Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON DAVLATINING BARQAROR RIVOJLANISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIGI VA MINTAQAVIY FAOLIYATI'

O‘ZBEKISTON DAVLATINING BARQAROR RIVOJLANISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIGI VA MINTAQAVIY FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
292
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BMT / Markaziy Osiyo davlatlari / Harakatlar strategiyasi / MDH / SHHT / “Yashil kun tartibi” / “Yo’l xaritalari”. / UN / Central Asian countries / Action Strategy / CIS / SCO / Green Agenda / Road Maps.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — D. Bekimbetova

Ushbu maqolada O’zbekistonning barqaror rivojlanishi yo’lida olib borilayotgan faol ishki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy faoliyatlari, shuningdek, qo’shni davlatlar bilan olib borayotgan diplomatik munosabatlari yoritib berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL COOPERATION AND REGIONAL ACTIVITIES OF THE STATE OF UZBEKISTAN IN THE FIELD OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT

This article highlights the active business and foreign policy, international and regional activities of Uzbekistan, as well as its diplomatic relations with neighboring countries.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON DAVLATINING BARQAROR RIVOJLANISH BO‘YICHA XALQARO HAMKORLIGI VA MINTAQAVIY FAOLIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON DAVLATINING BARQAROR RIVOJLANISH BO'YICHA XALQARO HAMKORLIGI VA MINTAQAVIY FAOLIYATI Bekimbetova Dilfuza Oralbayevna

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining

assistent o'qituvchisi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7370504

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekistonning barqaror rivojlanishi yo'lida olib borilayotgan faol ishki va tashqi siyosati, xalqaro va mintaqaviy faoliyatlari, shuningdek, qo'shni davlatlar bilan olib borayotgan diplomatik munosabatlari yoritib berildi.

Kalit so'zlar: BMT, Markaziy Osiyo davlatlari, Harakatlar strategiyasi, MDH, SHHT, "Yashilkun tartibi", "Yo'lxaritalari".

МЕЖДУНАРОДНОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО И РЕГИОНАЛЬНАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ ГОСУДАРСТВА УЗБЕКИСТАН В ОБЛАСТИ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ

Аннотация. В данной статье освещается активная деловая и внешнеполитическая, международная и региональная деятельность Узбекистана, а также его дипломатические отношения с соседними странами.

Ключевые слова: ООН, страны Центральной Азии, Стратегия действий, СНГ, ШОС, «Зеленая повестка дня», «Дорожные карты».

INTERNATIONAL COOPERATION AND REGIONAL ACTIVITIES OF THE STATE OF UZBEKISTAN IN THE FIELD OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT

Abstract. This article highlights the active business and foreign policy, international and regional activities of Uzbekistan, as well as its diplomatic relations with neighboring countries.

