Научная статья на тему 'DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUV TIZIMIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYA IJTIMOIY MEZON SIFATIDA'

DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUV TIZIMIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYA IJTIMOIY MEZON SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
1151
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquq / aloqa / innovatsiya / demokratiya / yuridik xizmat / jamiyat / davlat / qaror / buyruq / protokol. / law / information and legal / communication / innovation / democracy / legal service / society / state / decision / order / protocol / interest.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Saliyeva, Muhabbat

Zamonaviy taraqqiyot yo‘lida borayotgan O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvidagi demokratik islohotlar, innovatsion texnologiyalar davrining boshlanishi, jamiyatdagi axborot va huquqiy aloqalarning o‘rni muhim. O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko‘proq eʻtibor qaratish, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish rejalashtirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MASS COMMUNICATION AS A SOCIAL CRITERIA IN THE STATE AND SOCIETY MANAGEMENT SYSTEM

Democratic reforms in the public administration of the republic, the beginning of the era of innovative technologies, the role of information and legal relations in the life of society. It is planned to pay more attention to the experience of Uzbekistan and foreign countries, to develop a legal culture in society.

Текст научной работы на тему «DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUV TIZIMIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYA IJTIMOIY MEZON SIFATIDA»

DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUV TIZIMIDA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYA IJTIMOIY MEZON SIFATIDA

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-397-404

Filol.f.n. Muhabbat SALIYEVA,

TDSHU dotsenti, Toshkent, O'zbekiston Tel. +998 97 714 24 90. [email protected]

Annotatsiya. Zamonaviy taraqqiyot yo'lida borayotgan O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvidagi demokratik islohotlar, innovatsion texnologiyalar davrining boshlanishi, jamiyatdagi axborot va huquqiy aloqalarning o 'rni muhim. O 'zbekiston va xorijiy mamlakatlar tajribasiga ko 'proq e'tibor qaratish, jamiyatda huquqiy madaniyatni rivojlantirish rejalashtirilgan.

Kalit so'zlar: huquq, aloqa, innovatsiya, demokratiya, yuridik xizmat, jamiyat, davlat, qaror, buyruq, protokol.

Анштация. Демократические реформы в государственном управлении республики, начало эры инновационных технологий, роль информационно-правовых отношений в жизни обшества. Планируется болше внимания уделять опыту Узбекистана и зарубежных стран, развивать правовую културу в обшестве.

Ключевые слова: право, коммуникация, инновация, демократия, юридическая служба, обшество, государство, решение, приказ, протокол.

Abstract. Democratic reforms in the public administration of the republic, the beginning of the era of innovative technologies, the role of information and legal relations in the life of society. It is planned to pay more attention to the experience of Uzbekistan and foreign countries, to develop a legal culture in society.

Key words: law, information and legal, communication, innovation, democracy, legal service, society, state, decision, order, protocol, interest.

Adolatli davlat boshqaruvini joriy qilish va tushuntirish, huquqiy targ'ibot tartibi bilan shug'ullanadigan shaxslarga baho berish hamda qonunlarning mazmuni va ahamiyati to'g'risidagi ma'lumotlarni ommaga yetkazish muhim masala hisoblanadi. Qonun eng avvalo ma'naviy, tarbiyaviy, axloqiy kuchga ega bo'lgandagina xalq uni qabul qiladi. Binobarin O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev e'tirof etganidek, "Jahon miqiyosida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi keskin bir davr, barchamizdan yangicha ishlash va fikrlashni, yuqori darajada safarbarlikni talab etmoqda. Oldimizda turgan ana shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga

R.

o#

ko'tarish maqsadida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu Strategiyada davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, xavsizlik millatlararo totuvlik va diniy bag'rikenglikni ta'minlash, haqida chuqur o'ylangan, o'zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosatni izchil davom ettirish kabi masalalar taraqqiyotimizning asosiy yo'nalishlari sifatida belgilab olindi. Harakatlar strategiyasida "Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak" [1.3], degan davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylangani albatta bejiz emas"[2.161]. Davlat rahbari tomonidan ko'rsatilgan konsesiya tamoyillari fuqarolarning har tomonlama himoya qilinishini ta'minlashga asoslanadi. Huquqiy davlatda fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti qonunlarning adolatli tarzda bajarilishidir.

