TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH mazmun-
MOHIYATI
O.T.Abdug'aniyev
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti
Ilmiy kotibi p.f.b.f.f.d.(PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11215840
Annotatsiya. mazkur maqolada talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish mazmun-mohiyati, jamiyat hayotining ma'naviy-ma'rifiy faoliyati, intelektual salohiyatli barkamol yosh-avlodni tarbiyalash, uzluksiz ta'lim tizimida milliy g'oyaga doir bilim va tafakkurini yuksaltirish shuningdek, ularning umuminsoniy qadriyatlar, mehr-muruvvat, bag'rikenglik, vatanparvarlik, sadoqat kabi yuksak insoniy fazilatlarni rivojlantirishning pedagogik ta'sir vositalari orqali yoritilgan.
Tayanch so'zlar: milliy o'zlikni anglash, tashabbuskorlik, ijtimoiy - professionallik, barkamollik, talaba, kompetentlik, islohot, ma'naviy-ahloqiy fazilatlar.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2020 yil 24 yanvar kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasi1da yoshlar masalasiga to'xtalar ekan: "O'zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni maqsad qilib qo'ygan ekanmiz, bunga nafaqat jadal islohotlar, ilm-ma'rifat va innovasiya bilan erishamiz. Buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalashimiz zarur" degan ushbu murojaati mazmunida ham oliy ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan yosh-avlodni ma'naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash pedagoglar oldida turgan eng muhim muammodir.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng ta'lim-tarbiya muammosiga doir bir qator ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Pedagogik ilmiy tadqiqotlar ko'lami kengaydi. Sh.Shodmonova2 o'quv-tarbiyaviy jarayonda talabalarning mustaqillik tafakkurini rivojlantirish, O.Musurmonova3 yoshlarning ma'naviy madaniyati-ni shakllantirish muammolariga doir tadqiqot ishlarini olib bordilar. G.Maxmutov4 talabalarni o'qitish hamda tarbiyalash qonuniyat-lari, shuningdek, siyosiy-axloqiy sifatlarni shakllantirishda talabalar ongiga samarali ta'sir etish yo'llari, ma'naviy-axloqiy tamoyillar va me'yorlar, buyuk ajdodlarimizning xulq-odob me'yorlari hamda muomala madaniyati haqida o'z ilmiy qarashlari asosida ifodalab o'tdi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar zamirida yuksak intellektual, ijtimoiy faol, tashabbuskor, ma'naviy-axloqiy salohiyatga ega bo'lgan yosh-avlodni yetuk kadrlar etib tayyorlash muammosi to'g'risida izlanishlar olib borishgan. Yoshlarda sog'lom turmush madaniyati va vatanparvarlik,
1 Хал; сузи. Узбекистан Республикаси Президентининг "Олий Мажлисга Мурожаатномаси" 2020 й. 25 январь №-19 сон
2 Шодмонова Ш. С. Олий укув юрти талабаларида мустакиллик тафаккурини шакллантириш ва ривожлантириш (Касб таълими йуналиши мисолида).: дис. ... пед. фан. док. - Т., 2010. - 340 б.
3 Мусурмонова О. Ю;ори синф укувчилари маънавий маданиятини шакллантиришнинг педагогик асослари: дис.: п.ф.д. - Т., 1993. - 364 б.
4 Махмутов Г. Олий педагогик таълим тизимида талабаларни маънавий шакллантиришнинг ижтимоий-педагогик хусусиятлар.: Автореф. дис.. п.ф.н. - Т.: 2004. - 22 б.
yoshlar faolligini oshirish va ularning ma'naviy-ahloqiy tarbiyasi, ijtimoiy-pedagogik qobiliyatlarini millat rivoji ruhida tarbiyalash kabi muammolarga to'xtalib o'tgan.
Mamlakatimizda yoshlarning har tamonlama yetuk shaxs sifatida voyaga yetishida jamiyat taraqqiyoti muhim o'rin tutishi bilan birga, uning umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi ham muhim o'rin tutadi. Talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirish bugungi kunda dolzarb masala bo'lib bormoqda. Chunki, qadriyat masalasi uning mazmun - mohiyati to'g'risidagi tasavvur bilan bog'liq yondashuvlar, turli darvlarda turlicha talqin qilingan.
