INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
YANGI O'ZBEKISTON IJTIMOIY TARAQQIYOTIDA TALABA-YOSHLARNI UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIGINI RIVOJLANTIRISH
Abdug'aniyev.O.T
O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Ilmiy kotibi, p.f.b.f.f.d.(PhD), k.i.x
https://doi.org/10.5281/zenodo.11516397
Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish mohiyati va mantiqiy jihatdan tahlili jamiyat hayotining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati, intelektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, uzluksiz ta'lim tizimida milliy g'oyaga doir bilim va tafakkurini yuksaltirish shuningdek, ularning umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik ta'sir vositalari orqali yoritilgan.
Kalit so'zlar: talaba, kompetentlik, islohot, milliy o'zlikni anglash, tashabbuskorlik, ijtimoiy - professionallik, barkamollik, ma'naviy-ahloqiy fazilatlar, tarixiylik, mantiqiylik, kuzatish, qiyosiy taqqoslash.
O'zbekiston Respublikasi ta'lim va fan sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh negizida yosh-avlodni ya'ni bo'lajak kadrlarni kompetentli qilib tarbiyalash eng birinchi masala sifatida qaralmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatlari hamda xalqiga qilgan Murojaatnomasida yosh-avlodning zamonaviy kasb egasi va kompetentli shaxs sifatida tarbiyalanishi masalasiga to'xtalib: shunday ta'kidlagan edi, "har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta'minlaydigan yosh avlodning sog'lom va barkamol bo'lib voyaga yetishi hal qiluvchi o'rin tutadi. Shu sababli biz islohotlarimiz ko'lami va samarasini yanada oshirishda har tomonlama yetuk, zamonaviy bilim va hunarlarni puxta egallagan, azmu shijoatli, tashabbuskor yoshlarimizga tayanamiz" deb ilgari surgan tashabbus va g'oyalarining asosida kompetentli shaxs maslasi muhim hisoblanadi.
Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8-oktyabrda qabul qilgan O'zbekiston Respublikasida Oliy ta'lim tizimining 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonida "2030 yilgacha Oliy ta'limni rivojlantirish konsepsiyasi"da milliy ta'lim tizimini yangi natijaga erishishga yo'naltirishda "Universal bilimlar, ko'nikmalar, malakalarning yangi tizimi, shuningdek, ta'lim oluvchilarning mustaqil faoliyat va shaxsiy mas'uliyat tajribasi, ya'ni zamonaviy asosiy kompetensiyalar" sifatida xizmat qilishi keltirib o'tilgan.
Xususan, mamlakatimizda kelajak avlod kadrlarini tayyorlash hamda ularning bo'sh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 19 mart kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda ilgari surgan besh muhim tashabbuslarida ham ma'naviy barkamol yoshlarni tarbiyalashda oliy ta'lim mussasasining o'rni va roli juda yuqori ekanligini ta'kidlab o'tish mumkin. Bizga ma'lumki, ushbu ilgari surilgan "Beshta eng muhim tashabbusda ham yosh-avlodga bo'lgan ta'lab va e'tiborni kuchaytirish, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko'nikmasini shakllantirish, yoshlar o'rtasida kitobxonlik-savodxonlikni targ'ib qilishi, madaniyat, san'atga bo'lgan ijodini rivojlantirish xotin-qizlar bandligini ta'minlash"ning ustuvor vazifalarni bajarish orqali davlatimiz kelajagi bo'lgan ertangi kuni uchun, yetuk, kelajak avlod
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
yoshlarini ma'anviy barkamol bo'lib voyaga yetishlarida umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlikni rivojlantirish masalasi alohida o'rin tutadi.
Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish shiddat bilan rivojlanib globallashib integratsiyalanayotgan dunyo shiddat bilan o'zgarib, milliy o'zlikni anglashi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxs ma'naviyatini mustahkamlash jarayonlarida turli yot g'oyalarning salbiy ta'siri ortib, odamlarning ongi-shu'uri va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bir davrda ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqot ishlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy g'oya, millat va ularning o'zaro bog'liqligi masalasining dolzarbligi yanada oshmoqda. Xalqning ma'naviy hayotida o'zligini anglash muhim o'rin tutadi. Shunday ekan, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ayni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalanishini ta'lim-tarbiya jarayonining avvalo, milliy o'z-o'zini anglashining mazmun-mohiyatini, xalq, millat tushunchalari hamda ularning o'zaro aloqadorlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz, biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarni tahliliga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.