Qonunga rioya qilish, eng avvalo uning borligi va undan ko'pchilik xabardor bo'lishiga bog'liq, bu esa targ'ibot-tashviqotga, ya'ni huquqiy kommunikatsiyaga asoslanadi. "Qachonki qonunlar yaratilsa, ularga rioya qilish ta'minlansa, keng omma o'rtasida huquqiy madaniyat shakllanadi" [3. 161]. Bugungi zamonaviy yashash tarzining dolzarbligi shundaki, hayotga oqilona yondashuvni davrning o'zi taqozo etmoqda, bunday keskin talablardan aslo voz kechish mumkin emas. Shunday ekan odamlarning ongida mustaqil fikr uyg'otish zaruriyati tug'iladi. "Qonunchilik tizimining asosiy vazifasi - huquqiy me'yorlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishda huquqiy kommunikatsiya alohida ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo'lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo'lib kelmoqda" [5.5]. Demokratik islohotlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, siyosiy tizimni takomillashtirish, xalqning ma'naviyatini huquqiy bilimlar bilan oshirish, davlat tomonidan ishlab chiqilayotgan qonunlarga o'z fikr mulohazalarini bildirish kabi tarbiyaviy manbalar borki, xalq buni ongli ravishda anglay bilishi, tushunishi dolzarb masaladir.

R.

om

Konstitutsiya asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy -iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o'sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh Qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir [6.6]. Davlat va jamiyat boshqaruvining zamonaviy tizimlarini yaratish masalalari bugungi kunning yuqori darajali dolzorb vazifalaridan bo'lgan jiddiy masala hisoblanadi.

Davlatimiz rahbari o'zining birinchi ish kunidan yangi qonunlar, farmonlar ijrosini juda qisqa muddatda boshlab yuborganligi, davlat boshqaruvining barcha jabhalarida uzluksiz muloqotlar, aholi bilan uchrashuvlar, yozma va og'zaki muloqot turlari, vizual shakllaridagi aniq va ravshan ko'rsatmalari asosida ish olib borilayotganligi va bajarilayotgan vazifalar to'g'risida xalq oldida hisobot berib borilayotganligi buning isbotidir. Mamlakat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida keng ko'lamli islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi, davlat boshqaruvining mutlaqo yangi samarali faoliyat yurituvchi tizimini yaratishni talab qiladi [7. 6]. Davlat va jamiyat boshqaruvida ijtimoiy hayot va komil inson masalasi, inson shaxsining qadrlanishi, uning jamiyatdagi o'rni, madaniy va ma'naviy dunyoqarashining shakllanishida, zamonaviy hamda texnikaviy ilmlarni qunt bilan o'rganishi, o'z fikrlarini, o'z qarashlarini erkin ifodalashi, saylov huquqiga egaligi, jamiyatda inson huquqlari kafolatlari konstitutsiyaviy qonunlari bilan belgilangani e'tiborlidir.

Davlat taraqqiyotining yangi davri va bosqichi, eng avvalo, davlat boshqaruvi tizimini bugungi va ertangi kun talablaridan kelib chiqib, yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Eng avvalo davlat va jamiyat qurlishini tubdan isloh qilishga qaratildi. Shuning uchun ham ushbu vazifa birinchi ustuvor yo'nalish sifatida belgilab olindi va "Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasi qoidalarini to'liq o'zida aks ettiradi [8.14]. Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin emas. Inson huquqlari -har bir davlatning demokratik taraqqiyoti darajasini ko'rsatuvchi muhim mezondir.

