Научная статья на тему 'BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI'

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
290
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot-kutubxona markazi / foydalanuvchilar / milliy g‘oya / ma’naviyat / mutolaa / milliy qadriyat / ajdodlar / kitobxon / barkamol avlod / meros / jadid / asar

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shoiraxon No‘monovna To‘ychiyeva

Ushbu maqolada bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyasida axborot-kutubxona muassasalari rolining muhimligi, kutubxonalarda saqlanayotgan har bir o’ziga xos axborot manbalari inson kamolati, jamiyat taraqqiyoti uchun bilim manbai ekanligi hamda axborot-kutubxona markazlari ularni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilayotganligi ifodalangan. Bundan tashqari maqolada buyuk ajdodlarimiz va ularning merosini kitobxonlarga tavsiya qilish orqali kitobxonlar mutolaasiga rahbarlik qilish ifodalangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZLARINING ROLI»

BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA AXBOROT-KUTUBXONA

MARKAZLARINING ROLI

Shoiraxon No'monovna To'ychiyeva O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyasida axborot-kutubxona muassasalari rolining muhimligi, kutubxonalarda saqlanayotgan har bir o'ziga xos axborot manbalari inson kamolati, jamiyat taraqqiyoti uchun bilim manbai ekanligi hamda axborot-kutubxona markazlari ularni kelajak avlodlarga yetkazishga xizmat qilayotganligi ifodalangan. Bundan tashqari maqolada buyuk ajdodlarimiz va ularning merosini kitobxonlarga tavsiya qilish orqali kitobxonlar mutolaasiga rahbarlik qilish ifodalangan.

Kalit so'zlar: Axborot-kutubxona markazi, foydalanuvchilar, milliy g'oya, ma'naviyat, mutolaa, milliy qadriyat, ajdodlar, kitobxon, barkamol avlod, meros, jadid, asar.

THE ROLE OF INFORMATION AND LIBRARY CENTERS IN EDUCATION OF DEVELOPED GENERATION

Shoirahon Numanovna Toychiyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article emphasizes the importance of the role of information and library institutions in educating a harmoniously developed generation, that each unique source of information stored in libraries is a source of knowledge for human development, society development and information and library centers to pass them on to future generations. The article also describes how to guide readers in reading by recommending our great ancestors and their legacy to readers.

Keywords: Information and library center, users, national idea, spirituality, reading, national values, ancestors, reader, harmoniously developed generation, heritage, jadid, work.

Mamlakatimizda yoshlarning zamonaviy ta'lim-tarbiya olishi, hayotda o'zining munosib o'rniga ega bo'lishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu borada, 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

I icclT^^^^H 683 http://oac.dsmi-qf.uz

Bugungi kunda yoshlarning ma'naviy kamoloti eng dolzarb masalalardan biridir. Jamiyatimizning bugungi taraqqiyoti taqdirini ma'naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi. Fuqarolarning barcha sohalar bo'yicha bilimlarni, murakkab texnologiyalarni egallaganligi, yangi g'oyalar va texnologiyalarni yaratishga intilishi, axloqiy pokligi, mustaqil erkin tafakkur yuritishi ma'naviy barkamollikning zaminidir.1 Ana shunday barkamol insonlarning tarbiyalanishida axborot-kutubxona markazlar ham munosib xizmat ko'rsatmoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi "O'zbekiston axolisiga axborot-kutubxona xizmati ko'rsatishni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Qarori joylarda axborot-kutubxona faoliyatini ynada kuchayishiga sabab bo'ldi.

Ilmli, zakovatli yosh avlodni tarbiyalashda axborot-kutubxona markazlari jamiyatdagi barcha sohalarga oid adabiyotlarni zamonaviy talablar asosida, foydalanuvchilarning ma'naviyatini yuksaltiruvchi adabiyotlarni taqdim etib, eng avvalo milliy g'oyaga oid adabiyotlar, milliy-madaniy merosni va tarixiy manbalarni foydalanuvchilarga tavsiya etib, kitobxonlarning dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qiladigan, ruhiy-ma'naviy oziq beradigan tadbirlar majmuini ishlab chiqib, mutolaa madaniyatini tarbiyalashda, ularni nashr mahsulotlari va axborot bilan ta'minlash tizimida samarali xizmat ko'rsatmoqdalar.

