Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING O‘ZIGA XOS TAMOYILLARI'

YANGI O‘ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING O‘ZIGA XOS TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / zamonaviy texnologiyalar / drayver / diversifikatsiya / sun’iy intellekt.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sharifov Azizbek

Ushbu maqolada barcha tarmoqlarni va sohalarni yanada rivojlantirish va qishloq xo‘jaligini va ta’lim, sog‘liqni saqlashga zamonaviy axborot-komunikatsiyalar texnalogiyalarni keng joriy etish buyicha ko‘plab chora tadbirlar haqida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING O‘ZIGA XOS TAMOYILLARI»

YANGI O'ZBEKISTON IQTISODIY TARAQQIYOTINING O'ZIGA XOS TAMOYILLARI

Sharifov Azizbek

TIPI "Iqtisodiyot" fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11220896

Annotatsiya. Ushbu maqolada barcha tarmoqlarni va sohalarni yanada rivojlantirish va qishloq xojaligini va ta'lim, sog'liqni saqlashga zamonaviy axborot-komunikatsiyalar texnalogiyalarni keng joriy etish buyicha ko'plab chora tadbirlar haqida soszyuritilgan.

Kalit so^zlar: raqamli iqtisodiyot, zamonaviy texnologiyalar, drayver, diversifikatsiya, sun'iy intellekt.

XXI asr butun jahonda iqtisodiyot tubdan o'zgara boshladi. Shunga qaramay, bizning yurtimizda ham iqtisodiyot shunga monand yangilanmoqda, ya'ni raqamli iqtisodiyot rivojlana boshladi. Insoniyat tarixida tosh asri, ya'ni tosh tugab emas balki yangidan yangi zamonaviy texnologiyalar kirib kelishi bo'ldi. Hozirgi davrimizda butun jahon eng yetakchi davlatlar hozirgi kunga qadar 3 ta inqilobni boshdan kechirdi. Bular; "To'rtinchi sanoat inqilobi", "Aqlli iqtisodiyot", "Innovatsion iqtisodiyot" ga o'tayotgani bilan xarakterlanadi. Hozirgi yangi asrda butun jahon raqamli iqtisodiyot va texnalogiyalarga asoslanadi. Elektron biznes va elektron tijoratni nazarda tutuvchi raqamli iqtisodiyotning shakllanishi tendensiyaviy tus oldi. Jahonning yetakchi mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotda yalpi ichki mahsulotning 4-5 % taminlamoqda, jahonning savdo aloqalarida esa 10-15 % ni tashkil qilmoqda. 2020-yilda bizga kelgan ofat ya'ni pandemiya raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantidi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari iqtisodiy o'sishni tom ma'nodagi "drayveri"ga aylanib bormoqda. Hozirgi vaqtda O'zbekiston ham raqamli iqtisodiyotni riviolantirishda umumjahon yetakchi mamlakatlardan orqada qolayotgani yo'q. Ya'ni mamlakatimiz raqamli iqtisodiyot, eng avvalo, keng polasali internet portlari yaratishni, optik tolali aloqa liniyalari yotqizishni taqazo qiladi. Shuning bilan ushbu vazifaga jiddiy qaragan holda birgina 2020-yilning o'zidayoq, qariyb 800 mingta internet portlari yaratildi va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizildi. Hozirgi kunda o'nlab korxonalar va IT parklari bamisoli keng rivojlana boshladi va ular besh yilda Toshkent shaxrini iqtisodiyotini va taraqqiyotini rivojlantirish bo'yicha keng darvozalarini ochmoqda. Birgina Toshkent shahri emas boshqa shaharlarni ham viloyat,tumanlarni iqtisodiyotiga kata hisa qo'shayabdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Birgina Toshkent shahrini oladigan bulsak o'tgan besh yil ichida Toshkent shahrini rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlandi. «Toshkent-yashash uchun qulay shahar», »Bizning uchun o'lkan imkoniyatlar shahri», »Mintaqaviy investitsiyalar shahri», »Raqamli poytaxt», Bilim va innavatsion shahri», »Toshkent-madaniyat va ma'rifat shahri», »Sog'lom turmush va sifatli tibbiyot » va hakozalar.

Mamalakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha quyidagi ustuvor vaifalar mavjud:

-investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatini turli shakillarini diversifikatsiya qilish uchun kripto aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni,jumladan,ularning,turli kripto valyutalarda yangi birliklar va kamissiyalar yig'inlari formatida mukofot olish imkoniyatini beradigan taqsimlash platformasini taminlash va yangi bloklar yaratish buyicha faoliyatni samarali tashkil etish;

-Smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda tutuvchi electron shakldagi shartnoma),konsalting, missiya,

ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug'irtalash, kraund-fanding, ya'ni jamoaviy moliyalashtirish;

-»blokcheyn» texnalogiyalarni joriy etish va rivojlantirish, shu asosida «blokcheyn» texnalogiyalarni ishlab chiqishi va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-komunikatsiya texnalogiyalardan foydalanish amaliy ish ko'nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash;

-kripto-aktivlar bo'yicha faoliyat va «blokcheyn» texnalogiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tamomlama rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun -»blokcheyn» texnalogiyalarni ishlab chiqish sohasida faoliyat ko'rsatadigan yuqori malakaliy xorijiy mutaxassislarni jalb qilish;

-xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribasini hisobga olgan holda, -»blokcheyn» texnalogiyalarni joriy etish uchun zarur huquqiy bazani yaratish;

-raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish innavatsion g'oyalarni, texnalogiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarnining yaqin hamkorligini taminlash1.

Mazkur vazifalarni bajarish maqsadida ko'plab loyihalar ishlab chiqildi. Mamlakatimizda barcha tarmoqlarni va sohalarni yanada rivojlantirish va qishloq xo'jaligini va ta'lim, sog'liqni saqlashga zamonaviy axborot-komunikatsiyalar texnalogiyalarni keng joriy etish buyicha ko'plab chora tadbirlar o'tqazilmoqda Xususan barcha hukumatlar electron tizimini yanada takomillashtirish, dasturiy mahsulotlarni va axborot texnalogiyalarni mahalliy bozorga yanada rivojlantirishga, barcha hududlarga IT-parklarni tashkil etish va shuningdek barcha soxadalarda malakali kadrlar bilan ishlash ko'zda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor loyihalar amalga oshirilib boshlandi.

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirishda «Raqamli iqtisodiyot-2030 «strategiyasi ishlab chiqildi.Endigi navbat ushbu straregiyani quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. Raqamli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida optic tolali aloqa liniyalarni rivojlantirish va maekaziy osiyo davlatlari bilan transit aloqalarni yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda. Mobil va yo'ldoshlarni yanada rivojlantirish va Toshkent va Qaraqalpog'iston respublikasi va boshqa viloyatlarda mobil aloqa tarmog'i 4G 5G tarmoqlari ya'ni beshinchi avlod aloqa texnalogiyasini rivojlantirish va amalga oshirish nazarda tutilgan.Hamma aholi punkitlarini va avtomagitral va temir yo'llarga keng polosali xizmatlar ko'rsatish, internet aloqa xizmat turlari bilan bosqichma bosqich rivojlantirish nzarda tutilmoqda.Aholini internet tarmog'iga ulanish jarayonlarini takomillashtirish va optimallashtirish, geofrafik joylashuvidan qat'iy nazar aholini axborot tizimiga extiyojlarini qondirish sifatida keng polosali simsiz internet tizimini takomillashtirish ko'zda tutilmoqda.Aholiga television signallarni uzatish, yer usti va kabel television kabellardan shuningdek, IP-televideniya, ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari ya'ni, internet tarmoqlari va mobil aloqa texnalogiyalaridan unimli foydalanish aholini dunyodagi barcha yangiliklardan shuningdek aholini hayot turmush tarzini yaxshilash va umumiy texnalogiyalardan foydalangan xolda teleradio eshittirish, television va radio xizmatlardan foydalanish nazarda tutilmoqda.

