Научная статья на тему 'YER MUNOSABATLARI SOHASIDA KORRUPSION HOLATLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI'

YER MUNOSABATLARI SOHASIDA KORRUPSION HOLATLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
60
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yer va yerdan foydalanish / yerlarni muhofaza qilish / korrupsiya / reyting baholash tizimi / onlayn axborot almashinuv dasturiy ta’minoti / planshet / motivatsiya. / land and land use / land protection / corruption / rating system / online information sharing software / tablet / motivation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdumannonov Bekzod Maxsudovich

Ushbu maqolada respublikamizda mustaqillik yillarida yerga bo‘lgan munosabat va yerdan foydalanish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar bilan bir qatorda, o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar, xususan yer munosabatlari sohasida hanuzgacha sodir etilayotgan korrupsion holatlar tahlil qilingan hamda ushbu muammolarning yechimi sifatida aniq takliflar misolida o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes current issues in the field of land relations and land use in the country over the years of independence, as well as ongoing corruption, especially in the field of land relations, and identifies as a solution to these problems reflected in the example proposals.

Текст научной работы на тему «YER MUNOSABATLARI SOHASIDA KORRUPSION HOLATLARNI BARTARAF ETISH YO‘LLARI»

YER MUNOSABATLARI SOHASIDA KORRUPSION HOLATLARNI BARTARAF ETISH YO'LLARI

Abdumannonov Bekzod Maxsudovich

SamISI, "Menejment" kafedrasi assistenti e-mail: b.abdumannonov1982@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada respublikamizda mustaqillik yillarida yerga bo'lgan munosabat va yerdan foydalanish borasida amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar bilan bir qatorda, o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar, xususan yer munosabatlari sohasida hanuzgacha sodir etilayotgan korrupsion holatlar tahlil qilingan hamda ushbu muammolarning yechimi sifatida aniq takliflar misolida o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: yer va yerdan foydalanish, yerlarni muhofaza qilish, korrupsiya, reyting baholash tizimi, onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti, planshet, motivatsiya.

Abstract: This article analyzes current issues in the field of land relations and land use in the country over the years of independence, as well as ongoing corruption, especially in the field of land relations, and identifies as a solution to these problems reflected in the example proposals.

Keywords: land and land use, land protection, corruption, rating system, online information sharing software, tablet, motivation.

Kirish. Qadim-qadim zamonlardan buyon turli xalqlarda yerni "Ona tuproq", "Ona zamin", "Ona vatan" deya e'zozlab kelishgan. Ulug' bobokalonimiz, buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino "Tuproq - yer yuzidagi hayot-mamot negizi" deb ta'rif bergan. Islom dinining muqaddas kitobi hisoblangan Qur'oni karimning ikki yuz ellikta oyatida tabiat, uni asrab-avaylash haqida so'z yuritiladi. "Hijr" surasida Alloh taolo shunday marhamat qiladi: "Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o'zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik". Eng hayratlanarlisi shundaki, hozirgi zamon ilmi, insonni tuproqdan yaratilganini isbotlab turibdi!

Ona zamin - muqaddas, ajdodlarimiz necha-necha asrlar mobaynida uning har bir siqim tuprog'ini ko'z qorachig'idek, zo'r muhabbat bilan qadrlab, asrab-avaylab kelishgan. Ta'bir joiz bo'lsa, Yer-bizning onamiz, u bizni ichiradi, yediradi, kiyintiradi.

"Ona-muqaddas, uni sotib bo'lmaydi, onani sotgan inson gunohga botadi" deyilgan. Darhaqiqat, yer-insoniyat uchun hamma payt Onadek muqaddas hisoblanib kelingan, shuning uchun ham biz uchun uning qadri baland va hamon e'zozda.

Ammo bugun ko'ngilni bir shubha o'rtaydi: Biz ona-Zamin bag'rida, ona-Vatan qo'ynida tinch-totuv yashayotgan bir paytda tabiiy boyligimiz hisoblangan yerlarni shafqatsizlarcha o'zlashtirib, uni sotib daromad olayotgan, bola-chaqa boqayotgan insonlar qancha?! Biz yerlardan xo'jasizlarcha foydalanib, o'zimizni halokat sari otmayapmizmi?!

Insoniyat XX asr oxirlariga kelibgina g'oyat murakkab muammolar qarshisida turganligini tushunib yetdi. Darhaqiqat, bugun barchamiz uchun dolzarb muammo sifatida yerlarni asl holicha saqlash, talon-taroj qilinishini bartaraf etish borasida jiddiy bosh qotirishni talab qiladi.

Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yerni asrash, undan samarali foydalanish borasida keng ko'lamli izchil siyosat olib borildi. Shukrlar bo'lsinki, bu harakatlar bugun ham Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan davom ettirilmoqda.

