Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA TASHQI SIYOSAT (XALQARO VA MILLIY TAJRIBA)
Mafura Muxtorxanovna Inagamova
Toshkent davlat transport universiteti dotsent (PhD), dotsent
Firdavs Toxir o'g'li Karimov
Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi
Bosh qomusimiz mamlakatimiz huquq tizimlari orasida yetakchi o'rinda turadi. Komstitutsiyamizda «Tashqi siyosat»ga bag'ishlangan bo'lib unda mamlakatimiz tashqi siyosati xalqaro jahon andozalariga moslashtirilgan bo'lib, yurtimiz xalqaro munosabatlarning to'la huquqli subyekti ekanligi, dqavlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik, chegaralar buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan boshqa prinsip va normalariga asoslanadi deb bayon etilgan. [1]
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, mamlakatimiz xalqaro tashkilotlar bilan ikki va ko'p tomonlama munosabatlarni har taraflama rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshiradi.
Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi dunyoning 130 dan ortiq davlatlari bilan diplomatik, aloqalar o'rnatgan. Toshkentda 44 ta chet el elchixonalari, 1 ta bosh konsullik, 8 ta faxriy konsullar, 12 ta xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, 13 ta xorijiy xalqaro hukumatlararo va hukumat tashkilotlari vakolatxonalari 1 ta diplomatik maqomga ega savdo vakolatxonasi faoliyat ko'rsatmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda va xalqaro tashkilotlarga O'zbekiston Respublikasining 55 ta diplomatik va konsullik vakolatxonalari mavjud. O'zbekiston 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo'lib, mamlakatimiz turli xil ko'p tomonlama hamkorlik tuzilmalari bilan o'zaro sherikchilik aloqalarini rivojlantiradi. [2]
O'zbekiston Respublikasi davlatning, xalqning oliy manfaatlaridan, uning farovonligi va xavfsizligidan kelib chiqqan holda ittifoqlar tuzishi, hamdo'stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi hamda ulardan chiqishi mumkin.
Mamlakatimiz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi tashkilotlari bilan ushbu tuzilmalarning mexanizmlaridan zamonaviy muammolar va tahdidlarga qarshi kurashishda, ko'p
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
186
Tashkent State Technical University
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo
tomonlama hamkorlikni rivojlantirishda samarali foydalanish maqsadida o'zaro sherikchilikni yanada rivojlantiradi.
Shuningdek, xalqaro moliya institutlari bilan, shu jumladan, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Yevropa investitsiya banklari bilan energetika, transport, qishloq xo'jaligi, uy-joy qurilishi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha yangi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlikni faollashtirish uchun barcha sa'y-harakatlarni olib boradi. [3]
So'nggi yillarda mamlakatimizda xalqaro institutsional hamkorlikka, xususan Birlashgan Millatlar tashkiloti va uning ixtisoslashgan tashkilotlari, mustaqil davlatlar hamdo'stligi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida ko'p tomonlama aloqalarni mustahkamlasjga ham ustuvor ahamiyat berilmoqda.
Mazkur xalqaro institutlar doirasida qabul qilinayotgan transport va logistika, intellektual mulk huquqi, mehnat huquqi, atrof-muhitni muhofaza qilish, huquqiy yordam ko'rsatish kabi masalalarni ham rivojlantirib bormoqda.
Xalqaro tajriba jihatidan qaraydigan bo'lsak, davlatlarning hududiy yaxlitligi prinsipi dastlab, Birlashgan Millatlar Tashkiloti ustavida, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning hujjatlarida takomillashtirilgan. Shunga o'xshash normalar Germaniya, Fransiya, Ozarbayjon, Bolgariya, Qozog'iston kabi davlatlar konstitutsiyalarida mavjud. [4]
Tashqi siyosatimizning bosh ustuvor yo'nalishi Markaziy Osiyo mintaqasidir. O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi siyosati mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga, mintaqaviy xavfsizlikning muhim muammolarini hal etishga, shu jumladan, Afg'onistondagi vaziyatni hal qilishga ko'maklashishga qaratilgan.
