Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI: MILLIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK YO‘L'

O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI: MILLIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK YO‘L Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
1348
158
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston / tashqi siyosat / milliy manfaatlar / strategiya / taraqqiyot / Markaziy Osiyo / mintaqaviy hamkorlik / Maslahat kengashi. / Uzbekistan / foreign policy / national interests / strategy / development / Central Asia / regional cooperation / Consultative Council.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Saidolimov, Saidxon

Maqolada O‘zbekiston tomonidan so‘nggi besh yil davomida ilgari surilgan va jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlangan yangi konstruktiv, siyosiy tashabbuslar, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ijobiy tendensiyalar tahlil etilgan. Maqolada Markaziy Osiyoda kechayotgan jiddiy siyosiy transformatsiya jarayonida ochiqlik va konstruktivlik, o‘zaro ishonch va hurmat tamoyillari mustahkamlanayotgani qayd etilgan. Bu esa, muallifning fikricha, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo yagona barqaror taraqqiyot makoni sifatida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvga kirib borishi va unga yangi sifat va mazmun bag‘ishlashiga umid uyg‘otadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UZBEKISTAN'S FOREIGN POLICY: AN ACTIVE AND PRAGMATIVE WAY BASED ON NATIONAL INTERESTS

The article considers the new constructive political initiatives put forward by Uzbekistan over the past five years and supported by the world community, as well as the positive trends in the Central Asian region. The article notes that Central Asia is undergoing a process of serious political transformation, in which the principles of openness and constructiveness, mutual trust and respect are becoming stronger. This, according to the author, gives hope that in the near future Central Asia will enter the process of integration in the world as a single space of sustainable development and give it a new quality and content.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI: MILLIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK YO‘L»

Scientific Journal Impact Factor

O'ZBEKISTON TASHQI SIYOSATI: MILLIY MANFAATLARGA ASOSLANGAN FAOL VA PRAGMATIK YO'L

Saidxon Saidolimov

Siyosiy fanlar doktori, professor, O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi

ANNOTATSIYA

Maqolada O 'zbekiston tomonidan so 'nggi besh yil davomida ilgari surilgan va jahon hamjamiyati tomonidan qo 'llab-quvvatlangan yangi konstruktiv, siyosiy tashabbuslar, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ijobiy tendensiyalar tahlil etilgan. Maqolada Markaziy Osiyoda kechayotgan jiddiy siyosiy transformatsiya jarayonida ochiqlik va konstruktivlik, o'zaro ishonch va hurmat tamoyillari mustahkamlanayotgani qayd etilgan. Bu esa, muallifning fikricha, yaqin kelajakda Markaziy Osiyo yagona barqaror taraqqiyot makoni sifatida jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvga kirib borishi va unga yangi sifat va mazmun bag'ishlashiga umid uyg'otadi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, tashqi siyosat, milliy manfaatlar, strategiya, taraqqiyot, Markaziy Osiyo, mintaqaviy hamkorlik, Maslahat kengashi.

ВНЕШНЯЯ ПОЛИТИКА УЗБЕКИСТАНА: АКТИВНЫЙ И ПРАГМАТИЧЕСКИЙ ПУТЬ, ОСНОВАННЫЙ НА НАЦИОНАЛЬНЫХ

В статье рассматриваются новые конструктивные политические инициативы, выдвинутые Узбекистаном за последние пять лет и поддержанные мировым сообществом, а также позитивные тенденции в Центрально-азиатском регионе. В статье отмечается, что Центральная Азия переживает процесс серьезной политической трансформации, в которой укрепляются принципы открытости и конструктивности, взаимного доверия и уважения. Это, по мнению автора, вселяет надежду, что в ближайшем будущем Центральная Азия войдет в процесс интеграции в мире как единое пространство устойчивого развития и придаст ему новое качество и содержание.

ИНТЕРЕСАХ

Саидхон Саидолимов

Доктор политических наук, профессор, Международная исламская академия Узбекистана

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова: Узбекистан, внешняя политика, национальные интересы, стратегия, развитие, Центральная Азия, региональное сотрудничество, Консультативный совет.

