MA'NAVIY, MADANIY, MA'RIFIY HAYOTDA YOSHLARNI VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA SAN'ATNING RO'LI 1Rasulova Aziza Mirbaxramovna, 2Amirbek Maxsudov
1TDPU "Ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" kafedrasi v/b dotsenti 2TDPU «Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi» yo'nalishi 4-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10802466
Kalit so'zlar: ma'naviyat, ma'rifat, adabiyot, san'at, millat, ta'lim-tarbiya, barkamol
avlod,
Millatni millat qilib, nomini dunyoga tanitadigan asosiy omillardan biri - uning ma'naviy boyligidir. Qolaversa, ma'naviyat - insonni inson, millatni millat qiladigan, ularning qiyofasini belgilab beradigan ulkan qudratga ega. Ana shunday qudratli kuchga ega bo'lgan, teran ma'noli tushunchani o'sib-ulg'ayib, kamol topayotgan yosh avlod ongi va shuuriga singdirish va bu orqali Vatan, xalq va millat manfaati yo'lida kamarbastalik bilan xizmat qila oladigan, har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazish - bugungi kunda ta'lim-tarbiya sohasi oldida turgan eng ustuvor vazifadir. Har tomonlama yetuk, ma'naviy barkamol inson ota-onasi, farzandlari, qarindoshlari, xullas, butun oila a'zolari, qo'ni-qo'shnilari, mahalla-kuyi, butun mamlakat va xalq farovonligi haqida qayg'uradi, tevarak-atrofini o'rab olgan insonlar unga kerak bo'lgani singari, o'zi ham ularga kerakli kishi bo'lishga intiladi. Odob-axloqi, fe'l atvorini yoqimli qilishni insoniy burch deb hisoblaydi, ota-bobolardan yodgor bo'lib qolgan madaniy merosni qadrlaydi, milliy qadriyatlarni e'zozlaydi va ularga sodiq bo'lib qoladi. Unda vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg'ulari barqaror bo'ladi. Ana shunday har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ta'lim muassasalarida o'qitilayotgan fanlar bildan bir qatorda yoshlar bilan olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning ham alohida o'rni bor.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Ammo shu o'rinda qayd etish zarurki, bugungi kunda faqat yoshlar bilangina emas, jamiyki fuqarolar bilan ham ma'naviy-ma'rifiy ishlarni olib borish zarur.
Aslida ma'naviyatni yuksaltirishdan jamiyat manfaatdor. Chunki, jamiyat taraqqiyoti taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Shuningdek, ma'naviyatli jamiyatni, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri adabiyot va san'at hisoblanadi, chunki, badiiy adabiyot va tasviriy san'at tarbiyasi rivojlantirilgandagina jamiyatda ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Shu boisdan ham mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o'zining O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqida: "Biz ma'naviyat va ma'rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma'naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko'radi. Vijdon, ma'naviyat degani - xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir.
Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg'in qo'llab-quvvatlanayotgani ma'naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko'rsatadi" deb alohida ta'kidladi.
Shunday ekan, ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotda badiiy adabiyot va tasviriy san'atning jamiyat hayotida alohida e'tibor ajratish talab etilishi voqeiy zaruratdir.
