Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA SUD HOKIMIOYATI'

YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA SUD HOKIMIOYATI Текст научной статьи по специальности «Право»

17
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA SUD HOKIMIOYATI»

Tashkent State Technical University

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -is a Legal Guarantee of the Establishment of a fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo

YANGI O'ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA SUD HOKIMIOYATI

Mafura Muxtarxanovna Inagamova

Toshkent davlat transport universiteti dotsenti, PhD, dotsent

Bugungi kunda yurtimizda mustaqillikka erishganimizdan buyon butunlay yangicha va o'ziga xos islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, fuqarolarning qonun oldida tengligi, insonparvarlik va qonuniylikni ta'minlashga qaratilgan islohotlardir. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bobi sudlar faoliyatiga bag'ishlangan bo'lib, 2023 yil 30-aprelda bo'lib o'tgan referendumga ko'ra, Konstitutsiyaviy sud sudyalari 10 yil muddatga saylanadi va qayta saylanishi mumkin bo'lmaydi. Avvalgi tartibga ko'ra, bu muddat birinchi marta saylanganida 5 yil, keyingisida 10 yil edi. Ayni bir shaxs surunkasiga ikki martadan ortiq bitta lavozimni egallashi mumkin emasligi haqidagi qoida, , Oliy sud raisi va o'rinbosari, Sudyalar oliy kengashining raisi va o'rinbosari, nisbatan ham tatbiq etiladigan bo'ldi.

Shu asnoda, Prezidentimizning 2022-yil 22-dekabrdagi Murojaatnomasida yurtimizda qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor berilgan.

Prezidentimiz ta'kidlagandek, oxirgi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh qilish borasida 40 dan ortiq me'yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Qonun ustuvorligini ta'minlash, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan, davlat hokimiyatining muhim tarmog'i bo'lgan sud tizimi mustaqilligini ta'minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlarning eng muhim ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Mustaqil, ochiq va shaffof sud tizimini shakllantirish hamda xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda institutsional islohotlarni hayotga tatbiq etish bugungi kunda davlatimiz siyosatida ustuvorlik kasb etmoqda. Ayniqsa, odil sudlovda ochiqlik, jamoatchilik mexanizmi qo'llanilishi, sud hukmi qabul qilinishida insonparvarlik tamoyili namoyon bo'lishi aholi haq-huquqlari, manfaatlarini qonuniy kafolatidir. [1]

Albatta, buni sud-huquq sohasiga katta e'tibor

Civil Society and a People-Friendly State

etishning huquqiy kafolati

Mamayusud Abduxoliq o'g'li Qudratov

Toshkent Davlat transport universiteti, 2-kurs talabasi.

https://tstu.uz/

qaratilayotgani natijasi, deyish mumkin. Binobarin, tizimda

Republican Scientific and Practical Conference

December 1-7, 2023

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

so'nggi yillarda tatbiq etilayotgan muayyan chora-tadbirlarga ko'ra, avvalo, sudlaming moliyaviy mustaqilligi kuchaytirildi. Sudlarni moliyalashtirish tizimi xalqaro standartlarga muvofiqlashtirildi. Prezidentimizning 2021 - yil 13 - yanvardagi "Sud organlari faoliyatini moliyalashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi [2] Farmoniga muvofiq, sudya va sud organlari xodimlarining ish haqlari hamda qo'shimcha to'lovlari to'liqligicha Davlat budjeti mablag'lari hisobidan moliyalashtirilmoqda. Shuningdek, sudyalarning ijtimoiy himoyasi kuchaytirilgani ham e'tiborga molik. Bular, albatta, sudning mustaqilligini ta'minlovchi muhim kafolat bo'lib xizmat qilmoqda. Yana bir muhim jihat, mamlakatimizning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida ham tizimdagi islohotlar huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Zero, Bosh qomusimizda sud hokimiyatining moliyaviy mustaqilligini ta'minlashga oid alohida modda kiritilgani sudlar mustaqilligi kafolatlarini kuchaytirishga xizmat qiladi. [3]

Sudyalik lavozimida faoliyat yuritish har jihatdan mas'ullik, fidoyilikni talab etishi hammamizga yaxshi ma'lum. Shu bois, qonunchilikka ko'ra, ushbu vazifalarga nomzodlarni saralash va tayinlashning yangi tartib-taomillari joriy etildi. Xususan, sudya lavozimida bo'lishning ilk marotaba besh yillik, keyin o'n yillik muddati, so'ng muddatsiz davri belgilandi. [4] Sudya lavozimida bo'lishning ushbu tartibi sudyadan zimmasiga yuklatilgan vazifani namunali va vijdonan bajarishni talab etishi bilan bir qatorda, lavozimiga keyingi muddatga qayta saylanishi yoki tayinlanishi, o'z vazifalarini namunali ado etgach, keyinchalik o'n yilga va hatto muddatsiz davrga saylanishi yoki tayinlanishi uchun rag'batlantiruvchi qoida ham bo'lib xizmat qilmoqda.