Yurtimizda mintaqaviy savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, mintaqaning transport va tranzit infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarining suv-energetika resurslaridan oqilona va kompleks foydalanish hamda mintaqaning ekologik barqarorligini ta'minlash, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish jarayonini yakuniga yetkazish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiradi. O'zbekiston mintaqa davlatlari bilan do'stona va ahil qo'shnichilik munosabatlarini mustahkamlashdan, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishdan, parlamentlar, chegara hududlari, jamoat tashkilotlari va oddiy fuqarolar o'rtasidagi aloqalarni kuchaytirishdan manfaatdor.
Civil Society and a People-Friendly State
etishning huquqiy kafolati
https://tstu.uz/
Republican Scientific and Practical Conference
December 1-7, 2023
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
O'zbekiston Hamdo'stlik mamlakatlari bilan tenglik, o'zaro foydalilik, bir-birining manfaatlarini hurmat qilish va e'tiborga olish tamoyillari asosida ikki tomonlama hamkorlik munosabatlarini qurishni davom etadi. Yettita ustuvor yo'nalishdan iborat "Taraqqiyot strategiyasi" va uni 2022-yilda amalga oshirish bo'yicha "yo'l xaritasi" loyihasida "ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish"ga oid bir qator strategik maqsadlar va vazifalar belgilangan.
Xususan, Taraqqiyot strategiyasida birinchidan, O'zbekistonning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt sifatidagi rolini oshirish; ikkinchidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori bosqichga olib chiqish; uchinchidan, an'anaviy hamkorlar bilan munosabatlarni yanada rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib, iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish; to'rtinchidan, BMT organlari va institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi faoliyatni kuchaytirish; beshinchidan, jahon savdo tashkilotiga a'zo bo'lish va Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish; oltinchidan, jahon hamjamiyati auditoriyasida mamlakatimiz imijini oshirishga qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish; yettinchidan, tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish.[5]
O'zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O'zbekistonning chet ellardagi fuqarolariga xizmat ko'rsatish tizimini takomillashtirish kabi aniq va muhim strategik maqsadlar o'z aksini topgan. "O'zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to'la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yo'l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga hamda xalqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi. O'zbekiston barcha davlatlar bilan do'stona va tinchliksevarlik tashqi siyosat olib boradi" [6]
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam konstitutsiyamiz yuqorida keltirib o'tilgan moddalaridagi o'zgarishlar davlatimizning xalqaro hamjamiyat oldida ishonchli sherik sifatida maqomini kuchaytirish, hamda tinchlik va xalqaro xavfsizlikni saqlash va musthkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu ishlarning barchasi yurtimizning ertangi kuni
1-7, 2023
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State
Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati
farovonligi biz fuqarolarni turmush darajamizni oshirish uchun amalga oshirilayapti. REFERENCES
1. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son
2. M.M. Inagamova. R.I.Rahmatullayev. Konstitutsiya kelajagimizning huquqiy kafolatidir / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1
3. https://uzbekistan.org.ua/uz/o-zbekiston-respublikasi-tashqi-siyosati.html
4. https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-ozining-tashqi-siyosat-tamoyillariga-sobit 336483
5. M.M. Inagamova. M.E.Fahriddinov. Konstitutsiya - inson qadri va adolat ustuni / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1 https://tstu.uz/. Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life. Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022. 324-329-b.
6. Abrorjon Otajonov, Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali direktori, professor O'zA https://uza.uz/oz/posts/ozbekiston-tashqi-siyosatda-dostona-va-tinchliksevar-davlat 388104
7. Маликов, Б. К (2021). ШАРК МУТАФАККИРЛАРИНИНГ ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИГА ДОИР СИЁСИЙ КАРАШЛАРИ. Scientific progress, 7(4), 207-212.
https://tstu.uz/
December 1-7, 2023 Republican Scientific and Practical Conference
189