Insonning davlat bilan munosabatidagi huquqiy maqomini, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy sohalardagi imkoniyatlari hamda talablarini amalga oshirish, fuqarolik jamiyati va huquqiy davlatning asosiy belgilaridan biridir. Demak, bu kabi izchil demokratik xarakterga qonun ustuvorligi, demokratiya va inson huquqlari prinsiplariga sodiqlik O'zbekistonning konstitutsiyaviy demokratik davlat sifatida rivojlanishini ta'minlaydi. Konstitutsiya "O'zbek modeli" ning huquqiy asosidir [9.10]. Respublikaning konstitutsiyaviy rivojlanishida ikki mustaqil bosqichni ajratish mumkin, ularning har biri mamlakatning huquqiy tarixida alohida o'rin egallaydi. Konstitutsiya huquqiy, mamlakatning asosiy va oliy qonuni sifatida uning roli asosiy va samarali hisoblanadi.

Bugungi kunda ushbu rolni saqlab qolish uchun Konstitutsiyaning dinamikligi, ayniqsa, muhimdir. Yarim asrdan ko'proq vaqtni nishonlagan Yevropaning urushdan keyingi konstitutsiyalari misolida ularning dinamikligi ushbu davlatlarning huquqiy rivojlanishida muhim omil bo'ldi. Demokratiyaning asosi sifatida inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilishdagi normaga aylanishi uchun fuqarolar:

-birinchidan, o'zlarining huquq, erkinliklaridan xabardor bo'lishi; -ikkinchidan, bu sohada ma'lum bilimlarga ega bo'lishi; -uchinchidan, boshqalarning huquq,qadr-qimmatini hurmat qilishi; -to'rtinchidan, ularni himoya qilish sohasida amaliy ko'nikmalarga ega bo'lishlari lozim

Bularning barchasi inson huquqlari madaniyatining muhim elementlari va inson huquqlari madaniyatining yuqori darajasi, o'z navbatida, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash kafolatidir. Jamiyatning ma'naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismlaridan biri huquqiy madaniyatdir. Inson huquqlari madaniyati konstitutsiyaviy demokratiya, inson huquqlari va erkinliklari qiymatlaridan shakllantirilmaydi [10.51]. Inson huquqlari kafolatlari sohasidagi yangilanishlar davrida bosh mezon davlat bilan inson o'rtasidagi inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida vujudga keladigan huquqiy munosabatlarni o'rganishdan iboratdir.

O'zbekiston Respublikasi o'zining ichki va tashqi siyosatida BMTning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993 yilda tasdiqlangan. "Inson huquq va erkinliklarining universalligi" talablariga qat'iy rioya etib,

davlat qonunchilik tizimida uni muhofaza qilish va ta'minlashga oid normativ-huquqiy bazani shakllantirildi [11. 51]. Davlat ichki va tashqi munosabatlarda inson huquqlariga oid xalqaro xujjatlarga qo'shilishi hamda huquqni huquqni himoyalovchi maxsus mexanizmlarni yaratish yo'llari bilan inson huquq va erkinliklarining kafolatlarini ta'minlaydi. Jumladan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishga yo'naltirilgan qonun va qonunosti xujjatlarida "Islohot - islohot uchun emas, avvalo inson uchun" degan eng muhim tamoyilni amalga oshirish asosiy maqsad qilib olinganligi yaqqol namoyon bo'lmoqda. Davlatni samarali boshqarish uchun to'g'ri va aniq axborotdan foydalanish talab qilinadi. Ayni bugungi demokratik davlat qurilishi rivojlanayotgan bir davrda, qonunchilik tizimining yetakchi vazifasi -huquqiy me'yorlarni xalqqa tushuntirishdan iborat. "Davlat va jamiyat boshqaruvi tizimini takomillashtirish jarayonida "Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari" konsepsiyasining amalda joriy etilishi, "Kuch - adolatda" tamoyilini amalga oshirish orqali, jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlash, amalga oshirilayotgan barcha islohotlar samaradorligining kafolatidir. Aholi turmush darajasini oshirish, mamlakatda tinchlik, totuvlik va barqarorlikni ta'minlashning eng muhim omilidir" [12. 91].

