Научная статья на тему 'MIGRATSIYA SOHASINI SAMARALI BOSHQARISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING TUTGAN O‘RNI'

MIGRATSIYA SOHASINI SAMARALI BOSHQARISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
541
162
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
migratsiya / migrant / davlat / inson / BMT / XMT / xalqaro tashkilot.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Sh.U. Aminov

Ushbu maqola migratsiya sohasini boshqarishda xalqaro tashkilotlarning o‘rni, tavsiyalari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahliliga bag‘ishlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MIGRATSIYA SOHASINI SAMARALI BOSHQARISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING TUTGAN O‘RNI»

MIGRATSIYA SOHASINI SAMARALI BOSHQARISHDA XALQARO TASHKILOTLARNING TUTGAN O'RNI

Sh.U. Aminov1

Ushbu maqola migratsiya sohasini boshqarishda xalqaro tashkilotlarning o'rni, tavsiyalari, shuningdek O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi tahliliga bag'ishlangan.

Kalitso'zlar: migratsiya, migrant, davlat, inson, BMT, XMT, xalqaro tashkilot.

Xalqaro maydonda globallashuv jarayonlarining tobora shiddat bilan rivojlanib borishi bugungi kunda inson huquqlarining, erkinligining muhofaza qilish hamda uning kafolatlarini kuchaytirish masalasi dolzarb vazifaga aylanib bormoqda.

Xar bir shaxsning o'z davlat hududida, butun jahon bo'ylab ko'chib yurishi, yashash joyini to'sqinliklarsiz o'zgartira olish huquqining mustahkamlanib borishi inson huquqlarining mavjudligi va amalda ta'minlanganligi inson erkinligini belgilovchi muhim ijtimoiy-siyosiy mezonlardan biri bo'lib bo'lib xizmat qiladi.

Shu sababli inson huquqlariga doir universal va regional xalqaro standartlar har bir fuqaroning o'zi yashab turgan mamlakat hududini erkin tark etishi yoki o'zi xohlaganida o'z mamlakatiga qaytib kelishga bo'lgan huquqini o'ta muhim huquqlardan biri sifatida belgilaydi. Xalqaro maydonda fuqarolarning erkin va xavfsiz xarakat qilishi, davlatlar tomonidan o'zaro amalga oshiralayotgan islohatlarda davlat va jamiyat manfaatlari bilan bir qatorda aholining manfaatlari ham ko'zlanishi nazoratini amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarni o'rni kattadir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida "Inson huquqlarini himoya qilish masalalari bo'yicha milliy va xalqaro nodavlat tashkilotlar bilan ochiq muloqotimiz faollashib bormoqda"2 - deb ta'kidlagani O'zbekitson Respublikasida migratsiya sohasini samarali boshqarish va takomillashtirishda xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari muhim ahamiyat kasb etishini ko'rsatib beradi.

Aholi o'z yashash joyini o'zgartirishi, u joydan bu joyga ko'chishi migratsiya jarayonlari bilan chambarchas bog'liqdir. Hozirgi kunga qadar aholi migratsiyasi mahalliy tadqiqotchilar tomonidan ham o'rganilgan bo'lib, V.A.Ibrohimov tomonidan o'tkazilgan tahliliy natijalarga ko'ra mahalliy nashrlarda migratsiya tushunchasiga 36 xil yondashuvlar mavjud3. Aholi migratsiyasi jarayonlarini turli soha vakillari o'rgangan bo'lib, G.Ionsev ham mahalliy va xorijiy manbalarni tahlil qilgan holda migratsiyani nazariy jixatdan talqin qilishning yaxlit tasnifini yaratgan. Unga ko'ra, migratsiya jarayonlari nazariy 17 xil yondashuv aniqlangan bo'lib, siyosiy, iqtisodiy, sof migratsion, demografik, tarixiy yondashuvlardir 4 . Yuqoridagi fikrlar migratsiya tushunchasini to'liq qamrab ololmaydi albatta. Chunki migratsiya tushunchasi juda keng tushuncha bo'lib, xar bir tadqiqotchi, olim o'z sohasidan kelib chiqib migratsiya nazariyasini yoritib beradi.

