetli (amaliy) faoliyat tarzida namoyon bo'ladi, keyinchalik u "aqliy" xatti-harakat xarakterini oluvchi shaklga aylanadi [3, 3 b.].

Pedagog olima Sh.Shodmonova tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot ishida talabalarda mustaqillik tafakkurini rivojlantirishning pedagogik-psixologik omillari va vositalari tahliliga alohida e'tibor qaratilgan[4, 95 b.].

Professor B.Xodjayev tomonidan umumta'lim maktabi o'quvchilarining tarixiy tafakkurini rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillar uyg'un holatda o'rganilib, to'rt guruhga ajratib ko'rsatiladi: ijtimoiy-siyosiy, milliy-ma'naviy, psixologik va pedagogik [5, 59 b.]. Shu o'rinda ta'kidlab

o'tishimiz lozimki, tadqiqotchi tomonidan tasnif etilgan tarixiy

May 6, 2023

tafakkurni rivojlantirishning psixologik va pedagogik omillari bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish jarayoniga ham taalluqli hisoblanadi.

Bizga ma'lumki, inson tafakkurining rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ob'ektiv (tashqi, ijtimoiy muhit) omillar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan, bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirishda ob'ektiv omillar sifatida oila, oiladagi sog'lom tarbiya va sog'lom muhit, talabalar jamoasi, ijtimoiylashuv jarayoni kabi jihatlarga alohida e'tibor qaratish lozim (1-rasmga qarang).

Inson hayotini fikrsiz, fikrlashsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Inson tafakkurining shakllanishida ijtimoiy muhit ta'siri yuqori bo'lib, fikrlash jarayonini jamiyatga bog'liq hodisadir deyish mumkin. Tasavvur qiling: sizda biror muammo yoki masala yuzasidan fikr bor, ya'ni mustaqil, ijobiy yoki tanqidiy fikringiz bor, bu fikr sizga juda ma'qul va uni siz mantiqan asoslangan deb hisoblaysiz. Agar shunday ishonch, hattoki e'tiqod bo'lsa, siz albatta, kimlar bilandir uni o'rtoqlashish ehtiyojini sezayotganligingizni anglaysiz. Agar uning "pishib yetilganiga" biroz bo'lsa ham ikkilansangiz, bu fikrni birovga aytmay qo'ya qolish yoki juda yaqin kishingizga bildirishga harakat qilasiz. Demak, paydo bo'lgan yangi fikr insonni boshqalar bilan muloqotda bo'lish, ular bilan o'rtoqlashishga undaydi. Ayni shu jihati tafakkurning ijtimoiyligidan darak beradi.

Oiladagi sog'lom tarbiya jarayoni Oila a'zolari orasidagi munosabatlar, Oiladagi psixologik muhit, Oilaning ijtimoiy yo'nalganligi.

O' quv j arayonining tashkil etilishi, O'z-o'zini rivojlantirish uchun imkoniyatning mavjudligi, Bo'lajak mutaxassislarga qo'yilgan talab va qoidalar.

Talabalar va kursdoshlar orasidagi munosabat, Shaxslararo muloqot

uslubi, Birgalikdagi faoliyat, Ijtimoiy-psixologik qo'llab-quvvatlash Submadaniyat

1-rasm. Sanogen refleksiyani rivojlantirishga ta'sir etuvchi ob'ektiv (ijtimoiy muhit) omillar

May 6, 2023

210

p

Quyida mazkur yondashuvlarni ochib beruvchi tadqiqotchi olimlarning ilmiy xulosalarini va fikrlarini keltirib o'tamiz.

Venger sotsiologi M.Komloshi fikricha bolalarning tarbiyasi va o'qishga bo'lgan munosabatiga bevosita ta'sir qiluvchi oila muhitini yuqori baholab, oilani quyidagi guruhlarga bo'ladi: 1) ota-onalarning jamoatchilik faoliyati; 2) oila a'zolari orasidagi munosabatlar; 3) ota-onalarning tarbiyaviy-pedagogik faoliyati; 4) oilada bolalarning faoliyati.

Oila murakkab ijtimoiy guruh bo'lib, g'oyaviy va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Oila jamiyatning boshl ang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari, mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota-onalarning bola shaxsiga ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy-axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Shu jihatdan, oiladagi ijtimoiy muhit inson tafakkurining shakllanishi va rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.