Talabalarni umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish ta'limining maqsadi, doimo insonni jamiyatda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, davlatning ijtimoiy -ma'naviy hayotida doimo faol ishtirok etishga, milliy qadriyatlarni targ'ib qilib borishga bo'lgan intilishi orqali na'muna bo'lish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Demak, tialabalarning umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirishning mazmun-mohiyatini biz quydagicha takidlab o'tishimiz lozim:
- talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni jamiyatining asosiy vazifasi sifatida belgilash orqali ma'naviy-barkamol shaxsni kamol toptirish;
- talabalarni milliy g'oya ruhida tarbiyalash orqali jamiyat hayotning barcha sohalarida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligini namoyon qilib borish orqali ularning faol ishtirokini ta'minlash;
- talabalarni milliy iftixor, millatlararo totuvlik, dinlararo bag'rikenglik, ijtimoiy hamkorlik, xalq farovonligi, komil inson g'oyalarini singdirgan holda umuminsoniy qadriyatlarga yo'naltirish orqali ma'naviy hayot sohalarida ishtirokini ta'minlash;
- talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash va ularga ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-huquqiy savodxonligini rivojlantirish;
- talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirishda ta'lim muassasasi hayotida ijtimoiy - ma'naviy jabxalarda qadriyatlarga sodiqligini qaror toptirishda "Mentorlik", "Talaba minbari" kabi ijtimoiy loyihalarda faolligini ko'rsatish orqali oshirib umuminsoniy qadriyatlarga sodiligini oshirib borish;
- talabalarni oliy ta'lim muassasalaridagi, "Yoshlar ittifoqi uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etish, o'zini-o'zi boshqarish organlari faoliyatiga keng jalb etish" orqali umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentliligini rivojlantirish mumkin.
Jumladan, talabalaning ta'lim muassasasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligini rivojlantishda uning tarbiyaviy holati ham asosiy o'ringa chiqadi. Chunki, yosh avlod tarbiyasi xususida to'xtalar ekanmiz, taniqli o'zbek pedagogi, ma'rifatparvar olim A.Avloniy5 shunday deydi: "Al-hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot, yo halokat yo saodat, yo falokat masalasidir»'. Ushbu fikrlardan xulosa chiqarsak, shaxs tarbiyasi xususiy emas, balki ijtimoiy, milliy ilmdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq.
Respublikamiz olimlari tomonidagn ushbu muammoning asosiy jihatlariga olimlar O.Musurmonova6 ta'lim -tarbiyada ahloqiy ong, vijdon, burch, mas'ulyat, hayo, g'urur kabi insonning fe'l - atvorini ichki boshqarish qurilishiga asoslanadi. Ahloqning mag'zini tashkil
5 A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Xoliqov L.) -Toshkent: O'qituvchi, 1992. 160 b.
6 MycypMOHOBa 0. Y^yBHH^apHHHr MatHaBHH MagaHHHTHHH maKMaHTHpHm. -T.: $aH, 1993. - 28 6.
qiluvchi bosh qoidalar insonparvarlik, demokratizm, halol mehnat, o'zaro yordam, do'stlik, hamkorlik, o'zaro hurmat, baynalmilalchilik vatanparvarlik, tabiat va atrof muhitga diqqat-e'tibor, burch hissi hamda kamtarlik ko'zbo'yamachilik va yolg'izlikni inkor etish kabi insoniy sifatlarni o'z tadqiqotlarida ifodalagan.
S.Jo'raeva 7yosh avlod masalasiga to'htalar ekan: "Yoshlarning Vatan, millat taqdiri uchun o'zlarini mas'ul sezib, dahldorlik tuyg'usi"ni o'zida xis qilishi to'g'risida to'htalgani, har qanday jamiyatda yosh-avlod tarbiyasi turli davlarda ham muhim o'rin egallaydi.
A.Begmatov8 ta'lim jarayonida shaxs faolligi "jamiyat manfaatlari bilan shaxs manfaatlari o'rtasida uyg'unlik mavjud bo'lsa, bunday holat shaxsni jamiyat manfaatlari yo'lida, demak, shu orqali, o'z manfaatlari yo'lida ham jonbozlik ko'rsatishga undaydi" deb, inson tarbiyasida insonparvarlik tamoyilining o'rni yuqoriligi masalasiga to'xtalib o'tgan.