Migrantlar huquqini himoya qilish, migrantlarning qonuniy mehnat munosabatlarini tartibga solish borisida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro standartlar asosiy o'rinni egallaydi. Respublikamizda samarali migratsiya siyosati, tashqi migratsiya jarayonlari bilan bog'liq sharoitlarni takomillashtirishga alohida e'tibor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Migratsiya muammosini oqilona va ratsional hal etishning davlat siyosatidagi roli hamda ahamiyatini oshirish, migratsiya jarayonlarini xalqaro xususiy

1 Aminov Shaxrizod Umidbek o'g'li - Toshkent davlat yuridik universiteti uslubchisi.

2 O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi.

3 Иброх,имов В.А. Международная мигрatsiя населения: теория и история изучения. -Ташкент. 2013. - 69 б.

4 Игорьян Д.И. Теория и практика исследования M^patsrn населения. - М., Наука, 2011. - 181 б.

tartibga soluvchi ikki tomonlama va ko'p tomonlama shartnomalar tuzish, xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilish, migrantlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida keng ko'lamli tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda milliy qonunchilikni migratsiyani raqamlashtirish sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg'unlashtirish, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyalarni qabul qilish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti yer yuzidan tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta'minlash, davlatlarning o'zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1945-yilda tuzilgan bo'lib, ushbu tashkilotga 193 ta davlat a'zodir. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga O'zbekiston musatqillikka erishganidan ko'p o'tmay 1992-yil 2-martda a'zo bo'lgan va 1993-yil 24-oktabrda O'zbekistonda vakoltaxonasi ochilgan.

Migrantlar mehnat faoliyatini tartibga solish va xalqaro standartlari ishlab chiqilishida Birlashgan Millatlar Tashkilotining normativ aktlari muhim rol o'ynaydi. Chunki ularda asosiy inson huquqlari o'z aksini topgan bo'lib, o'zini demokratik va dunyoviy hisoblovchi har bir davlat bularni o'z milliy qonunchilik tizimida nazarda tutishi shartdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlariga oid va tartibli migratsiya sohasini amalga oshirish, migrantlarning mehnat faoliyatini tartiga solish borasidagi "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"1 hamda "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro pakti" 2 , Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 45-sessiyasida ma'qullangan "Migrant mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiya" 3 xalqaro migratsiya sohasini tartibga solinishida o'ziga hos o'rin tutadi.

Migrantlar mehnat faoliyatini tartibga solish va xalqaro standartlari ishlab chiqilishida Birlashgan Millatlar Tashkilotining normativ aktlari muhim rol o'ynaydi. Chunki ularda asosiy inson huquqlari o'z aksini topgan bo'lib, o'zini demokratik va dunyoviy hisoblovchi har bir davlat bularni o'z milliy qonunchilik tizimida nazarda tutishi shartdir.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlariga oid va tartibli migratsiya sohasini amalga oshirish, migrantlarning mehnat faoliyatini tartiga solish borasidagi "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"4 hamda "Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi Xalqaro pakti" 5 , Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 45-sessiyasida ma'qullangan "Migrant mehnatkashlar huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi Konvensiya" 6 xalqaro migratsiya sohasini tartibga solinishida o'ziga hos o'rin tutadi.

Xalqaro migratsiya tashkilotining maqsadi jalb etilgan barcha tomonlar manfaatlari inobatga olingan holda migratsiyani boshqarish, mamlakatlar hukumati bilan hamkorlik, o'zi uchun migratsiyani yagona yo'l deya tanlagan insonlar manfaatining himoyasi, odam savdosi bilan kurash va uning oldini olishdir.

Xalqaro migratsiya tashkiloti tavsiyalari unchalik majburiy tusda bo'lmasdan, siyosat, qonunchilik va amaliy faoliyat sohasida qo'llanma vazifasini bajaradi.

1998 yilda Xalqaro mehnat konferensiyasi mehnat sohasidagi asos soluvchi tamoyillar va huquqlar to'g'risida Deklaratsiyani qabul qildi. Unda ta'kidlanishicha, XMTga a'zo davlatlar (ular tegishli Konvensiyalarni ratifikatsiyalagani yoki yo'qligidan qat'i nazar) faqat XMTga a'zo bo'lganliklarining o'zi sa babli ham mehnat sohasidagi fundamental prinsiplar va huquqlarga "rioya etishlari, ularni qo'llashlari hamda hayotga sidqidildan tatbiq qilishlari" shart. Bu asos soluvchi tamoyillar va huquqlar quyidagilardan iborat:

1 Международные Конвенции по защите прав человека и борьбе с преступностью. Сб. Международные соглашения и рекомендatsiи Т.ИПК. «Шарк». 1995.