"BULUTLI" hisoblash orqali ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash markazlarini rivojlantirish, foydalanuvchilarning talablariga binoan, O'zbekiston respublikasining axbarot xizmatlaridan tulaqonli foydalanish, yuridik va jismoniy shaxslarning axbarotlarini saqlash, qayta

1 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston. - T., - B. 186.

ishlash, himoya qilish, electron xizmatlarlar foydalanish shuningdek, ularni takomillashtirishga diqqatimiz markaziga turmog'i zarur.

Elektron hukumat doirasida electron davlat xizmatlaridan foydalanish uchun barcha davlat organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo'linmalarni idoralararo ma'lumotlar uztish tarmog'iga ulangan xolda ushbu tarmoqni rivojlantirish barobarida davlat organlari faoliyatini raqamlashtirish va elektron davlat xizmatlarini ko'rsatish doirasida "xizmat sifatida-dasturiy ta'minot", "xizmat sifatida-platforma", "xizmat sifatida-infratuzilma" texnalogiyalarni keng joriy etish vazifasi ham dolzarblashmoqda2.

Shahar infratuzilmasini raqamli texnalogiyalarini amalga oshirishda transport logestikasi, shahar infratuzilmasi, shahar muhitining sifati, shaharni rivojlantirish va boshqarish samradorligini oshirish,shuningdek: jamoat, biznes, va yashash joylarini yaxshilash va muammolarni xal qilish uchun " aqilli " va "xavfsiz" shahar loyihalarini oshirish va kutilgan berishi mumkin.

Hozirgi paytda 2025-yilda korxona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy qilgan yirik xujalik yurituvchi subyektlarni ulushini 90 foizga yetkazish,sanoat korxonaarida joriy etilayotgan ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini avtomatlashtirish (ERP, MES, SCADA va boshqalar) robotlashtirish, "internet buyumlar", "sun'iy intelekt" kabi texnalogiyalarning dasturiy mahsulotini qismini 2027-yilgacha, apparat qismini esa 2030-yilgacha davlat-xususiy sheriklik asosida mahalliylashtirish alohida diqqatni talab qiladi.3

Iqtisodiy tarmoqlari tizimiga zamonaviy axbarot texnalogiyalarni jalb etish va telekomunikatsiya tarmoqlarni yanada keng rivojlantirish orqali mamlakat iqtisodiyotini yanada oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bunda mamlakatda sifatli va talab yuqori bulgan electron davlat xizmatlarini yanada rivojlantirish, bosqichma-bosqich barcha davlat xizmatlarini raqamli shaklga o'tqazish, shuningdek: ko'rsatilayotgan avtomatlashtirilgan xizmatlar ulishini 2030-yilga qadar 90 foizga yetqazish lozim. Shuningdek, bitta savdo maydonchasida bank va bankdan tashqari moliyaviy xizmatlarni (qimmatli qog'ozlar bilan ishlash operatsiyalar va sug'urtalar kiradi) taqdim etishga moliyaviy supermarketlarni biznes modelini yaratish bank tamonidan mijozlarga xizmat ko'rsatish (internet-bankining, bank-mijoz, sms-banklari va boshqalar) mobil ilovalar orqali xizmat ko'rsatish ko'lamini va sifatini oshirish xizmatlari oshirish extiyojlarini mavjudligicha qolmoqda.

Xulosa. Yangi O'zbekistonni barpo etishning asosiy sharti "Har bir fuqaro boy bo'lsa, davlat ham boy bo'ladi, har bir oila boy bo'lsa, mamalakat ham faravon bo'ladi", degan tamoyilni amalga oshirishdan iborat. Shu bois, yurtimizni halol mehnat qilib, muvaffaqiyatga erishadigan, tadbirkorlik orqali o'zi va oilasi farovonligini ta'minlaydigan, vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilishni istaydigan barcha inson uchun keng imkonoyatlar mamlakatiga aylantirishim lozim.4

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi 72 sessiyasidagi nutqi. "Xalq so'zi", 2017 yil, 19 sentyabr

2. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - T., - 2021.

3. 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.

2 Mirziyoyev Sh. O'sha asar. - B. 188.

3 Mirziyoyev Sh. O'sha asar. - B 192.

4 Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston. - T.: B -199.

4. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. -T.:O'zbekiston, 2017.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.