Научная статья на тему 'DAVLAT TASHQI SIYOSATIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING ROLI'

DAVLAT TASHQI SIYOSATIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING ROLI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
66
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Siyosiy / demokratik / iqtisodiy / diplomatik / davlat / jamiyat / tajriba / globallashuv / xorijiy / islohot. / Political / democratic / economic / diplomatic / state / society / experience / globalization / external / reform.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Saliyeva, Muhabbat

Ushbu maqolada davlat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo'lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni va demokratik o'zgarishlarni muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligining oshishini ta'minlash maqsadida eng muhim omil, Ochiq tashqi siyosatning faollashuvida o'ziga xos o'zbek tajribasi haqidagi manbalar taqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF PUBLIC COMMUNICATION IN FOREIGN POLICY

In this article, the effective continuation of the foreign policy and foreign economic path of the state is the most important factor in the successful implementation of large-scale reforms and democratic transformations in the country, in order to strengthen the country’s prestige in the international arena and ensure growth in the well-being of the population.

Текст научной работы на тему «DAVLAT TASHQI SIYOSATIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING ROLI»

о

DAVLAT TASHQI SIYOSATIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYANING ROLI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10366669

Filol.f.n. Muhabbat SALIYEVA,

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 97 714-24-90; Email: [email protected]

Annatatsiya. Ushbu maqolada davlat tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo 'lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni va demokratik o'zgarishlarni muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlash va aholi farovonligining oshishini ta'minlash maqsadida eng muhim omil, Ochiq tashqi siyosatning faollashuvida o'ziga xos o'zbek tajribasi haqidagi manbalar taqiq etilgan.

Kalitso'zlar. Siyosiy, demokratik, iqtisodiy, diplomatik, davlat, jamiyat, tajriba, globallashuv, xorijiy, islohot.

Аннотация. Ушбу мацолада давлат ташци сиёсий ва ташци ицтисодий йулнинг самарали давом эттирилиши мамлакатда кенг куламли ислоуотларни ва демократик узгаришларни муваффациятли руёбга чицаришда, халцаро майдонда мамлакат нуфузини мустаукамлаш ва ауоли фаровонлигининг ошишини таъминлаш мацсадида энг мууим омил, Очиц ташци сиёсатнинг фаоллашувида узига хос узбек тажрибаси уацидаги манбалар тациц этилган.

Калит сузлар. Сиёсий, демократик, ицтисодий, дипломатик, давлат, жамият, тажриба, глобаллашув, хорижий, ислоуот.

Аннотация. В данной статье эффективное продолжение внешнеполитического и внешнеэкономического пути государства является важнейшим фактором успешной реализации масштабных реформ и демократических преобразований в стране, в целях укрепления престижа страны на международной арене и обеспечения рост благосостояния населения.

Ключевые слова. Политическое, демократическое, экономическое, дипломатическое, государство, общество, опыт, глобализация, внешнее, реформа.

Annotation. In this article, the effective continuation of the foreign policy and foreign economic path of the state is the most important factor in the successful implementation of large-scale reforms and democratic transformations in the country,

in order to strengthen the country's prestige in the international arena and ensure growth in the well-being of the population.

Keywords. Political, democratic, economic, diplomatic, state, society, experience, globalization, external, reform.

Globallashuv jarayonlari va axborot kommunikatsiya vositalarining misli ko'rilmagan rivoji davlatlarning o'zaro hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga kuchli turtki bo'lmoqda. Millatlararo munosabatlar sohasidagi kontseptsiya siyosiy diplomatik sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga doir "yo'l xarita"larini O'zbekistonning xorijiy savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlantirish va kengaytirish davrning bosh mezoni darajasiga ko'tarildi. Siyosiy va tashqi iqtisodiy aloqalarni ta'minlab beruvchi davlat organlari tizimi shakllantirildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga taqdim etgan navbatdagi Murojaatnomasida "Demokratik islohotlar yo'li - biz uchun yakkayu yagona va eng to'g'ri yo'ldir"[1] deb ta'kidlagan. Davlat rahbarining parlamentga Murojaatnomasi - dasturiy siyosiy-huquqiy xujjatdir. Ushbu murojaatnomada Prezidentning mamlakatni yaqin istiqbolda rivojlantirishga doir strategik yo'nalishlar bo'yicha nuqtai nazari bayon qilinadi.

