Научная статья на тему 'YАNGI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XALQARO INVESTITSION MUHITNI YARATISHNING STATISTIK TAHLILI'

YАNGI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XALQARO INVESTITSION MUHITNI YARATISHNING STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
27
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
investitsiya / moliya / chet ellik investorlar / kapital / o‘zlashtirish / korxona / asosiy kapitalga investitsiyalar / markazlashgan moliyalashtirish manbalari / iqtisodiyot. / investment / finance / foreign investors / capital / development / enterprise / investments in fixed capital / centralized sources of financing / economy.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xusnuddinova, Munisa Jamoliddin Qizi

O‘zbekiston Respublikasi yildan-yilga rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli jabhalarida ulkan ahamiyatga molik yutuq va natijalarga erishib, jahon hamjamiyatida tobora yuksak mavqega ega bo‘lib bormoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida belgilab berilgan strategik maqsadlar va ularga bosqichma¬bosqich erishish bo‘yicha aniq ishlab chiqilgan vazifalarning izchil amalga oshirilishi, erishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE CREATION OF THE INTERNATIONAL INVESTMENT ENVIRONMENT IN THE NEW UZBEKISTAN ECONOMY

The Republic of Uzbekistan is developing еar by еar, achieving significant achievements and results in various aspects of socio-economic development, and is gaining a higher position in the world community. In this regard, the President of the Republic of Uzbekistan Sh.M. The consistent implementation of the strategic goals set by Mirziyoev for the development of the economy and clearly developed tasks for their step-by-step achievement serve as the basis of the achieved success.

Текст научной работы на тему «YАNGI O‘ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XALQARO INVESTITSION MUHITNI YARATISHNING STATISTIK TAHLILI»

YANGI O'ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA XALQARO INVESTITSION MUHITNI YARATISHNING STATISTIK TAHLILI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10542088

Xusnuddinova Munisa Jamoliddin qizi

TDIU Statistika kafedrasi assistenti e-mail: munisahusniddinova9@gmail .com

Annotatsiya: O'zbekiston Respublikasi yildan-yilga rivojlanib, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli jabhalarida ulkan ahamiyatga molik yutuq va natijalarga erishib, jahon hamjamiyatida tobora yuksak mavqega ega bo'lib bormoqda. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida belgilab berilgan strategik maqsadlar va ularga bosqichmabosqich erishish bo 'yicha aniq ishlab chiqilgan vazifalarning izchil amalga oshirilishi, erishilayotgan muvaffaqiyatlarning asosi bo 'lib xizmat qilmoqda.

Kalit so'zlar: investitsiya, moliya, chet ellik investorlar, kapital, o'zlashtirish, korxona, asosiy kapitalga investitsiyalar, markazlashgan moliyalashtirish manbalari, iqtisodiyot.

СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СОЗДАНИЯ МЕЖДУНАРОДНОЙ ИНВЕСТИЦИОННОЙ СРЕДЫ В НОВОЙ ЭКОНОМИКЕ УЗБЕКИСТАНА

Аннотация: Республика Узбекистан из года в год развивается, добиваяс значителных достижений и резултатов в различных аспектах сотсиално-экономического развития, завоевывая все более высокие позитсии в мировом сообществе. В связи с этим Президент Республики Узбекистан Ш.М. Основой достигнутого успеха служат последователная реализатсия поставленных Мирзиёевым стратегических селей по развитию экономики и четко сформулированных задач по их поетапному достижению.

Ключевые слова: инвестиции, финансы, иностранные инвесторы, капитал, ассигнования, предприятие, капиталные вложения, сентрализованные источники финансирования, экономика.

STATISTICAL ANALYSIS OF THE CREATION OF THE

INTERNATIONAL INVESTMENT ENVIRONMENT IN THE NEW

UZBEKISTAN ECONOMY

Abstract: The Republic of Uzbekistan is developing еar by еar, achieving significant achievements and results in various aspects of socio-economic development, and is gaining a higher position in the world community. In this regard, the President of the Republic of Uzbekistan Sh.M. The consistent implementation of the strategic goals set by Mirziyoev for the development of the economy and clearly developed tasks for their step-by-step achievement serve as the basis of the achieved success.

Key words: investment, finance, foreign investors, capital, development, enterprise, investments in fixed capital, centralized sources offinancing, economy.

KIRISH

Respublikamizda investitsion faoliyat sohasida boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish hamda qabul qilish jarayonida ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni qo'llashga asoslangan innovatsion yondashuvlarni joriy etish bugungi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga yo'naltirilgan islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi.

