Научная статья на тему 'YANGI KONSTITUTSIYA TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI'

YANGI KONSTITUTSIYA TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
21
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rеfеrеndum / strаtеgiуа / iqtisоdiуоt / siуоsаt / milliу mаfkurа / rennesans / modda / axborot / siyosiy maydon

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M.Xudoyberdiyeva, M.Qurbonova

Mazkur maqolada baxtimiz qomusi sanalgan Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan o‘rni va ahamiyati hamda Konstitutsiyaviy islohotlar hususida, 2023-yil 30-aprelda o‘tkazilgan Referendum natijalari, хаlqimizning undаgi ishtirоki, Yаngilаngаn Kоnstitutsiуаdа Oliу tа‘lim sоhаsigа оid о‘zgаrishlаr hususidа, Yаngilаngаn Kоnstitutsiуаmizning hоzirgi kundа mаmlаkаtimiz rivоji qо‘shауоtgаn hissаsi, iqtisоdiу-siуоsiу mауdоnlаrdаgi о‘rni, ахbоrоt еrkinligi bоrаsidаgi muhim nоrmаlаr hаqidа.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI KONSTITUTSIYA TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI»

YANGI KONSTITUTSIYA TARAQQIYOTIMIZ QOMUSI

M.Xudoyberdiyeva Ilmiy rahbar: M.Qurbonova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada baxtimiz qomusi sanalgan Konstitutsiyamizning hayotimizda tutgan o'rni va ahamiyati hamda Konstitutsiyaviy islohotlar hususida, 2023-yil 30-aprelda o'tkazilgan Referendum natijalari, хаlqimizning undаgi ishtiroki, Yangilangan Konstitutsiyada Oliy ta'lim sohasiga oid o'zgarishlar hususida, Yangilangan Konstitutsiyamizning hozirgi kunda mamlakatimiz rivoji qo'shayotgan hissasi, iqtisodiy-siyosiy maydonlardagi o'rni, axborot erkinligi borasidagi muhim normalar haqida.

Kalit so'zlar: referendum, strategiya, iqtisodiyot, siyosat, milliy mafkura, rennesans, modda, axborot, siyosiy maydon

NEW CONSTITUTION COMMUNITY OF OUR PROGRESS

M.Khudoyberdiyeva Scientific supervisor: M.Qurbanova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: In this article, the role and importance of our Constitution, which is considered the source of our happiness, in our lives, as well as constitutional reforms, the results of the Referendum held on April 30, 2023, the participation of our people in it, changes in the field of higher education in the updated Constitution, Updated About the contribution of our constitution to the development of our country, its role in the economic and political fields, important norms regarding freedom of information.

Keywords: referendum, strategy, economy, politics, national ideology, renaissance, substance, information, political space

Xalqimiz siyosiy-iqtisodiy tafakkurining yuksak namunasi sanalgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari hususida hamda, xalq manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va hususiy mulk ustuvorligiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, O'zbekistonning xalqaro dunyo maydonlarida munosib o'rin egallashi borasida asosiy poydevor vazifasini bajarib kelmoqda.

37 HZ

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng targ'ib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, biz yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuyg'usini kuchaytirish, hamda huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasida Asosiy Qonunimiz belgilab bergan. Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora o'sib borayotgani ahamiyatlidir.

Milliy qomusimiz sanalgan-Konstitutsiyamiz hozirgi kunga qadar dunyoning qator mamlakatlari tomonidan e'tirof etib kelinmoqda. Sababi shundaki, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsuyasida inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilangan, unda jamiyatda tinchlik va hamjihatlik barqarorligi uchun mustahkam zamin mavjuddir. Asosiy qonunimiz mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish va rivojlantirish, jamiyat hayotining barcha sohalarini izchil liberallashtirish va modernizatsiya qilish kabi qator vazifalarga qaratilgan va aynan shular bo'yicha qator islohotlar olib borilmoqda.