Bola shaxsi va tafakkurining rivojlanishida oilaning o'rni yuqori ekanligini alohida ta'kidlagan psixolog olim G'.Shoumarov: "Baxtli bolalik bu - oiladagi quvonchu hamjihatlikning hamda ota-onalarning bolalariga g'amxo'rligining samarasidir", - deb ko'rsatib, oilalarni quyidagi toifalarga bo'ladi:

1. Ijtimoiy taraqqiyot yo'nalishidagi oilalar.

2. O'zaro ziddiyatlik yo'nalishiga ega bo'lgan oilalar.

3. Past darajadagi ijtimoiy yo'nalgan oilalar.

Birinchi toifadagi oila a'zolari ishlab chiqarishda faol, jamoatchi, madaniyatli va bolalarida ham shuni tarbiyalaydilar.

Ikkinchi toifadagi oilada umumbashariy yo'nalish uzil-kesil hal qilinmagan bo'ladi. Bunday oila a'zolari o'z istak, xohish, motivlaridan kelib chiqib "o'z aravasini o'zi tortadi" va bolalarga ta'sir o'tkazish uchun kurash ketadi.

Uchinchi toifaga mansub oilalarda ko'pgina meshchanlik udumi va ideallari hukm suradi. Oiladagi munosabatlar ta'sirida ilk bolalikdan tortib yuksak g'oyalarga, umumbashariy ishlarga sodiqlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, shaxsiy qiziqishni boshqarish xislati, qat'iylik, qadr-qimmat, samimiylik kabi yuksak insoniy tuyg'ular, kechinmalar shakllana boshlaydi.

K.P.Megrelidzening ta'kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib to'g'ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda inson tafakkuriga bog'liqdir.

Tafakkurni ijtimoiy hayotning boshqa ko'rinishlarisiz o'rganish

May 6, 2023

mumkin emas. Inson tafakkurining usullari nerv sistemasida ham, miyada ham emas, balki bir davrda mana shunday idrok etishga, o'ylashga, ishlashga, boshqa bir davrda esa nerv faoliyatini boshqacha ishlashga yo'llaydigan ijtimoiy sharoitdadir.

Tafakkurning ijtimoiy psixologik mohiyatini o'rgangan amerikalik pedagog-psixolog Dj.Dyuining fikricha: "tajriba va bilimlar fikr manbai hisoblanadi. Agar shaxs muammo bilan qisman tanish bo'lsa, u muammoni hal qilish uchun fikrlashi mumkin. Agar shaxs oldida muammo tursa-yu, bunday sharoitni o'z ichiga olgan tajriba bo'lmasa shaxsda fikrlash jarayoni qiyin kechadi" [6, 41 b.].

Djon Dyui tafakkurning rivojlanishini inson taraqqiyotining genezisi bilan bog'lab, barcha omillar orasida bolaning tashqi ijtimoiy muhitga intilish odatini muhimdir deb hisoblagan. Bola dastlab hayotiy va ijtimoiy bilimlarni oilada o'zlashtiradi. Mazkur muhitdagi shaxslararo munosabatlar va tarbiyaning to'g'ri tashkil etilganligi bolada tabiatan atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatishga bo'lgan moyilligi oshishini ta'kidlaydi.

Ijtimoiy-psixologik muammolarni tadqiq etgan olima V.Karimova o'zining qator maqola va risolalarida oila, ta'lim-tarbiya jarayoni masalalariga jamoatchilik diqqatini qaratib, uzluksiz ta'lim jarayonida amalga oshirilayotgan islohotlarda eng avvalo o'quvchilar va talabalarning mustaqil fikrlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish va bunda eng avvalo o'quv faoliyati kechadigan ijtimoiy psixologik muhitning yetakchi rolini ta'kidlaydi. "Agar bolada yoshligidanoq har bir narsa hodisaning o'ziga xos tomonlarini ko'ra olish, ijodiy yondashuv bo'lsa, demak, uning tafakkuri ijodiy, egiluvchan, moslashuvchan bo'lib, aynan shularda mustaqil tarzda mulohaza yuritish kuzatiladi" [7, 48 b.].

Demak, sanogen refleksiyani rivojlantirish uchun «muhit kerak, bu muhit albatta bolaga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Tobelikni chegaralovchi ijtimoiy psixologik muhitni auditoriyada shakllantirish uchun o'qituvchi munozara metodlaridan keng foydalanishi lozim».

Oliy ta'lim muassasalari talabalari tafakkurining rivojlanishida auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil mashg'ulotlar, mutolaa qilish muhim ahamiyat kasb etadi, jumladan har xil to'garaklarda qatnashish talabalar bilimini chuqurlashtirib, bilim doirasini kengaytiradi.