Qolaversa, O'zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2022-yil 28-dekabrda "O'zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459- sonli qarorida ham belgilangan vazifalar natijasida, O'zbekistonda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish, investorlarning investitsion siyosat izchilligiga bo'lgan ishonchini mustahkamlash va davlat tuzilmalarining investorlar bilan ishlashdagi mas'uliyatini oshirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarish, balanslashgan investitsion siyosatni shakllantirish, investitsion faollikni ta'minlash orqali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda1. Investitsion muhit jozibadorligini oshirish yo'nalishi sifatida «mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalarni jalb etishni rag'batlantirish, investitsiya loyihalarini o'z vaqtida va sifatli amalga oshirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlari va ish joylarini yaratish, infratuzilmani takomillashtirish hamda hududlarni obodonlashtirish va xalq

1 O'zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2022-yil 28-dekabrda "O'zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459-sonli qarori.

farovonligi darajasini oshirish»2 bo'yicha muhim vazifalar belgilab beгilgan. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi respublikamizda investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirishni taqozo etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylaгida O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish uchun jami moliyalashtirish manbalari hisobidan 139,1 trln. so'm o'zlashtiгilgan bo'lib, o'tgan yilning mos davгiga nisbatan 107,9 % ni tashkil etdi.

1-rasm.

Asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish sur'atlari dinamikasi, % da3

201 Э 202Ü ^O^^l 3022 2023

So'nggi yillardagi ulaming o'sish suг'atlaгini ko'radigan bo'lsak, 2019-yilda 158,9 % ga etgan, 2020-yilda pasayib - 90,6 % ni tashkil etgan, 2021-yilda ko'payib -102,5 % kuzatildi, hoziгgi davгgacha yana o'sish tendensiyasiga ega bo'lib, 107,9 % ni tashkil etdi.

2-rasm.

Asosiy kapitalga investitsiyalar 2023 yil yanvar-iyun holatiga

Yuqorida ta'kidlaganimizdek Asosiy kapitalga investitsiyalar 2023-yil yanvar-iyun holatiga 139,1 trin. so'mni tashkil etib o'tgan yilning mos davriga nisbatan 107,9 % ga o'sgan. YaIM ganisbatan esa 29,6 % ga o'sish qayd etilgan bo'lib, uning tarkibida markazlashgan investitisyalar 17,1 trin. so'mga, markazlashmagan investitsiyalar esa 122,0 tгln. so'mga, xorijiy investitsiya va kreditlaг 59,0 trin.so'mga o'sganligini ko'гishimiz mumkin bo'ladi.

2 Tursunov Q.B., Rajabov N.R. Sanoat taimoqlarining investitsion salohiyatini barqarorlik ko'rsatkicЫari orqali boshqarish yo'llari // «O'zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami - T.: TDIU, 2020-yil 11-12 dekabr. 348-357 betlar.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Adabiyotlar sharhi

Investitsion muhit jozibadorligini boshqarish muammolari xorijiy olimlardan Y.Shumpeter, F.Xaek, M.Por- 8 ter, P.Krugman, M.Fujita, M.Mure, K.Maxn, Li-Yu-Xong, R.Jemes va boshqa shu kabi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlari olimlari, xususan, O.A.Biyakov,

A.G.Granberg, Yu.A.Gadjiev, V.K.Lomakin, Ya.D.Lisovolik, G.L.Azoev,

B.S.Jixarevich, R.Fatxutdinov, Yu.V.Savelev va boshqalarning asarlarida investitsion boshqaruv nazariyalari, investitsion muhit jozibadorligini boshqarish jarayonidagi menejment funksiyalari, davlatning samarali investitsion muhit yaratish jarayonlarini boshqarish masalalari o'rganilgan. O'zbekistonda investitsion muhit va investitsion jozibadorlikni oshirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish, barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini oshirish hamda xorijiy investitsiyalardan samarali foydalanish masalalari M.Abdusalyamov, T.Axmedov, D. G'ozibekov, Sh.Mustafakulov, A.Qayumov, A.Sodiqov, A.Soliev, N.Haydarov, F.Egamberdiev4 va boshqa olimlarning asarlarida o'z aksini topgan. Biroq, mazkur yo'nalishda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining ko'lamiga qaramasdan investitsion muhit jozibadorligini boshqarishda hududiy ishlab chiqarish komplekslari, iqtisodiy rayonlashtirish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish konsepsiyalari, erkin iqtisodiy va zonal hududlarni boshqarishning tashkiliy uslubiy jihatlariga alohida e'tibor qaratilmagan. Bu esa investitsion muhit jozibadorligini boshqarish yo'nalishlarini chuqurroq tadqiq etishni taqozo etadi.