Tarbiya jarayoni o'quvchining onginigina emas, balki his-tuyg'ularini ham o'stirib borishi, unda jamiyatning shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarni hosil qilishi lozim. Bunga erishish uchun o'quvchining ongiga, hissiyotiga va irodasiga ta'sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e'tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o'qituvchi rahbarlik qiladi, o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularni ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart- sharoit yaratadi. Ijtimoiy tarbiyani tashkil etish jarayonida bir qator vazifalar ijtimoiy tarbiya maqsadidan kelib chiqib belgilanadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:
a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg'otish;
b) o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash malakalarini tobora boyitish;
d) umuminsoniy axloq me'yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va hokazolar), muomala odobi, yuksak madaniyatni o'quvchilarda qaror toptirishga erishish;
e) huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish, o'quv- chilarda fuqarolik tuyg'usini, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror toptirish;
f) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas'uliyatni tarkib toptirish;
g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish, o'zga millat va xalqlar qarashlariga hurmatni, huquq va burchlarni kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;
h) mustaqil davlat-O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish;
o) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning shani, or-nomusi, qadr- qimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o'rgatish va boshqalar.
Xususan, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirish shiddat bilan rivojlanib globallashib integratsiyalanayotgan dunyo shiddat bilan o'zgarib, milliy o'zlikni anglashi, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligi, shaxs
7 Жураева С.Н. Талаба шахсига касбий шаклланиш таъсирининг психологик жи^атлари.: Авторефарат. Дис...пед.фан.ном. - Т., 2010 й.
8 Бегматов А. Маънавият фалсафаси ёхуд Ислом Каримов асарларида янги фалсафий тизимнинг яратилиши. - Тошкент.: Шарк, 2000 й. - 64-65 б.
ma'naviyatini mustahkamlash jarayonlarida turli yot g'oyalarning salbiy ta'siri ortib, odamlarning ongi-shu'uri va qalbi uchun kurash kuchayib borayotgan bir davrda ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqot ishlari jarayonida umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, milliy g'oya, millat va ularning o'zaro bog'liqligi masalasining dolzarbligi yanada oshmoqda. Xalqning ma'naviy hayotida o'zligini anglash muhim o'rin tutadi. Shunday ekan, talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ayni ma'naviy-ahloqiy tarbiyalanishini ta'lim-tarbiya jarayonining avvalo, milliy o'z-o'zini anglashining mazmun-mohiyatini, xalq, millat tushunchalari hamda ularning o'zaro aloqadorlik jihatlariga alohida e'tibor qaratish lozimligi qayd etilmoqda. Talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda pedagogik-psixologik jihatlarini tahlil etar ekanmiz, biz tomonimizdan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish doirasida avval, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarning ishlaridagi ilmiy imkoniyatlarni tahliliga to'xtalib o'tishni lozim deb topdik.
Shu o'rinda sharq mutafakkirlaridan Jaloliddin Rumiy9ning qarashlarida "Jismoniy mansublik bilan birga ruhoniy, ma'naviy yaqinlikka ham ishonadi va u ma'no ahlini avliyo farzandi" deya ta'kidlagan ushbu mulohazlari zamirida ham ko'p ma'no yashirish. Shuning uchun ham yosh-avlodning ma'naviy-ruhiy yetukligi o'z davrida mutafakkir olim qarashlarida o'z ifodasini topgan.
Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug'atida ijtimoiy tarbiya - tarbiyaning10 muhim bir shakli, butun jamiyat, xalq, millat va tabaqaga ko'rsatilgan maqsadga muvofiq ma'naviy ta'sirni ifoda etadigan tarbiya. Ijtimoiy tarbiya shaxs ongi va tafakkuri, ma'naviy-ma'rifiy olamini jamiyatning maqsad va vazifalariga uyg'un hamda hamohang ravishda shakllantirish va rivojlantirish jarayoni, kishilarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda faol ishtirok etish, ezgu ta'sir hamda omillar majmui. Ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi fuqarolarni insonparvar demokratik jamiyat, huquqiy davlat qurishga safarbar etish yagona umummilliy g'oya atrofida birlashtirishdan iborat. Ijtimoiy tarbiyada ota-ona mehri, Vatan muhabbati, ustoz-shogirdlik an'analari, milliy qadriyatlar, mahalla va jamoati nazorati ham katta ta'sir kuchiga ega bo'lib, yoshlar kamolatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, Yangi O'zbekiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishda ta'lim jarayonida talabalarga, vatanparvarlik, milliy iftihor ruhida shakllanadigan bilishning o'ziga xos shakllaridan biridir deb etirof etish mumkin. Demak, shaxsning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, jamiyat, ijtimoiy qatlami, siyosiy partiya va boshqa fuqarolik jamiyati institutlarining muayyan maqsadlari ifodasi, ularni bu yo'lda birlashtirishi, uyushtirishi, faoliyatga undashi, safarbar qilishi»11 deb ifodalab o'tgan. Shuning uchun ham ta'lim jarayonida "fanga oid komponent"larning alohida ahamiyatga egaligi o'qituvchining kasbiy kompetentligi rivojlanishida alohida ta'sir etib boradi. Ya'ni,
• ijtimoiy kompetentlik, har bir zamonaviy odam uchun muhim bo'lgan individning turlicha ijtimoiy o'z qarashlarini ifodalash imkonini beruvchi;
9 Румий Ж. Маънавий маснавий. Му^аммад таржимаси. Те^рон, 2001 йил, 7-б. Форсча^збекча лугат.