E.Z.Usmonova tafakkurning eng muhim tavsifi - bu tafakkur va nutqning eng yaqin hamda o'zaro bog'liqligidir, deb ko'rsatib o'tadi. Muallifning fikricha: «u yoki bu fikr qanchalik o'ylangan bo'lsa, u so'zlarda, og'zaki va yozma nutqda shunchalik aniq va yaxshi ifodalanadi. Aksincha, qandaydir bir fikrning so'zlar yordamida shakllanishi tushunarli

May 6, 2023

212

Uzbekistan'sdveomBm^^^^^^^m

bo'lib boradi. Agar biz o'quvchi-yoshlar tafakkurini rivojlantirishni xohlasak, unda ularning nutqini rivojlantirishimiz, ularni o'z nuqtai-nazarini himoya qilishga, ularni asoslab bera olishlikka, boshqacha nuqtai-nazarlarni eshita bilishga o'rgatishimiz kerak" [7, 44 b.].

Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirishda pedagogik omillarning yetakchiligini alohida e'tirof etish zarur. Mazkur omillar yuqorida bayon etilgan ob'ektiv omillarni o'zida birlashtirib, yaxlitlik kasb etadi. Sanogen refleksiyani rivojlantirishda talabalarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, interfaol ta'lim muhitini yaratishda talaba shaxsiga yangicha yondashuv, muloqot uslubi, o'qituvchi faoliyatini modernizatsiyalash muhim ahamiyat kasb etadi (2-rasmga qarang).

Sanogen refleksiyani rivojlantirishga ta'sir etuvchi pedagogik omillar

Talaba shaxsiga yangicha

J

. J„„l______

l

Faoliyat sub'yekti

1

f Individuallik \

1

r Hamkorlikdagi \

L. faolivat

1

r Tanlov erkinligi \

—J

1

r Maslahatchi \

I

1

< Tyutor \

4

1

( Moderator \

1

( Fasilitator \

—J

1 1

Avtoritar \ Talab

1 1

s Liberal \ Istiqbol

1 1

c Demokratik \ Rag'batlantirish va

jazolash

I

Yaxlit (uyg'un)

Ishontirish

2-rasm. Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirishning pedagogik omillari

Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiya ko'nikmalarini rivojlantirish uchun, avvalo talaba-o'qituvchi o'zaro munosabatlarini tubdan o'zgartirish, talabani ta'lim

May 6, 2023

213

Z

jarayonining faol sub'yektiga aylantirish lozim. Pedagogik jarayonda talabaning "faoliyat sub'yekti" sifatida ishtirok etishi, o'zaro hamkorlikdagi samarali faoliyat hamda interfaol ta'lim muhitining yo'lga qo'yilishi talabada erkin fikrlash, mustaqillik, ijodkorlik sifatlarining rivojlanishiga xizmat qiladi. Natijada, talabada ruhiy-emotsional qoniqish hissi paydo bo'ladi. Mazkur jarayonda o'qituvchi qanday vazifalarni bajarishi lozim?.

Interfaol ta'lim muhitida o'qituvchining maslahatchilik roliga alohida ehtiyoj tug'iladi. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida maslahatchilikka doir faoliyatning bir nechta modellari taklif etilgan: ekspert, loyiha rahbari, tashkilotchi.

Ekspert - ta'lim oluvchilar tomonidan bajarilgan ishning sifatini tekshirib, o'z tavsiyalarini bersa, loyiha rahbari - ularning ijodiy, ilmiy-tadqiqotchilik va loyiha ishlarini bajarish jarayoniga rahbarlik qiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Tashkilotchi - o'quvchilarning o'quv materiallarini mustaqil o'zlashtirishini tashkil etadi va individualligini qo'llab-quvvatlaydi.

O'qituvchining tyutorlik faoliyati deganda talabalarning individual ishiga umumiy rahbarlik qilish tushuniladi. Tyutorlik quyidagi tamoyillar asosiga quriladi: talaba shaxsiga individual yondashish; o'quv jarayonini tashkil etishga yordamlashish.