Tadqiqot metodologiyasi

O'zbekistonda investitsion muhit jozibadorligini boshqarish masalalari bo'yicha ilmiy-nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari borasida mustaqil tadqiqotlar olib borish etarli darajada emas. Mamlakatimizda investitsion muhit jozibadorligi iqtisodchi-olimlar tomonidan kam o'rganilgan mavzulardan biri ekanligi bilan birga, ushbu masalaga hozirda yangicha yondashuv zarurligini taqozo etmoqda. Xorijiy iqtisodchi-olimlar talqinida bu tushuncha ko'proq «biznes muhiti» tushunchasi bilan ma'nodosh sifatida ko'rsatilmoqda. Jumladan, Dj.D.Deniels va Li.X.Radeba fikricha, 70-80-yillardagi TMKlar hozirda «biznes muhiti talablariga moslashuv shartlarini to'liq ko'chirib olishga ulgurdilar (environmental scanning)». Dj.Douns va G.Elliotning ta'kidlashlaricha «investitsion muhit investitsiyalar samaradorligiga ta'sir ko'rsatuvchi iqtisodiy, moliyaviy va boshqa sharoitlardir». Xorijiy tadqiqotchilar «investitsion muhit», «investitsion iqlim» kabi kategoriyalarning mazmuni «biznes muhiti» tushunchasiga yaqin deb qarab, uni kapitalni qo'yishning

4 K.B.Tursunov, N.R.Rajabov., Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish, «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Toshkent - 2021//6-9 bet.

risklilik darajasi va aniq obyektga investitsiya qilishning jozibadorligi darajasini shakllantiruvchi tashqi shart-sharoitlar majmui sifatida talqin etadilar. Jumladan, S.Yu. Sivakovaning fikricha, mazkur kategoгiyalaг xoгijiy amaliyotda to'liq sinonim tushunchalar sifatida qo'llaniladi. Taraqqiyot tadqiqotlari instituti (IDS, University of Sussex) vakillari M.Mur va X.Shmits ushbu tushunchalarning farqlanishi lozimligini ta'kidlashadi va uni asoslovchi omillarni bayon etishadi. Ularning fikricha, biznes muhitining (yoki investitsion muhitning) yaxshilanishi biznesni yuritish uchun xarajatlarni kamaytirish imkonini, investitsion muhitning yaxshilanishi esa - kapitalni investitsiyalashdagi risklarni pasaytirish imkonini ko'zda tutadi.

Tahlil va natijalar

O'zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2022-yil 28-dekabrda "O'zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459-sonli qarori yuzasidan joriy yilda mamlakatimizni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha vazifalarning samarali bajarilishiga, amalga oshirilayotgan islohotlarga to'siq bo'layotgan omillarni o'z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga to'sqinlik qilayotgan bir qator kamchiliklar mavjudligini namoyon qilmoqda (1 chizma).

Davlat ahamiyatiga molik loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonini sifatli tashkil etish, muvofiqlashtirish, monitoring hamda nazorat qilishni ta'minlovchi loyiha boshqaruvining yagona tizimi mavjud emasligi;

M C Loyihalarni amalga oshirish sur'ati va samaradorligini tezkor kuzatish imkonini beruvchi ilg'or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining boshqaruv jarayoniga etarlicha joriy etilmaganligi;

H I L i L A R Davlat va hududiy dasturlarni, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ochiqlik va shaffoflik darajasining pastligi mazkur sohada moliyaviy mablag'lar maqsadsiz va samarasiz sarflanishi, shuningdek turli xil suiiste'molchilik holatlarini keltirib chiqarayotganligi;

Amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi, asoslantirilganligi va rentabelligini tahlil qilish hamda baholash, shuningdek ularning qiymatini oshirib ko'rsatish va boshqa suiste'molchiliklar alomatlarini aniqlash bo'yicha ishlar samaradorligining pastligi.

1-chizma. Investitsiya loyihalarni boshqarish tizimidagi kamchiliklar5

Investitsion kredit qiymati amalga oshirilayotgan loyihalarning maqsadga muvofiqligi bilan birga quyidagi omillarga bog'liq hisoblanadi:

- tijorat banki uchun jalb etilgan mablag'lar (depozitlar, banklararo kreditlar) qiymati;

5O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//"Xalq so'zi" gazetasi, 2022 yil 28 dekabr, № 258 (6952)

- qarz oluvchi ishonchliligi va risk darajasi;

- mamlakatda yuritilayotgan pul-kredit siyosati;

- kreditor bilan qarz oluvchi o'rtasidagi munosabatlar harakteri;

- mamlakatdagi mavjud soliq tizimi;

- Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi va h.k.