Murojaatnomada siyosiy, iqtisodiy, g'oyaviy mafkuraviy qoidalar bilan bir qatorda, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatiga taalluqli aniq takliflarni ham o'zida aks ettiradi. Shuningdek, Prezidentning parlamentga Murojaatnomasi jahon konstitutsiyaviy amaliyotida hokimiyat vakillari bo'linishi printsipini ta'minlashga qaratilgan muhim huquqiy institutdir. Yana shuningdek, Murojaatnomada davlatimiz rahbari so'nggi uch yilda turli nufuzli xalqaro tashkilotlarda qaryib 30 ta tashabbus bo'yicha BMT Assambleyasining rezolyutsiyalari qabul qilindi.

ShHT doirasida O'zbekiston Prezidentining 8 ta xalqaro tashabbusi amalga oshirildi. Xuddi shunday 10 dan ziyod muhim tashabbuslar YuNESKO, MDH, IHT, TURKSOY, Markaziy Osiyo mintaqasida ilgari surildi. Davlat rahbari ta'kidlaganidek, "biz O'zbekiston tashqi siyosatini faollashtirish yuzasidan boshlagan keng ko'lamli ishlarni, milliy manfaatlarimizga javob beradigan, ochiq progmatik va chuqur o'ylagan tashqi siyosat kursini davom ettiramiz. Olis va yaqindagi barcha davlatlar bilan sheriklikni yanada kuchaytiramiz" [2], deyiladi manbada.

Murojaatnoma asosan huquqiy kommunikatsiya nuqtai nazaridan o'rganadigan bo'lsak, quyidagi to'rtta ustuvor masalalarga e'tibor qaratilganligi e'tiborimizni tortadi, "Birinchidan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohada o'zaro do'stlik, yaxshi qo'shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va

mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqishimiz zarur. Ikkinchidan, Rossiya federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Amerika Qo'shma Shtatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Yevropa ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat beramiz.

Uchinchidan, Birlashgan Millatlar tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy kengash va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida, ko'p tomonlama hamkorlikni jadallashtirishni davom ettirishimiz zarur.

To'rtinchi, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida faoliyatimiz samarasini yanada oshirishimiz zarur. O'zbekistonning 2020 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga raislik qilishi biz uchun tarixiy ahamiyatga ega"[3]. Bugungi kunda, Shanxay hamkorlik tashkiloti bilan munosabatlarni rivojlantirish O'zbekiston tashqi siyosatining muhim yo'nalishi bo'lib qoladi. Bundan tashqari, "joriy yilda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi, Markaziy Osiyo, Yevropa Ittifoqi va Osiyo mamlakatlari bilan oliy darajadagi ikki va ko'p tomonlama tadbirlar yilning bosh mezoni bo'lib turibdi" [4].

Xalqaro munosabatlarda davlatlararo diplomatik aloqalar asosiy o'rinni egallaydi. Bundan tashqari davlatlararo xarakterga ega bo'lmagan xalqaro aloqalarga - yuridik va jismoniy shaxslar (xorijiy yoki xalqaro elementlar), shuningdek xalqaro hukumatga tegishli bo'lmagan va xalqaro xo'jalik tashkilotlari orasidagi aloqalar misol bo'la oladi. O'zbekiston -xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub'ekti deganda konstitutsiyaviy qoidalarni nazarda tutgan holda, O'zbekiston Respublikasining hozirgi dunyodagi o'rnini bildiribgina qolmay mamlakatimizning haqiqatdan ham xalqaro hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini ko'rsatadi.

-O'zbekiston suveren davlat sifatida zamonaviy xalqaro huquqning umume'tirof etilgan printsiplari va normalari va o'zi qo'shilgan xalqaro shartnomalar bilan bog'liq bo'lib, davlatimizning roziligisiz boshqa majburiyatlar zimmamizga yuklatilishi mumkin emasligi;

-O'zbekiston xududida davlat hokimiyati chegaralanmagan va xalqaro huquqning hech qaysi bir sub'ekti bunga aralashish huquqiga ega emas, o'zining xududidan tashqarida u o'z hokimiyatini faqat boshqa manfaatdor davlat roziligi bo'lgandagina amalga oshirishi mumkinligi;

- O'zbekiston xalqaro huquqning boshqa sub'ektlari bilan diplomatik aloqalarni amalga oshirib, ikki tomonlama va ko'p tomonlama xalqaro shartnomalarni tuzib, davlatlararo munosabatlarda bevosita qatnashishi kabi masalalarda o'ziga xos strategik tamoyillarga asoslangan holda rivojlanadi deyish mumkin.