Asosiy qomusimiz 128 moddadan iborat bo'lgani holda uning 30 dan ortig' moddalari bevosita inson huquqlari va erkinliklariga bag'ishlangandir. Konstitutsiyamiz Inson huquqlari umumj ahon deklaratsiyasining deyarli barcha prinsipial qoidalarini o'zida mujassamlashtirgan. Konstitutsiya nafaqat huquq va erkinliklarini mustahkamlanadi, balki ularni amalga oshirishning real imkoniyatlarini ta'minlash chora-tadbirlarini, kafolatlarini ham yaratdi.

O'zbekiston Konstitutsiyasi referendum - 2023-yil 30-aprel kuni o'tkazilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o'zgartirishlar kiritish bo'yicha umumxalq referendumi o'tkazildi. Bu referendum "Konstitutsiya o'zimizmiki" va "Befarq emamsan" shiorlari ostida o'tkazildi. O'zbekiston Konstitutsiyasini yangilash zarurati 2021-yil 6-oktabr kumi ikkinchi muddatga saylangan prizident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan. Yangi tahrirdagi konstitutsiya zamon talabiga muvofiq takomillashtirilishi kerakligi alohida ta'kidlangan. 2022-yil 20-may kuni Konstitutsiyaviy islohotlar bo'yicha komissiya tarkibi tasdilangan.

Komissiya tarkibidan Akmal Saidov, Murod Kamolov, Qutbiddin Burxonov, Aktam Hayitov, Alisher Qodirov, Odiljon Tojiyev, Mirakbar Rahmonqulov, Shuhrat Cho'lliyev, Muxtabar Xusanova, Rahim Hakimov, Mirafzal Miroqulov, Gulnoza Ma'rufova kabi mas'ullar joy olgan. 26-maydan fuqarolardan "Mening Konstitutsiyam" portal, Telegramm-bot va koll-markaz orqali taklif yig'ish boshlandi. Hududlar taqsimoti bo'yicha Toshkent shahri eng faol ekanligi va ular berayotgan

takliflarda asosan jinoyat sodir etgan mansabdorlarga beriladigan jazoni og'irlashtirish kerakligi qayd etildi. 18-iyun kuni YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli missiya rahbari Owen Murphy Oliy Majlis deputatlariga ikkita taklifni ilgari surgan.

Dunyo tajribasida so'nggi 30 yillikda 90ga yaqin davlatda Konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazilib, ulardan 53 tasida yangi Konstitutsiya qabul qilindi.

Yangilangan Konstitutsiyada Oliy Ta'lim sohasiga oid bo'lgan huquq va kafolatlar mustahkamlanmoqda. Jumladan:

- har kim bepul ta'lim olish huquqiga ega.[50-modda]

- davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, noodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi. [50-modda]

- ta'lim tashkilotlarida alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo'lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanmoqda. [50-modda]

- fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli.[51 -modda].

- O'zbekiston Respublikasida o'qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma'naviy va ma'daniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e'tirof etiladi.[52-modda]

- davlat jamiyatning ma'daniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishi haqida g'amho'rlik qiladi.[53-modda]

- davlat yoshlarning ta'lim olishiga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.[79-modda]

Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish bo'yicha ko'rilayotgan chora-tadbirlar fuqarolarning axborot sohasidagi huquqni yanada kengroq ro'yobga chiqarish uchun imkon yaratish, OAVning davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini ta'minlash borasidagi rolini kuchaytirishga hizmat qilmoqda. Dunyo tajribasiga ko'ra, so'z va matbuot erkinligini ta'minlamay turib, iqtisodiy rivojlanishga erishish ham, jamiyat a'zolari turmush farovonligini oshirish og'ir kichadi. O'zbekistonning amaldagi Konstitutsiyasi 67-moddasida OAV hamda jurnalistlarning o'z kasbiy faoliyatini erkin amalga oshirish uchun zarur yetarli kafolatlar belgilanmagan va bu modda o'zgarish va haqiqat talab qilishini o'z isbotini topgan.