Loyihalarni amalga oshirish sur'ati va samaradorligini kuzatish Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi investitsiya krediti narxiga ko'proq ta'sir ko'rsatadi.

1-jadval.

Asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar mlrd. so'm

Hududlar 2018 2019 2020 2021 2022 Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning o'zgarishi

(+ ; -) (%)

O'zbekiston Respublikasi 124231,3 195927,3 210195,1 239552,6 266240,0 142008,7 214,3

Qoraqalpog'iston Respublikasi 6757,8 8750,6 7089,8 8110,7 10254,0 3496,2 151,7

Andijon 4711,9 7452,1 9622,6 11176,6 14339,8 9627,9 304,3

Buxoro 9610,9 10366,6 12183,9 20528,3 21638,3 12027,4 225,1

Jizzax 3606,3 7900,9 12545,4 9233,6 10373,9 6767,6 287,7

Qashqadaryo 16518,5 24462,5 20557,6 17359,1 16012,8 -505,7 96,9

Navoiy 10579,5 17646,3 15688,4 15020,1 17958,1 7378,6 169,7

Namangan 8158,1 12084,9 12007,2 12982,0 14775,1 6617,0 181,1

Samarqand 7061,4 10266,7 14656,4 15641,6 18917,1 11855,7 267,9

Surxondaryo 7240,6 11835,1 10068,2 12037,8 11569,4 4328,8 159,8

Sirdaryo 2699,3 5869,1 7191,9 8051,8 12354,6 9655,3 457,7

Toshkent 11226,9 20353,9 21148,6 28113,6 35767,7 24540,8 318,6

Farg'ona 5539,1 8685,4 11040,0 12625,2 15419,3 9880,2 278,4

Xorazm 3013,8 5032,0 5391,8 8292,0 8769,7 5755,9 291,0

Toshkent sh. 26435,7 42458,1 50371,3 58172,7 56847,9 30412,2 215,0

Manba: O'zbekiston Respu blikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agent igi ma'lumotlari asosida

tuzilgan.

Jadval ma'lumotlari asosida takidlash mumkinki, 2022-yilda asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar 266240,0 mlrd. so'mni tashkil etib, 2018-yilga nisbatan 114,3 % ga yoki 142008,7 mlrd so'mga oshgan. Respublikamiz bo'yicha mutloq miqdorlarda hisoblanganda Toshkent shahri 30412,2 mlrd so'm bilan etakchilik qilmoqda, nisbiy miqdorlarda hisoblanganda esa Andijon viloyati 204,3 % bilan ustunlik qilmoqda.

3-rasm.

Yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalar o'sish sur'atlari

dinamikasi, % da

2023-yilning yanvar-iyun oylarida jami investitsiyalar hajmida, markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan moliyalashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning ulushi, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 % punktga kamayib, 12,3 % ni yoki 17,1 trln. so'mni tashkil etdi. Mos ravishda, markazlashmagan moliyalashtirish manbalari hisobidan 122,0 trln. so'm yoki jami investitsiyalarning 87,7 % investitsiyalari o'zlashtirilib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,7 % punktga kopaydi.

4-rasm.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha asosiy kapitalga investitsiyalar, jamiga nisbatan % da

2023-yilning yanvar-iyun oylarida asosiy kapitalga investitsiyalarning 59,8 % i yoki 83,1 trln. so'mi jalb etilgan mablag'lar hisobidan moliyalashtirilgan bo'lsa, korxona, tashkilot va aholining o'z mablag'lari hisobidan 40,2 % yoki 56,0 trln. so'm moliyalashtirildi. 2023-yil yanvar-iyun oylari yakunlari bo'yicha investitsiya

statistikasi ko'rsatkichlarini shakllantirish bo'yicha 3725 ta yirik korxona va 1184 ta kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan hisobotlar qabul qilindi.

4-rasm.

O'zbekiston Respublikasi hududlari kesimida asosiy kapitalga investitsiyalar

O'zbekiston Respublikasi bo'yicha Respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan infrastruktura, iqtisodiy va ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo'naltirilgan investitsiyalar hajmi o'tgan yilning mos davriga nisbatan 103,6 % ni yoki 9,1 trln, so'mni tashkil etdi. Shuningdek, suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan investitsiyalar o'tgan yilning mos davriga nisbatan 79,8 % ni, 0,8 trln. so'mni tashkil etdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi, mos ravishda 0,2 % punktga kamayib, 0,6 % ni tashkil etdi. Xulosa va natijalar Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida tijorat banki investitsiya muhiti mamlakatdagi umumiy investitsiya iqlimi va davlat tomonidan olib borilayotgan investitsiya siyosatiga hal qiluvchi darajada bog'liqdir. Bank investitsiya muhiti loyihasini shakllantirishga so'nggi ta'sir investitsiya riski darajasini belgilaydi.