Keywords: UN, Central Asian countries, Action Strategy, CIS, SCO, Green Agenda, Road Maps.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng turli xil sohalar qatori tashqi siyosiy yo'nalishlarni rivojlantirish bo'yicha amaliy harakatlarni boshlagan. O'zbekiston o'z oldiga nafaqat izchil ichki siyosat yuritishni, balki faol tashqi siyosat yuritishni ham asosiy vazifa qilib qo'ygan bo'lib, shu maqsad yo'lida tizimli ishlar olib bormoqda. Tarixdan ma'lumki, O'zbekiston hududida mavjud bo'lgan ilk davlatlar: Turk xoqonligi, Arab xalifaligi, Temuriylar va uch xonliklar davrida ham diplomatiya davlatning asosiy e'tibor qaratiladigan sohasi bo'lgan, chunki mustaqillikni mustahkamlash, mamlakatning xavfsizligi, barqarorligi va taraqqiyoti ko'p jihatdan xorijiy davlatlar bilan olib boriladigan faol tashqi siyosatga bog'liq. Buyuk ipak yo'lida joylashgan mamlakatimiz asrlar davomida xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlarni shakllantirib, o'zaro diplomatik aloqalar olib borgan. Bu jarayon, ayniqsa, buyuk davlat arbobi, Sohibqiron Amir Temur davrida rivoj topgan. Amir Temur o'z davrining eng qudratli davlatlaridan birining asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi bo'lish bilan bilan bir qatorda, o'z vaqtida Yevropa va Osiyo qit'alarida ro'y bergan tarixiy o'zgarishlarga hal qiluvchi ta'sir o'tkazib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa qo'shgan mohir diplomat ham bo'lgan. Xorijiy davlatlarning hukmdorlari bilan olib borgan yozishmalarida, diplomatik xatlarida sharq diplomatiyasiga xos etiketning yaqqol sezilib turishi, mamlakatlar o'rtasidagi sovuqchilik va muammolarni tinch yo'l bilan oqilona hal qilishga intilishi Amir Temur tashqi siyosatining o'ziga xosligidan dalolatdir. Shuning uchun ham Temuriylar davri diplomatiyasi o'tmishdagi xalqaro munosabatlarning eng yorqin sahifalardan biri hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasi ko'p tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish uchun faol va tinchlikparvar tashqi siyosat yuritgan. Masalan, 1992-yil 2-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining teng huquqli a'zosiga aylanib, xalqaro minbarlarda mamlakat nomidan turli xil takliflar ilgari surishni boshlagan. Jumladan, butun dunyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, Afg'onistonda tinchlik o'rnatish, xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ko'maklashish, yadro quroli tarqalishining oldini olish bo'yicha bildirilgan takliflar jahon hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT tomonidan qizg'in qo'llab-quvvatlandi.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish orqali tashqi siyosatda yuqori reytinglarga ega bo'lish davomida tizimda uchragan ba'zi kamchiliklar tufayli mamlakatimizda bir muddat tashqi aloqalar sezilarli darajada sustlashib qoldi. Ayniqsa, bu holat 2000-yillar o'rtalaridan boshlab sezila boshladi. Xorijiy davlatlar bilan, eng asosiysi, bizga chegaradosh bo'lgan mamlakatlar bilan turli sohalardagi hamkorlikning sustlashishi natijasida tizimda ko'plab muammolar paydo bo'ldi. Biroq, 2016-yilning so'nggi choragida prezident etib saylangan Shavkat Mirziyoyev bu holatni chuqur anglagan xolda turli sohalar qatori tashqi siyosat tizimini ham tanqidiy qayta ko'rib chiqish va uni kuchaytirish ustuvor vazifa ekanligiga alohida e'tibor qaratdi. Bu borada bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Jumladan, mamlakatimiz rahbari 2018-yilning yanvar oyida mamlakatimiz tarixida ilk bor O'zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan ochiq onlayn muloqot o'tkazdi. Bundan tashqari, 2017-yilda Samarqand shahrida "Markaziy Osiyo yagona tarix va umumiy kelajak, taraqqiyot va barqaror rivojlanish yo'lidagi hamkorlik" mavzusida 500 nafardan ortiq delegat ishtirok etgan anjuman bo'lib o'tdi. Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyo davlatlari bilan do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishni asosiy tashqi siyosiy yo'nalish sifatida belgilab berdi. Tariximizning, dinimizning, madaniyatimizning, tilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi hozirgi tahlikali zamonda bu mamlakatlar xalqlarini yanada yaqinlashtirish kerakligini har qachongidan ham ko'proq taqozo eta boshladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-yilda O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan munosabatlarida yangi davr boshlandi. Shu yilning o'zida Turkmaniston, Qozog'iston va Qirg'iziston davlatlariga davlat tashriflar amalga oshirildi. Davlat rahbarlari o'rtasida ochiq va ishonchli siyosiy muloqotni mustahkamlash natijasida mintaqadagi qo'shnichilik munosabatlarida 2016-yilgacha mavjud bo'lgan ko'plab murakkab muammolarga yechim topildi. O'zbekistonning zamonaviy tashqi siyosati faol, tashabbuskor va pragmatik tashqi siyosiy kurs olib borishni, hamda yuzaga kelayotgan xavf-xatarlarga o'z vaqtida javob berishni talab etadigan, XXI asrning o'ta shiddat bilan o'zgarib borayotgan xalqaro-siyosiy voqeliklarini inobatga olgan holda qurilmoqda. Bular O'zbekistonning jahon hamjamiyati bilan mustahkam aloqada bo'lganligidan, har tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirib borayotganidan dalolat beradi.

Shuningdek, tashqi siyosiy faoliyatning asosiy va birinchi darajali vazifalaridan biri bu 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini barqaror rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini samarali amalga oshirishdir.

Ushbu maqsadga erishish uchun tashqi siyosat idorasi oldiga quyidagi vazifalar qo'yilgan:

- mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni hamda jamiyat va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jadal jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun mumkin qadar qulay tashqi siyosiy shart-sharoitlarni shakllantirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash hamda mustahkamlash, mintaqani xavfsizlik va barqaror taraqqiyot hududiga aylantirish;

- jahonning yetakchi davlatlari va xalqaro tashkilotlar bilan strategik hamkorlik qilishning mutanosib, ko'p qirrali tizimini shakllantirish;

- O'zbekistonning mintaqa va jahon siyosatidagi muhim yo'nalishlar bo'yicha xalqaro tashabbuslarini ilgari surish;

- mahalliy mahsulotlarning eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish borasida ko'maklashish;

- milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlariga to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar va ilg'or texnologiyalarni jalb etishda faol ko'mak berish;

- mamlakatimizga turistlarni jalb qilish hamda turistik infratuzilmani rivojlantirish borasida amaliy yordam ko'rsatish;

- transport va tranzit sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishda hamda xalqaro transport kommunikatsiyalari va logistik infratuzilmalarni rivojlanishiga ko'maklashish;

- xorijdagi O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari huquq va manfaatlarining har tomonlama himoya qilinishini ta'minlash;

- xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash.