"Mustaqillik yillarda O'zbekiston 120 dan ziyod davlat bilan diplomatik aloqalarni o'rnatdi. Toshkentda 35 ta davlat elchixonasi ochildi. 19 ta davlat elchilari esa O'zbekiston Respublikasida o'rindoshlik asosida faoliyat yuritmoqda. Respublikada 88 ta xorijiy vakolatxonalar akkreditatsiyadan o'tgan, 24 ta hukumatlararo va 13ta xukumat tashkilotlari faoliyat olib bormoqda" [5].

Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy yo'lning samarali davom ettirilishi mamlakatda keng ko'lamli islohotlarni va demokratik o'zgarishlarni muvaffaqiyatli ro'yobga chiqarishda, xalqaro maydonda mamlakat nufuzini mustahkamlashda va aholi farovonligining oshishini ta'minlashda eng muhim omil hisoblanadi.

Ochiq tashqi siyosatning faollashuvi natijasida xorijiy mamlakatlar bilan ko'p qirrali va o'zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashda salmoqli natijalarga erishilganligi e'tirofga loyiq, "Respublika konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, xududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro'yobga chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil etish va rivojlantirish, millatlararo munosabatlar sohasidagi siyosatning ustuvor yo'nalishlari kontseptsiyasini ishlab chiqish bilan birga xorijiy hamkorlikni rivojlantirishga doir "yo'l xarita"larini ishlab chiqilganligi"[6] kabi masalalar bugungi davlat boshqaruvida bosh mezon bo'lib turganligi tadqiqotimizning asosiy nuqtai nazarida aks etadi.

XXI asrda insoniyat taraqqiyotning axborot bosqichiga qadam qo'yar ekan, har bir sohani modernizatsiyalash va axborotlashtirishni taqozo etayotganligi hech kimga sir emas. Shunday ekan, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining inqilobiy ta'siri davlat tuzilmalari va fuqarolik jamiyati institutlari, iqtisodiy va ijtimoiy soha, ilm-fan va ta'lim, madaniyat va odamlarning turmush tarzida kuzatilmoqda. Davlatimiz mazkur jarayonlardan chetda qolayotgani yo'q, aksincha global axborot jamiyatini shakllantirishda faol ishtirok etmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan raqamli texnologiyalar ta'sirida davlat hokimiyati organlari faoliyatining shakli va mazmuni tubdan o'zganmoqda, "davlat boshqaruvining innovatsion tizimi-elektron hukumat tizimi tashkil etildi, bu bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi" [7]. Demokratik boshqaruvning tartib tamoyillari takomillashib bormoqda. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatni mamlakat hayotidagi, islohotlarni amalga oshirish borasida qo'lga kiritgan yutuqlar to'g'risida xabardor qilish, aholining axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirib borishga bo'lgan zarurat dolzarbligini e'tirof etish lozim. Bu jihatdan olib qaraganda, O'zbekiston tashqi siyosiy maqsad hamda vazifalarga erishishda xalqaro axborot resurslaridan keng foydalanish hamda gumanitar, madaniy, ilmiy, xalq diplomatiyasi va boshqa xalqaro hamkorlik usullarini faol ravishda qo'llash amalda O'zbekiston

Respublikasining muhim siyosiy va diplomatik vositalari qatoridan o'rin olmoqda" [8]. Zamonaviy axborot asrida boshqa jabhalarda kuzatilgani kabi diplomatik xizmat sohasida ham muvaffaqiyatga erishish ma'lum darajada zamonaviy AKT imkoniyatlarini samarali o'zlashtirish va ularni amalda maqsadli qo'llashni taqozo etadi. Bu esa, o'z navbatida, diplomatik soha vakillari oldida axborot texnologiyalarini o'z faoliyatlariga moslashtirib borish bilan bog'liq zaruriyatni yuzaga keltiradi. Raqamli diplomatiya tobora xorijiy jamoatchilik bilan faol kommunikativ aloqa o'rnatish vositasiga aylanib bormoqda. "Twitter", "Facebook", "Linkedln", "Flickr", "You Nube" kabi virtual makonda faoliyat ko'rsatuvchi platformalar diplomatik soha vakillariga ular tegishli bo'lgan davlatning xalqaro maydondagi tashqi siyosiy sa'y-harakatlari bilan bog'liq xabarlarni Tashqi ishlar vazirligi va xorijdagi diplomatik vakolatxonalar Internet tarmog'idagi kommunikativ kanallar orqali ortiqcha xarajatlarsiz keng jamoatchilik e'tiboriga havola qilish imkoniyatini yaratadi.