Investitsiyalar portfeli tarkibi ana shularni hisobga olib shakllantirilishi kerak. Investitsiya muhitining umumiy yo'nalishi va investitsiyalarning daromadliligi investitsiyalar portfeli tarkibiga bog'liqdir. Investitsiya muhitini rivojlantirish imkoniyatlari ko'p jihatdan moliyalash manbalarini muvaffaqiyatli qidirib topishga, investitsiyalarning O'zbekiston iqtisodiyotiga kirib kelishini nazorat qilish va rag'batlantirishning eski mexanizmlarini isloh etish va yangilarini ishlab chiqishga bog'liq.

Ilmiy maqola yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalar va takliflarni berish maqsadga muvofiqdir:

1. O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni investitsiyalarni jalb etishda, investitsiya muhitini davlat tomonidan tartibga solishda monopoliyaga

qarshi muhitni yaratishga, raqobatchilikni rag'batlantirishga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini keng ko'lamda qo'llab-quvvatlashga, samarali soliq siyosatini amalga oshirish zarur.

2. Qayta moliyalash stavkalari bo'yicha investitsiyalarni asosiy sarmoyaga taqsimlanishi byudjet mablag'lari hisobidan investitsiyalar ko'payishini, moliyalash manbalari sifatida byudjetdan tashqari fondlar investitsiyalar umumiy hajmining yarmidan ko'prog'ini tashkil etishini ta'minlab beradi.

3. O'zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb etish maqsadiga ko'ra, moliyaviy investitsiya manbalari cheklangan bir sharoitda moliya-ishlab chiqarish uyushmalarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Buning natijasida esa me'yoriy va huquqiy bazaning takomillashtirilishi zarur. Ushbu uyushmalar tarkibida tijorat banklari muhim o'rinni egallashi keark.

4. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasini pasaytirishga ko'maklashadigan pul-kredit siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur, bu esa xo'jalik yurituvchi subyektlarga investitsiya loyihalarini moliyalash uchun tijorat banklarining kredit resurslarini ko'proq jalb etish imkonini beradi.

5. Amalga oshirilayotgan investitsiya dasturlarida iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan takomillashtirish bilan bog'liq bo'lgan istiqbolli tarmoqlarda investitsiya loyihalarini moliyalash uchun pasaytirilgan foiz stavkalarini joriy etish zarur.

6. Mamlakatimz hududlarida mintaqaviy investitsiya bankini yaratish orqali mintaqaviy darajada investitsiya muhitini jonlantirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekitson Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2022-yil 28-dekabrda "O'zbekitson Respublikasining 2023-2025-yillarga mo'ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-459-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi.//"Xalq so'zi" gazetasi, 2022-yil 28-dekabr, № 258 (6952)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-oktabrdagi "2019-2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo'yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to'g'risida"gi PQ-2639-sonli Qarori // "Xalq so'zi", 2018-yil 25-oktyabr.

4. Tursunov Q.B., Rajabov N.R. Sanoat tarmoqlarining investitsion salohiyatini barqarorlik ko'rsatkichlari orqali boshqarish yo'llari // «O'zbekiston Respublikasi Harakatlar strategiyasi: makroiqtisodiy barqarorlik, investitsion faollik va innovatsion

rivojlanish istiqbollari» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami - T.: TDIU, 2020-yil 11-12-dekabr. 348-357 betlar.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

5. K.B.Tursunov, N.R.Rajabov., Investitsion muhit jozibadorligini boshqarishni takomillashtirish, «Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi» Toshkent -2021//6-9 bet.

6. B Akbarova Empiric Analyzing For Net Revenues From Sales of Products By Small Business//- Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN:2249 -0892 Special Issue-04, August -2023

7. B Akbarova, M.J. Khusnuddinova Role of Business in The Economy of Country: A Case of Uzbekistan //Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN:2249 -0892 Special Issue-04, August -2023

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti. https://Stat.uz.

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent viloyat boshqamasi rasmiy sayti. https://Toshvilstat.uz.

10. B. Akbarova Econometric Modeling And Forecast Of Net Revenues From Sales Of Products By Small Business: In Case Of Uzbekistan// Asian Journal of Technology & Management Research (AJTMR) ISSN: 2249 -0892 Vol11 Issue-02, Jan -2022 https://www.aitmr.com/papers/Vol11Issue2/Vol11Iss2 P2.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.