Bundan tashqari yosh avlodni intellektual jihatdan rivojlantirish, ularning axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish bugunning dolzarb vazifalaridan biridir. Kutubxonalar va yangi maqomda o'z faoliyatini boshlagan Axborot-kutubxona markazlarida davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2019-yil 19-martdagi ilgari surilgan yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish va ularni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha 5 ta muhim tashabbusning to'rtinchi yo'nalishi-"Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish bo'yicha tizimli ishlarni tashkil etish"ga yo'naltirilgan madaniy-ma'rifiy tadbirlar o'tkazilmoqda.

Bugungi kunda kutubxonalar faqat kitoblar saqlanadigan va ularni kitobxonga taqdim etadigan joy bo'libgina qolmay, zamonaviy bibliografik xizmat ko'rsatuvchi maskanga aylangan. Hozirgi zamonaviy axborot-kommunikatsiya rivojlangan bir vaqtda, kutubxona muassasalari kitobxonlarga maslahatlar berish bilan birgalikda, jahon va mumtoz, tarixiy va badiiy asarlarning elektron adabiyotlari ham taqdim etib bormoqda.

Barkamol avlodlarni tarbiyalashda axborot-kutubxona markazlarining o'rni juda kattadir. Axborot-kutubxona markazlari xodimlari yosh kitobxonlarning kitob o'qishiga rahbarlik qilib, ijtimoiy hayotning barcha sohalariga oid bilimlarni egallashda ularning ma'naviy ehtiyojlarini va talablarini maqsadga muvofiq ravishda qondirish, muayyan zarur nashr mahsulotlari va axborotlarni tavsiya etib, milliy-

1 LJ.Yuldashev,O\Nosirov "Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti" oquv qollanma, 30-bet. I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

ma'naviy qadriyatiarimizni targ'ib qilidigan kitoblarni tavsiya etadilar. Kitobxonlarga kitob- insoniyat yaratgan eng buyuk kashfiyotlardan biri ekanligini, u tufayli taraqqiyot bir necha marta tezlashib, inson zakovati, tafakkurining noyob durdonasi ekanligini uqtirib, kitoblar orqali qadimgi ajdodlar turmush tarzini, hayotiy kechinmalari, orzu-umidlarini o'rgatib boradilar va ularni asrab-avaylab, unga tayanib avladdan-avlodga yetkazishda xizmat qilmoqdalar.

Axborot-kutubxona markazlari kitobxonlarga bugungi mustaqillik g'oyalarining qadim ildizlari sifatida rivoyatlar, adabiy merosimizning boshqa namunalarini, nodir adabiyotlarni va vatanparvarlik ruhidagi kitoblarni tavsiya etib boradilar. Bunday nodir adabiyotlardan biri "Avesto"dir. Chunki "Avesto"da axloqiy me'yorlar, qadriyatlarni ifodalashda ezgulik va yovuzlik kuchlari o'rtasida doimiy qarama-qarshilik mavjudligi, insonda ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal doimiy va uyg'un bo'lsa ezgulik yovuzlikdan ustun kelishi ifodalangan. Milliy erk va Vatan himoyasi uchun jonni ayamaslik, o'zaro birlik, jipslik g'oyalari "Alpomish", "Go'ro'g'li", "Rustamxon", "Kuntug'mish" dostonlari, To'maris, Muqanna, Shiroq haqidagi kitoblarda ifodalangan.2 Ushbu manbalarda o'tmish ajdodlarimizning eng ulug' orzu, ishonch va maqsadlari aks ettirilgan. Ular jahon adabiyotining tengsiz namunalari sifatida e'tirof etiladi.

Biz buyuk yurt farzandlarimiz, bu yurtda ne-ne buyuk zotlar, allomalar yetishib chiqqanlar. Bizning yurtimizda ilm olish, kitob yozish, ijod qilish qadim zamonlardan to hozirgi kunlarda ham millatning mavjudligi va u nimaga qodir ekanligini ko'rsatuvchi muqaddas tushunchalar hisoblanadi. Mamlakatimizda yuzlab, minglab mutafakkirlarning shakllanishi, dunyoga tanilishi, zamonlar oshsada ahamiyati yo'qolmaydigan tadqiqotu kashfiyotlari ajdodlarimizning yuksak ilm va zakovatga ega bo'lganligidan dalolat beradi. Ular yaratgan buyuk meros zamonlar oshsa ham o'z qiymatini yo'qotmagan.Ular bizning ma'naviyatimizning tarixiy ildizlaridir.Ular yaratgan merosdan butun dunyo baxramand bo'lmoqda. Yosh avlodni mana shunday ma'naviyatimizning tarixiy ildizlari, buyuk yurt allomalari bilan tanishtirib borishda axborot-kutubxona markazlarida o'tkazilayotgan ilmiy anjumanlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar juda katta ahamiyatga egadir.