Davlat va jamiyat boshqaruvida huquqiy kommunikatsiya tizimining qonuniy tamoyillar asosida rivojlanib borishini tahlil qilar ekanmiz, inson manfaatlarini ta'minlashga yo'naltirilgan bugungi yangilanishlar eng avvalo odamlar bilan muloqot qilishga tayanishni ta'kidlash lozim. Xalqning dardu-tashvishlari, hayotiy muammo va ehtiyojlarini yaxshi bilish va hal qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va xalq qabulxonalari tashkil etilgan. O'tgan davr mobaynida Virtual va Xalq qabulxonalariga jismoniy va yuridik shaxslardan 2 milliondan ziyod murojaat tushgan. Har bir ariza va shikoyatning qonun doirasida ko'rib chiqilishi nazoratga olingan, murojaatlar mazmunan hal etilib, xalqning ehtiyojlari qanoatlantirilgan.

Mamlakatning demokratik davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishi jarayonlariga huquqiy kommunikatsiya tizimining alohida katta ahamiyatli jihati shundagi bugunshi soat sayin rivojlanib borayotgan O'zbekistonning qaysi bir jabhasini kuzatmang barcha sohalarda eng yangi va zamonaviy talablarga javob beradigan yangilanishlar mavjud bo'lib O'zbekiston

Respublikasining huquqiy tizimiga kiritilgan. "Jamiyatda mustaqil fikrlovchi, hurfikr, talabchan, didli, ma'naviyati yuksak odamlar qancha ko'p bo'lsa, ommaviy madaniyatning bozori shuncha kasod bo'ladi. Aqlli, talabchan, faxm-farosatli odamlar o'zlari iste'mol qiladigan, kiyadigan, eshitadigan, ko'radigan, o'qiydigan narsalarga yuksak talab qo'yadilar" [14. 14]. Mukammal ishlab chiqilgan qonunlarni adolatli targ'ibot qilinsa, faqat o'shandagina davlat va jamiyat hayotini yaxshi tashkil etishning imkoniyatlari rivojlanib boradi. O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish tamoyillari davlat, mamlakat hamda fuqarolarni kelajakka da'vat qiladigan ma'naviy ehtiyoj, taraqqiyotga undaydigan omillardan biri tarzida yuzaga keladi, kishilarni boshqarish vazifasini bajarayotgan siyosiy partiyalar, rahbar shaxslar aql- zakovati hamda salohiyatini o'zida ifodalaydi [15.14]. Bugungi ishlab chiqilayotgan qonunlarni joriy etishning o'zi kifoya qilmaydi balki uning mazmuni va uning ahamiyatini tushunish, ushbu ma'lumotlarni xalqqa to'lig'icha yetkazin zarur bo'lib, bunda asosan huquqiy yo'nalishdagi ommaviy aloqalar yordamida amalga oshiriladi. Mamlakatim siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlatt va jamiyat qurilishini erkinlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, unda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan siyosiy madaniyatni shakllantirish. Bu jarayonda demokratiya, fikr va vijdon erkinligi, plyuralizm va inson haq-huquqlarini ta'minlash, gumanizm va insoniy qadriyatlarga rioya qilib yashash tamoyilini jamiyat hayotining asosiy mezoniga aylantirish [16. 14].