10 Маънавият асосий тушунчалар изошли лугати. Узбекистан файласуфлари жамияти.: Т-2010 й. 188-б.
11 Миллий исти;лол гоясини шакллантиришда ташкилий-услубий ёндашувлар.. (кадрлар тайёрлаш миллий дастури вазифалари доирасида). Т.: 2002.-19 б
• ijtimoiy kompetentlik har biri mustaqil kompetentlik sifatida qaralishi mumkin bo'lgan ko'plab jihatlar - tarkibiy qismlarni o'z ichiga oladi (ijtimoiy-fuqarolik, ijtimoiy-kommunikativ, axborot kompetentligi va ijtimoiy-individual kompetentlik)lar muhim ahamiyat kasb etadi.
Demak, Yangi O'zbektiston sharoitida talabalarda umuminsoniy qadriyatlarga oid kompetentlilikni rivojlantirishning asosiy maqsadi yoshlarda bunyodkor g'oyalarning mazmun-mohiyatan sog'lom yoki nosog'lom, ezgu yoki yovuz, bunyodkor yoki buzg'unchi g'oyalarning bo'lishi mumkinligini yoritish hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalanishi muhim ahamiyat kasb etmog'i lozim.
ADABIYOTLAR
1. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Xoliqov L.) -Toshkent: O'qituvchi, 1992. 160 b.
2. Musurmonova O. O'quvchilarning ma'naviy madaniyatini shakllantirish. -T.: Fan, 1993. -28 b.
3. Jo'raeva S.N. Talaba shaxsiga kasbiy shakllanish ta'sirining psixologik jihatlari.: Avtorefarat. Dis...ped.fan.nom. - T., 2010 y.
4. Begmatov A. Ma'naviyat falsafasi yoxud Islom Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning yaratilishi. - Toshkent.: Sharq, 2000 y. - 64-65 b.
5. Rumiy J. Ma'naviy masnaviy. Muhammad tarjimasi. Tehron, 2001 yil, 7-b. Forscha-o'zbekcha lug'at.
6. Ma'naviyat asosiy tushunchalar izohli lug'ati. O'zbekiston faylasuflari jamiyati.: T-2010 y. 188-b.
7. Milliy istiqlol g'oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar.. (kadrlar tayyorlash milliy dasturi vazifalari doirasida). T.: 2002.-19 b
8. Abdug'Aniyev O. T. TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MOHIYATI VA MANTIQIY JIHATDAN TAHLILI //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. Special Issue 10. - S. 434-438.
9. Abdug'Aniyev O. T. YANGI O 'ZBEKISTON SHAROITIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISHGA TA'SIR ETUVCHI PEDAGOGIK HAMKORLIK OMILLARI //Science and innovation. -2023. - T. 2. - №. Special Issue 12. - S. 52-56.
10. Abdug'aniev O. T. TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaSINI RIVOJLANTIRIShNING PEDAGOGIK IMKONIYaTLARI //Evraziyskiy jurnal akademicheskix issledovaniy. - 2022. - T. 2. - №. 13. - S. 25-29.
11. Abduganiev O. T. Talabalarrda ijtimoiy faol fuqarolik kopetensiyalarini rivojlantirish : dis. -T.: : dissertatsiya, 2021.
12. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //prospects of development of science and education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.
13. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.
14. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International
Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
15. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.
16. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
17. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.
18. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.