Albatta, salohiyatli, har tomonlama malakali sud kadrlarining shakllanishi, odil sudlov sifatini oshirishga, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan muhim tadbirlardan biri amalga oshirilgani diqqatga sazovor. Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlashda ochiq, oshkora va muqobil tanlov tizimini yaratish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta'minlashga ko'maklashadigan Sudyalar oliy kengashi tashkil etilgani bunga yaqqol misoldir. [5] Kengash tarkibining kamida yarmini sudyalar hisobidan shakllantirish, uning tarkibiga fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarini kiritish tartibi belgilanib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar uning tarkibidan chiqarildi. O'z-o'zidan anglashiladiki, bu kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida yurtimizda olib

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo _etishning huquqiy kafolati

borilayotgan islohotlarga hamohang ekani bilan yanada ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga, sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmi takomillashtirildi. Ya'ni, uning asoslari aniqlashtirilib, sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo'zg'atishga oid vakolati tugatildi. Bu ham sudyalarning samarali faoliyat olib borishlarini ta'minlashga xizmat qiladi.

Sohadagi islohotlarning izchil davomi sifatida yana bir muhim tashabbus ro'yobga chiqarildi. Ya'ni, mamlakatda yagona sud amaliyoti yo'lga qo'yildi. Shu maqsadda Oliy sud va Oliy xo'jalik sudi fuqarolik, jinoiy, ma'muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi — O'zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi. Ushbu islohot, pirovardida, sud tizimini boshqarishdagi bir-birini takrorlovchi funksiyalarni bartaraf etishga hamda yagona sud amaliyotini shakllantirishga olib keldi. [6]

Bundan tashqari, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar birlashtirildi. Viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari bo'yicha, jinoyat ishlari bo'yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat'iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi. [7] Albatta, bularning barchasi sud himoyasini ta'minlashdagi ortiqcha byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, shu bilan birga, sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishda katta rol o'ynadi. [8]

Sud tergovi jarayonida inson huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanligi tamoyilini amalda ro'yobga chiqarish maqsadida jinoyat sudlarida dastlabki eshituv bosqichi joriy etildi. Mazkur institut AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya shu jumladan MDH mamlakatlarida ham joriy etilgan.

Aytib o'tish joizki, 2021 yil 15 oktabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashi yig'ilishida Mustaqil davlatlar hamdo'stligi ishtirokchi-davlatlarining Oliy (yuqori) sudlari raislari kengashini tashkil etish to'g'risida bitimni tasdiqlandi. Ushbu bitimda O'zbekiston Oliy sudini mazkur xalqaro shartnomaning amalga oshirilishi uchun mas'ul bo'lgan vakolatli organ etib belgilandi. [9]

Kengash faoliyatining asosiy yo'nalishlari qilib, odil sudlovni amalga oshirish, MDHga ishtirokchi-davlatlar hududida yashovchi (joylashgan) shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi sud organlari hamkorligining ustuvor yo'nalishlari va shakllarini aniqlash va MDH doirasida qabul qilingan huquqiy hamkorlik sohasidagi xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni amalga oshirishda ko'maklashish va MDH doirasida davlatlararo munosabatlarni huquqiy tartibga solishni

1-7, 2023

https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Tashkent State Technical University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is a Legal Guarantee of the Establishment of a Civil Society and a People-Friendly State

Volume 4 | TSTU Conference 1 | 2023 O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi -fuqarolik jamiyati va xalqparvar davlat barpo etishning huquqiy kafolati

takomillashtirish chora-tadbirlari bo'yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat bo'lgan. [10]

Xulosa qilib aytiladigan bo'lsak, sud hokimiyatida olib borilgan institutsional o'zgarishlar mamlakatimizda sudlarning chinakam mustaqilligini ta'minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish hamda odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

REFERENCES

1. Sud va huquqni muhofa qiluvchi organlar darslik. Toshkent 2020

2. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 18.01.2023-y., 06/23/12/0034-son)

3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.07.2018-y., 06/18/5482/1506-son; 13.01.2021-y., 06/21/6134/0021-son; 21.01.2021-y., 06/21/6143/0052-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, 20.05.2021-y., 06/21/6230/0473-son)

4. Sud va huquqni muhofa qiluvchi organlar darslik. Toshkent 2020

5. Inagamova M.M. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyada qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy-huquqiy masalalari (tahliliy-statistik ma'lumotlar asosida). Multidisciplinary Scientific Journal.

6. Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64.

7. Inagamova M.M KONSTITUTSIYaVIY ISLOHOTLARDA INSON-JAMIYaT-DAVLAT MASALALARINING RIVOJLANISh BOSQIChLARI. Academic research in educational sciences 3 (TSTU Conference 2), 59-64

8. Dadasheva A.A.. O'zbekiston Respublikasi-Konstitutsiyaviy Islohotlar Davr Talabi (2022) Academic research in educational sciences 3 (10), 288-291

9. Egamberdieva N.X.Voyaga etmagan shaxsning hayoti va sog'lig'iga etkazilgan zararlarni qoplashning ayrim masalalari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudining AXBOROTNOMASI

10. Касимова А. А Допрос подозреваемого и обвиняемого: некоторые протсессуалные аспекты Экономика, управление и право: инновatsiонное решение проблем, 93-95

December 1-7, 2023 https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.