FOREIGN POLICY OF UZBEKISTAN: AN ACTIVE AND PRAGMATIC WAY BASED ON NATIONAL INTERESTS

The article considers the new constructive political initiatives put forward by Uzbekistan over the past five years and supported by the world community, as well as the positive trends in the Central Asian region. The article notes that Central Asia is undergoing a process of serious political transformation, in which the principles of openness and constructiveness, mutual trust and respect are becoming stronger. This, according to the author, gives hope that in the near future Central Asia will enter the process of integration in the world as a single space of sustainable development and give it a new quality and content.

Keywords: Uzbekistan, foreign policy, national interests, strategy, development, Central Asia, regional cooperation, Consultative Council.

Insoniyat tarixida o'zining siyosiy-ijtimoiy qarashlari, ma'rifiy ta'limoti bilan alohida iz qoldirgan buyuk xitoy faylasufi Konfutsiy bundan ikki yarim ming yil avval muhim bir fikrni ta'kidlab, shunday degan edi: "O'zgarishlardan qo'rqish kerak emas. Ular odatda aynan zarurat tufayli yuz beradi"

Darhaqiqat, so'nggi besh yilda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o'zgarishlar, davlatimiz va jamiyatimiz rivojidagi keskin burilishlarning mazmun-mohiyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, ular bugungi davr talabi va ko'p millatli xalqimiz manfaatlaridan kelib chiqib amalga oshirilayotganini ko'ramiz. Shuning uchun ham bu islohotlar mamlakatimiz tarixida yangi davr, ya'ni yuksalish va taraqqiyot bosqichini boshlab berayotgan yangilanishlar sifatida baholanmoqda.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi hamda jamoatchilikning keng ishtiroki va qizg'in muhokamalar asosida qabul qilingan 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi doirasida ishlab

Saidkhon Saidolimov

Doctor of political sciences, professor, International Islamic Academy of Uzbekistan

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

chiqilgan, jahon maydonida milliy manfaatlarimizni qat'iy himoya qilishga qaratilgan mutlaqo yangi ichki va tashqi siyosat muhim rol o'ynamoqda.

Yurtimizda avvalo, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ta'minlash borasida muhim tarixiy qadamlar qo'yildi. Xalq bilan bevosita va yuzma-yuz muloqot qilish, joylarda odamlarni qiynayotgan muammolarni yechish bo'yicha o'ziga xos noyob tizim yaratildi. So'z va diniy e'tiqod erkinligini ta'minlashda katta yutuqlarga erishildi. Jamiyatimizda keng avj olgan, odamlarni qiynab kelgan majburiy mehnatga, ayniqsa, bolalar mehnatiga barham berildi. Shuningdek, uzoq yillar davomida fuqarolikdan mahrum bo'lib kelgan yurtdoshlarimizga O'zbekiston fuqaroligini berishning adolatli tizimi shakllandi. Mamlakatimiz iqtisodiyotida barqaror o'sish sur'atlari va aholi daromadlari ortishi ta'minlanmoqda. Milliy valyutamizning erkin konvertatsiyasi yo'lga qo'yildi. Soliq siyosati sohasida keng miqyosdagi islohotlar boshlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yurtimizda aholi o'rtasida kambag'allik mavjudligi ilk bor ochiq tan olinib, uni qisqartirish bo'yicha milliy dasturlar ishlab chiqildi va hayotga izchil tadbiq etilmoqda.

Eng muhimi, ana shunday keng ko'lamli islohotlar tufayli odamlarda ertangi kunga, hokimiyat idoralari ishonch paydo bo'lib, ularning o'zi insonning haq-huquqi va erkinliklarini real qadriyatga aylantirish jarayonida faol ishtirok etmoqda.

2021 yilning 24 dekabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqimiz o'z xohish-irodasini erkin bildirib, bundan besh yil oldin tanlangan taraqqiyot yo'lini qat'iy qo'llab-quvvatlashini yana bir bor amalda namoyon etdi.