Bu borada olib borilayotgan muhim ishlarga qaramasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida , ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotda badiiy adabiyot va tasviriy san'at imkoniyatlaridan foydalanishda pedagoglar oldidagi vazifalarga to'siq bo'layotgan bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma'naviy barkamol bo'lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo'ladi. Shulardan kelib chiqqan holda bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligini quyidagi omillar bilan asoslash mumkin:
birinchidan, mamlakatimizda yosh avlodni ma'naviy barkamol inson etib tarbiyalash, bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishni tashkil etish, ularning san'at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o'qishga qiziqishini oshirish. Madaniyat, adabiyot, san'atga qiziquvchan yoshlar o'z iqtidorlarini namoyish etishi. Tasviriy san'at asarlari, o'quvchilar tomonidan tayyorlangan milliy qo'g'irchoqlar va liboslar ko'rgazmalarini tashkil etish;
ikkinchidan, axborot asrida o'sib kelayotgan yosh avlodni turli axborot tahdidlari, yot va buzg'unchi g'oyalar ta'siridan asrab-avaylash uchun badiiy adabiyot va tasviriy san'at tarbiyasi orqali jamiyat a'zolarining, ayniqsa, yoshlarning yetuk ma'naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim omillar sirasiga kiruvchi - ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etishga yangicha yondashuv zarur;
uchinchidan, yosh avlodni har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalashda, ularga badiiy adabiyot va tasviriy san'at imkoniyatlari orqali bo'lajak pedagoglarni ma'naviy-ma'rifiy ishlarning mohiyatini ochib berishi - muhim vazifalardan biridir;
to'rtinchidan, mamlakatimizning ta'lim -tarbiya tizimida bu sohada amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi vazifalarni atroflicha tahlil va tadqiq etish zaruriyati ham tanlangan mavzuning dolzarbligini ko'rsatadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Yana bir muammoni hal etish o'ta muhim hisoblanadi: bu pedagoglar va professor-o'qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarini shakllantirish jarayonlariga faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur" , - deb aytgan fikrlari ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov hamda mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev asarlarida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan yalpi yangilanishlar, xususan, ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotda badiiy adabiyot va tasviriy san'atning mazmun va mohiyati, uning shaxs, xalq, millat, jamiyat va davlat hayotidagi o'rni va ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan chuqur tahlil etilgan.
Bundan tashqari, o'tmishdagi ulug' allomalarimizning, dunyo allomalarining bizgacha yetib kelgan asarlarida ilgari surilgan g'oyalar bugun ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotda badiiy adabiyot va tasviriy san'atda ilgari surayotgan qarashlar bilan nihoyatda uyg'un. Bundan ko'rinib turibdiki, badiiy adabiyot va tasviriy san'atning tarixiy va nazariy-ilmiy asoslari uzoq o'tmishga borib taqaladi. Masalan, Abdulla Avloniy shunday yozadi: "Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko'p zamonlardan beri taqdir qilinub kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan muqaddas bir vazifadir...". Shuningdek, jahonga mashhur musiqa ilmi allomalaridan biri, Lyudvig van Betxovinning quyidagi fikri bugungi kunda ham yoshlar tarbiyasida alohida ahamiyatga ega: "Bolalaringizga yaxshilikni singdirib o'stiring, ularga baxtni faqatgina shu fazilat beradi".
Jamiyatning ma'naviy, madaniy-ma'rifiy hayotida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda san'atining rolini imkoniyatlaridan foydalanishda pedagoglar oldidagi vazifalarni atroflicha o'rganish, tahlil va tadqiq etishdan iborat. -Jamiyatning ma'naviy, madaniy-ma'rifiy hayotida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda san'atining rolini mazmun-mohiyatini yoritib berish;
-Jamiyatning ma'naviy, madaniy-ma'rifiy hayotida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda san'atining rolini imkoniyatlarinidan foydalanishning ilmiy-nazariy asoslarini tasniflash;
- Ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ'ibotini amalga oshirishda pedagog kadrlarning oldidagi vazifalarini belgilash;
- Ma'naviy-ma'rifiy targ'ibotda san'at imkoniyatlaridan foydalanishning zamonaviy uslublarini asoslash;
