GLOBALLASHUV SHAROITIDA MA'NAVIY SOHANI RIVOJLANTIRISHNING
NAZARIY- HUQUQIY ASOSLARI *Akayeva N.A., 2Norboyeva D.O
1Toshkent Davlat Pedagogika universiteti dotsenti,pedagogika fanlari bo'yicha falsafa
doktori,(Ph.D)
2Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Milliy g'oya mananaviyat asoslari va huquq talimi
yo'nalishi 2- bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.1080483 7
Annotatsiya. Ushbu maqolada globallashuv sharoitida ma'naviy sohani rivojlantirish zaruriyati asoslangan hamda bu sohani rivojlantirishning nazariy- huquqiy asoslari tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: globallashuv, ma'naviyat, tafakkur, aql-zakovat, ma'naviy soha, ma'rifat, ma'naviy tarbiya.
Аннотация. Данная статья основана на необходимости развития духовной сферы в условиях глобализации и анализирует теоретические и правовые основы развития этой сферы.
Ключевые слова: глобализация, духовность, мышление, интеллект, духовность, просвещение, духовное образование.
Abstract. This article is based on the need to develop the spiritual sphere in the context of globalization and analyzes the theoretical and legal basis for the development of this area.
Keywords: globalization, spirituality, thinking, intellect, spirituality, enlightenment, spiritual education.
Ma'lumki, har bir davrning ehtiyojlari, ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy taraqqiyoti uning ilmiy tafakkur salohiyati darajasi bilan belgilanadi. Biror muammoni hal etish imkoniyatlarini inson o'z aql-zakovati, bilimi va irodasi bilan aniqlaydi. Bilim va ilm har bir insonning yo'lini yoritib turuvchi mash'aldir. Inson ma'naviy kamolot cho'qqilariga erishmoqchi ekan, u bilim va ilmni puxta egallashi lozim. Ma'rifatparvar alloma Abdulla Avloniy inson ma'naviy yuksalishida bilim va ilmning ahamiyati ustida to'xtab shunday yozgan edi: "Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun g'oyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki ilm bizga o'z ahvolimizni, harakatimizni oyina kabi ko'rsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o'tkur qilur... Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur".
Ingliz faylasufi F.Bekon ta'kidlashicha "Bilimsizlik kuchaygani sayin shubha-gumon orta boradi", Ibn Sino esa "Ruh shamchiroqqa, bilim - ana shu shamchiroqdan taralayotgan yog'duga, Allohning zakosi - moyga o'xshaydi. Shamchiroq yonishdan to'xtamas ekan - sen tiriksan. Agar u o'chsa sen halok bo'lasan" deb bilimning inson hayotida muhim ahamiyatga ega ekanligini izohlaydi.
O'z o'rnida ma'rifatli inson bilimlidir. Bilim insonning fazilatini ulug'lovchi xususiyatlardan biridir. Bilim olish, ma'rifatli bo'lish, insonlar turli sohalarda qiyinchilikka duch kelganda moddiy va ma'naviy jihatdan g'alaba qilishi uchun zarur. Bilimsiz, ma'rifatsiz kishi himoyasizdir. Ayniqsa, mamlakatimiz bozor munosabatlariga o'tish jarayoni kechayotgan hozirgi davrda insonlar, xususan tadbirkorlar ma'rifatli bo'lmas ekanlar, ular hayot qiyinchiliklariga bardosh bera olmay qiynaladilar.
Bilimli, ma'rifatli kishilarning ko'payishi jamiyat boyligidir. Ma'naviyatni yuksaltirish ham ma'rifatga bog'liq. Milliy qadriyatlarning tarixini, kelajagini anglash ma'rifat orqali amalga oshadi.
Inson bilim orqali dunyoni qanchalik ko'p bilib borsa, o'z faoliyatini ham shunchalik yaxshi anglay boradi. Bilimli bo'lish uchun vaqtni ayamaslik, vaqtdan unumli foydalanish lozim. Inson ma'rifat va bilim orqali yuksak ma'naviyatlilik cho'qqilarini egallaydi, barkamol, komil inson bo'lib yetishadi. Ma'rifat keng ma'noda odamlarga bilim berish, ko'nikma va malaka hosil qilish demakdir. U ma'naviyatni shakllantiruvchi, jamiyatning yaratuvchanlik, bunyodkorlik quvvatini oshiruvchi inson faoliyati sohasidir. Boshqacha aytganda ma'rifat jamiyatning ta'lim-tarbiyaga bo'lgan ehtiyojini qondirishga yo'naltirilgan inson faoliyatini qamrab oluvchi tushunchadir.