1.rasm. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish omillari
Demak, bizning nazarimizda ilmiy izlanishlar natijasi o'laroq umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilik alohida ta'rif berish va uni rivojlantirish sharoitlarini aniqlashga e'tibor qaratilgan bo'lib, u umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni jamiyatning ma'naviy hayotida alohida o'rin egallaydi chunki, ijtimoiy hayot bilan bog'liq murakkab vazifalarni hal etish qobiliyatlarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Umuminsoniy qadriyatlarga oid
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
kompetentlilikni rivojlantirish talabalar ma'naviy dunyoqarashiga oid hodisa sifatida talqin qilish va milliy o'zlikni anglash kompetensiyalari ta'rifiga motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli komponentlarning o'zlashtirish natijasiga erishish orqali rivojlantirish muhim ahamiyat kasb eatdi.
Shu sababli, o'sib kelayotgan yosh-avlod tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ma'naviy-ruxiy kamolot, milliy o'zlikni anglash asosiy komponenti sifatida o'zoro a'loqalar maydoniga chiqib, ijtimoiy-tartib doirasida belgilangan hulq-atvor va ijtimoiy hayot faoliyatning uzviy va uzluksizligi sifatida alohida o'rin egallaydi.
Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishdaning pedagogik hamda psixologik rivojlantiruvchi sifatlari, ta'lim mazmuni va mohiyati, shakl va tamoyillarini ifodalab: "kompetensiyani bu," - olimlar tomonidan bildirilgan fikrlarning etimologik tahlilini ham ta'kidlash lozim. Dunyo olimlari tomonidan ushbu tushunchani o'rganish jarayonida quyidagi fikrlarga to'xtalib o'tilgan. "Kompetensiya" tushunchasi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ta'limda kompetensiyaviy yondashuv deb, avvalo, "Competence" so'zi "to compete" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "u yoki bu soha bo'yicha bilimdonlik" deya e'tirof etilgan. Jumladan, olib borilgan ilmiy taraqqiyotda pedagogika fani ushbu tushuncha tahliliga nafaqat jahonda, balki mamlakatimiz olimlari tomonidan tadqiqot ishlari olib borilayotganini ham keltirib o'tish lozim. Kompetensiyaviy ta'limda faoliyat ko'rinishlari uchun tadqiqotning yakuniy maqsadi kompetensiyalarni shakllantirish masalasi turib uning rivojlantirilishi ham eng ustuvor jihatlardan biri sifatida qaraladi.
Sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Rumiy o'z qarashlarida "Jismoniy mansublik bilan birga ruhoniy, ma'naviy yaqinlikka ham ishonadi va u ma'no ahlini avliyo farzandi" deya ta'kidlaydi. Xususan, yoshlar ma'naviy-ruhiy yetukligi o'z davrida mutafakkir olim qarashlarida o'z ifodasini topgan.
Ma'lumki, Yangi O'zbekiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish ta'lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida shakllanadigan bilishning o'ziga xos shakllaridan biridir deb etirof etish mumkin. Demak, shaxsning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, jamiyat, ijtimoiy qatlami, siyosiy partiya va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining muayyan maqsadlari ifodasi, ularni bu yo'lda birlashtirishi, uyushtirishi, faoliyatga undashi, safarbar qilishi» deb ifodalab o'tgan.
Xorij olmilarida Hutmacher Walo ta'limda kompetensiyaviy jihatlarga to'xtalib o'tar ekan: "Ta'lim tizimida yosh avlodda dahldorlik xissini uyg'otish, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda, madaniyat, til, din vakillari bilan ijtimoiy munosabatlarda madaniyatlararo munosabatlarda" kompetensiyalarni rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.
A.V.Xutorskiy tadqiqotlari doirasida kompetensiya asosida yotuvchi ko'nikma, malaka va faoliyat usullarini ajratib o'rgangan bo'lib, ularni rivojlantirilishi kerak bo'lgan, shaxs sifatlarini bloklarga guruhlagan: kreativ, kognitiv, kommunikativ va dunyoqarashga oid, tashkiliy faoliyatli guruhli bloklarga ajratib ularda shaxsning jismoniy, emotsional, intellektual, qadriyatli va ma'naviy-axloqiy sifatlarni ajaratib tahlil qilgan holda ifodalab o'tgan.
Bundan tashqari, har bir odam uchun muhim bo'lgan ijtimoiy kompetensiyalarni egallash zaruriyati pedagogning kasbiy kompetentligi tuzilmasiga alohida ta'sir etish orqali individning ijtimoiy qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi tarkibiy qismni rivojlantirishni taqozo etadi. Demak, ijtimoiy kompetentlik tuzilmasida quyidagi pedagogik rivojlantiruvchi tarkibiy komponentlarni aniqlashtirib ko'rsatish mumkin:
- ijtimoiy-individual kompetentlik, o'zini bu dunyoda inson, individ, shaxs sifatida his qilish imkonini beruvchi;
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_
- ijtimoiy-fuqarolik kompetentligi, o'zini jamiyatning a'zosi, fuqaro sifatida his qilish imkonini beruvchi;
- kommunikativ kompetentlik, boshqa odamlar bilan muvaffaqiyatli o'zaro muloqot olib borish imkonini beruvchi;
- axborot kompetentligi, keng axborot maydonida erkin harakatlana olish hamda o'z fikrini bayyon etishda moslashuvchanlik o'knikmasining rivojlanganligi.