Yangicha qarash va yondashuvlar asosida olib borilgan ichki siyosat, uning mantiqiy davomi sifatida mamlakat tashqi siyosatida ham o'z aksini topmoqda. Bu borada ochiq, pragmatik va amaliy tashqi siyosat yuritish, dunyo davlatlari, ayniqsa, qo'shni davlatlar bilan yaqin do'stlik va hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash mamlakatimiz tashqi siyosatining ustuvor tamoyillari sifatida belgilab olingani muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O'tgan qisqa davrda amalga oshirilgan amaliy tashqi siyosat natijasida yurtimizning xalqaro miqyosdagi nufuzi va obro'-e'tibori ortib, uning mutlaqo yangicha demokratik qiyofasi shakllandi. Dunyoning uzoq va yaqin mamlakatlari bilan o'zaro manfaatli aloqalar yo'lga qo'yildi. Natijada o'tgan besh yilda O'zbekiston rahbariyati tomonidan dunyoning yetakchi davlatlariga (AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Eron, Birlashgan

345

Scientific Journal Impact Factor

Arab Amirliklari va boshqalar) 80 ga yaqin oliy va yuqori darajadagi tashriflar amalga oshirildi.

O'zbekistonning nufuzli xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan muassasa va institutlari, Islom hamkorlik tashkiloti, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo'stligi kabi mintaqaviy tuzulmalar doirasidagi faoliyati sezilarda darajada jonlanib, yangicha ma'no-mazmunga ega bo'lib bormoqda.

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan aloqalar qayta tiklandi. Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki kabi dunyoning yirik iqtisodiy, moliyaviy va investision tashkilotlari bilan aloqalar izchil rivojlanmoqda. Faol iqtisodiy diplomatiya O'zbekistonning yangilangan tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylandi.

Mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari ko'magida umumiy qiymati 30 milliard dollardan ziyod 1000 ga yaqin investisiyaviy loyihalar va savdo shartnomalari ishlab chiqildi. O'zbekistonga sarmoya yo'naltirayotgan davlatlar soni 50 tadan ortdi. BMTning YuNKTAD tashkiloti ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimiz Markaziy Osiyoda investisiyalar oqimining o'sish ko'rsatkichi bo'yicha yetakchi davlatga aylandi.

Ana shu qisqa davrda O'zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a'zo bo'ldi, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi. Mamlakatimiz o'z tarixida birinchi marta BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga a'zo etib saylandi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga raislik vazifasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Tabiiyki, izchillik bilan ilgari surilgan konstruktiv ruhdagi yangi siyosiy tashabbuslar dunyo hamjamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbuslari asosida BMT Bosh Assambleyasining 4 ta muhim rezolyusiyalari qabul qilingani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bu haqda so'z yuritganda 2021 yil may oyida BMTning Orolbo'yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish to'g'risidagi maxsus rezolyusiyasi qabul qilinganini ta'kidlash lozim.

Shuningdek, O'zbekiston rahbariyati tashabbusi asosida Orol dengizi halokati oqibatida yuzaga kelgan ekologik fojialar ta'sirini yumshatishga qaratilgan BMT bilan hamkorlikda Orolbo'yi mintaqasida inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p tomonlama Trast fondi tashkil etilgani ham diqqatga sazovordir.

O'zbekistonning global va umumbashariy muammolarni yechish borasida ilgari surgan tashabbuslari va amaliy harakatlari tufayli dunyo davlatlari tomonidan Yangi

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekistonga nisbatan siyosiy ishonch ruhi yuksak darajadaga ko'tarilib, mamlakatimiz bilan strategik hamkorlikka bo'lgan intilish tobora kuchayib bormoqda.