"Moderatsiya" tushunchasi italyancha so'zdan olingan bo'lib, "moderare" -"yumshatish", "mo'tadillik", "qo'lga olish" ma'nolarini bildiradi. Zamonaviy sharoitda moderatsiya deganda guruhlarda tashkil etiladigan birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyat (kollaboratsiya)ning maqsadga qaratilgan va tizimli tashkil etish texnikasi tushuniladi. Moderatsiyaning asosida guruhiy faoliyatni tashkil etishga yordam beruvchi usullardan foydalanish hamda yaxlitlikda guruh va uning har bir a'zosining salohiyatini amalga oshirish hisobiga ta'lim oluvchilarning zaruriy qaror qabul qilishiga imkon berish yotadi.

Fasilitator - dars samaradorligini oshirish maqsadida guruhlarda guruh ishini tashkil etuvchi, olib boruvchi shaxs. Mashg'ulotda reglament, norma va mashg'ulot uchun qulay sharoit yaratuvchi. Fasilitator guruhda ishni tashkil etish, uni amalga oshirish jarayonining samaradorligini ta'minlaydi. Fasilitatorning vazifalariga quyidagilar kiradi: muhokamani o'tkazish jarayonida vaqtga rioya etish; o'quvchilarga baholovchi va yo'naltiruvchi savollar berish orqali muhokama qilinayotgan mavzu doirasidan chetlashmaslikka yordam berish; o'quvchilarning bir-birlarinng fikr-mulohazalarini tinglashlariga erishish; faol

muloqot muhitini yaratish; muammoni asosli tarzda bayon etish; xulosalash; dalillar keltirish.

May 6, 20231 ©

p

Tajribali fasilitator o'qituvchi talabalarga adolatli munosabatda bo'ladi va barcha talabalar o'rtasida murosasozlikni o'rnatadi. Pedagog-fasilitator ijodkor shaxs sifatida tolerantlik, kongruentlik, konstruktivlik, refleksivlik fazilatlarini o'zida mujassam etishi lozim.

Tolerantlik - barcha talabalarga tenglik, sabr-toqatlilik, murosasozlik, bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lish.

Kongruentlik - o'quv vaziyatida yuzaga keladigan barcha kutilmagan holatlarni samimiy qabul qilish.

Konstruktivlik - qarama-qarshi, nizoli vaziyatlarni bartaraf etish, ichki va tashqi, yashirin va oshkora nizolarni tushunish.

Refleksivlik - o'z-o'zini anglash faoliyati sifatida talabalarning ichki olamini anglash, dialogik voqelik bilan bog'liqlikda o'zida qadriyatlar tizimini tarkib toptirish.

Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish o'qituvchi-talaba o'rtasidagi muloqot uslubi va pedagogik ta'sir etish vositalariga ham bevosita bog'liq hisoblanadi.

Psixologik lug'atlarda muloqot tushunchasiga ikki xil ta'rif beriladi:

1) muloqot - hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; 2) muloqot - belgilar tizimi orqali sub'ektlarning o'zaro ta'sirlashuvi.

Pedagogik muloqot deganda pedagog va tinglovchilar jamoasi o'rtasida o'zaro birgalikdagi harakatning mazmunan axborot ayriboshlashdan, o'quv-tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish va o'zaro hamjihatlikni tashkil etishdan iborat tizimi, usullari va malakalari tushuniladi.

Pedagogik jarayonda muloqotning eng keng tarqalgan uch turidan foydalaniladi: avtoritar, demokratik va liberal.

Avtoritar uslub. Ta'lim oluvchilar faoliyatiga tegishli barcha masalalarni o'qituvchi yakka o'zi hal qiladi, ular tomonidan ko'rsatiladigan barcha tashabbusni ta'qiqlaydi. Bu uslubda muloqot metodlari sifatida buyruq, ko'rsatma berish va tanbeh xizmat qiladi. Natijada shaxslararo munosabatlarda barqarorlik shakllanmaydi. Lekin, talabalar tomonidan bilimlarning yuqori darajada o'zlashtirilishi ta'minlanadi.

Demokratik uslub. Bunda o'qituvchi jamoa fikriga tayangan holda ish tutadi, faoliyat maqsadini barcha ta'lim oluvchiga yetkazishga harakat qiladi, faoliyatning kechishini muhokama qilishga barchani jalb

etadi; o'z vazifasini faqat nazorat va muvofiqlashtirish deb

May 6, 2023

bilmay, tarbiya bilan ham shug'ullanadi; barcha ta'lim oluvchilarni rag'batlantiradi va ularda o'z-o'ziga ishonchni shakllantiradi; jamoada o'z-o'zini boshqarish rivojlanadi. Mustaqil fikrlar va tashabbuslar inobatga olinadi. Shaxslararo munosabatlarda barqarorlik shakllanadi.