2 Международные Конвенции по защите прав человека и борьбе с преступностью. Сб. Международные соглашения и рекомендatsiи Т.ИПК. «Шарк». 1995.

3 Конвенция и рекомендация МОТ.МБТ.Женева.1991.

4 Международные Конвенции по защите прав человека и борьбе с преступностью. Сб. Международные соглашения и рекомендации Т.ИПК. «Шарк». 1995.

5 Международные Конвенции по защите прав человека и борьбе с преступностью. Сб. Международные соглашения и рекомендации Т.ИПК. «Шарк». 1995.

6 Конвенция и рекомендация МОТ.МБТ.Женева.1991.

■ mehnatkashlar va ish beruvchilarning tashkilotga birlashish hamda jamoa muzokaralarini yuritish huquqi;

■ majburiy mehnatning barcha shakllariga barham berish;

■ bolalar mehnatini ta'sirchan taqiqlash;

■ mehnat va mashg'ulotlar sohasidagi kamsitishlarni bartaraf etish.

Oxirgi yillarda, O'zbekistonning Halqaro Mehnat Tashkiloti bilan birgalikdagi aloqalari kuchayib bormoqda.

2018-2020 yillarda Xalqaro mehnat tashkilotining O'zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi hukumat qarori qabul qilindi.

Hozirgi paytga kelib migratsion jarayonlarning ortishi ko'plab muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, boshqa davlatlarga kelayotgan kishilarning til bilmasligi, mahalliy aholi urf-odatlarini bilmasligi, mahalliy aholi bilan turli nizolarning kelib chiqishi, diniy omil, ishchilarning oddiy gigienik qoidalarga rioya qilmasliklari, turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi, tibbiy xizmatning vaqtida olinmasligi, shuningdek, turli jamoat joylarida o'zini tutish qoidalarini bilmasligi yoki rioya qilmasligi kabi omillarni ko'rsatish mumkin.

Yuqoridagi holatlarning avj olib ketmasligi uchun migratsion jarayonlarni boshqarish tushunchasi qo'llaniladi. Bunday boshqarish asosida, ish kuchi resurslarini birinchi navbatda, qonuniylashtirish, tartibga solish yotadi.

Migrantlar, o'z tabiatiga ko'ra jamiyatning ishbilarmon va harakatchan a'zolari hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak, migratsiya iqtisodiy o'sishga, yangi millatlarning paydo bo'lishiga, madaniyatlarning boyishiga ko'mak bo'lib kelgan.

Migratsion jarayonlarni tahlil etishda, undagi muhim muammoviy masalalarning ham mavjudligini inobatga olish zarur bo'ladi. Ma'lumki, harakat faoliyati mobaynida aksariyat migrantlar ekspluatatsiya qilinadi va ularning huquqlari poymol qilinadi; aksariyat holatlarda o'zlari yo'nalish olgan manzil mamlakatlar madaniyati va turmush tarziga nisbatan integratsiyalashuv qiyin kechishi mumkin; migrantlarni qabul qilayotgan davlatlarning malakali va zarur hisoblangan kadrlariga nisbatan arzon ishchi kuchi sifatida raqobatbardosh bo'lib, ularni ish joylaridan mahrum etishi mumkin. Mana shu va boshqa ko'plab sabablarga ko'ra migratsiya holatini har tomonlama, jumladan huquqiy tartibga solish muhim axamiyatga ega.

Migratsiya sohasini davlatlar tomonidan tartibga solish va migrantlarni xorijiy davlatlarda ijtimoiy ximoyalash yuzasidan Mustaqil davlatlar hamdo'stligi davlatlararo tashkiloti ham bir qator xalqaro hujjatlar qabul qilgan.

O'zbekiston Respublikasining migratsiya jarayonlari va bu borada davlat boshqaruvini tartibga solish maqsadida migratsiya sohasini tartibga soluvchi aniq qonun mavjud bo'lmasada, mustaqillik davridan boshlab yuzdan ziyod normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, 90 dan ortiq qonun osti hujjatlar - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek idoraviy qarorlar va buyruqlar bilan tartibga solinib kelinmoqda.