Har qanday davr, har qanday jamiyatda ham olimu-ulamolarning mutafakkiru-donishmandlarning o'rni beqiyosdir. Buyuk astranom, geograf olim Ahmad Farfoniy VIII asr oxiri IXasrda sharq mamlakatlarida ilm-fan sohasi rivojlanayotgan davrda yashagan. Uning "Kitob al- harakat as-samoviya va javomi ilm an-nujum"(Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi) asari XIII asrda ko'pgina Yevropa tillariga tarjima qilingan. Shundan so'ng uning nomi Yevroga mamlakatlarida dong taratib "Alfraganus" nomi bilan mashhur bo'lgan. Uning ushbu mashhur kitobi Yevropa universitetlarida astranomiya fani bo'yicha darslik sifatida qo'llanilgan.

2 IJ.Yuldashev,O' .Nosirov "Kutubxona-axborot xizmati: nazariyasi va amaliyoti" oquv qo'llanma,2020-y 38-bet. I fcclT^^^^HI 685 http://oac.dsmi-qf.uz

Jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan yana bir vatandoshimiz Abu Ali Ibn Sinodir. U buyuk qomusiy olim, mutafakkir, tabib, faylasuf, mantiqshunos, shoir bo'lgan. Turli manbalarda yozilishicha uning 450 dan ortiq asarlari borligi qayd etilgan.3 Ibn Sino Yevropada Avetsenna nomi bilan mashhur bo'lgan. Uning falsafa, tabobat, fizika, kimyo, matematika, geologiya, miniralogiya, astranomiya, botanika, din tarixi, musiqa, she'riyat, filologiya va boshqa sohalarga oid juda ko'p qo'lyozma manbalari dunyoda nodir xazinalar sifatida foydalanib, saqlanib kelinmoqda.

Buyuk matematik, astranom va geograf olim Mahmud Xorazmiy ham o'zining buyuk kashfiyotlari bilan dunyo ilm-fan rivojiga ulkan xissa qo'shgan ajdodlarimizdan biridir.Xorazmiyning 20dan ortiq asarlari bo'lib bizga uning 10ta asari ma'lumdir. Uning arifmetikaga doir risolasi XII asrda Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Uning yagona qo'lyozmasi Kembrij universiteti kutubxonasiga saqlanadi.4

O'rta asrlarda yashab buyuk kashfiyotlari bilan dunyoni lol qoldirgan yana bir ajdodimiz Abu Rayhon Beruniydir. U birinchi bo'lib Yer shari globusini yaratgan, Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan xissa qo'shgan, u yaratgan globusdan bugungi kunda ham barcha giograflar foydalanib kelmoqdalar.

Ulug' o'zbek shoiri va mutafakkiri, g'azal mulkining sultoni Alisher Navoiyni o'zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, o'zbek adabiyoti she'riyatini jahon miqyosiga ko'targan, o'zbek millatini dunyolarga tanitgan inson sifatida e'tirof etamiz, uning butun umri barchamiz uchun hayot maktabidir. U butun umri va ijodini insonlarning baxt-saodati, xalqning osoyishtaligiga, obodonchiligiga, ilm-fan, san'at va adabiyot ravnaqiga bag'ishladi. Xalqimiz mana shunday buyuk farzandlari bilan haqli ravishda fahrlanib, ko'ngli tog'day ko'tarilib g'ururlansa arziydi.