Kishilarni ma'naviyatli va ma'rifatli qilib tarbiyalash ishlari barcha zamonlarda ta'lim va tarbiya orqali amalga oshirib kelingan. Ma'naviy ishlar har qanday jamiyat va mamlakat taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etuvchi omil hisoblanadi. Yosh avlodning umuman jamiyatning har bir a'zosining tarbiyasi bilan yetarlicha shug'ullanmagan mamlakat turg'unlikga yuz tutadi va oxir oqibatda inqirozga mahkum bo'ladi.
Ma'naviy targ'ibot ishlari hech qachon bugungi globallashuv jarayonlaridagidek, dolzarb vazifaga aylanmagan. Ma'naviy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi bo'lgani, mafkuraviy tahdid va axboriy xurujlar ko'payib borayotgani, odamlar ongi va qalbini egallash yo'lidagi kurash jarayonlari kuchaygani uchun hayotning barcha jabhalari, ishlab chiqarishning hamma sohalari, aholining hamma qatlamlari orasida ma'naviy ma'rifiy va mafkuraviy sohada jadal ishlarni amalga oshirish targ'ibotchi oldidagi eng muhim vazifa hisoblanadi.
Aslida ma'naviy tarbiya masalasi nafaqat milliylik, balki globallik xususiyatini kasb etuvchi tushunchadir. Lekin, globallashuv jarayoni hozircha faqat qandaydir mavhum ijobiy jihatlari bilangina emas, balki ko'proq "hozirgi davr global muammolari"ni keltirib chiqargani va, hatto "sovuq urush bilan almashgan" boshqa variantdagi urush ekani alohida ta'kidlanmoqda.
Ko'pchilik mutafakkirlar esa bu davrni hatto global inqirozlar (krizislar) davri deb atamoqdalar. Jumladan, jamiyatshunos S.I.Dudnikning fikriga ko'ra "XX asr inqirozni kuchli his etish bilan boshlangan edi va u shu hissiyot bilan poyoniga yetdi".
Shuning uchun ham bugungi kunda ma'naviy sohani rivojlantirish har qachongidan ham zarur. O'z o'rnida masalaning ijtimoiy - siyosiy jihati respublikamizda keng amalga oshirilayotgan O'zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, xalqning milliy tafakkurini rivojlantirish, buyuk davlatni barpo etish, umuminsoniy va milliy qadriyatlar uyg'unligiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish va buning uchun ma'naviyat va ma'rifatni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi.
Tadqiqotchilarning qayd etishlaricha, har qanday fikr yoki so'zning quyidagi uchta muhim asosi bo'ladi:
Metodologik asosi (O'zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari, nutqlari, intervyularida bayon etilgan fikrlar);
Huquqiy asosi (O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari hamda boshqa me'yoriy hujjatlar);
Nazariy asosi (ilmiy asoslangan kitoblar, darsliklar, qo'llanmalar, maqolalar va boshqa yozma manbalar).
Ma'naviyat va ma'naviy tarbiya borasida so'z yuritganda ham avvalo uning ana shu asoslarini puxta o'rganib olish lozim.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va uning samaradorligini oshirishning eng birinchi huquqiy asosi - O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir.
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq mamlakatimizda "Har kim bilim olish huquqiga ega". Shuningdek, "Davlat bepul umumiy orta ta'lim va boshlang'ich professional talim olishni kafolatlaydi.Umumiy orta ta'lim majburiydir.". O'z farzandlarining bepul ta'lim olishini kafolatlash, ta'lim bilan birgalikda tarbiyani ham izchillikda olib borish, bu boradagi faoliyatni o'z nazoratiga olish chinakkam ma'noda insonparvarlik siyosatini yurgizayotgan davlatlargagina xos.
Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida "Ta'lim to'g'risida"gi yangi tahrirdagi Qonunning qabul qilinishi tufayli ta'lim mazmuni tubdan isloh qilindi. Buning natijasida yangi dasturlar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari vujudga keldi. Oliy va Professonal ta'limni rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Mamlakatimiz oliy o'quv yurtlarida ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarishning integratsiyalashuv jarayoni izchil rivojlanayotgani misolida ham ana shu Konstitutsiyaviy qoidaning hayotimizga nechog'lik chuqur tadbiq etilayotganini ko'rish, kuzatish kishiga maroq bag'ishlaydi. Zero, ta'lim-tarbiya sohasidagi islohatlarning bosh maqsadi bilimli, tashabbuskor, yuksak salohiyatli, raqobatbardosh, iqtidorli kadrlarni voyaga yetkazishdir.