Ma'naviy-ma'rifiy muaassasalar tomonidan olib borilgan tadbirlar, tahlillar natijasida xulosa sifatida shuni tahkidlash lozimki: vatanimiz mustaqilligiga tahdid solayotgan diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar eng avvalo yoshlarning ayrim qismining g'oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg'unchi ta'sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko'rinishlariga murosasizlikni taqozo qiladi. yoshlarda milliy-madaniy merosimizga, buyuk allomalarimiz ijodlariga, milliy qadriyatlarimizga katta qiziqish bilan qarash, ularni muntazam o'rganib borish uchun shaxsiy intilishlarini shakllantirish;
Uzluksiz tarbiya jarayoni ta'lim-tarbiya birligiga asoslanib, ma'naviy-ma'rifiy ishlarga parallel ravishda tashkil etiladi. U yangi avlodda siyosiy, g'oyaviy, ma'naviy-ahloqiy, jismoniy fazilatlarni, shuningdek, millat xarakterini shakllantiradi. Demak, ertaga O'zbekistonning yosh avlodi ziyolilari, mutaxassislarining, umuman millatning qanday siyosiy, g'oyaviy, ahloqiy, g'oyaviy tamoyillar asosida yashashi va mehnat qilishi bugun amalga oshirilayotgan uzluksiz tarbiya tizimi samaradorligiga bevosita bog'liq, qolaversa, "Hozirgi kunda diniy ekstremizm mafkurasiga, qo'poruvchilik-terrorchilikka qarshi kurashdagi asosiy vazifa - aholi o'rtasida, ayniqsa, yoshlar bilan olib boriladigan targ'ibot-tashviqot va tarbiyaviy ishlarni izchil, chuqur o'ylangan tizim asosida tashkil etish va ularning ta'sirchanligini keskin kuchaytirishni bugun boshimizdan kechirayotgan hayotning o'zi taqozo etmoqda. Shunday ekan, bu jarayon o'ta aniq maqsad va vazifalarni belgilash asosida amalga oshirilmog'i zarur.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarga madaniyatimiz, adabiyotimiz va san'at ilmiga oid yodgorliklarning asl mohiyatini to'g'ri anglashtishimiz, talqin qilish va izohlay olishga doir ko'nikma va malakalarni shakllantirishimiz lozim. Adabiyot va san'atga doir masalalarni, milliy-ma'naviy qadriyatlar mazmuni va mohiyatini ilmiy-mantiqiy jihatdan bilish, ulardagi yuksak insoniy g'oya va tuyg'ularni his eta olish, turli dunyoqarash va saviyaga ega bo'lgan yoshlarning mulohaza bildirish, bahs yurita olishlariga erishishimiz darkor.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Toshkent sh., 2021 yil 26 mart, PQ-5040-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 28 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi nutqi.//Xalq so'zi, 2019 yil, 1-sentabr.
3. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent, 2017, 45-b.
4. Karimov I.A. O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li. - T.: O'zbekiston, 1992.
5. Mirziyoyev, Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - T.: O'zbekiston, 2016,56 bet.
6. Barkamol avlod orzusi-T.: "Sharq", 1999, 124 bet
7. Karimov I.A. Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi o'z kuch-qudratimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog'liq. 12-jild, Toshkent, "O'zbekiston", 2004, 271-bet.
8. Abdug'aniev O. TA'LIM JARAYoNIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 161-168.
9. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.
10. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.
11. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
12. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.
13. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
14. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.
15. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.
16. Abdug'Aniyev O. MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. Special Issue 9. - C. 316319.
17. AGgyraHHeB, 03og. "TAtHHM ®APAEHHfl,A MOAEnnAfflTHPHffl OP^A^H TAHABAHAPAA H^THMOHH OAOH OY^APOHHK KOMnETEHURflHH PHBO^HAHTHPHffl." Innovations in Technology and Science Education 1.5 (2022): 161168.
18. O'G, Abdug'Aniev Ozod Tursunboy. "TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI." Science and innovation 2.Special Issue 5 (2023): 708-713.
19. Tursunboyevich, Abduganiyev Ozod. "Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education." (2022).
20. O'G, Abdug'Aniyev Ozod Tursunboy. "TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA'LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK." Science and innovation 2.Special Issue 4 (2023): 150-154.
21. Jumaniyozov, X. S., Nigmanova, U. B., Rasulova, A. M., & Abdug'aniyev, O. T. (2022). The essence of the phenomena of extremism and terrorism in the context of globalization and its threat to the stability of the international community. Ann. For. Res, 65(1), 9173-9179.