Shunga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4008-son Qarori1, 2020-yil 15-sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonun mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4829-son Qarori2 qabul qilingan bo'lib, mazkur qaror asosan tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyatini takomillashtirish, xorijda ishlamoqchi bo'lgan shaxslarni talab yuqori bo'lgan kasblarga o'qitish, fuqarolarning chet elda bo'lish davrida huquqlarini himoya qilishni nazarda tutadi.

Yuqorida keltirilgan migrantlar huquqi va erkinliklarini ta'minlovchi normativ-huquqiy hujjatlarga to'xtalishimiz bejizga emas albatta. Fuqarolarning xorijda erkin va xavfsiz mehnat qilishi, inson huquqlarining buzilishini, odam savdosi qurboni

1 "O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4008-son Qarori. https://lex.uz/docs/4045557

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonun mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4829-son Qarori.

bo'lishining oldini olish, xorijda qonuniy mehnat qilish mexanizmini shakillantirish bo'yicha hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan isloxotlarning yaqqol isbotidir.

Xulosa qilib, migratsiya jarayonlarini tartibga solish borasida, eng avvalo, mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga bo'lgan talab o'rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etish, "yo'l xaritasi"ni ishlab chiqish, migratsiya jarayonlarida asosan noqonuniy migratsiyani tartibga solish, nazorat qilish hamda boshqarish, migratsiya jarayonlarini optimallashtirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning yuz berayotgan o'zgarishlarga tayyorligini o'rganish va maqbullashtirish orqali ijobiy ta'sir ko'rsatishning psixologik-innovatsion yechimlarini asoslash, aholi turmush darajasini oshirish talab etiladi.

Shuningdek, migratsiya sohasidagi davlat boshqaruviga axborot komunikatsiya texnologiyalarini qo'llash, sohani raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish va xorijiy mamlakatlar tajribalarini o'rgangan xolatda yangi inovatsiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga ega. Bularning barchasi mamlakatimizda olib borilayotgan migratsiya sohasidagi isloxotlarning real hayotda ijobiy natijasini berishini kafolati hisoblanadi.

Migratsiya jarayonlarini raqamlashtirish bo'yicha xalqaro huquqiy xujjatlar xamda Migratsiya tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo'yicha xorijiy davlat tajribalarini ayrim xalqaro xujjatlar va davlatlar misolida tahlil qilib, migratsiya sohasida xalqaro miqiyosida tizimli ishlar olib borilayotganini ta'kitlash lozim. Shuningdek xali migratsiya soxasiga axborot komunikatsiyalarini tadbiq etish, raqamlashtirish va sohani dunyo miqiyosida tartibga solish bo'yicha huquqiy xujjatlar ishlab chiqish maqsadqa muvofiq.

Umumjahon migratsiya siyosati va uni amalga oshirish prinsiplari bo'yicha yagona kelishuvga erishilmagan bo'lsada davlatlar tomonidan migratsiyani tartibga solish bo'yicha yangi inovatsiyalarni ishlab chiqish va xar bir davlat boshqaruvidagi migratsiya sohasiga axborot texnologiyalarini tadbiq etilishi soxadagi muammolarni xal qilinishiga omil bo'lishi mumkin.

Migratsiya sohasidagi davlat boshqaruviga axborot qomunikatsiya texnologiyalarini tadbiq qilish, migrantlarni davlat tomonidan boshqarilishida davlatni ma'sul idoralari yoki xususiy agentliklarni tashkil qilish va bu agentliklar orqali yagona integrallashgan portalni tashkil qilish va faoliyatini qonuniy ta'minlash maqsadga muvofiq.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi "Xavfsiz, tartibli va qonun mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4829-son qarori.

3. "O'zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4008-son qarori.

4. Abdurahmonov Q. Mehnat iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - Toshkent. 2019. - 297 b.

5. Игорян Д.И. Теория и практика исследования миграции населения. - М., Наука, 2011. - 181 б.

6. Иброх,имов В.А. Международная миграция населения: теория и история изучения. -Ташкент. 2013. - 69 б.

© Sh.U. Aminov, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.