Jamiyatda olib borilayotgan islohotlar va o'zgarishlarning asosiy maqsadi bo'lgan demokratik davlat, huquqiy jamiyat qonunning ustuvorligini ta'minlash uchun xizmat qiladi. Shunga ko'ra xalqimiz va mamlakatimizning bugungi va kelgusi taraqqiyotini ta'minlashda mustaqillik yillarida shakllanib, rivojlanayotgan milliy g'oya muhim o'rin tutadi. Milliy g'oya tamoyillari demokratik jamiyat qurish tamoyillari bilan uyg'unlikda mamlakatning ichki hayotini boshqarishning asosiy mezonlaridan biri bo'lish bilan birga, tashqi siyosatda davlatning salohiyatini ko'rsatadigan, uning jahon hamjamiyati va xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini namoyon qiladigan ma'naviy qadriyat me'zonlarini, inson huquqlari, fuqarolarning imkoniyatlari, umumbashariy muammolarni hal qilish istiqbollari qay tarzda amaliyotga

R

om

aylanayotganligini bildiradigan omil bo'lib xizmat qilishi mumkin [17.14]. Demokratik jamiyatning shakllanishi mavjud ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning barqarorligi va ular rivojlanishining asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda bu jarayonning izchil, tizimli va ob'ektiv amalga oshirilishida davlat hamda jamoat tashkilotlari, siyosiy partiyalar, harakatlarning pirovard maqsadlarini ifodalaydigan mafkuraviy jarayonlar ham muayyan o'rin egallaydi [18.14].

Davlat boshqaruvi tizimida yangi zamonaviy g'oyalar tadbiq etish maqsadida aksariyat vazirlik va idoralarning vazifa va funksiyalari qayta ko'rib chiqildi, ayrimlari qayta tashkil etildi. Tegishli sohalarda to'planib qolgan muammolarni samarali hal etish maqsadida bir qator yangi vazirlik va idoralar tuzildi [19. 479].

Huquqiy kommunikatsiyaning vazifasi, aholining talab istaklarini, ehtiyojlarini aniqlash, davlat idoralari va xalq o'rtasidagi muhim vositachisi sifatida demokratiya ko'zgusiga aylanishdan iborat. Shunday ekan huquqiy kommunikatsiya jamiyat va davlatning huquqiy tamoyillarinini strategik maqsadini kishilarga, ommaga yetkazishga qaratilgan ma'rifiy, ma'rifiy va huquqiy usullarni o'z ichiga oladi.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, Bugungi O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakllantirish jarayonida erishilgan ijobiy natijalar ma'naviy yuksalishning hayotiy, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligining yorqin ifodasidir. Bugungi O'zbekistonning demokratik huquqiy davlat sifatida rivojlanishning yangi bosqichiga o'tmoqda. Mamlakatning turli nuqtalarida ochilgan Xalq qabulxonalari faoliyati bilan bir qatorda davlat boshqaruvi organlari, idora va tashkilotlar faoliyatida ham ochiqlik, shaffoflik sezilayapti. OAV, NNT, ijtimoiy faol aholi muammolar yechimini topishda ishtirok etmoqda. Rahbarlar xalqqa yaqinlashayapti. Bu o'zgarishlar esa xalqning ishonchi, e'tiborini kuchaytirib, umidini oshirmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Mirziyoyev Sh.M.. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi boqichga ko'taramiz. t1. -T.: "O'zbekiston", 2018. - 500 b.

2. Harakatlar strategiyasi 2017-2021. 2017 yil-shiddatli islohotlar yili. -T.: "Adolat", 2018. - 14 b.

R.

o#

3. Mirziyoyev Sh.M. Konstitutsiya-erkin va farovon hayotimiz, mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishning mustahkam poydevoridir. -T.: "O'zbekiston", 2018. - 6 b.

4. Saidov A.X. Konstitutsiya Respubliki Uzbekistan. Provavaya osnova nezavisimogo razvitiya. -T.: "O'zbekiston". 2012. - 51 b.

5. Turayev T. Xusainov U. Ilhomjonov B. Bobojonov O. Nodirov A. Huquqiy yetuklik-barkamolikka eltadi. -T.: O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Adolat" nashriyoti, 2011. - 91 b.

6. Aflotun. Qonunlar. -T.: Yangi asr avlodi. 2008. - 161 b.

7. Sharipov, R., & Hasanova, S. (2021). The ideological basis of the jadidist movement. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(1), 265-270.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.