Shu tariqa, O'zbekiston qisqa fursat ichida jahon hamjamiyatining tinchlik va barqarorlik yo'lidagi tashqi siyosatida o'z nufuziga ega bo'lib bormoqda. Xalqaro munosabatlard a mintaqa va global darajadagi masalalarni ilgari surishi muhim strategik vazifalar sifatida qo'llab-quvvatlanmoqda. So'nggi yillarda tashqi siyosat borasida ko'plab xalqaro bitim va qo'shma qarorlarning qabul qilinishi O'zbekiston tashqi siyosatda o'z pozitsiyasiga ega davlat ekanligini ko'rsatdi. Hatto buni xalqaro ekspert va xorijiy siyosatchilar xolis baholagan holda "...bugun O'zbekiston o'zining misli ko'rilmagan ochiqligi va jadalligi bilan ajralib turgan izchil, aniq va konstruktiv siyosat yuritmoqda", deb e'tirof etmoqda.

Shuningdek, O'zbekiston tashqi siyosatda, avvalo mintaqa davlatlari tinchligi va xavfsizligi, barqaror rivojlanishi kabi muhim strategik vazifalarni amalga oshirish yo'lida faoliyat olib bormoqda. Bu borada, Prezident Shavkat Mirziyoyev "Markaziy Osiyo davlatlari — bizning bevosita qo'shnilarimiz do'stona, yaqin qo'shnichilik va o'zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo'nalish sifatida belgilab oldik", deb ta'kidladi.

Shu jihatdan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti BMT bosh Assambleyasining 72 sessiyasida ilk bor Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini o'tkazish taklifini ilgari surgan edi. Ushbu taklif dunyo hamjamiyati tomonidan muhim va strategik taklif deya qo'llab-quvvatlandi. Buning amaliy ifodasi, maslahat uchrashuvlari xalqaro tashkilotlar, xorijiy ekspert va siyosatchilar ishtiroki hamda kuzatuvida bir necha bor o'tkazildi. Mazkur uchrashuv doirasida, O'zbekiston tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari manfaatlarini ko'zlagan holda, hal etilishi lozim bo'lgan bir nechta muhim ustuvor yo'nalishlar, xususan, xavfsizlik va hamkorlikni ta'minlash, savdo-iqtisodiy, innovatsiya, investitsiya, transport-kommunikatsiya, bank-moliya, suv-energetika va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklik bo'yicha aniq dasturlar — "Yo'l xaritalari"ni ishlab chiqish, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar bo'yicha keng fikr almashish, ular bo'yicha umumiy pozitsiyani kelishib olish hamda keyin uni BMT, MDH, SHHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida muhokama qilish kabilar ilgari surildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahat uchrashuvida esa, O'zbekiston tomonidan muhim va dolzarb bo'lgan olti muhim taklif, ya'ni iqtisodiy hamkorlikning yangi modelini shakllantirish, mintaqaning transport va tranzit salohiyatidan samarali foydalanish, mintaqaning energetik xavfsizligini ta'minlagan holda energiya sohasida samarali texnologiyalarni joriy etish, pandemiya sharoitida aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash hamda pandemiya davrida aholi salomatligiga e'tibor qaratish, hamkorlik doirasida bir-biriga yordam ko'rsatish asosida kasallikka qarshi kurashish, mintaqadagi ekologik muammolar, orol muammosiga qaratilgan hamkorlik ko'lamini kengaytirish va buning uchun, Markaziy Osiyo uchun "Yashil kun tartibi" mintaqaviy dasturini ishlab chiqish kabilar o'rtaga tashlanadi. Bu kabi strategik ahamiyatga ega muhim va dolzarb bo'lgan ustuvor vazifa va takliflarning ilgari surilishi O'zbekistonning mintaqaviy tinchlik, umuman, Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligi va barqarorligiga befarq emasligini, aksincha, yetakchi va jonkuyar davlat ekanligini ko'rsatdi.