Liberal uslub. O'qituvchi jamoa hayotiga aralashmaslikka harakat qiladi, sust, muammolarni yuzaki ko'rib chiqadi. O'qituvchida introvertlik xususiyatlari yaqqol namoyon bo'ladi. Talabalar tomonidan bilimlar past darajada o'zlashtirilishi mumkin.

Bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyani rivojlantirish jarayoni yuqorida keltirilgan muloqot uslublaridan uyg'un holatda foydalanishni talab etadi. Chunki, o'quv topshiriqlarini o'zlashtirishda qattiqqo'llikka asoslansa, shaxslararo munosabatda muloqot shaxsiy-insonparvar yondashuv asosida tashkil etilsa hamda liberal uslubdan foydalangan holda talabalarning mustaqilligi va erkin fikrlashi uchun sharoit yaratib berilishi ijobiy yutuqlarning ko'payishiga olib keladi.

Demak, o'qituvchining pedagogik muloqot uslublaridan o'rinli va maqsadli foydalanishi o'z o'rnida talabalarning erkinligini oshirish va ijodiy ishlashlari (fikrlashlari) uchun zaruriy shart-sharoitni yaratadi.

Sanogen refleksiyani rivojlantirishda muloqot jarayonining muhim tarkibiy qismi bo'lgan pedagogik ta'sir etish metodlari mazkur jarayon samaradorligini ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchi tomonidan pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy metodlariga quyidagilar kiradi: talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, ishontirish.

Talab - pedagogik jarayonda o'qituvchining ta'lim oluvchilarga nisbatan shaxsiy munosabatlarida namoyon bo'ladi. Ta'lim oluvchining u yoki bu xatti-harakati o'qituvchi nazoratida bo'lib, ijobiy jihatlari rag'batlantirib boriladi yoki aksincha nojo'ya xatti-harakati to'xtatib qo'yiladi.

Istiqbol - ta'sirchan pedagogik usul bo'lib, talabalarda mustaqil fikr yuritishni, ma'lum bir maqsadga, orzuga erkin intilish hissini takomillashtiradi. Ushbu usul talabalarni shaxs sifatida eng muhim insoniy sifatlardan biri bo'lgan maqsadga intiluvchanlikni rivojlantiradi.

Ishontirish - talabalarga xatti-harakatlarning to'g'riligi va zarurligini, shuningdek, ayrim xulq-atvorlarning noto'g'riligini tushuntirish va isbotlashdir. Ishontirish jarayonida talabalarda yangi hayotiy zaruriy bo'lgan bilimlar hamda axloqiy sifatlar shakllantiriladi. Bular esa talabalar va ularning atrofdagilar uchun me'yor (mezon) bo'lib xizmat qiladi.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, bo'lajak ijtimoiy ish xodimlarida sanogen refleksiyaga oid ko'nikmalarni

May 6, 2023

216

rivojlantirish jarayoni ko'plab ob'ektiv, sub'ektiv va pedagogik omillar ta'sirida amalga oshirilib, bu esa o'qituvchilardan mazkur jarayonni tizimli yondashuv asosida tashkil etishni talab etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108 sonli Farmoni.

2. Рубцова Л.В. Саногенное мышление: учебно-метод. комплекс. -Новосибирск: Изд. НГПУ, 2010. - 205 с.

3. Usmonova E.Z. O'quvchilarda mustaqil tafakkurni qanday shakllantirish mumkin? - T.: TDPU, 2000. - 78 b.

4. Shodmonova Sh.S. Oliy o'quv yurti talabalarida mustaqillik tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish (Kasb ta'limi yo'nalishi misolida): Ped. fan. dok. ...diss. - T.: TDPU, 2010. - 340 b.

5. Xodjayev B.X. Umumta'lim maktabi o'quvchilarida tarixiy tafakkurni modernizatsiyalashgan didaktik ta'minot vositasida rivojlantirish: Ped.fan.dok. ...diss. - T., 2016. - 314 b.

6. Дж.Дюи "Психологическая и педагогическая мышления". - М.: 1998. C. 41

7. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboeva R.N. Mustaqil fikrlash. O'quv qo'llanma. - T.: Sharq, 2000. - 112 b.

8. Хамрокулова, Ш., & Тулишов , Г. (2023). ОИЛА - ИЖТИМОИЙ ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ СУБЪЕКТИ. Results of National Scientific Research International Journal, 2(1), 291-296.

May 6, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

217

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.