Shuni ham alohida ta'kidlash joizki, ijtimoiy media tarmoqlari zamonaviy diplomat ixtiyorida mavjud bo'lgan vositalardan biriga aylanib ulgurdi. Mazkur raqamli texnologiyalar zarur va xolis axborot olishda muhim manba bo'lishi bilan birga, tor va keng doiralarda davra suhbatlari va virtual konferentsiyalar tashkil etishda ham o'ziga xos platforma vazifasini bajaradi. Bunda muxokama uchun istalgan mavzuga murojaat qilish mumkin.

Davlat va nodavlat sub'ektlari ko'magida faol axborot tashviqot ishlari va xalqaro axborot almashinuv dasturlarini olib borish hamda milliy madaniyatning betakror jihatlarini xalqaro maydonda namoyish qilish orqali xorijiy jamoatchilik bilan aloqalar o'rnatishda tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar tizimidagi institut sifatida e'tirof etilgan jamoat diplomatiyasining roli beqiyos. Raqamli diplomatiya, o'z navbatida mazkur mexanizm bilan uyg'unlashgan bo'lib, bu narsa, avvalo, virtual makonda keng jamoatchilik fikrini o'rganish, uni shakllantirish va mamlakat haqida xorijiy davlatlarda ijobiy axborot muhitini yaratish orqali xorijiy jamoatchilik bilan uzoq muddatga mo'ljallangan hamda ishonch asosida qurilgan munosabatlarni yo'lga qo'yishda yorqin namoyon bo'ladi.

Shu tariqa raqamli diplomatiya bugungi kunning raqamli texnologiyalariga tayangan holda xorijiy jamoatchilik fikri va kayfiyatini monitoring qilib borish, jamoatchilikning axborotga bo'lgan ehtiyojini qondirish va ubilan faol muloqotga kirishish orqali davlatning tashqi siyosiy manfaatlarini ilgari surishga qaratilgan.

Zamonaviy davlat iqtisodiy imkoniyatlari tizimini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri tashqi siyostda ommaviy huquqiy kommunikatsiyaning turli shakllaridan unimli foydalanish orqaligina amalga oshiriladi.

Mazkur muammoni tadqiq etishda amaliy va fundamental jihatlarning o'zaro yaqin aloqadorligi ushbu institutni o'rganishga kompleks tarzda yondashishni taqozo etadi.

Davlatlar tashqi siyosatini tartibga solishdagi o'rnini aniqlashda xalqaro huquqning ustuvorligi, hozirgi kunda shak-shubhasiz e'tirof etiladi: "tashqi siyosat va diplomatiya davlatlararo muloqotning yagona mushtarak tili bo'lgan xalqaro huquqqa zid bo'lmasligi kerak. Xalqaro huquq davlatning tashqi siyosatiga va uning diplomatiyasiga bevosita ta'sir qiladi" [9] deyiladi manbada.

O'zbekiston tashqi siyosatining asosiy maqsadi davlat suverenitetini himoya qilish, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yordam beruvchi xalqaro sharoitlarni yaratish, tinchlik, xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlash maqsadida barcha davlatlar bilan o'zaro manfaatli hamkorlikni o'rnatishdan iborat.

O'zbekiston tashqi siyosatida ochiqlik printsipini turli xil mafkuraviy qarashlardan xoli ravishda amalga oshirishi tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni kengaytirishga intilishi bilan dunyo miqiyosida keng katta hurmatga sazovor bo'lib borayotganligi hech kimga sir emas.