Butunjahon banki ma'lumotiga ko'ra, mamlakatimiz aholisining savodxonlik darajasi 99,34 foizga yetgan. Tabiiyki, savodxonlik darajasining ortib borishi omillaridan biri - ma'naviy-ma'rifiy tarbiyadir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va savodxon yoshlargina mamlakatning buyuk kelajagini ta'minlashi mumkin.
Zero, intellektual salohiyatning yuksak darajada rivojlanishi xalqning milliy ma'naviyati yuksalishida ham ulkan omilga aylanadi. Yana bir muhim tomoni - u milliy manfaatlarni himoya qilishda qudratli qurol vazifasini bajaradi.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirishning huquqiy asoslari sifatida 2016 yilning 14 sentabridan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida"gi PQ 3160 sonli qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2018 yil 17 sentyabrdagi "Ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi №736-son qarorini ham keltirib o'tish mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 12 avgustda qabul qilingan, Senat tomonidan 2016 yil 24 avgustda ma'qullangan va 2016 yilning 14 sentabridan kuchga kirgan O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi Qonunining "Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari" deb nomlangan 4-moddasida "Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida:
ochiqlik va shaffoflik;
yoshlarga oid davlat siyosatini ro'yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
yoshlar tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish;
ma'naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
yoshlarning kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi" - deb belgilab qo'yilgan.
Shu o'rinda e'tibor qaratilishi zarur bo'lgan bir jihat borki, O'zbekistonda mavjud 650 dan ortiq qonundan faqat ushbu qonun nomidagina "davlat siyosati" degan so'zlarni uchratamiz.
Shuning o'zidan ham mamlakatimizda yoshlarga ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlikning darajasini bilib olish mumkin.
O'zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida"gi qonuni 4 ta bob, 33 ta moddadan iborat bo'lib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan hamda yoshlarni ijtimoiy jihatdan shakllantirish, ularning intellektual, ijodiy va boshqa salohiyatlarini kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratilishini nazarda tutadigan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar tizimini o'zida mujassam etgan. Unda belgilangan normalar o'tgan yillar mobaynida qabul qilingan qonun hujjatlarining yoshlarga oid normalari bilan o'zaro bog'langan va ular o'rtasidagi uyg'unlik ta'minlaganligini yana bir karra isbotlaydi.
Xulosa o'rnida bir jihatni alohida ta'kidlab o'tmoqchimiz. Vatanimiz mustaqilligi, uning ma'naviy asoslarini avaylab-asrash, aholimiz, ayniqsa yosh avlod ongida milliy-ma'naviy qadriyat, an'analarimizga sodiqlik ruhida ruhida tarbiyalash uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. 50-modda.. - T.: O'zbekiston nashriyoti, 2023 yil, 32-bet.
2. Mirziyoyev M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -T.: 2021. 294-295 b.
3. Abdulla Avloniy.Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: "O'qituvchi", 1992, 22-bet.
4. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf. - T.: Yangi asr avlodi, 2002 yil, 245-bet.
5. Fozilov U.E. O'zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning nazariy va huquqiy asoslari. O'quv qo'llanma -T.: O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2016, 92-bet.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" to'g'risidagi Farmoni.
7. Abdug'aniev O. TA'LIM JARAYoNIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 161-168.
8. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.
9. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.
10. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
11. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.
12. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
13. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.
14. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.
15. Abdug'Aniyev O. MADANIYATSHUNOSLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH //Science and innovation. - 2023. - T. 2. - №. Special Issue 9. - C. 316319.
16. AGgyraHHeB, 03og. "TAtHHM ^APAEHH^A MOAEnnAfflTHPHffl OP^AHH TAHABAHAPAA H^THMOHH OAOH OY^APOHHK КОMПЕTЕHЦHSHH PHBO^HAHTHPHffl." Innovations in Technology and Science Education 1.5 (2022): 161168.
17. O'G, Abdug'Aniev Ozod Tursunboy. "TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI." Science and innovation 2.Special Issue 5 (2023): 708-713.
18. Tursunboyevich, Abduganiyev Ozod. "Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education." (2022).
19. O'G, Abdug'Aniyev Ozod Tursunboy. "TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA'LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK." Science and innovation 2.Special Issue 4 (2023): 150-154.
20. Jumaniyozov, X. S., Nigmanova, U. B., Rasulova, A. M., & Abdug'aniyev, O. T. (2022). The essence of the phenomena of extremism and terrorism in the context of globalization and its threat to the stability of the international community. Ann. For. Res, 65(1), 9173-9179.