Bundan tashqari VIII-XIII-asrlarda yashab ijod etgan ajdodlarimiz-ilk turk mutasavvifi, yassaviylik (jahriylik) tariqatining asoschisi, orifona she'riyat boshlovchisi Ahmad Yassaviy, qomusiy olim, fiqh va hadis ilmining bilimdoni Mahmud Qoshg'ariy, "Qutadg'u bilig" (Saodatga eltuvchi bilim) asari orqali bizga tanish bo'lgan ilk turk dostonnavisi Yusuf Xos Hojib, yirik adib, hadisshunos va ta'limiy didaktik adabiyot namoyandasi Ahmad Yugnakiy, yirik adib va dinshunos "Qissasi Rabg'uziy" asari muallifi Nosiriddin Rabg'uziy kabilar tomonidan qoldirilgan merosdan bugungi kunda keng kitobxonlar ommasi birdek bahramand bo'lmoqda.

XIX asr oxiri XX asrning boshlarida birgina Turkistonda emas, balki dunyodagi juda ko'p mamlakatlarda milliy uyg'onish harakati boshlangan davrda jadid adabiyoti nomoyondalari maydonga keldi, ular o'z davrining eng ziyolilaridan bo'lgan, ular o'zbek adabiyotini yangi mazmundagi, yangi janrlarda va yangi obrazlardagi asarlari bilan boyitdi. Jadid adabiyoti miliatni ulug'lovchi, insonlarni ozodlik va erk yo'liga chorlovchi asarlarni yaratganlar.

3 Y. Isayev. Abu Ali Ibn Sino,ilmiy-ommabop risolasi,2010-y-24-bet.

4 "Buyuk yurt allomalari" risolasi, 2016-y 32-bet.

Jadid yozuvchilari shunchaki ijodkor emas, balki jamoatchi ham edilar.Ular faqat qalami bilan emas, balki ijtimoiy, siyosiy, ma'rifiy amali bilan ham millatni o'z ozodligi yo'lida kurashishga chorlagan.

Jadid adabiyoti nomoyondalari o'zbek adabiyotiga drama, roman, hikoya singari yangi janrlarni kiritdilar. Ularning asarlarida insonlarning taqdiri, millat ozodligi, vatan buyukligi, shaxs va millat erki kabi masalari yoritilgan. M.Behbudiyning «Padarkush», A.Avloniyning «Advokatlik osonmi», «Pinak», «Biz va siz», «Ikki sevgi», Fitratning «Munozara», «Hind sayyohi», «Oila», «Yurt qayg'usi», «Abulfayzxon», «Shaytonning tangriga isyoni», «Qiyomat», Hamzaning «Uyon, Vatan!», «Yig'la, Turkiston», «Dardiga darmon istamas», «Turkiston», «Shundoq qolurmu», «Yangi saodat...», «Zaharli hayot...», «Maysaraning ishi», «Istibdod qurbonlari», «Loshmon fojiasi», «Farg'ona fojiasi», Qodiriyning «Uloqda», «Tinch ish», «Kalvak Maxzumning xotira daftaridan», «Toshpo'lat tajang nima deydi», «O'tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», Cho'lponning «Buzilgan o'lkaga», «Xalq», «Ko'ngil», «Binafsha», «Go'zal Farg'ona», «Go'zal», «Vahm», «Istash», «Galdir», «Bahorni sog'indim», «Sirlardan», «Yorqinoy», «Kecha va kunduz» singari va boshqa yuzlab asarlar jadid adabiyotining yetuk namunalaridandir.

Ularning asarlari o'z millatini sevuvchi, inson tarbiyasiga mas'uliyat bilan yondashuvchi, vatan tuyg'usi bilan yashovchi insonlarni tarbiyalaydi.

Shu jumladan, Oybekning "Navoiy", Maqsud Shayxzodaning "Jaloliddin Manguberdi" kabi tarixiy asarlarida yurt tinchligi, obodonchiligi, mardlik, jasorat, yurt erki kabi g'oyalar ilgari surilgan. Shuningdek, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Muhammad Yusuf kabi shoirlarni she'riyatida ham doimo vatan madhi kuylangan, ularning she'rlari barcha yoshdagi kitobxonlarni qalbidan munosib o'rin egallagan.

Kitobxonlar xalqimizning ana shunday aziz va buyuk farzandlarining bizga qoldirgan meroslarini axborot kutubxona markazlarida saqlanayotgan kitoblar orqali o'rganadilar.

Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona markazlari xodimlari kitobxonlarga axborot-bibliografik xizmzt ko'rsatib kerakli adabiyot bilan ta'minlaydilar va ularning kitob mutolaasiga rahbarlik qiladilar. Ular tavsiya qilgan ma'naviyatini yuksaltiruvchi nodir adabiyotlarni o'qish orqali yosh kitobxonlar xalqimizning bizga qoldirgan meroslarini o'rganadilar, mutolaa uchun zarur adabiyotni tanlashni bilib oladilar. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan barcha axborot-kutubxona markazlari doimo mamlakatimizda yosh avlodning ma'naviy- intelektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda, beqiyos ahamiyatda ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini shakillantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Muhammadalieva Nasiba. "Kitobxonlik madaniyatini shakllantirishda axborot-kutubxona markazlarining o'rni'TUmumta'li fanlar metodikasi.-2021 y, 8-son.

2. I.J. Yuldashev, O'. Nosirov. Kutubxona-axborot xizmati: nazariya va amaliyoti-o'quv qo'llanma. T.-2020y, 397 bet.

3. Erkin vohidov.Orzuli dunyo: She'rlar,-T.: "Sharq",2010.- 208 b.

4. Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch. T.: "Ma'naviyat" , 2008.

5. Bekmatova Dinara."Yoshlar tarbiyasi-kun tartibidagi masala"//Boshlang'ich ta'lim.-2021-y, 9-son.

6. Y. Isayev. Abu Ali Ibn Sino,ilmiy-ommabop risolasi, T.:2010-y. "Tafakkur"-95 bet.

7. "Buyuk yurt allomalari" risolasi,T.: "O'zbekiston".-2016 y.425 bet.

8. Mamasoli jumaboyev. Bolalar adabiyoti va folklor. Darslik. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti. T.: 2006-y, 216 bet.

9. Shaxrinsa, M., & Husanovna, A. M. (2022). O 'ZBEK MILLIY ETNO-LIBOSLARI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 571-577.

10. To'Ychieva, S. N. M. (2021). ERTAKLAR-BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA. Oriental Art and Culture, 2(4), 94-98.

11. No'Monovna, T. Y. S. (2022). AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN'ATINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 589-597.

12. Numonovna, T. S. (2021). The Role of Books in Raising the Morale of Young People. International Journal of Culture and Modernity, 11, 25-31.

13. Boshmonov, M. (2021). MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI. Oriental Art and Culture, 2(4), 393-400.

14. Туйчиева, Д. (2022). АМИР ТЕМУРНИНГ КИТОБХОНЛИК ОДОБИ ХУСУСИДА. Oriental Art and Culture, 3(1), 176-185.

15. Madalievna, I. S., & Abdurahimovna, J. R. (2021). The Analogies Used in Mukimi's Works. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 9, 95-99.

16. Abdurakhimovna, J. R. (2021, March). LEXICO-SEMANTIC PROPERTIES OF ANTHROPONYMS (On The Example Of Mukimi's Works). In E-Conference Globe (pp. 301-303).

17. Abdurakhimovna, R. J. (2021). Lexemas of meaning of clothes in mukimi's works. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 199-202.

18. Juraeva, R. (2020, December). EMOTIONAL-EXPRESSIVES IN WORKS OF MUKUMIY. In Конференции.

19. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). СЕМАНТИКО-ГРАММАТИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА ПАРАНТЕЗ. Ученый XXI века, 68.

20. Жамолиддинова, Д. М., & Тожибоева, Ш. Р. (2016). THE SEMANTIC AND GRAMMATICAL PROPERTIES OF PARANTEZ. Учёный XXI века, (4-1 (17)), 67-68.

21. Султонова, У. С. (2017). КИРИТИШ ВА КИРИТМА ТЕРМИНИ ХУСУСИДА АЙРИМ МУЛОХДЗАЛАР. Интернаука, 8(12 Часть 3), 62.

22. Jamoliddinova, D. M. (2020). TERMINOLOGY AND PROFESSIONAL VOCABULARY. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(10), 294-298.

23. Jamoliddinova, D. (2020). The poetical actualization of terms in the literary works (As the sample of the works of askad mukhtar, abdullah kahhor and ulmas umarbekov). International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 2597-2602.

24. Джамолиддинова, Д. М. (2020). ТЕРМИН ВА СУЗНИНГ ФАЩЛИ ХУСУСИЯТЛАРИ. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 3(5).

25. Jamoliddinova, D. M. (2011). Semantic-grammatical and lingvopoetic features of parentheses units in artistic speech. Tashkent: Fan, 93.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.