O'zbekistonning xalqaro miqyosdagi Rio deklaratsiyasini imzolagani, iqlim o'zgarishlari, cho'llanishga qarshi kurash, biologik xilma- xillik, Butunjahon madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasi va boshqa ko'plab ekologik yo'nalishdagi xalqaro shartnomalarga qo'shilgani mamlakatimizning bu borada olib borayotgan ishlari salmog'i, olamni asrashga qo'shayotgan hissasi zalvori nechog'li ekanligini ko'rsatib turibdi.

Qalbimizning tub-tubidan bir nido otilib chiqadi:- Ey, Ona Yer! Sen biz farzandlaringga hayot baxsh etsang-u biz sening ko'ksingga pichoq ursak. Sen bizni tirikligimizda boshingga ko'tarib, vafotimizdan so'ng yana o'z bag'ringga olsang-u, biz seni toptasak va bag'ringni o'ysak!

Tarixdan ma'lumki, ajdodlarim o'z yerlarini turli tashqi dushmanlardanjon-jahdlari bilan, so'nggi qoni qolgunicha himoya qilishib, ko'z qorachig'idek asrab-avaylab kelishgan. Yerni bejizga "Ona"ga qiyoslashmagan, Ona qanchalik ulug' zot ekanligini barchamiz yaxshi anglaymiz.

Materiallar va usullar. Yep umummilliy boyligimiz, xalqimizning hayoti, faoliyati va farovonligi asosi, eng muhim tabiiy resurs hisoblanadi. Shu sababli, yerlardan oqilona, samarali va belgilangan maqsadda foydalanishni ta'minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer bilan uzviy bog'langan Davlat kadastrlari yagona tizimini to'laqonli yuritish davlatning eng muhim vazifalaridandir.

Respublikamiz hayotining barcha jabhalarida, xususan qishloq xo'jaligi va iqtisodiy sohadagi keng ko'lamli o'zgarishlar yer va unga bog'liq resurslarning aniq hisobini yuritish, ulardan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, yer va bino-inshootlar sohasida faoliyat yuritib kelayotgan mas'ullar tomonidan korrupsion holatlarning sodir etib kelinayotganligi bu borada keskin chora-tadbirlar belgilashni taqozo etmoqda.

Mustaqillik yillarida respublikamizda yerlarni ajratish, ularning hisobini yuritish, qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish, yer nazoratini amalga oshirish, yer munosabatlari sohasini tartibga solish, shuningdek, mazkur sohaga respublikamizdagi oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarini tamomlagan yetuk mutaxassis kadrlarni yetishtirish va yo'naltirish borasida Hukumat tomonidan ko'plab qaror, farmoyish va normativ xuquqiy xujjatlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi.

Qayd etish lozimki, o'tgan yillarda yer munosabatlari sohasida erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, ko'plab kamchiliklar, muammolar yuzaga keldi. Yer va bino-inshootlar bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solish tizimi yagona organda to'planganligi, yer uchastkalari, bino va inshootlarga kadastr yig'majildi ro'yxatdan

o'tkazish borasida manfaatlar to'qnashuvini yuzaga keltirdi. Bu esa, Prezidentimiz va Hukumat tomonidan belgilab berilgan kechiktirib bo'maydigan dolzarb vazifalarning ijrosini ta'minlashda to'sqinliklami yuzaga keltirdi. Bir soha vakillari o'гtasida o'zaгo til biriktirish, yerqonunbuzilish holatlarini sun'iy yuzaga keltirish va oqibatda korrupsion holatlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Ayniqsa, mustaqillikning keyingi yillarida respublikamiz aholisi sonining keskin oshishi yerga bo'lgan extiyojning ortib borishi sabab bo'ldi. Dunyo hamjamiyatidagi rivojlangan va rivojlanib kelayotgan davlatlar tajribasidan ma'lumki, aholi sonining oshishi yerga bo'lgan extiyojning tabiiy ravishda ortishiga olib keladi. Globalizatsiya jarayonida qishloq xo'jaligi yeriarining har bir qarichidan unumli foydalanish, ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va kelajak avlodga bus-butun holda qoldirish bugungi kunning eng dolzarb va muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Natijalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi PF-5065-sonli "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya, kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni qabul qilinib, "Davyergeodezkadastr" qo'mitasi tizimida faoliyat yuritib kelayotgan mas'ul^ boshqa mutasaddilar zimmasiga yerlardan oqilona va samarali foydalanishni tashkil etish, ta'sirchan nazoratni ta'minlash va yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri sohasida munosabatlarni kompleks tartibga solish belgilangan edi. Biroq, joylarda yerdan nooqilona foydalanishning o'z vaqtida oldini olish bo'yicha o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda yetarli darajada tizimli ishlarni amalga oshirish, qishloq aholi punktlarida va mahallalarda, ayniqsa, olis hududlarda yerlardan foydalanish holatini muntazam monitoring qilish ishlarini yetarli darajada olib borish, mavjud xodimlar sonidan kelib chiqib yer resurslaridan foydalanishni nazorat qilish va ularning hisobini yuritishni to'liq amalga oshirish imkonini bermayotgan edi. Mazkur farmonga muvofiq yer munosabatlarini tartibga solish borasida "Davyergeodezkadastr" qo'mitasi tasarrufida Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg'arnasi tashkil etilib, mavjud shtatlarga qo'shimcha ravishda 937 ta muhandis - yer tuzuvchilar shtat birligi berildi. Mazkur shtat birligining 92 foizi xududiy yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalariga taqsimlanib, ularning funksional vazifalari, xuquq va majburiyatlari belgilab berildi. Biroq, mazkur yo'nalishda faoliyat yuritib kelayotgan muhandis - yer tuzuvchi mas'ullaming ish faoliyatini doimiy monitoring qilish, olib borayotgan mehnat faoliyati unumdorligini reyting usulida baholash tizimi yo'lga qo'yilmaganligi natijasida, hali-hanuz davom etib kelayotgan yer qonunbuzilish va korrupsion holatlarining mavjudligi yangi tashkil etilgan shtatlarga ishga qabul qilingan xodimlarning o'z ishini to'laqonli, sifatli va vijdonan bajarmayotligini ko'reatdi.