Ayniqsa, azal-azaldan o'zaro qardosh va birodar bo'lgan Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik aloqalari bugungi kunda sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilgani muhim ahamiyatga egadir. Hech shubhasiz, O'zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakat tashqi siyosatining muhim ustuvor yo'nalishi ekanini alohida ta'kidlab, Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus rezolyusiya qabul qilish tashabbusini ilgari surgani bu jarayonga yanada katta turtki berdi. Ayni shu asosda BMT Bosh assambleyasi 2018 yilda ilk bor "Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta'minlash bo'yicha mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash" rezolyusiyasini qabul qildi. Ana shu muhim hujjatning qabul qilinishi Markaziy Osiyo mamlakatlari mintaqa taqdiri uchun ma'suliyatni to'liq o'z zimmalariga olishga tayyor ekanini tasdiqlab bergani bilan alohida e'tiborga sazovordir.

Mintaqaviy munosabatlarning yangi bosqichga chiqishida O'zbekiston rahbariyati tashabbusi bilan 2017 yili Samarqand shahrida BMT shafeligida o'tkazilgan "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik" xalqaro konferensiya yana bir muhim qadam bo'ldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan yana bir muhim tashabbusning amaliy ifodasi Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahatlashuv kengashining o'tkazilishi bo'ldi. O'zbek diplomatiyasining ulkan yutug'i sifatida e'tirof etilgan ushbu format uning ishtirokchilari va xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholanib, O'zbekiston liderining siyosiy irodasi tufayli mintaqa davlatlari hamjihatligida yangi davr boshlangani, kelajak uchun hamkorlik eshiklari yanada keng ochilgani alohida qayd etildi.

Ushbu kengash doirasida bo'lib o'tgan yig'ilishlarda o'zaro manfaatli hamkorlikning muhim jihatlari bo'lmish mintaqada transport-kommunikatsiya imkoniyatlarini yanada rivojlantirish, suv va energetika rusurslaridan birgalikda oqilona foydalanish, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash kabi masalalar qizg'in muhokama etilib, amaliy kelishuvlarga erishilmoqda. Natijada bugungi kunda qo'shni davlatlar o'rtasida uzoq yillar davomida to'planib qolgan transchegaraviy, suv resurslaridan foydalanish, chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish, chegara punktlarini kesib o'tish kabi dolzarb muammolar hal etildi. Chegaralar ochilib, xalqlarimiz

Scientific Journal Impact Factor

o'rtasidagi o'zaro bordi-keldilar tiklandi. Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalar rivojiga yangi turtki berildi.

Yuqorida ta'kidlanganidek, Markaziy Osiyo Shimol va Janub, Sharq va G'arbni transport-kommunikatsiya yo'llari bilan bog'lashda o'ta muhim hudud sanaladi. Ushbu makondan yuz yil ilgari Yevropadan Xitoy va Hindiston mamlakatlarigacha Buyuk ipak yo'li bo'ylab savdo karvonlari qatnagan bo'lsa, bugungi kunda mazkur yo'nalishlarni qayta tiklash borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. So'nggi yillarda ushbu g'oyani ro'yobga chiqarishdan manfaatdor davlatlar soni ortib bormoqda va yangi Buyuk ipak yo'lini barpo etish tobora reallashmoqda.

Transmilliy temir yo'l magistrali, avtomobil yo'llarining qurilishi va transport kommunikatsiyalari bilan Afg'oniston hududi orqali janubga chiqish imkoniyatlarining kengayishi bilan bu masala yanada dolzarblashmoqda.

O'zbekiston rahbarining tashabbusi bilan 2021 yil iyun oyida Toshkent shahrida "Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog'liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar" mavzusida o'tkazilgan xalqaro konferensiya buning yaqqol amaliy ifodasi bo'ldi, desak to'g'ri bo'ladi. Konferensiya doirasida mamlakatimiz tomonidan ilgari surilgan yangi taklif va tashabbuslar nafaqat ushbu bepoyon mintaqalar davlatlarida, balki jahon hamjamiyatida ham katta qiziqish uyg'otdi. Xususan, Markaziy Osiyoni Hind okeani bilan bog'laydigan yangi transport yo'llarini barpo etish masalalari keng muhokama qilindi.