Shuning uchun ham ta'lim jarayonida "fanga oid komponenf'larning alohida ahamiyatga egaligi o'qituvchining kasbiy kompetentligi rivojlanishida alohida ta'sir etib boradi. Ular,
• ijtimoiy kompetentlik, har bir zamonaviy odam uchun muhim bo'lgan individning turlicha ijtimoiy o'z qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi;
• ijtimoiy kompetentlik har biri mustaqil kompetentlik sifatida qaralishi mumkin bo'lgan ko'plab jihatlar - tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi (ijtimoiy-fuqarolik, ijtimoiy-kommunikativ, axborot kompetentligi va ijtimoiy-individual kompetentlik)lar muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishning asosiy maqsadi yoshlarda bunyodkor g'oyalarning mazmun -mohiyatan sog'lom yoki nosog'lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg'unchi g'oyalarning bo'lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalan ishi muhim pedagogik vazifa sifatida qaralmoqda.
Bizga ma'lumki, umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish talabalarning kundalik fikrlaridan farqli yana o'z tafakkurida paydo bo'lsada, keng jamoatchilik manfaatlarini ifoda etishda o'z milliy qadriyatlari asosida tarbiyalansa muhim o'rin tutadi. Demak, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish asosiy omil sifatida o'ziga ishonch va e'tiqodga aylanib e'tirof etilganligi sababli talabalarni vatanga sadoqat ishonch, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol topishi, qadrlar tayyorlashda mamlakat taqdiri uchun jon kuydiradigan kadrlar etib tarbiyalash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni PF-5847-son.
2. Pedagogik atamalar lug'ati. - T., 2008. - В. 28-29.
3. Rumiy J. Ma'naviy masnaviy: Forscha-o'zbekcha lug'at / Muhammad tarjimasi. - Tehron, 2001. - 7-b.
4. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar.. (kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b.
5. Frumin I. Za chto v otvete? Kompetentnostnbiy podxod kak yestestvennbiy etap obnovleniya soderjaniya obrazovaniya // Uchitelskaya gazeta. - 2002. - № 36. - S. 38-39.
6. Davbidov V. Teoriya razvivayuщego obucheniya. - M.: INTOR, 1996. - 544 s.
7. Xutorskoy A. Klyuchevbie kompetensii i obrazovatelnbie standartbi // Internet-jurnal "Eydos". - 2002 g. - 23 aprelya. -Rejim dostup. URL: http://www.eidos.ru/journal/2003/0420-01.htm 15.02.2010 g..
8. Zimnyaya, I.A. Klyuchevbie kompetentnosti kak rezultativno selevaya osnova kompetentnostnogo podxoda v obrazovanii .: avtorskaya versiya I.Zimnyaya. - M.: Izdatelstvo: Issledovatelskiy sentr problem kachestva podgotovki spesialistov 2004. - 37 s
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A
PEDAGOGICAL POINT OF VIEW"
_4 JUNE, 2024_
9. Hutmacher W. Key competencies for Europe // Report of the Symposium Berne, switzerland 27-30 march, 1996. Council for cultural cooperation a secondary education for europe. Strasburg, 1997. C. 11.
10. Tursunboyevich AO Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.
11. Tursunboyevich OA Pedagogical and psychological opportunities for the development of socially active civic competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - No. 3. - S. 1888-1897.
12. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - No. 7.
13. Tursunboyevich OA Pedagogical and psychological opportunities for the development of socially active civic competences in students // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - No. 3. - S. 1888-1897.
14. Abduganiyev ot factors affecting the development of socially active citizenship competence in students //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.
15. Oglu AOT pedagogical conditions and mechanisms of development of socially active civil competence in students // Turkish Journal of computer and mathematics education. - 2021. -T. 12. - No. 7. - S. 433-442.
16. Abdug Aniyev O. Development of competence of general human values in students on the basis of a cultural study approach // Science and innovation. - 2023. - T. 2. - No. Special Issue 9. - P. 316-319.
17. O'G Abdug'Aniev Free Tursunboy. Pedagogical-psychological opportunities of developing socially active citizenship competences in students // Science and innovation 2. Special Issue 5 (2023): 708-713.
18. Tursunboyevich, Abduganiyev Free. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. 2022.