Munozara. Qo'mitaning Yer munosabatlari va davlat kadastrlarini rivojlantirish jamg'aimasi mablag'lari hisobidan mazkur xodimlarning oylik ish xaqi va mukofot pullarini moliyalashtirish va ushbu to'lovlami o'z muddatidan

kechiktirmasdan to'lanishi xodimlar o'rtasida boqimandachilik kayfiyatini yuzaga keltirdi. Bu holat esa sohada muhandis - yer tuzuvchi mas'ul xodimlarning o'z xizmat vazifasiga nisbatan sidiqidildan, vijdonan yondoshmasligi, zimmasidagi vazifalarini to'liq va sifatli bajarmasligiga olib keldi. Natijada, mas'ul xodimlar tomonidan o'z xizmat vazifasini yetarli darajada bajarmasligi oqibatida respublikamizning barcha xududlarida yerlarning talon-taroj bo'layotganligi, ko'plab yer qonunbuzilish holatlarining sodir etilayotganligi Hukumat tomonidan yerlarni muhofaza qilish borasida qo'yilayotgan ulkan va kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalarning to'la-to'kis bajarilmayotganligidan dalolat bermoqda.

So'nggi yillarda Prezidentimiz rahnamoligida respublikamizda yerga bo'lgan munosabat va bino-inshootlar sohasini tartibga solish borasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi "Yer hisobi va davlat kadastrlari yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6061-son Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi negizida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tashkil etilib, uning kelgusidagi maqsad va vazifalari, faoliyat yo'nalishi, xuquq va majburiyatlari belgilandi.

Xulosa. Biroq, sohada faoliyat yuritib kelayotgan xududiy inspektorlarning kunlik ish faoliyati natijadorligini nazorat qilishga yetarlicha ahamiyat qaratilmaganligi kelgusida bundan oldin yo'l qo'yilgan xato-kamchilik va qonunbuzilish holatlarini bartaraf etishning imkonini bermaydi. Shu tufayli, mazkur xujjatga qo'shimcha ravishda sohada faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning ish faoliyati samaradorligini oshirish uchun xududiy inspektorlar tomonidan respublikamizning barcha xududlarida aniqlangan har qanday yer qonunbuzilish holatlari to'g'risida ma'lumotlarni planshetdan foydalangan holda onlayn kiritib borish imkonini beradigan Kadastr agentligi va Bosh prokuratura o'rtasida integratsiyalashgan "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti" va xodimlar ish faoliyati samaradorligini aniqlash va egallab turgan lavozimiga loyiqligini baholash "reyting baholash tizimi" ni yo'lga qo'yish bo'yicha qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish zarur bo'ladi. Mazkur tizimning ishlash prinsipi quyidagicha:

- Kadastr agentligi hamda Bosh prokuratura o'rtasida integratsiyalashgan axborot almashinuv dasturi ya'ni, xududiy inpektorlar tomonidan aniqlangan har qanday yer qonunbuzilish holati to'g'risida ma'lumotlar kiritilib boriladigan "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti"ni yo'lga qo'yish lozim;

- respublikamizning barcha xududlarida ko'plab yer qonunbuzilish holatlari mavjud bo'lib, yerni ijaraga olgan yuridik shaxslar, fermer xo'jaligi rahbarlari, yerdan foydalanuvchilar o'rtasida qishloq xo'jaligi ekinlari ekish uchun mo'ljallangan yerlarni o'zaro til biriktirish orqali talon-taroj qilish bilan bog'liq korrupsion holatlar sodir etilmoqda. Ushbu "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti"ning afzalligi shundaki, xududiy inspektorlar tomonidan o'ziga biriktirilgan xududda yer qonunbuzilish holatlarini vaqtida aniqlash va uni bartaraf etish yuzasidan integratsiyalashgan axborot tizimiga tegishli ma'lumotlarni joylashtirish

orqali xodimning o'z xizmat vazifasini qay darajada bajarayotganligini baholash imkonini tug'diradi.