Bugungi kunda O'zbekiston jahon hamjamiyatida o'zining mustaqil ovoziga ega bo'lgan davlat darajasiga ko'tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'ldi. Zamonaviy rivojlanish jarayonlarni tushunish zaruriyati ilmiy siyosiy bilimlarning jadal rivojlanishiga va O'zbekistonga nisbatan yangicha ilmiy intizom va siyosiy-huquqiy tizimining institutsional rivojiga olib keldi.

Mamlakat huquqiy tizimi va siyosiy hayotidagi o'zgarishlar dunyo olimlarida qiziqish uyg'otdi. Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida muhim ajralib turadigan xususiyat, sharqona milliylik va o'ziga xos tartib intizom, hamda demokratik jarayonlarda, adolatli davlat boshqaruvi o'z ifodasini topgan. Shu o'rinda aytish kerakki, O'zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati Kontseptsiyasida quyidagilar keltirib o'tilgan: "Globallashuv hamda hozirgi dunyoda vaziyatning shiddat bilan o'zgarishi, siyosiy va iqtisodiy kuchlar joylashuvida ro'y berayotgan o'zgarishlar, mintaqada hamda O'zbekistonning shundoq yonginasida tahdidlarning, terrorchilik ko'rinishidagi xavf-xatarlar va keskinlikning kuchayishi xalqaro va mintaqaviy voqeylikka o'z vaqtida munosib javob qaytarish maksadida davlat tashqi siyosatining kontseptual asoslarini takomillashtirishni taqozo etmoqda. Birinchi navbatda, milliy xavfsizlikni yanada mustahkamlash uchun imkon qadar qulay tashqi sharoitlar yaratib berish, iqtisodiyotning yuqori sur'atlarda o'sishini saqlash, mutanosib va barqaror rivojlanishini ta'minlash, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat qurish, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish yo'lidagi izchil harakatlarni muvaffaqiyatli davom ettirish zarur"[10] . Milliy manfaatlarni himoya qilish bo'yicha davlat tashqi siyosati mexanizmining

butun sa'y-harakati ijtimoiy-iqtisodiy integratsion jarayonlarda milliy, mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlashda o'z ifodasini topadi.

Jahon miqiyosida, raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr xalqimizdan yangicha ishlash, yangi g'oyalar, yuqori darajadagi safarbarlikni talab etmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev shunday e'tirof etadi: "Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obro'si tobora ortib bormoqda. Barcha qo'shnilarimiz bilan do'stona va o'zaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi" [11].

Ma'lumki, davlatning tashqi siyosiy faoliyati uning ijtimoiy taraqqiyotiga katta ta'sir ko'rsatadi. Aniq maqsadga qaratilgan tashqi siyosat iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy salohiyatining o'sishiga ko'maklashadi. Jamiyatni yangilash va tubdan isloh qilishning ustuvor shart-sharoitlaridan biri sifatida bugungi kunda huquqiy tizimga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu jarayonlarning jamiyatga tadbiq etilishi, huquqiy kommunikatsiya tizimining yaxshi tashkil bo'lishiga bog'liqdir.

O'zbekiston Respublikasi jahon siyosiy xaritasida, Osiyo qit'asining markazida borgan sari ko'proq ko'zga tashlanmoqda. O'zbekistonda yuz berayotgan demokratik o'zgarishlar, uning ulkan tabiiy boyliklari, ishlab chiqarishi, ilmiy-texnikaviy va aqliy salohiyati nafaqat siyosatchilar, biznesmenlar, olimlarning balki o'zbek xalqining tarixi va hozirgi hayoti bilan qiziquvchi jahonning barcha burchaklaridagi oddiy kishilarning ham e'tiborini tortmoqda.

Bugungi kunda O'zbekistonning tashqi siyosati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida mustahkamlab qo'yilgan asosiy huquqiy tamoyillarga va Konstitutsiyamizga, mamlakatimiz o'z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga to'liq mos holda amalga oshirilmoqda. Xalqaro tashkilotlarning roli va ahamiyati tobora ortib borayotganligi, xalqaro iqtisodiy tashkilotlar faoliyatining jahon iqtisodiyotida chuqur ixtisoslashuvdagi ommaviy kommunikatsiyaningroli katta ahamiyatga ega.