Kelajakda Buyuk ipak yo'lining Xitoy va Janubiy Osiyo bilan tutashtiradigan qismining qayta tiklanishi mintaqaviy transport yo'llarining ahamiyatini oshirishga, ularning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga, sarmoyalarni jalb etish uchun mustahkam asoslarni yaratishga katta imkon beradi. Shu bilan birga, bu davlatlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni faollashtirishga ko'maklashadi.

Shu ma'noda O'zbekiston rahbari tomonidan o'tgan besh yil mobaynida mintaqa davlatlari rahbarlari bilan 60 dan ziyod oliy darajadagi hamda turli mintaqaviy va xalqaro tadbirlardagi uchrashuv va muzokaralar o'tkazilib, qator ijobiy natijalarga erishilgani beqiyos ahamiyatga ega.

Markaziy Osiyoda shakllangan do'stona va yaxshi qo'shnichilik muhiti, o'z navbatida, mintaqaning savdo-iqtisodiy salohiyati va imkoniyatlarining kengayishida muhim omil bo'lmoqda. Masalan, O'zbekiston va mintaqa davlatlari o'rtasida savdo aylanmasi 2016 yilda 2,4 milliard dollarni tashkil etgan bo'lsa, ushbu raqam 2019 yilga kelib 5,2 milliard dollarga yetdi. Pandemiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilda tovar aylanmasi 3,8 milliard dollarni tashkil qildi.

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan investision hamkorligi ham jadal rivojlanmoqda. Taqqoslash uchun quyidagi raqamlarni keltirmoqchimiz: 2017 yilda O'zbekiston hududida mintaqa davlatlari sarmoyasi ishtirokida 312 ta korxona faoliyat ko'rsatgan bo'lsa, 2020 yilda bu raqam 4 barobar oshib, 1357 taga yetdi. Masalan, Qozog'iston sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 2017-2020 yillarda 281 tadan 896 taga, Qirg'iziston sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni 57 tadan 175 taga yetib, Tojikiston va Turkmaniston korxonalari soni esa 180 va 140 tadan ortdi. Ayni davrda qo'shni davlatlarga kiritilgan o'zbek sarmoyasining ulushi ham ko'payib bormoqda.

Bu esa mintaqaning iqtisodiy barqarorligini ta'minlab, xorijiy davlatlar va xalqaro moliyaviy institutlar uchun ham qulay investision muhit yaratmoqda. Birgina misol: 2016-2019 yillarda mintaqa davlatlari iqtisodiyotiga jalb qilingan xorijiy investisiyalar 40 foizga oshib, 37,6 milliard dollarni tashkil etdi. Mintaqa davlatlarining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi savdo aylanmasi ana shu davrda 56 foizga oshib, 168,2 milliard dollarga yetdi.

Albatta, ushbu ko'rsatkichlarning yaxshilanishi mintaqa yalpi ichki mahsulotining jadal o'sishiga olib kelmoqda. Xususan, 2016 yilga nisbatan 2019 yilda mintaqa YalM 19,6 foizga o'sib, 302,8 milliard dollarga yetdi. Pandemiya sharoitiga qaramasdan, 2020 yilda bu ko'rsatgich atigi 2,5 foizga kamayib, 295,1 millard dollar atrofida bo'ldi.

AQSh hukumati tomonidan 2020 yilda ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha "Mustaqillikni mustahkamlash va iqtisodiy farovonlik" deb nomlangan maxsus Strategiyaning qabul qilinishi mintaqamizda yuzaga kelayotgan yangi siyosiy voqelikning yana bir xalqaro e'tirofi bo'ldi.

O'zbekistonning mintaqaviy tashqi siyosati haqida gap ketar ekan, uning yana bir muhim yo'nalishi bo'lgan Afg'onistondagi bugungi vaziyat, ushbu mamlakatda tinchlik va iqtisodiy barqarorlikka erishish masalasiga alohida to'xtalib o'tish o'rinlidir.

Mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo'ygan birinchi kunlardan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Afg'oniston masalasi bo'yicha mutlaqo yangi konseptual yondashuv ilgari surildi. Endilikda Afg'oniston Markaziy Osiyoning ajralmas bir qismi, afg'on xalqi esa asrlar davomida mintaqa davlatlari xalqlari bilan yagona madaniy-sivilizasion makonda yashab kelgan xalq sifatida e'tirof etilmoqda.

O'zbekiston rahbariyatining tashabbusi bilan 2018 yil yanvar oyida BMT Xavfsizlik Kengashida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari ishtirokida "Xavfsizlik va taraqqiyotning o'zaro bog'liq modeli sifatida Afg'oniston va

Scientific Journal Impact Factor

Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yo'lga qo'yish" mavzusida maxsus uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu uchrashuv orqali Markaziy Osiyo davlatlarining Afg'oniston masalasi bo'yicha yagona pozisiyasini shakllantirishga erishildi. Xususan, Afg'onistonni Markaziy Osiyoning savdo-iqtisodiy va infratuzilmaviy loyihalariga keng jalb etish bo'yicha mintaqa davlatlarining yangicha hamkorlik faoliyatining asosiy yo'nalishlari belgilab olindi.

Muxtasar qilib aytganda, mintaqada kuzatilayotgan ana shunday ijobiy tendensiyalar Markaziy Osiyoda jiddiy siyosiy transformatsiya jarayonlari kechayotgani, bunda ochiqlik va konstruktivlik, o'zaro ishonch va hurmat tamoyillari borgan sari mustahkamlanayotganini ko'rsatmoqda. Bu esa Markaziy Osiyoning yaqin kelajakda dunyodagi integratsiya jarayonlariga barqaror rivojlanayotgan yagona makon sifatida kirib borishi hamda unga yangicha sifat va mazmun bag'ishlashiga umid uyg'otadi.

REFERENCES

1. Mirzohid Rahimov, Saidhon Saidolimov. (2019). New dynamics of Russian and Central Asian relations. Russia and the Muslim World: Challenges in the Middle East, Central Asia, South Caucasus and from within. The Harry S. Truman Research Institute for the Advancement of Peace. Jerusalem, 41-45.

2. Rahimov, M., Saidolimov, S. (2017). Regional Integration Issue in Central Asia: Local, Regional and Global Factors. Contemporary Global Trends: Challenges and Risks for Central Asia. Almaty, 21-34.

3. Saidolimov, S.T. (2004). Central Asia: Conditions and Prospectives. O^E^^T, 11(1), 287-295.

4. Saidolimov, S. (2019). Deepening Complementarities between South Korea and Uzbekistan. Theoretical & Applied Science, (9), 450-453.

5. Nazirov, M. (2020). Processes of Forming New Centers of Power in the SCO Space. The American Journal of Political Science, Law and Criminology, 2(11), 26-

6. Nazirov, M. (2020). Youth as a leading power of Uzbekistan. Light of Islam. 4, 107-116.

7. Nazirov, M., Mukhammadsidiqov, M. (2020). Central Asia: Involvement of Afghanistan in Regional Development Processes. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 266-272.

XULOSA

32.

Scientific Journal Impact Factor

8. Nazirov, M. (2021) Some Aspects of Political Transition in Central Asian States. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry. Vol. 6, July, 6813-6817.

9. Berdiyev, B. (2020). Central Asia: international relations as a factor of regional stability and integration. The American Journal of Political Science Law and Criminology. Vol. 02. Iss.10, 118-122.

10. Sobirov, J. (2020). International Relations Between Turkic Speaking States. The American Journal of Political Science Law and Criminology, 2(12), 144-149.

11. Idirov, U., Nazirov, M. (2021). Uzbekistan: Modern Strategic Directions of Development of Ideas and Values of Democracy. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(02), 147-154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.