- hozirgi kunda Kadastr agentligining xududiy boshqarmalari va tuman bo'limlari inspektorlari tomonidan yer qonunbuzilish holatlari sodir etilganligi to'g'risida tegishli mutasaddi organlarga qog'oz shaklida taqdimnomalar kiritib kelinmoqda. Natijada, kiritilgan taqdimnomalarni ko'rib chiqish va javobgarlarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ta'sir choralari qo'llash muddati anchaga cho'zilib ketmoqda. Bundan tashqari, bu borada inson omilining ishtirok etishi yo'l qo'yilgan qonunbuzilish holatlarini boshqa yo'llar bilan yakunlash, korrupsion holatni yuzaga keltirish va talon-taroj qilingan yerlarni asl holatiga qaytmasdan qolishiga olib kelmoqda.

- integratsiyalashgan "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti"ning yo'lga qo'yilishi sodir etilgan yer qonunbuzilishi holatini yashirishning imkonini bermaydi, belgilangan tartibda va muddatda ko'rib chiqiladi. Bundan tashqari sodir etilgan yer qonunbuzilish holati uchun javobgar shaxsga nisbatan ma'muriy tartibda jarima qo'llash yoki qonunda belgilangan tartibda ta'sir chorasi qo'llash imkoni vujudga keladi.

- Kadastr agentligi tasarrufida maxsus hisob raqami ochilib, xududiy inspektorlar tomonidan aniqlangan va "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti"ga joylashtirilgan hamda yer qonunbuzilish holatini sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilgan jarimalar yuzasidan tegishli to'lovlarni kuzatib borish mumkin bo'ladi.

- integratsiyalashgan "onlayn axborot almashinuv dasturiy ta'minoti"ga xududiy inspektor tomonidan joylashtirilgan yer qonunbuzilish holatlari miqdoridan kelib chiqib, xodim tomonidan o'z xizmat vazifasini nechog'li vijdonan, sidqidildan va lozim darajada bajarayotganligi yoki uning aksini ko'rish va reyting baholash imkoni tug'iladi.

- motivatsiya sifatida xududiy inspektorlarning oylik ish xaqiga qo'shimcha ravishda undirilgan jarimalar hisobidan kamida 20 foizini mukofot puli sifatida to'lash xodimning o'z xizmat vazifasiga nisbatan vijdonan, sidqidildan yondoshishiga va ishga bo'lgan ishtiyoqini yanada oshishiga, moddiy manfaatdor bo'lishiga, natijada sohada bugungi kunda mavjud bo'lib turgan korrupsion illatlarning butkul barham topishiga olib keladi.

- ommaviy axborot vositalari orqali doimiy ravishda aholi o'rtasida ushbu onlayn axborot tizimining yo'lga qo'yilishi borasida xuquqiy targ'ibot va tushuntirish ishlarining olib borilishi yerdan foydalanuvchilar o'rtasida yerga bo'lgan munosabatning keskin ijobiy tomonga o'zgarishiga olib keladi.

Yuqorida qayd etilgan holatlardan kelib chiqib, respublikamizda Kadastr agentligi tomonidan yer va bino-inshootlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, tizimda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar mehnati samaradorligini oshirish, doimiy baholab borish, mavjud korrupsion holatlarni batamom barataraf etish yo'llari o'z yechimini topishi muqarrardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining "Yer kodeksi", 30.04.1998 yil, 598-I-sonli Qonun.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-maydagi "Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya, kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5065-sonli Farmoni.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi "Yer hisobi va davlat kadastrlari yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6061-son Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.06.2021 yildagi '^г munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, ye^a bo'lgan xuquqlami ishonchli ximoya qilish va ulami bozoг aktiviga aylantirish choгa-tadbirlari to'g'гisida" PF-6243-son Farmoni.

5. "Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiгitish to'g'гisida" O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 16.08.2021y. O'RQ-708-son.

6. Atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha Rio deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit va rivojlanish bo'yicha konferentsiyasi, Rio-de-Janeyro, 1992 yil 3-14 iyun.

7. Butunjahon madaniy merosni muhofaza qilish Konvensiyasi. 15.06.1996 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.