Davlat tashqi siyosatida Ommaviy kommunikatsiyaning roli nihoyatda rivojlanib bormoqda, misol tariqasida aytadigan bo'lsak, davlat rahbarining O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish sohasidagi ma'ruzalarini butun dunyo xalqlari oliy toifadagi rahbarlar tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgani, O'zbekistonga qanchalik ishonch bilan qaralayotgani, ularning bildirayotgan fikrlaridan ham aytish mumkinki, bu ommaviy kommunikatsiya tizimida huquqiy tarmoqlarning ahamiyati katta rol o'ynaydi. Adolatli boshqaruvni joriy qilish va tushuntirish, huquqiy targ'ibot tartibi va u bilan shug'ullanadigan shaxslarga baho berishda huquqiy kommunikatsiyaning o'rni alohida ahamiyatlidir.

Xulosa sifatida aytadigan bo'lsak, O'zbekiston, xalqaro tashqi hamkorlikdagi o'zining milliy xuquqiy kommunikatsiya tizimiga ega bo'lgan, adolatparvar siyosatida, Sharqona xarakterdagi Konstitutsiya qonunlariga asoslanadi. Bu sohada xalqaro siyosiy huquqiy kommunikatsiya tizimining yaxshi rivojlanishi katta ahamiyatga ega.

Huquqiy ommaviy kommunikatsiya - bu jamiyat yoki uning tarkibidagi guruhlarning kollektiv maqsadlarini ifoda yetuvchi va amalga oshiradigan institutlar, parlament, byurokratiya va sudlar Siyosiy huquqiy kommunikatsiya tizimi ichki va xalqaro muhit ta'sirida shakllanadi va o'z navbatida uni shakllantiradi.

O'zbekiston jahon hamjamiyatida o'zining mustaqil ovoziga ega bo'lgan davlat darajasiga ko'tarildi va nufuzli xalqaro tashkilotlarga a'zo bo'ldi. Dunyodagi sanoati rivojlangan yetakchi mamlakatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o'rnatildi. Ikki tomonlama manfaatli aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.

O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining Konstitutsiyaviy printsiplari davlat tashqi siyosati sohasini tartibga solib turuvchi huquqiy normalar guruhining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Umuman olganda, bu guruh tashqi siyosiy munosabatlarning bevosita O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining o'zida, shuningdek, xalqaro huquq manbalarida aks etgan printsiplar va normalardan iborat konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

[1] - Саидов А.Х. Демократик ислохотлар йули - биз учун яккаю ягона ва энг тугри йулдир. Демократлаштириш ва Инсон хукуклари журнали. 2020 йил. № 1-сон. 1 (85), -Б.5.

[2] -[3] - Мирзиёев Ш.М. Мурожаатнома. 2020 йил 24 январда Олий Мажлис Сенати ва ^онунчилик палатасига такдим этган навбатдаги Мурожаатномаси.

[4] - Саидов А.Х. Демократик ислохотлар йули - биз учун ягона ва энг тугри йулдир. Демократлаштириш ва инсон хукуклари Журнали. 2020 йил №1-сон 1(85) -Б.5.

[5] - Саидов А.Х.,Абдусаломов М.Ю.,Акромхужаев Б.Т., Алимов С.Т. Узбекистон Республикаси Конституциясига шарх. -Т.: "Узбекистон" 2001. -Б.64.

[6] - ^аранг: Узбекистон Республикаси Президентининг "Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича харакатлар стратегияси тугрисида"ги фармони. -Т.: "Адолат", 2017. -Б.36.

[7] - Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги "20172021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор

йуналиши буйича Хдракатлар стратегияси тугрисида"ги ПФ-4947-сонли Фармони //Lex. uz

[8] - 2012 йил 10 сентябрдаги "Узбекистан Республикасининг ташки сиёсий фаолияти Концепциясини тасдиклаш тугрисида"ги УР^ -330-сонли

[9] - Международное право. Отв.ред. Ю.М. Колосов. -М.: Международное отношения, 2000. - с. 14.

[10] - Узбекистан Республикасининг Ташки сиёсий фаолияти концепцияси // Узбекистан Республикаси Олий Мажлиси ахборотномаси. - Т., 2012. - № 9/1 (1437). - 239-м.

[11] - Мирзиёев Ш.М. Нияти улуг халкнинг иши хам улуг, хдёти ёруг ва келажаги фаровон булади. Т.3. -Т.: "Узбекистан", 2019. - Б.7-8.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.