Bilamizki, Markaziy Osiyoning barqarorligi bir jihatdan, Afg'onistondagi vaziyatning yuzaga kelishi bilan bog'liq. Qachonki, Afg'oniston tinch rivojlanish yo'liga o'tar ekan, shundagina Markaziy Osiyo Mintaqalarida to'liqligicha barqarorlik, xavfsizlik ta'minlanadi. O'zbekiston tomonidan mintaqaviy taraqqiyotni ta'minlash yuzasidan muntazam ravishda xalqaro tashkilotlarning yig'ilish va uchrashuvlarida aniq, puxta o'ylangan takliflar ilgari surib kelinmoqda.

Xususan, Afg'oniston bo'yicha videokonferensiya aloqa shaklida o'tkazilgan vazirlar uchrashuvida, O'zbekiston Afg'oniston bilan do'stlik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini saqlab qolish, betaraflik va qo'shni davlatning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori ekanligi ta'kidlab o'tildi. Shuningdek, O'zbekiston qo'shni davlatning keyingi istiqboli uchun ham bee'tibor emasligi, ya'ni iqtisodiyotni tiklash, mamlakatni mintaqaviy integratsion jarayonlarga jalb qilish, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish zarurligi Afg'onistonning barqaror rivoji uchun dolzarb ekanligini ta'kidladi.

Ma'lumki, O'zbekiston hamisha o'z tashqi siyosatida bag'rikenglik, xolis yondashuv va munosabatga kirishish, tinch yo'l bilan hal qilish prinsipiga amal qilib kelgan. Xalqaro nizom va bitimlarda belgilangan davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik prinsipi O'zbekiston tashqi siyosati uchun hamisha muhim hisoblangan va bu jihat, qo'shni davlatlar bilan munosabatlarda o'z tasdig'ini topib kelmoqda. O'zbekiston yaqin yillar ichida qo'shnichilik munosabatlarida do'stona va sog'lom muhitni barqarorlashtirish maqsadida tashqi siyosatida misli ko'rilmagan natijalarga erishdi. Ayniqsa, pandemiya va ekologik talafotlar vaqtida ijtimoiy ko'mak masalalari O'zbekistoning qo'shni davlatlarga nisbatan birodarligini, bag'rikengligini yana bir bor namoyon etdi.

Buni qo'shni tojik, qirg'iz, qozoq xalqlariga nisbatan beg'araz va xolis yordamda, shuningdek, o'zaro ko'p tomonlama hamkorlik aloqalarining yo'lga qo'yilishida ko'rish mumkin. Bu kabi hamkorlikdagi faoliyat va o'zaro ishonchga asoslangan tashqi siyosat O'zbekiston uzoqni ko'zlagan holda to'g'ri va oqilona ish olib borayotganligini ko'rsatadi. Zero, O'zbekiston, bugun o'z tashqi siyosatida yangicha mezonlar asosida faoliyat olib borib, ilg'or takliflar, aniq, puxta o'ylangan g'oyalarni ilgari surdi va bu asosida qo'shni davlatlar bilan munosabatlarda hamjihatlik, birdamlik, o'zaro ishonchga asoslangan mustahkam hamkorlikni yo'lga qo'ydi. Albatta, davlatning tashqi siyosatidagi barqarorligi ko'p jihatdan ichki totuvligiga, o'zaro hamjihatlikdagi faoliyatiga bog'liq. Qachonki, shu zaminda yashayotgan fuqarolar yurt

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tinchligi, farovonligi va porloq kelajagiga daxldorlik hissi bilan yashasa, harakat qilsa, shundagina davlat va jamiyat taraqqiy etadi, rivojlanadi, ayni paytda, tashqi siyosatda ham mislsiz natijalarga erishadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, O'zbekiston yer yuzidagi ko'plab mamlakatlar bilan turli sohalarda o'zaro manfaatli aloqalarni keng yo'lga qo'yib kelmoqda, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, hamkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish yo'lida izchillik va qat'iyat bilan odimlamoqda.Umuman, bugun Yangi O'zbekistoning tashqi siyosatidagi faoliyati uning ichki barqarorligining muhim mezoni bo'lib qolmoqda. Shunday ekan, tinchlikni ta'minlashda har bir fuqaro mas'ul bo'lgan holda, ilmiy salohiyatga, siyosiy, huquqiy madaniyati, ma'naviyati, estetik dunyoqarashi bilan munosabatga kirishishi va shunday tuyg'u asosida faoliyat yuritishi lozim. Shundagina, Yangi O'zbekiston o'z ko'zlagan maqsadiga erisha oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 iyul PQ-3837-sonli «Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida»gi Qarori.

3. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat Dasturi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.02.2021 yil PF-6155-sonli Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti. https://president.uz/uz/1422

5. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/ru/docs/-452255?0NDATE=25.05.1992%2000#-452450

6. O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasining rasmiy veb-sayti. https://uzlidep.uz/uz/news-of-uzbekistan/7998

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.