Hozirga kelib esa, Prizidentimizning 2022-yil 27-iyundagi "Ommaviy axborot vositalarini qo'llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari tog'risida''gi qarori 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek ommaviy axborot vositalarining qonuniy mafaatlarini himoya qilish, kuchaytirish, ular faoliyatini har tomonlama qo'llab-quvvatlashda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bunday imkoniyatlar

media sohasi vakillari mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarida har qachongidan ham faol, holis,halol va juda mas'uliyatli bo'lishni talab etmoqda. So'z erkinligi konstitutsuyaviy jihatdan kafolatlangan jamiyatda albatta, bu huquqdan foydalanishning muayyan tartibga solingan qonun-qoidalari ham mavjud bo'ladi. Shu bois taklif etilgan konstitutsiyaviy qonun loyihasining 67-moddasida "Ommaviy axborot vositalari o'zlari taqdim etadigan axboгotnining tog'гiligi uchun javobgardiг'', degan norma kiritilgan soha vakillaгining axboгotni olish, tog'гiligini tekshirish va tarqatish borasidagi mas'uliyatini yanada oshiгishga tuгtki bo'lgan.

Xulosa qilib aytganda, Kanstitutsiyamizning 67-moddasiga qo'shimcha, tarzda kiritilayotgan, keng jamoatchilik tomonidan kelib tushgan takliflar asosida takomillashayotgan huquqiy normalar ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini ta'minlash hamda milliy jumalistikamizni yana гivojlantiгish, soha vakillaгi o'rtasida sog'lom гaqobat muhitini shakllantiгishda yangi imkoniyatlarni ochish barobarida el-yurt manfaati va yurtimiz taraqqiyotiga ham hizmat qiladi.

Xalqimiz endilikda, har jihatdan, ayniqsa, ong tafakkuгi o'zgargan taгzda siyosiy hayotga faol aralashib, o'z yetakchisini holisona tanlash, uning atrofida jipslashuvi Yangi O'zbekistonning pirovardida Uchinchi Rennesansning poydevoгi quгilishini kafolatlashini tushunib yetdi. Bu juda katta o'zgarish, o'tkazilayotgan siyosiy islohotlar va yangilanishlar samarasidir.

Shu o'гinda Mamlakatimizda mustaqillik yillarida tamoman yangi milliy mafkura va ma'naviyat tizimini shakllantirildi. Modomiki, xalqning oгzu-umidlari, intilishlari, maqsad-muddaolari, manfaatlari, qiziqishlarini ifodalab, ularni himoya qilishga qaratilgan g'oyalar tizimi(majmuasi) "milliy g'oya", buni hayotga bevosita tadbiq etish esa, "milliy mafkura" bo'lsa, bu-bizda bor, shakklangan va takomillashib bormoqda.

Konstitutsiya davlatimizning ko'p asrlik tarixiy yo'li tajribasi va uzluksizligini o'zida jamladi, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimining poydevoriga aylandi, konstitutsiyaviy tuzilish prinsplarni tasdiqlab, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlarini belgilab berdi.

Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashida mustahkam poydevor bo'lib xizmat qilmoqda.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasida ilgari surilayotgan keng ko'lamli vazifalar, xususan, adolatli va xalqparvar davlatni baTpo etish, imson huquq va manfaatlari, qadr-qimmatini yanada samarali ta'minlash kabi ulug'vor maqsadlar bu borada zarur huquqiy asosni ta'min;ovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga aylantirlmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.Yangi O'zbekiston strategiyasi Toshkent 2021.

2. "КОНСТИТУТЦИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН'' Yuridik adabiyotlar publish 2023.

3.O'zbejiston Respublikasi Konstitutsiyasi " O'ZBEKISTON'' 2023

4.Yangi O'zbekiston Demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamalakatiga aylanmoqda Toshkent 2023

5. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi " O'zbekiston-Toshkent'' 2023

6. O'zbekiston Respublikasining fuqarolik prosessual kodeksi Toshkent "Adolat'' 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.